FACTORS AFFECTING THE ANNUAL GROWTH OF THE POPULATION IN THE TOWNS OF YAZYOVON DISTRICT

HAC
Google Scholar
To share
Abduvaliyev , X., & Mahammadova, M. (2023). FACTORS AFFECTING THE ANNUAL GROWTH OF THE POPULATION IN THE TOWNS OF YAZYOVON DISTRICT. Modern Science and Research, 2(12), 63–66. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26475
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article analyzes the demographic situation of the population of the towns of Yozyovon district of Fergana region in 2022-2023. The authors have reached some conclusions about the analysis.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

63

YOZYOVON TUMANI SHAHARCHALARIDA AHOLINING YILLIK O‘SISHIGA

TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Abduvaliyev Xayitboy Abdug‘aniyevich

Farg‘ona davlat universiteti geografiya kafedrasi dotsenti v.b., PhD

h.a.abduvaliyev@gmail.com

;

Mahammadova Mahbubaxon Rahmiddin qizi

Farg‘ona davlat universiteti geografiya yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10278194

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani shaharchalari

aholisi sonining 2022-2023-yillardagi demografik holati tahlil qilingan. Mualliflar taxlil
yuzasidan ayrim xulosalarga erishgan.

Kalit so‘zlar:

shaharchalar, aholi soni, aholi zichligi, migratsiya, infratuzilma, tabiiy

geografik sharoit.

FACTORS AFFECTING THE ANNUAL GROWTH OF THE POPULATION IN

THE TOWNS OF YAZYOVON DISTRICT

Abstract.

This article analyzes the demographic situation of the population of the towns of

Yozyovon district of Fergana region in 2022-2023. The authors have reached some conclusions
about the analysis.

Key words:

towns, population, population density, migration, infrastructure, natural

geographical conditions.

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ГОДОВОЙ РОСТ НАСЕЛЕНИЯ В ГОРОДАХ

ЯЗЕВОНСКОГО РАЙОНА

Аннотация.

В данной статье анализируется демографическая ситуация населения

городов Езёвонского района Ферганской области в 2022-2023 годах. Авторы пришли к
некоторым выводам по поводу анализа.

Ключевые слова:

города, население, плотность населения, миграция,

инфраструктура, природно-географические условия.


Kirish.

Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan qismida, qit’a, mamlakat, viloyat, tuman,

shaharlarida istiqomat qiluvchi insonlar majmui. Mazkur insonlar zaminida jamiyat shakllanadi.
Yer yuzida insonlar paydo bo‘libdiki, yildan-yilga o‘sib rivojlanib bormoqda. Insonlar paydo
bo‘lganlaridan buyon o‘zlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, o‘zlarining yashash muhitini
optimallashtirishga harakat qilib kelmoqdalar. Aholi o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy
resurslardan foydalanib, zarur bo‘lgan maxsulotlarni yaratib kelmoqda.

Shu xususida vatanimizda aholi soni bo‘yicha yuqori o‘rinlarni band qilib kelayotgan

Farg‘ona viloyati aholisining demografik holatini o‘rganish va tahlil qilib borish muhim geografik
tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Farg‘ona viloyatida 15 ta ma’muriy tuman bo‘lib,ularning
ichida aholi sonining ko‘pligi bo‘yicha Quva tumani oldinda tursa, aholining o‘sish suratlari
bo‘yicha Yozyovon tumanining ham alohida o‘rni mavjud.

Muhokama va natijalar.

Yozyovon tumani Farg‘ona viloyatining shimoliy qismida

joylashgan. Yozyovon tumani shimolda Andijon viloyati, shimoliy-g‘arbdan Namangan, janubi-
g‘ g‘arbda Toshloq tumani, janubda Qo‘shtepa tumani, janubi-g‘arbda Oltiariq tumani bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

64

chegaradosh. Tuman 1980-yil 27-dekabrda tashkil etilgan. Markazi Yozyovon shaharchasi.
Maydoni 0,407 ming kv.km. 33 ta mahalla fuqarolari yig‘inlari, 37 ta aholi yashash punktlari
mavjud. 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra jami aholi soni 117237 kishini tashkil etib, zichligi 1
kv.km ga 288 kishi to‘g‘ri keladi. Viloyat markazigacha bo‘lgan masofa 45 kmni tashkil etadi.
Yoyovon tumanida 9 ta shaharcha (Yozyovon, Yozyovonchek, Yo‘ldoshobod, Qorasoqol,
Qoratepa, Kelajak, Quyi Soybo‘yi, Toshovuz, Xonobod) va 28 ta qishloq aholi punktlari mavjud
(1-jadval).

1-jadval

Yozyovon tumani shaharchalari haqida ma’lumot

Shaharchalar

Aholisi soni

01.01.

2022

01.01.2

023

Yillik

o‘sish

1

Kelajak

3011

3033

100,7

2

Quyi Soybo‘yi

7253

7346

101,3

3

Yozyovonchek

4452

4514

101,4

4

Xonobod

7444

7549

101,4

5

Toshovuz

6210

6314

101,7

6

Yozyovon

14066

14323

101,8

7

Qoratepa

15923

16213

101,8

8

Qorasoqol

4767

4861

102,0

9

Yo‘ldoshobod

5858

6005

102,5

O‘rtacha

101,7

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, 2022-yilga nisbatan 2023-yilda Yozyovon

tumani aholisi 2495 kishiga ko‘paygan. Bir yillik bu ko‘payishning 47% i ya’ni, 1174 kishi
shaharchalar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan 1321 kishi ya’ni 53%i esa qishloq aholi punktlari
hisobiga to‘g‘ri keladi. Tumanning aholisining shaharchalar hisobiga bir yillik o‘sishi o‘rtacha
101,7 foizni tashkil qilmoqda. Tuman shaharchalarining bir yillik o‘rtacha o‘sishi ko‘rsatkichiga
nisbatan tumanning Quyi Soybo‘yi (101,3), Xonobod (101,4), Yozyovonchek (101,4)
shaharchalari past o‘sganligi ma’lum bo‘ldi. Toshovuz (101,7), Kelajak (101,7) shaharchalari
tuman shaharchalari o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan bir xil holatni qayd etgan bo‘lsa, Qoratepa (101,8),
Yozyovon (101,8), Qorasoqol (102,0), Yo‘ldoshobod (102,5) shaharchalari tuman shaharchalari
o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori holatni qayd etganligini ko‘rish mumkin.

Shaharchalarni o‘rtacha arifmetik qiymat topish usulida bir yillik o‘sishini past, o‘rta yuqori

darajalarga ajratilsa quyidagi holat yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Quyi o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan shaharchalar:

Kelajak (100,7), Quyi Soybo‘yi (101,3);

O‘rtacha o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan shaharchalar:

Xonobod (101,4), Yozyovonchek (101,4), Toshovuz (101,7), Qoratepa (101,8), Yozyovon

(101,8);

Yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan shaharchalar:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

65

Qorasoqol (102,0), Yol’doshobod (102,5);

Tumandagi demografik o‘sish stabil bo‘lib, hech bir shaharchada demografik

ko‘rsatkichlar manfiy nisbatga ega emas. Tuman shaharchalarining o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichi
meyor darajasida bo‘layotganligi ko‘rinadi.

Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turubdiki, Yozyovon tumani aholisining yillik

o‘sish hisobining deyarli yarmi, shaharchalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shaharchalar orasida
Yo‘ldoshobod shaharchasi eng yuqori natijanni ko‘rsatgan. Buning asosiy sabablari, aholining
turmush darajasi yaxshilanayotgani, aholi zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlanayotgani, aholiga
xizmat ko‘rsatish sifati ortib borayotganidir.

Kelajak va Quyi Soybo‘yi shaharchalarida aholining o‘sish sur’atlari nisbatan past

ko‘rsatkichlarga ega. Bunining sababi geografik o‘rinning aholi uchun qulay emasligi, aholining
yashash sharoiti, ma’lumotlik darajasining pastligi, aholining bantlik darajasi past bo‘lganligi
uchun aholining aksariya qismi migratsiya hisobiga chiqib ketishidir. Bundan tashqari bu
shaharchalarda suv resurslari ham yetarli darajada ta’minlanmagan, qishloq xo‘jalik yerlari ham
unchalik yaroqlik emas.

Hozirgi kunda aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ko‘plab islohotlar olib

borilmoqda. Bu islohotlar samarasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lmoqda. Aholiga xizmat
ko‘rsatish sifati oshib bormoqda, aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan ko‘plab chora-
tadbirlar qo‘llanilmoqda. Davlat dasturi asosida (“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida)
hududlarni ijtimoiy rivojlantirish o‘z samarasini berayotganligi bilan ham izohlanadi.

Xulosa.

Har bir mamlakar rivojlanib, iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yuksalib borar ekan, bu

albatta aholining turmush darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlangan sari
aholining soni va zichligi ham ortib boradi. Mamlakatda shakllanayotgan shaharchalarni
joylashtirishda bu masalaga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Shu o‘rinda Yozyovon tumani
aholisini yildan yilga o‘sib borayotganini hisobga olgan holda, ularni hudud bo‘ylab
joylashtirishda ayrim nozik masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu albatta, tumanning
kelajakdagi qiyofasini shakllantarishda muhim omil hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Abdug‘aniyevich, A. X. (2023). FARG ‘ONA VILOYATI NORASMIY MEHNAT
BOZORLARI SHAKLLANISHINING GEOGRAFIK OMILLARI.

World of

Science

,

6

(4), 574-580.

2.

Abduvaliyev, H. A. (2020). GEOGRAPHICAL DIRECTIONS OF THE STUDY OF
THE TERRITORIAL ORGANIZATION OF THE POPULATION.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

2

(6), 255-

261.

3.

Абдувалиев, Ҳ. А., Ҳамдамова, Ф. А. Қ., & Эралиева, З. З. Қ. (2021).
ЛАНДШАФТ ОМИЛИ АСОСИДА АҲОЛИ ҲУДУДИЙ ТАКРИБИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.

Academic research in educational sciences

,

2

(12), 1141-

1145.

4.

Аҳмадалиев, Ю. И., Абдувалиев, Ҳ. А., & Алимджанов, Н. Н. (2019). ABOUT
THE ETHOGEOGRAPHIC ROOTS OF PROBLEMS OF THE CONSUMING


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

66

WATER AND GROUND RESOURCE. In

Геоэкологические проблемы бассейна

Аральского моря: научные идеи, исследования, инновации. Сборник материалов
Международной научно-практической конференции

(pp. 107-111).

5.

https://farstat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2.html

sayti ma’lumotlari

References

Abdug‘aniyevich, A. X. (2023). FARG ‘ONA VILOYATI NORASMIY MEHNAT BOZORLARI SHAKLLANISHINING GEOGRAFIK OMILLARI. World of Science, 6(4), 574-580.

Abduvaliyev, H. A. (2020). GEOGRAPHICAL DIRECTIONS OF THE STUDY OF THE TERRITORIAL ORGANIZATION OF THE POPULATION. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(6), 255-261.

Абдувалиев, Ҳ. А., Ҳамдамова, Ф. А. Қ., & Эралиева, З. З. Қ. (2021). ЛАНДШАФТ ОМИЛИ АСОСИДА АҲОЛИ ҲУДУДИЙ ТАКРИБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(12), 1141-1145.

Аҳмадалиев, Ю. И., Абдувалиев, Ҳ. А., & Алимджанов, Н. Н. (2019). ABOUT THE ETHOGEOGRAPHIC ROOTS OF PROBLEMS OF THE CONSUMING WATER AND GROUND RESOURCE. In Геоэкологические проблемы бассейна Аральского моря: научные идеи, исследования, инновации. Сборник материалов Международной научно-практической конференции (pp. 107-111).

https://farstat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2.html sayti ma’lumotlari

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов