ENERGY EFFICIENT ENGINEERING OF BUILDINGS COMMUNICATIONS

HAC
Google Scholar
To share
Isakova, D., & Nawrizbaev , A. . (2023). ENERGY EFFICIENT ENGINEERING OF BUILDINGS COMMUNICATIONS. Modern Science and Research, 2(10), 1005–1009. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26396
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article focuses on the use of renewable alternative energies and the correct use of the solar collector used for heating the building, reducing energy consumption, and further improvement of the system.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1005

BINOLARNING ENERGIYA TEJAMKOR MUHANDISLIK KOMMUNIKACIYALARI

Isakova Dinora Mirasovna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Qurilish” fakulteti “Muhandislik

komunikaciyalar qurilishi” kafedrasi stajyor óqituvchisi

Nawrizbaev Atabek Jabbarbergen ulı

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Qurilish” fakulteti “Muhandislik

komunikatsiyalar qurilishi va montaji” yo‘nalishi bakalavr talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10251637

Annotaciya.

Maqolada bugungi kunda qayta tiklanadigan muqobil energiyalardan

foydalanish va binoni isitishda foydalaniladigan quyosh kollektoridan tóǵri foydalanish, energiya
sarfini kamaytirish kabi tizimni yanada takomillashtirish masalariga tóqtalib ótilgan.

Kalit sózlar:

Quyosh kollektorlari, Muqobil energiya manbayi, Energiya tejamkorlik

ENERGY EFFICIENT ENGINEERING OF BUILDINGS COMMUNICATIONS

Abstract.

The article focuses on the use of renewable alternative energies and the correct

use of the solar collector used for heating the building, reducing energy consumption, and further
improvement of the system.

Key words:

Solar collectors, Alternative energy source, Energy saving

ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОЕ ПРОЕКТИРОВАНИЕ ЗДАНИЙ КОММУНИКАЦИИ

Аннотация.

В статье

основное

внимание

уделяется

использованию

возобновляемых альтернативных источников энергии и правильному использованию
солнечного

коллектора,

используемого

для

отопления

здания,

снижению

энергопотребления и дальнейшему совершенствованию системы.

Ключевые слова:

Солнечные коллекторы, Альтернативный источник энергии,

Энергосбережение.

KIRISH

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.08.2019 yildagi iqtisodiyot tarmoqlari va

ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish
va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari tóǵrisidagi PQ
4422-sonli qarorida keltirilgan masalalar bóyicha Respublikamizning barcha hududlarida
qurilayotgan kóp qavatli turar-joy binolari, savdo komplekslari, sanoat ishlab-chiqarish
karxonalari va qishloq xójaligiga moslashgan bino va inshootlarda energiya tejamkor muhandislik
tizimlarini qóllash ishlari samarali olib borish, bugungi kunda qurilayotgan zamonaviy turar joy
binolarining energiya samaradorligini oshirish zamon talabiga aylanib bormoqda [1].

Jahonda birinchilardan bo‘lib qayta tiklanuvchi energiyadan Yaponiya, Germaniya va

boshqa davlatlarda keng foydalanila boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri bu davlatlarda
yoqilǵi qazilma boyliklari deyarli yo‘q.

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni birinchilardan bólib,

akademiklar Ubay Oripov, Sodiq Azimovlar 1950-yillardan boshlab uylarni isitish, issiq suv bilan
taminlash uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqdi va bir necha uylar qurilib tajriba sinovlari
o‘tkazilgan.

Jahonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishda quyidagi mamlakatlar etakchilik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1006

qilmoqda:

Dunyoning 37 mamlakatida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid qonun qabul

qilingan, 70 ga yaqin mamlakat qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ishlash hajmini
kópaytirishga harakat qilmoqda. Hozirgi kunda qayta tiklanuvchi 5 energiyadan foydalanish
bóyicha Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Ispaniya va AQSH davlatlari etakchilik qilmoqda [4].

ASOSIY QISM

O’zbekiston Respublikasida qurilayotgan turar joy binolarining ko’p qismi yakka tartibdagi

individual loyihalar asosida qurib bitirilgan uylarni tashkil etadi. Bunday uy-joylarni qurishda
Ózbekiston iqlimi issiq va keskin kontinental hisoblanadi. Bunday kontinental iqlim sharoitida
qurilgan binolar xonalari yoz paytida harorat 40-45 °C bólgan paytlarda xona 45 °C darajadan
oshib ketadi. Xonaning bunday harorati diskomfort mikro-ilqimni keltirib chiqaradi. Yurtimizning
har xil hududlarida iqliming farqli bólishiga qaramay, uy-joylar qurilishda bir xil 1,5 ǵisht qilib
qurilgan. Demak bu shuni ko’rsatadiki, bazi sovuqroq iqlimli hududlarimizda energiya sarfi juda
ham ortib ketgan [2.161.b]. Bu muommoni hal etish yóllaridan biri quyosh kollektorlari yordamida
binoni isitish. Bu usul ancha energiya tejamkor usul hisoblanadi. Bu usul bilan 1983-yilda Sobiq
ittifoqda birinchi bólib tomda joylashtirilgan quyosh suv isitgishlari yordamida isitish tizimiga ega
bólgan eksperimental tajribalar o’tkazilgan va energiya sarfini yiliga 40-50% qisqartirishga
erishilgan. Yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish katta salohiyatga ega.
Negaki, ulkamizda yilning 300 ga yaqin kuni quyoshli hisoblanadi. Bu esa quyosh energiyasi
ishlab chiqarish uchun yaxshi imkoniyatdir. Quyosh energiyasidan binolarni isitish yoki sovitish
uchun ham ham foydalansa bóladi.

1-rasm. Quyosh kollektorli tabiiy sirkulyaciyali bir konturli sxema

Chunki, binoga qóyilgan quyosh kollektorlari orqali ham elektr energiyasini, ham issiqlik

energiyasini olish mumkin. Binolarni isitish va issiq suv bilan taminlashda havoli quyosh
kollektorlaridan foydalanish bir qansha yuqori samaradorlikka ega:

Havo kollektorlari qishda ham muzlamaydi;

Yozda qattiq qizib ketgan sharoitta issiqlik tashuvchiga xavf tuǵdirmaydi;

korroziya bilan boǵliq muammolar sezilarli darajada kam;

havo kollektorlari kóp material talab qilmaydi va narxi arzoniroq;

kollektorlarda isitiladigan havodan tóǵridan-tóǵri foydalanish bilan issiqlik
almashtirgichlarda issiqlik yóqotilishi bólmaydi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1007

shunday xususiyatlari bilan ular individual qurilish uchun juda mos, ularni foydalanish
órnining ózida yiǵish oson, bu unga sarflanadigan xarajatlarning kamayishiga imkon
yaratadi.

Ular tuzilishi bóyicha quyidagi elementlardan iborat: absorber, oynali izolyaciya, issiqlik

izolyaciyasi, korpus. Quyida havo kollektorlaridan paydalanıwfoydalanish maqsadga muvofiq
bólgan mısollar keltirilgan:

- Havoli mesitish tizimiga ega binolar, jumladan, sport zallari, cexlar, kóp miqdorda tashqi

havoni talab qiluvchi xonalar hamda turar joy binolari;

- Havoli quyosh kollektorlarining quritish potensialı 1 m² kollektor maydoniga soatiga 0,2-

0,7 kg suvni tashkil qiladigan don, tuxum, dorilik ósimliklar, yoǵoch va boshqa qurilish
materiallari yoki qishloq xójaligi va sanoat buyumlarini quritish xonalari.

Havoli quyosh kollektorlari quyoshli issiqlik qurilmalarining asosiy kompanentlaridan biri

hisoblanadi. Bul kompanentda quyosh nurlarini qabul qilish, uning issiqlik energiyasiga aylanishi
va issiqlik energiyasining issiqlik tashuvchisiga uzatilishi róy beradi.

2-rasmda havoli quyosh kollektorlari ishlash printsipi sxematik tarzda ko'rsatilgan.

2-rasm. Havoli quyosh kollektori ishlash prinsipi sxemasi

Issiqlik va sovuqlik bilan taminlash tizimlarida quyosh energiyasidan foydalanish

yordamida quydagilarni:
- quyoshli kunlarda issiqlik yiǵish va undan bulutli kunlarda va tunda foydalanish hisobiga yoqilǵi
va elektr energiyasini tejash;
- yoz oylarida quyosh issiqligini va har xil ishlab chiqarish uskunalari chiqarib tashlayotgan
issiqlikni mavsumiy akkumulyatorlarda yig'ish va undan ótish davri va sovuq mavsumda
foydalanish hisobiga yoqilǵi energiyasini tejash;
- mavsumiy akkumulyatorlardan foydalanish hisobiga issiqlik va sovuqlik generatorlari, nasos
qurilmalarining quvvatini pasaytirishga erishiladi. Bu esa jihozlarning kapital, energetik va
ishlatish sarflarini kamaytirish imkonini beradi [3].

Hozirgi kunda dunyo bóyicha kishi boshiga yiliga órtacha hisobda 2 kVt soat energiya tóǵri

keladi. Bu kórsatgich normal hayot sharoiti uchun yiliga 10 kVt soatni tashkil etishi kerak.

XULOSA

Xulosa qilib aytsak, respublikamizda energiya tejamkorlik va samaradorlikka erishishda

qayta tiklanuvchi energiya resurslarini tadqiqot qilish va joriy qilish ishlarini yanada yuksaltirish,
amaldagi masalalarni bóyicha huquqiy, ilmiy va innovacion yechimlar qabul qilish yurtimizning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1008

rivojlanishi, el-yurt faravonligini kótarish, xalq salomatligi, atrof-muhit tozaligini yanada samarali
taminlashda aktual hisoblanadi.

Ózbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyati kengligi tufayli, binolar

muhandislik kommunikaciyalarini loyihalashda quyosh kollektoridan foydalanadigan bólsak,
ancha energiya tejamkorligiga va samaradorligiga erishishimiz shubhasiz.


REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.08.2019 yildagi PQ 4422-sonli qarori

2.

Energiya tejamkorlik asoslari. Professor Q.R.Allayev tahriri ostida TOSHKENT «VORIS-
NASHRIYOT» 2014.

3.

Majidov N.N. Issiq suv ta'minoti tizimlarida quyosh energiyasidan foydalanish ФерПИ,
2020, T.24, спец.вып. №2

4.

T. Toshpolatov, D. B. Qodirov Qayta tiklanuvchi energiya manbalari óquv qóllanma,
Toshkent 2020.

5.

Ходжаев С.А., Богданов Н.Й., Райвич Р.М. ва Кодиров p.p. “Система сертификации
зданий по энергоэффективности (особенности, структура, методология)”.
“Архитектура и строительство Узбекистана” журнал № 02-03 2014.

6.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

7.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

8.

Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish
Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.

9.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

10.

Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.

11.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

12.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

13.

Maksetbaevich, Otegenov Khakimbay. "Ethnodemographic procesess at the headquarters of
amudarya on the EVE of the 1916 uprising." Journal of Critical Reviews 7.11 (2020): 391-
395.

14.

Отегенов, Хакимбай. "К оценке восстаний в Хивинском ханстве и Амударьинском
отделе в 1916 г." Каспийский регион: политика, экономика, культура 2 (59) (2019):
31-36.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1009

15.

Отегенов, Хакимбай Максетбаевич. "Восстание 1916 года в Каракалпакстане: общее
и особенное." Перекрёстки истории. Актуальные проблемы исторической науки:
материалы XV Международ (2019): 131.

16.

Rametullaevich, Kudiyarov Alisher, and Utegenov Khakim Makhsetbaevich. "The Struggle
of the Working People of Karakalpakstan against Social and Colonial Oppression in 1916
in Chimbay." resmilitaris 13.1 (2023): 2980-2984.

17.

Aitmuratov, J., et al. "THE ARAL SEA PROBLEM IN THE VIEWS OF OUR POETS."

湖南大学学

(

自然科学版

) 48.12 (2021)

18.

Отегенов, Х., & Ҳакимниязов, К. (2015). НАРОДНОЕ ВОССТАНИЕ 1916 ГОДА В
ХИВИНСКОМ ХАНСТВЕ И АМУДАРЬИНСКОМ ОТДЕЛЕ ТУРКЕСТАНСКОГО
КРАЯ. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО
УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 27(2), 50–55.

19.

Maksetbaevich, Otegenov Khakimbay. "Ethnodemographic procesess at the headquarters of
amudarya on the EVE of the 1916 uprising." Journal of Critical Reviews 7.11 (2020): 391-
395.

20.

Отегенов, Хакимбай. "К оценке восстаний в Хивинском ханстве и Амударьинском
отделе в 1916 г." Каспийский регион: политика, экономика, культура 2 (59) (2019):
31-36.

21.

www. Ziyonet.uz

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.08.2019 yildagi PQ 4422-sonli qarori

Energiya tejamkorlik asoslari. Professor Q.R.Allayev tahriri ostida TOSHKENT «VORIS-NASHRIYOT» 2014.

Majidov N.N. Issiq suv ta'minoti tizimlarida quyosh energiyasidan foydalanish ФерПИ, 2020, T.24, спец.вып. №2

T. Toshpolatov, D. B. Qodirov Qayta tiklanuvchi energiya manbalari óquv qóllanma, Toshkent 2020.

Ходжаев С.А., Богданов Н.Й., Райвич Р.М. ва Кодиров p.p. “Система сертификации зданий по энергоэффективности (особенности, структура, методология)”. “Архитектура и строительство Узбекистана” журнал № 02-03 2014.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

Maksetbaevich, Otegenov Khakimbay. "Ethnodemographic procesess at the headquarters of amudarya on the EVE of the 1916 uprising." Journal of Critical Reviews 7.11 (2020): 391-395.

Отегенов, Хакимбай. "К оценке восстаний в Хивинском ханстве и Амударьинском отделе в 1916 г." Каспийский регион: политика, экономика, культура 2 (59) (2019): 31-36.

Отегенов, Хакимбай Максетбаевич. "Восстание 1916 года в Каракалпакстане: общее и особенное." Перекрёстки истории. Актуальные проблемы исторической науки: материалы XV Международ (2019): 131.

Rametullaevich, Kudiyarov Alisher, and Utegenov Khakim Makhsetbaevich. "The Struggle of the Working People of Karakalpakstan against Social and Colonial Oppression in 1916 in Chimbay." resmilitaris 13.1 (2023): 2980-2984.

Aitmuratov, J., et al. "THE ARAL SEA PROBLEM IN THE VIEWS OF OUR POETS." 湖南大学学报 (自然科学版) 48.12 (2021)

Отегенов, Х., & Ҳакимниязов, К. (2015). НАРОДНОЕ ВОССТАНИЕ 1916 ГОДА В ХИВИНСКОМ ХАНСТВЕ И АМУДАРЬИНСКОМ ОТДЕЛЕ ТУРКЕСТАНСКОГО КРАЯ. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 27(2), 50–55.

Maksetbaevich, Otegenov Khakimbay. "Ethnodemographic procesess at the headquarters of amudarya on the EVE of the 1916 uprising." Journal of Critical Reviews 7.11 (2020): 391-395.

Отегенов, Хакимбай. "К оценке восстаний в Хивинском ханстве и Амударьинском отделе в 1916 г." Каспийский регион: политика, экономика, культура 2 (59) (2019): 31-36.

www. Ziyonet.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов