VEGETATIVE SUPPORT OF MUSCLE WORK DURING PHYSICAL EDUCATION

HAC
Google Scholar
f
435-439
0
0
To share
Djurabekov , E. . (2023). VEGETATIVE SUPPORT OF MUSCLE WORK DURING PHYSICAL EDUCATION. Modern Science and Research, 2(12), 435–439. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26633
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the influence of special conditions of the external environment on the athlete's ability to work and changes in body functions in conditions of strong temperature and sunlight. Also, the ability to work in high temperature conditions, the satisfaction of the student for water and salt and the adaptation of the athlete to high temperature conditions are discussed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

435

JISMONIY TARBIYA JARAYONIDA MUSKULLAR ISHINING VEGETATIV

TA’MINLANISHI

Djurabekov Elmurod Tuxtamurodovich

Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Instituti "Ijtimoiy fanlar" fakulteti

Jismoniy madaniyat fani katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10336068

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

tashqi muhitning alohida sharoitlarining sportchi ish

qobiliyatiga ta’siri va harorat, quyosh nuri kuchli bo‘lgan sharoitlarda organizm funksiyalarining
o‘zgarishi masalalariga to’xtalib o’tilgan. Shuningdek, yuqori haroratli sharoitlarda ish
qobiliyati, suv va tuzga bo‘lgan talabani qondirish va sportchining yuqori haroratli sharoitga
moslashishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar:

sportchi ish qobiliyati, mashq qilish jarayonlari, fiziologik funksiyalar.

VEGETATIVE SUPPORT OF MUSCLE WORK DURING PHYSICAL EDUCATION

Abstract.

This article focuses on the influence of special conditions of the external

environment on the athlete's ability to work and changes in div functions in conditions of strong
temperature and sunlight. Also, the ability to work in high temperature conditions, the satisfaction
of the student for water and salt and the adaptation of the athlete to high temperature conditions
are discussed.

Key words:

athlete performance, training processes, physiological functions.

ВЕГЕТАТИВНОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ РАБОТЫ МЫШЦ ПРИ ЗАНЯТИЯХ

ФИЗКУЛЬТУРОЙ

Аннотация.

В данной статье рассматривается влияние особых условий внешней

среды на трудоспособность спортсмена и изменение функций организма в условиях
сильной температуры и солнечного света. Также обсуждаются возможность работы в
условиях высоких температур, удовлетворенность студента водой и солью и адаптация
спортсмена к условиям высоких температур.

Ключевые слова:

работоспособность спортсменов, тренировочные процессы,

физиологические функции.


Tashqi muhitning alohida sharoitlarining sportchi ish qobiliyatiga ta’siri.

Sport

musobaqalari va mashq qilish jarayonlari hamma vaqt ham organizm hayot faoliyati uchun qulay
sharoitlarda o‘tkazilavermaydi. Organizmning hayot faoliyati uchun noqulay bo‘lgan sharoit
fiziologik jarayonlarni o‘zgartirsh bilan birga fiziologik funksiyalarni ham izdan chiqaradi. Atrof
muhitning harorati, namligi, gaz tarkibi va boshqalar optimal derajada bo‘lganida organizm
tarkibidagi organ va sistemalar funksiyasi o‘z me’yorida bo‘ladi, kishi uzini yaxshi his qiladi, ish
qobiliyati ko’tariladi, ishga tez kirishadi, unda charchash kech rivojlanadi ish unumi oshadi.

Jismoniy mashq qilish yoki musobaka sharoitlari organizimdagi hayotiy jarayonlarni izdan

chiqaradigan bo‘lsa, ya’ni ichki organlar ishining kuchayishi yoki susayishi, tana haroratining
ortib ketishi, organizmning ichki muhiti tarkibida o‘zgarish belgilangan chegaradan ortiqcha
bo‘lsa, kishi o‘zini yomon his kiladi, ishga tez kirisha olmaydi, ish qobiliyati pasayib, tez
charchaydi, ish unumi past bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

436

Sportchining ish qobiliyatini pasaytiradigan bunday sharoitlarga tashqi muhitning qator

omillari kiradi. Masalan, tashqi muhitning yuqori yoki past harorati, ya’ni kuchli issiq va sovuq,
atmosfera bosimining kuchli o‘zgarishi-pasayishi yoki ortishi,

shamolning tezligi, havoning

ortiqcha namligi, ish bajariladigan joyning relyefi, kun chiqish va botish vaqtlarining keskin
o‘zgarishi (ya’ni bir mintakadan boshqasiga o‘tish paytlarida). Bunday ommillar organizmning
hayotiy jarayonlari tartibini o‘zgartirish bilan birga organizmning holatiga va ish qobiliyatiga ham
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqori haroratli tashqi muhitning organizmga ta’siri faqat harorat oqibatida bo‘lmay, harorat

bilan bir qatorda quyosh nuri ta’sirida yuzaga keladigan jarayonlardan ham iborat bo‘ladi.

Hozirgi zamon tasavvuri bo‘yicha quyoshga, o‘z-o‘zidan boshqariladigan termoyadroli

reaktor deb qarash mumkin, unda har soniyada 570 mln. tonna vodorod geliyga aylanadi. Bu
jarayon natijasida nihoyatda ko‘p nurli energiya hosil bo‘lib, uning 0,5 milliard qismi yerga yetib
keladi. Bu energiya ultrabinafsha (kimyoviy nurlar), ko‘rinadigan (yorug‘lik nurlari) va infraqizil
(issiqlik nurlari) nurlardan iborat bo‘ladi.

Yuqori harorat va quyosh nuri kuchli bo‘lgan sharoitlarda organizm funksiyalarining

o‘zgarishi.

Tashqi muhitning yuqori harorati va quyosh nuri ta’sirida organizmda yuzaga

keladigan jarayonlar yurak-tomir, nafas organlari, ter bezlari ishining kuchayishi, moddalar va
energiya almashinuvining o‘zgarishi, qon oqimining qayta taksimlanishi va boshqalar birinchi
navbatda badan haroratini saqlashga, organizm ichki muhiti turg‘unligini ushlab turishga
qaratilgan bo‘ladi.

O‘zbekiston iqlimi o‘zining keskin o‘zgaruvchanligi va ayniqsa, yoz faslida quyosh nurining

kuchliligi bilan hamda yuqori harorati bilan kishi organizmida borayotgan hayotiy jarayonlarga
ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda yashash, ayniqsa, jismoniy ish bilan shug‘ullanish
jarayonida organizm sistemalari ishida qator o‘zgarishlarning yuzaga kelishi mazkur bo‘limning
muqaddimasida ko‘rsatib o‘tildi. Shu sababli, bunday sharoitda sport sohasida yuqori malakali
kadrlar tayyorlash uchun quyosh nuri va issiqlik yuqori darajada bo‘lgan sharoitda organizmda
yuzaga keladigan fiziologik jarayonlar mexanizmini chuqur bilish lozimdir.

Yuqori haroratli sharoitlarda sportchilarning ish qobiliyatini saqlash uchun, ularni

suv va tuzga bo‘lgan talabani qondirish.

Yuqori haroratli sharoitda quyosh nuri va issiqlik

organizmning hayot faoliyati uchun ancha keyinchiliklar yaratadi. Sport faoliyatida srortchiing ish

qobiliyati tez pasayadi, charchash holati rivojlanadi, ish unumi pasayadi. Bunday salbiy
okibatlarning sodir bulyshiga asosiy sabab inson badanida normal holda saklanayotgan
haroratning baland harorat ta’sirida buzilishi bo‘lib, bu buzilish natijasida organizmda fiziologik
jarayonlarning o‘zgarishi, ba’zi holatda esa issiq urishi yuz beradi. Sportchilarda issiq urishi
okibatida, ba’zan hatto o‘lim holatlarini ham kuzatish mumkin. Issiq urganda markaziy asab
sistemasining funksiyasi buziladi, kishi hushini yukotadi shuningdek boshqa fiziologik
o‘zgarishlar ham yuzaga keladi.

Ma’lumki, odam tanasining harorati 36-37°S atrofida bo‘lganida fiziologik jarayonlar

normal boradi. Tana haroratining normadan biroz ortishi a’zolar va fiziologik sistemalar ishining
kuchayishiga, harakat aktivligining tezlashishiga, ish qobiliyatining ortishiga olib keladi. Masalan,
razminka mashqlari ta’sirida tana haroratini normadagiga nisbatan 1-1,5

S

ga ortishi, yuqorida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

437

kursatilganidek, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tana haroratining ancha sezilarli ortishi esa, fiziologik
buzilishga olib keladi.

Shiddatli muskul ishi yuqori haroratli sharoitlarda bajarilganda, oliy asab faoliyati buziladi,

bu holat inson xotirasi va irodasining pasayishida, lanjlik yuzaga kelishida, asab jarayonlari
muvozanatining, harakat reaksiyalariying buzilishida va boshqa hollarda nfmoyon bo‘ladi. Tashqi
muhitning yuqori haroratli sharoitida muskulning shiddatli va uzok muddatli

F

aoliyatidan keyin

po‘stloq funksiyalarining tiklanish davri ancha uzoq davom etadi.

Qon aylanish sistemasida yurak urishining tezlashishi va maksimal qon bosimining haddan

tashqari ortishi yoki ishgacha bo‘lgan darajadan pasayishi yuzaga keladi. Shuningdek, yurak
muskulining o‘ta kuchlanishini va funksional imqoniyatniig pasayishini kuzatish mumkin.

Muskulning yuqori haroratli sharoitlardagi faoliyati nafas sistemasida ham qator funksional

o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Nafas olish tezlashadi, o‘pka ventilyasiyasi kuchayadi, bu hol
nafas muskullariniig ortiqcha kislorod o‘zlashtirishi bilan kuzatiladi, buning hisobiga ishlayotgan
muskullarning kislorod bilan ta’minlanishi kamayadi. Nafasning tezlashishi, nafas markazi,
tonusining ortishi natijasida yuzaga keladi.

Muskullarda suv miqdorining kamayishi ish qobiliyatining keskin susayishiga olib keladi.

Yuqori haroratli sharoitlarda uzok vaqt jismoniy ish bilan shug‘ullanib, suv iste’mol qilish qon
plazmasi hajmini oshiradi, bu hol ishlayotgan muskullarning ozuqa moddalari bilan
ta’minlanishini, tanadan issiqlik chiqishini kuchaytirish bilan organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Jismoniy ish vaqtida sharbatli ichimlik ichish organizmning karbon suvlar bilan

ta’minlanishini kuchaytiradi. Bu ayniqsa uzoq muddatli jismoniy ishlarni bajarishda muhim
ahamiyatga ega. Chunki uzok muddatli jismoniy ishlarni bajarishda organizmning energiya
manbalari bo‘lgan jigar va muskullardagi glikogen to‘plamlarining kamayishi qon tarkibida
glyukoza miqdorining ancha pasayishiga olib keladi.

Muskulning yuqori haroratli sharoitlarda ish bajarishida, iste’mol kilinadigan

suyuqliklarning tarkibi, miqdori, iste’mol qilish vaqti kabi masalalar muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi. Shularni hisobga olgan holda turli xildagi eritmalar va maxsus aralashmali suyuqliklar
(tuzli suv, oqsil-vitaminli ichimlik, askorbin kislotali suv, choy, shuningdek, sabzavot va meva
ichimliklar) iste’mol qilinishi tavsiya etilgan.

Yuqori haroratli tashqi muhit sharoitida organizmning jismoniy ish qobiliyatini saqlash

uchun, prof.A.S.Sodiqov ko‘k choy ichishni tavsiya etgan. Ko‘k choy me’da shirasi ajralishini
kuchaytiradi, shiradagi kislota miqdorini normal holatda saklaydi, siydik ajratilishini biroz
oshiradi, suv ichishni kamaytirish bilan tashnalikni qondiradi, kishi o‘zini yaxshi his eta boshlaydi,
muskul kuchi oshadi va charchoq sezgisi yo‘koladi.

Yuqori haroratli sharoitda sportchilarning suv-tuz tarkibini tekshirish bilan shug‘ullangan

kishilardan ba’zilari turli qonsentrasiyada mineral tuzlar saqlagan eritmalar berishni tavsiya etadi.

Yuqori haroratli sharoitda bir necha kun sport mashqlari bilan muntazam shug‘ullanish

organizmda qator fiziologik o‘zgarishlarni yuzaga keltirish bilan birga organizmni shu sharoitga
moslashishini ham ta’minlaydi. Yuqori harorat ta’sirida yuzaga keladigan fiziologik o‘zgarishlar,
ko‘pchilik holatlarda sovuk ta’sirida yuz beradigan jarayonlarga qarama-qarshi bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

438

Sportchining yuqori haroratli sharoitga moslashishi.

Sportchi organizmining yuqori

haroratli sharoitga moslashishida boshlang‘ich va turg‘un bosqichlar mavjud. Boshlang‘ich
bosqichda nafas olish, yurak urishi tezlashadi. Teridagi qon tomirlarida qon okimi

kuchayadi, ichki

organlarga qon borishi kamayadi. Kuchli ter ajraladi, issiqlik ishlanishi susaya boshlaydi.

Adaptasiyaning turg‘un bosqichida yuqorida bayon etilgan reakisiyalar ulchamli va

uyg‘unlashgan holatga o‘ta boshlaydi. Issiqlik ishlanishining kamayishi eng ustun turuvchi omilga
aylanadi. Qon aylanishi va nafas olish sistemalari unchalik zo‘riqmay ishlay boshlaydi. Energiya
hosil bo‘lishiniig kamayishi ovkatni ko‘p miqdorda iste’mol qilish zaruratini pasaytiradi.

E.T.Tursunov va uning xodimlari jismonan har xil darajada chiniqqan sportchilar bilan

tekshirish o‘tkazganlarida, yuqori malakali sportchilarning havo harorati baland va quyosh nuri
kuchli bo‘lgan sharoitlardagi muskul ishi qayta-qayta takrorlanavergach, 4-5 kundan keyingina
moslashish (adaptasiya) sezilarli darajada yuzaga kelgani aniqlangan.

Organizmning yuqori haroratli sharoitga moslashish reaksiyalarining yuzaga kelishida

fiziologik sistemalar funksiyasining o‘zgarishlarini kuyidagicha ifodalash mumkin.

Ter chiqarishda:
a) jismoniy ish bajarishda terlash ancha tez boshlanadi, ya’ni ter chiqarishning harorat

pog‘onasi pasayadi;

b) ter chiqarish tezligi ortadi; v) ter chiqarish gavda sathi bo‘ylab bir xil taqsimlanadi;
g) ter tarkibida tuzlar kamayadi.
Qon va qon aylanishda:
a) yurakning qisqarish soni pasayadi;
b) qonning

sistolik hajmi

ortadi;

v) teri orqali qon okimi ko‘payadi;
g) tomirlarda aylanayotgan qon hajmi ortadi;
d) ish ta’sirida qonning quyuklashishi pasayadi;
ye) qonning teri tomirlariga borishining ortishi tezlashadi;
j) ish vaqtida qorin bo‘shlig‘i organlariga qon borishining pasayishi kamayadi.
Moddalar almashinuvida:
a) asosiy almashinuv pasayadi;
b) yengil ish bajarishda ishning kislorod kiymati kamayadi.
Tana haroratining boshqarilishida:
a) tinch holatda va muskul ishida gavdaning yadro hamda qobiq qismlarining harorati

pasayadi;

b) organizmning badan haroratining ortishiga chidamliligi kuchayadi.
Nafas olishda: xalloslash (tez-tez va yuzaki nafas olish) kamayadi Yuqori haroratli sharoitga

moslashish reaksiyasining rivojlanish darajasi, turgan gapki, kishining bunday sharoitda qancha
vaqt bo‘lishiga bog‘lik, bu vaqt qanchalik uzoq bo‘lsa, reaksiya shunchalik taksimlashgan bo‘ladi.

Atmosfera bosimi past bo‘lgan sharoitlarda sportchining ish qobilyati va moslashishi.

Kishi tekislikdan balandlikka, tog‘lik joylarga ko‘tarila boshlaganida, uning organizmida qator
funksional o‘zgarishlar: ish qobiliyatining pasayib borishi va baland tog‘lik sharoitda hatto
fiziologik jarayonlarning izdan chiqishi, u o‘zini yomon his qilishi, ba’zi kishilarda hatto «tog‘
kasalligi» deb yuritilgan holatning yuzaga kelishi ham kuzatiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

439

Keltirilgan fikrlardan tog‘lik sharoitda sport mashqlari bilan shug‘ullanish, sport

musobaqalari o‘tkazish uchun dastavval bunday sharoitda sportchi organizmida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan funksional o‘zgarishlarni chukur bilish lozim bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda tog‘ sharoitining organizmga ta’siri hakida yetarli ma’lumotlar to‘plangan.

Bu dalillardan bizga shu narsa ma’lumki, tog‘ sharoitining kishi ish qobiliyatiga salbiy ta’siri,
asosan, atmosfera tarkibida kislorodning kamayishi bilan bog‘liq. To‘qimalarning kislorod bilan
yetarlicha ta’minlanmasligi gipoksiya atamasi bilan yuritiladi. Kishi dengiz sathidan qanchalik
yuqori ko‘tarilsa atmosfera va undagi kislorodning bosimi shunchalik kamayib boradi.

O‘rtacha tog‘lik sharoitida sportchining ish qobiliyati ma’lum darajada bajariladigan ishning

turiga bog‘lik bo‘ladi. Ma’lumki, kishining har qanday faoliyati malum miqdordagi energiya sarfi
bilan kuzatiladi. Sarflanadigan energiya ba’zi sport mashqlarini bajarishda kislorodsiz (anaerob)
yo‘l bilan hosil bo‘lsa, ya’ni ish kislorodsiz (anaerob) sharoitda bajarilsa, boshqa sport mashqlari
kislorodli (aerob) yo‘l bilan ajralgan energiya hisobiga bajariladi.

Har xil balandlikda o‘tkazilgan tekshirishlar va musobaka natijalari fakat baland tog‘lik

sharoitida emas, balki o‘rtacha tog‘lik sharoitida ham sportchining ish qobiliyatining ancha
pasayishini ko‘rsatadi 1000m. gacha balandlikka ko‘tarilganda, organizmning tinch holatida ham,
jismoniy ish bajarish chog‘ida ham sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kelmaydi. Dengiz sathidan 2000
m. balandlikda, ayniqsa, aerob sharoitda ko‘p miqdorda kislorod talab kilinadigan ishlarni
bajarishda sportchi ish qobiliyatining pasayishi yaqqol ifodalanadi.

REFERENCES

1.

Ахмедов.Б.А “Жисмоний машқлар биомеханика” (Кундузги ва сиртқи бўлимда
ўқийдиган талабалар лекциядан методик қўлланма) Тошкент, 1990 й.

2.

Ахмедов. Б.А “Велотренажерда ишлаш” Тошкент., 1990 й.

3.

Алимбоев Р. “Жисмоний машқлар биомеханикаси” Тошкент, 2008 й.

4.

Қурбонов Ш., Қурбонова Ш. Спорт физиологияси. Қарши “Насаф” 2001

5.

Қурбонов Ш., Қурбонов А. Жисмоний машқларнинг физиологик асослари. Тошкент,
2003.

6.

Содиқов Қ. Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси Т., “Ўқитувчи”, 1992.

7.

Содиқов Қ. Оилавий ҳаёт-гигиена ва жинсий тарбия “Ўқитувчи”, 1997.

8.

Алматов К.Т. Улғайиш физиологияси. М.Улуғбек номидаги УзМУ босмахонаси.
Т.2004.

9.

Содиқов Б.А., Қучқарова Л.С., Қурбанов Ч.Қ. “Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва
гигиенаси”. Олий ўқув юртлари учун дарслик сифатида тавсия этилган. “Ўзбекистон
Миллий Энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. Т.: 2005 й.

10.

Содиқов Қ. Болалар анатомияси ва физиологияси Т. Низомий номидаги ТДПУ
нашриёти. 2001 й.


References

Ахмедов.Б.А “Жисмоний машқлар биомеханика” (Кундузги ва сиртқи бўлимда ўқийдиган талабалар лекциядан методик қўлланма) Тошкент, 1990 й.

Ахмедов. Б.А “Велотренажерда ишлаш” Тошкент., 1990 й.

Алимбоев Р. “Жисмоний машқлар биомеханикаси” Тошкент, 2008 й.

Қурбонов Ш., Қурбонова Ш. Спорт физиологияси. Қарши “Насаф” 2001

Қурбонов Ш., Қурбонов А. Жисмоний машқларнинг физиологик асослари. Тошкент, 2003.

Содиқов Қ. Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси Т., “Ўқитувчи”, 1992.

Содиқов Қ. Оилавий ҳаёт-гигиена ва жинсий тарбия “Ўқитувчи”, 1997.

Алматов К.Т. Улғайиш физиологияси. М.Улуғбек номидаги УзМУ босмахонаси. Т.2004.

Содиқов Б.А., Қучқарова Л.С., Қурбанов Ч.Қ. “Болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенаси”. Олий ўқув юртлари учун дарслик сифатида тавсия этилган. “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” давлат илмий нашриёти. Т.: 2005 й.

Содиқов Қ. Болалар анатомияси ва физиологияси Т. Низомий номидаги ТДПУ нашриёти. 2001 й.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов