ANALYSIS OF PHRASES IN THE TRAGEDY "MEDEA"

HAC
Google Scholar
To share
Norsafarova, N. (2023). ANALYSIS OF PHRASES IN THE TRAGEDY "MEDEA". Modern Science and Research, 2(10), 267–271. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25084
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article, first of all, talks about the tragedy "Medea" by Euripides, and at the same time about the expressions and proverbs that are very important in the work. About 100 phrases and dozens of proverbs will be analyzed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

267

"MEDEYA" TRAGEDIYASIDA FRAZEMALAR TAHLILI

Norsafarova Nilufar

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10087537

Annotatsiya.

Ushbu maqolada, avvalo, Yevripidning "Medeya" tragediyasi haqida, shu

bilan birga asarda juda katta ahamiyat kasb etgan iboralar, maqollar haqida soʻz yuritiladi.
Hamda 100 ga yaqin iboralar, oʻnlab maqollar tahlilga tortiladi.

Kalit soʻzlar:

Medeya, frazema, ibora, maqol, tragediya, mubolagʻa, frazeologiya, maqol,

oʻxshatish.

ANALYSIS OF PHRASES IN THE TRAGEDY "MEDEA"

Abstract.

This article, first of all, talks about the tragedy "Medea" by Euripides, and at

the same time about the expressions and proverbs that are very important in the work. About 100
phrases and dozens of proverbs will be analyzed.

Key words:

Medea, phrase, phrase, proverb, tragephy, exaggeration, phraseology,

proverb, simile.

АНАЛИЗ ФРАЗИЙ В ТРАГЕДИИ «МЕДЕЯ»

Аннотация.

В этой статье, прежде всего, говорится о трагедии Еврипида

«Медея», а вместе с тем и о выражениях и пословицах, которые очень важны в
произведении. Будет проанализировано около 100 фраз и десятки пословиц.

Ключевые слова:

Медея, словосочетание, словосочетание, пословица, трагедия,

преувеличение, фразеология, пословица, сравнение.

Avvalo, "Medeya" tragediyasining qisqacha mazmuniga toʻxtalib oʻtamiz. Asarni rus

tilidan Asqar Qosimov tarjima qilgan. Asardagi qatnashuvchilar, yaʼni bosh obrazlar Medeya,
Yason, Kreont, Yasonning oʻgʻillari, enaga, chopar hisoblanadi. Asar janri tragediya boʻlib,
tragediya adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri hisoblanib fojia bilan tugaydigan sahna
asarlariga nisbatan ishlatiladi.

Asarda Medeyaning turmush oʻrtogʻi Yason Medeya va bolalaridan voz kechib, Kreont

degan shohning qiziga uylanmoqchi boʻladi. Kreont esa Medeya mening qizimning hayotiga xavf
solmasin, deb uni saroydan bolalari bilan birga haydashga buyruq beradi. Ayol esa bir kun qolishga
izn soʻraydi. Medeya oʻsha bir kun ichida hammadan qasos olish uchun payt poylaydi. Yason bilan
suhbatlashganda, yangi nikoh senga xurramlik olib kelmasin, deb xayrlashadi, ammo asar
voqealari rivoji jarayonida oʻzini unga xayrixoh qilib, kelinni, yaʼni shoh Kreontning qizini
oʻldirish rejasini tuzadi. Yasonni yoniga chaqirib shunday deydi:

Bunda boʻlgan mashmashaga avvalo uzr,
Tazarruim qabul ayla, Yason, muhabbat –
Bilasanmi, oramizda uzoq yashadi.
Qiziqqonlik qilgan boʻlsam sen toʻgʻri tushun.
Shoh malomat qilayotir deb oʻylabman men,
Men, betavfiq, nega endi shaddodlik qildim?
Aslida bu betginamga ursalar agar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

268

U betimni tutib bersam boʻlarkan, axir
Erim taxtga chiqmoqda-ya? Bordi-yu erim
Shoh qiziga uylansa ham, bolalarimga
Orttirsa ham uka-singil, uning bu ishi–
Bizlar uchun... Qiziqqonlik hali shungami?
Nima boʻldi oʻzi senga, Medeya bonu?
Bu hammasi yo yaxshilik sari emasmi?
Yo bizlarda bola yoʻqmi? Bormi yurt, shahar?
Yo hammamiz biratoʻla quvgʻindimizmi
Doʻstu yordan chetda? Ana shularni oʻylab
Xomchoʻt qilib, angladimki, aqldan emas
Qahru itob qilganlarim. Men endi dildan
Seni olqab gʻururlandim. Burch va kamtarlik
Seni, Yason, shu koʻylarga solgan aniq.
Sen qaytadan uylanmoqni ixtiyor etib
Reja tuzding. Xayolimga oʻshanda mening
Senga loyiq yoʻl-yoʻriqlar berish kelmabdi,
Kelinchakning xizmatlarin qilsam boʻlar-ku!
Magʻrurlansam oliy nasab kundoshim bilan.
Boʻladi-ku biz hammamiz xotinmiz asli–
Sizlarga sal ozor berdik afu etgaysiz

[Yevripid. Medeya. Fojia. Toshkent. Gʻafur Gʻulom

nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 64-65-betlar].

Shunday deya Medeya Yasonning ishonchiga kirib, uning xotiniga zaharlangan sarpo va

tillaqosh sovgʻa qiladi. Sovgʻalarni bolalari orqali joʻnatadi:

Xotiningga bolalardin berib yuborgum,

Men bilaman jahonda yoʻq bu kabi narsa.
Toʻxta... Hozir, joriyalar, bittangiz harir
Sarpo bilan tillaqoshni olib kelingiz

.

Bolalariga:

Eng muhimi diqqat qiling bu kiyim-boshni
Oʻzi olsin, qani boʻling, jadallang tezroq.
Javobini zor-intizor kutajakman men
Xayrli boʻlsin shak-shubhasiz, xudo yor boʻlsin.

Bu voqeadan soʻng Medeya shoh qiziga zaharlangan sarpo va tillaqoshni berib yuboradi.

Buni taqqan kelinchak rangi boʻzdek oqarib, yiqiladi. Qazo qiladi. Bundayin musibatga chidolmay
shoh Kreont ham jon beradi. Medeya esa oʻgʻillarimni dushmanlarim oʻldirmasin, deya oʻz qoʻllari
bilan oʻldiradi. Jasadni Yasonga koʻrsatishdan bosh tortib, aravaga oʻtirib, koʻzdan gʻoyib
boʻladi...

Qanchalar mudhish holat. Oʻz oilasiga xiyonat qilgan erkak va hamda buni koʻtara olmay

kundoshi va bolalarini oʻldirgan ona (Yason taʼbiri bilan aytganda, ilon, urgʻochi arslon) obrazi.
Gunohkorlar qoʻlida gunohsiz murgʻak ikkita oʻgʻilning uvol ketishi...


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

269

Asarning mazmunini yana ham ochib berish uchun yozuvchi hozirgi kunda ham keng

foydalanilayotgan maqollar, iboralardan unumli foydalangan. Har bir qahramon tilidan aytilgan
hikmatlar, iboralar asar gʻoyasini kengroq ochib berishga xizmat qilgan. Tragediyada qoʻllanilgan
ayrim frazemalarni tahlil qilishdan oldin aslida frazemalarning nima ekanligi haqida bilib olamiz.

Frazeologiya tilshunoslikning bir boʻlimi boʻlib, u tilning lugʻat tarkibidagi frazemalar

haqida maʼlumot beradi.

Frazema koʻchma maʼnoli turgʻun konstruksiyadir. Masalan, zoʻraymoq (leksema) –avj

olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) – azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham
leksema kabi lugʻaviy birlik sanaladi, ammo oʻzining ifoda va mazmun planlaridagi qator
belgilari bilan leksemadan farqlanadi

[H.Jamolxonov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent

"Talqin"–2005. 216-bet].

Frazeologiya oʻz ichiga iboralar, aforizmlar, maqollarni qamrab oladi. Bunday birliklar

til paydo boʻlganda vujudga kelib, u bilan birga rivojlanib, sayqallanib kelmoqda. "Medeya"
tragediyasida ham koʻplab frazemalar mavjud. Ulardan ayrimlarini quyida keltirib oʻtamiz:

• Ham telbaday koʻngil qoʻyib alp Yasonga (8-bet), yaʼni bu yerda

koʻngil qoʻymoq

yaxshi koʻrmoq iborasi mavjud.

• El koʻziga ul boyaqish xush koʻrinsa-da

Xush koʻrinmoq

– yoqmoq, yaxshi koʻrinmoq.

• Bagʻri butun

kam topilur, ushbu dunyoda.

Bagʻri butun, yaʼni gʻami yoʻq, kamchiliksiz inson.
• Yigʻishtirib qoʻymoqdalar bordi-keldini.

Yigʻishtirib qoʻymoq

–butunlay toʻxtatib qoʻymoq, toʻxtatmoq.

• Barcha noxush ishlarni dildan oʻtkazar

Dildan oʻtkazmoq

– qissa muddat, on ichida oʻylamoq, koʻngildan oʻtkazmoq.

• Erini deb boy bergandi oʻz diyorini.

Boy bermoq

– qoʻldan bermoq, yaʼni yoʻqotmoq.

Sirtiga suv yuqtirmagan kishiday

boʻldim, yaʼni asarda suvdan quruq chiqadi iborasi

bilan sinonimlik yuzaga kelgan.

• Gar qolishi vojib ersa qozon yopigʻliq, yaʼniki bu mavzu haqida boshqa umuman soʻz

ochilmasin,

yopiq qozon yopiqligicha qolsin

mazmunida.

Koʻngil tubida saqlamoq

– hech kimga aytmaslik, sir saqlamoq.

Dunyodan toq oʻtmoq

– uylanmay yoki turmushga chiqmay hayotdan oʻtish.

Koʻz ilgʻamas

– kichkinagina, arang koʻrinadigan darajada mayda.

• Koʻrarga koʻzim yoʻq tiriklikni

Koʻrishga koʻzi yoʻq

, yaʼni umuman koʻrgisi kelmaslik.

• Koʻz yoshingni selob aylama

Koʻz yoshi selob boʻlmoq

– koʻp yigʻlagani sababli koʻz yoshining selday oqishi.

Peshvoz chiqmoq

– kutib olmoq.

Bor sanʼatini ishga solmoq

– barcha usullardan foydalanib, jon-jahdi bilan harakat

qilmoq.

Xush koʻrmaslik

–yomon koʻrish, kimningdir yoqmasligi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

270

Bir yostiqqa bosh qoʻymoq

– Biror kishi bilan turmush qurmoq; er-xotin boʻlmoq

[ E.Begmatov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, T.Mirzayev, N.Toʻxliyev, E.Umarov,
D. Xudoyberganova, A.Hojiyev. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Ikkinchi jild. "Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi". Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent –2020. 49-bet]. Iboraning soʻzdagi muqobili
sifatida yostiqdosh soʻzini keltirishimiz mumkin.

• Jonga tegsa oilasi erkakka ne gʻam

Jonga tegmoq

– bezor boʻlmoq.

Boshqa yoqqa koʻz suzgancha arqon uzarlar

–asarda boshqa ayolga uylanib

Medeyadan kechmoq maʼnosida.

• Bizdan esa qoʻl siltabon qiyo boqmaslar

Qiyo boqmaslik

– umuman qaramaslik, eʼtibor bermaslik.

Qorasini ham koʻrmaslik

– umuman koʻrmaslik.

• Izn bermoq

–ruxsat bermoq.

Toʻrt muchasi sogʻ

–butun tanasi sogʻlom.

Nobud boʻlmoq

– yoʻqolmoq, oʻlmoq.

Kalaka boʻlmoq

–masxara qilib, ustidan kulmoq.

• Vale barcha mehnatlarim chippakka chiqdi

Chippakka chiqmoq

– harakatlari besamar ketmoq.

Tirnoqqa zor

–farzandi yoʻq, befarzand.

Ixtiyori qoʻlida boʻlmoq

–oʻzi istaganday yashamoq.

Ogʻiz ochmaslik

– umuman gapirmaslik.

Ona boʻlmoq

– farzandli boʻlmoq.

Bundan tashqari asarda xalqimiz azal-azaldan qoʻllab keladigan maqollardan ham keng

foydalanilgan:

Soʻnggi pushaymon oʻzingga dushman (26-b);

El ogʻziga elak tutib boʻlmas (27-b);

Quruq gap bilan ish bitmas;

Osmon yiroq, zamin qattiq (67-b);

Bolali uy – bozor (75-b);

Bir tovuqqa ham suv, ham don (75-b).

Bu asar hozirgi kunda ham kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinayotgan, ibratli

soʻzlarga, maqollar va iboralarga eng boy tragediya namunasi hisoblanadi. Asarni oʻqish
jarayonida oʻquvchida hech qanday tushunarsizlik kuzatilmaydi. Negaki bu asar barchaga
tushunarli, sevib mutolaa qilinadigan, hayotda ham juda koʻp voqealarga nisbatan ishlatishimiz
mumkin boʻlgan maqollarga boydir.

REFERENCES

1.

E.Begmatov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, T.Mirzayev, N.Toʻxliyev,
E.Umarov, D. Xudoyberganova, A.Hojiyev. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Ikkinchi jild.
"Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi". Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent –2020.

2.

H.Jamolxonov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent "Talqin"–2005.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

271

3.

Yevripid. Medeya. Fojia. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat
nashriyoti.

4.

Kutubxona.com

5.

www.ziyouz.com kutubxonasi

References

E.Begmatov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, T.Mirzayev, N.Toʻxliyev, E.Umarov, D. Xudoyberganova, A.Hojiyev. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Ikkinchi jild. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi". Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent –2020.

H.Jamolxonov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent "Talqin"–2005.

Yevripid. Medeya. Fojia. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

Kutubxona.com

www.ziyouz.com kutubxonasi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов