DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF PRESCHOOL CHILDREN BY MEANS OF ART-PEDAGOGY (IN THE EXAMPLE OF A PREPARATORY GROUP)

HAC
Google Scholar
To share
Bo’ronova, M. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF PRESCHOOL CHILDREN BY MEANS OF ART-PEDAGOGY (IN THE EXAMPLE OF A PREPARATORY GROUP). Modern Science and Research, 2(12), 268–272. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26571
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the issues of developing creative abilities of preschool children through ART-pedagogy. The article also talks about the development of children's abilities and creativity through visual activities in preschool educational institutions.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

268

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ART-PEDAGOGIKA VOSITASIDA

IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

(TAYYORLOV GURUH MISOLIDA)

Bo'ronova Muhayyo Qahhorovna

Buxoro viloyat Romitan tuman Gazli shahar

26-DMTT tayyorlov guruh tarbiyachisi

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10301252

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni ART-pedagogika

vositasida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari yoritib berilgan. Shuningdek, maqola
davomida maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning
qobiliyatlari va ijodkorligini rivojlantirish haqida so'z boradi.

Kalit so’zlar:

ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalar,

tayyorlov guruh.

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF PRESCHOOL CHILDREN BY

MEANS OF ART-PEDAGOGY

(IN THE EXAMPLE OF A PREPARATORY GROUP)

Abstract.

This article highlights the issues of developing creative abilities of preschool

children through ART-pedagogy. The article also talks about the development of children's
abilities and creativity through visual activities in preschool educational institutions.

Key words:

development of creative abilities, children of preschool age, preparatory

group.

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДОШКОЛЬНИКОВ

СРЕДСТВАМИ АРТ-ПЕДАГОГИКИ

(НА ПРИМЕРЕ ПОДГОТОВИТЕЛЬНОЙ ГРУППЫ)

Аннотация.

В данной статье освещаются вопросы развития творческих

способностей дошкольников посредством АРТ-педагогики. Также в статье говорится о
развитии способностей и творчества детей посредством изобразительной деятельности
в дошкольных образовательных учреждениях.

Ключевые слова:

развитие творческих способностей, дети дошкольного возраста,

подготовительная группа.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda

maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-
sonli qarori ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan
yaxshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini,
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan
dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va
ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish,
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

269

shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini
rivojlantirish, o‘zining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning
jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat.

Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san’at orqali bolalardagi qobiliyat

hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.

Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini

maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni yetishtirib
chiqarish vazifasi turibdi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik

qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o‘rnibeqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga
ega bo‘lishi, buning uchun muntazzam ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘zining ilmiy nazariy
saviyasini tinimsiz ko‘tarishi, ilg‘or tajribalarga tayanishi kerak.

Davlat umumilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham

mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta’lim sifatsamaradorligini uzluksiz takomillashtirib
borishga yo‘naltirildi.

Тasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgacha

ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy
san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan,
san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash
ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni
ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi
mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib
ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi.
Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida
bolalarda

fikr

yuritishning

analiz,

sintez,

takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada
ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga o‘rganadilar. Bolalar
maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida
zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Maktabgacha

ta’lim

muassasalarining

tasviriy faoliyat birlamchi yo‘nalishi maktabgacha
yoshdagi

bolalarni

badiiy-estetik

tarbiyalash

hisoblanadi.

Bu

yo‘nalishning

samarasi

estetik

yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa,
badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va
boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq
bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari
bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy
faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining
barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

270

“Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida:

Badiiy didni tarbiyalash;
Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
Fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish;
Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi

ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan “Bolajon”

tayanch dasturining tuzilishi va mazmunining tahlilidan ayonki, kichik guruhlardan boshlab eng
ko‘p vaqt tasviriy faoliyatga ajratilgan.

Agar tasviriy faoliyatning turlari

rasm (2soat),
applikatsiya (0,5 soat),
qurish-yasash (0,5 soat)
loy ishini (1 soat) qo‘shib hisoblasak, jami 4 soatni tashkil etadi.
Haftalik yuklama 12 soatni tashkil etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tasviriy faoliyat

barcha faoliyatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi.

Demak, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo‘lim hisoblanadi va

faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Bu omil
tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari mazmuni va metodikasini faoliyatning boshqa turlariga hamohang
tarzda takomillashtirib borish lozimligini anglatadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar asosan

amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish; maktabda esa tasviriy
san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada
chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-
xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha
ta’lim muassasasida keltirilgan mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi.
Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha
ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib
boriladi.

Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida, qalam hamda

mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z xarakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar. Bu
esa, malakani egallash, bolalarda qo‘lini yengil, erkin bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini
rivojlantiradi.

Bolalar turli shakl, kattalik, proporsiyadagi

predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish
xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga,
predmetning

kattaligiga

mos

ravishda

harakatlanishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat
mashg‘ulotlarida materialdan tartibli foydalanishga,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

271

ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga
o‘rganadilar. Bu mashg‘ulotlar bolalarda diqqatni va ko‘rish xotirasini rivojlantiradi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki

tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Naturaga qarab
tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko‘rsatib, bolalar tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning
boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Bolalar naturani analiz qilishga butun umumiy
shaklni xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini
to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida geometrik shakllarni topa olishga yoki ko‘ra olishga,

ularni terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi, uzunligi, balandligini, qismlarning bir-biriga
nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni bolalarni maktabni 1-sinfda elementar matematik
tushunchalarini puxta egallashlariga yordam beradi.

Qurish-yasash mashg‘ulotlarida materiallardan qurish yasash bolalarda ko‘z bilan

chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki
o‘zlashtirishga yordam beradi.

Shunday qilib, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy

qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga tayyorlanib boriladi. Chunki bolalar predmetlar
bilan uzviy bog‘lanadilar, ularning o‘ziga xos sifatlari, shakli, rangi, katta-kichikligi bilan
tanishadilar, ularni farqini, o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga,
ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi.

Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o‘z hayotida, jamiyatda

bo‘layotgan voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo‘ladilar, hayajonlanadilar.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga
maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o‘rtoqlariga
yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-
biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari; ishni baholash jarayonida, ularda o‘rtoqlarining
ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish, to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan
xursand bo‘lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.

Тasviriy faoliyat - bu bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini

bajarishda

tinmay

mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy
vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini

ajratish bu estetik sezgining bo‘laklari
hisoblanadi.

Bolalarda

estetik

sezgining

rivojlanishi - rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq
sezish bilan bog‘liqdir. Bola rangni, shaklni,
uning xilma-xilligini sezsa, shunchalik ranglar
aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi,
bahramand bo‘ladi. Bolalarda estetik sezgining
rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi
sifatlariga nisbatan estetik baho berishni
rivojlantiradi. Ularda tasviriy san’at asarlarini
tushunishga,

ularga

nisbatan

his-tuyg‘uni,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

272

munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarning badiiy ijodiy o‘sishida muhim o‘rin
egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi-bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz
yaratishda zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni egallash hisoblanadi. Masalan: tabiatga yoki
istirohat bog‘iga sayr, kuz faslida ekskursiya uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni predmet yoki
tevarak atrofni kuzatishda kelib chiquvchi estetik histuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar
mehnatiga to‘g‘ri baho berish, Vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin.

Bolalarni o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ular

ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish - bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi
hisoblanadi.

Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy,

qurish materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va
mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi. Ularni o‘quv faoliyatiga tayyorlaydi:
pedagogni tinglashga, uning ko‘rsatmalarini bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani hal
etishda, uning asosiy va muhim hal etish yullarini izlab topish bu o‘quv faoliyatning asosiy
sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o‘z ishini nazorat qilib borish, maktabda
vazifalarni bajarishda ham rol o‘ynaydi. Shuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik
jihatdan ham tayyorlanib boradi.

REFERENCES

1.

Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.

2.

Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017

3.

“Bilimdon” dasturi. T.: 2014

4.

Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda
applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.

5.

D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini
shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan
dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007


References

Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.

Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017

“Bilimdon” dasturi. T.: 2014

Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.

D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов