EFFECTIVE WAYS TO DEVELOP STUDENTS' INTELLECTUAL ABILITIES IN ELEMENTARY MATHEMATICS CLASSES

HAC
Google Scholar
f
442-446
0
0
To share
Qulmamatov, S. . (2023). EFFECTIVE WAYS TO DEVELOP STUDENTS’ INTELLECTUAL ABILITIES IN ELEMENTARY MATHEMATICS CLASSES. Modern Science and Research, 2(12), 442–446. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27437
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about forms, methods and methods of developing inventive abilities of elementary school students.


background image


442

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING

INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI

YO‘LLARI

Qulmamatov Sindorqul Ibragimovich

Guliston davlat pedagogika instituti

Pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10419943

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ixtirochilik qobiliyatlarini

rivojlantishning shakl, usul va metodlari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Sinf, ta’lim, dars, qobiliyat, masala, ixtiro, usul, ijodiy fikr.

EFFECTIVE WAYS TO DEVELOP STUDENTS' INTELLECTUAL ABILITIES IN

ELEMENTARY MATHEMATICS CLASSES

Abstract.

This article talks about forms, methods and methods of developing inventive

abilities of elementary school students.

Key words:

Class, education, lesson, ability, problem, invention, method, creative thought.

ЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ РАЗВИТИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ

СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ НАЧАЛЬНОЙ МАТЕМАТИКИ

Аннотация.

В данной статье говорится о формах, методах и методах развития

изобретательских способностей учащихся начальных классов.

Ключевые слова:

Класс, образование, урок, способность, проблема, изобретение,

метод, творческая мысль.

Bugungi kunda jamiyatga noan’anaviy qarorlar qabul qiladigan, mustaqil fikrlaydigan,

intellektual kuchli ijodkor va shijoatli insonlar kerak. Bu kabi shijoatli ijodkor shaxslarni yaratish

usullaridan eng muqobillaridan biri – Ixtirochi masalalarini yechish nazariyasidir. Ixtirochilik

masalalarini yechish nazariyasining asoschisi G.S.Altshuller va uning izdoshlarining

ta’kidlashicha, ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi – bu o‘zida aniq hisob – kitobni,

mantiqni va ichki sezgini birlashtiruvchi, yangi boshqaruv jarayonining yaratilishidir.

Qo‘shimcha ta’lim darslarida ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi yangi, noan’anaviy

usul hisoblanadi va bu kichik maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashni osonlashtiradi, chunki

bolalarga ham qiziqarli va ularda yahshi kayfiyatni yuzaga keltiradi. Barcha ixtirochilik

masalalarini yechish nazariyasi o‘quv darslari jarayonlari – bu ijod, sifat yaratuvchisi, tadqiqotchi,

izlanuvchi va konstruktor sifatida ko‘proq bolalarning o‘zlari harakatda bo‘ladi.


background image


443

Ishlanmaning zamonaviyligi va ushbu dasturning yaratilishi shunisi bilan ustunki,

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qarama – qarshilik va ziddiyatlarni hal qilishlariga yordam beradi,

o‘quvchi talablarini qo‘shimcha har qanday hayotiy muammolarga qaratish va tezda hal qilishga

xizmat qiladi.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasining dasturi 1-4 sinflar uchun to‘rt yillik

boshlang‘ich ta’limi tarkibiy yo‘nalishiga ega va qo‘shimcha ta’lim dasturiga ega. Dastur 1-sinflar

uchun 4 yillik boshlang‘ich maktabda to‘garak tarzida tatbiq etiladi.

Quyida matematik krossvordlardan namuna keltiramiz.

Dastur davlat ta’lim standarti talablari va kichik yoshdagi o‘quvchilarini yoshini hisobga

olgan holda tuzilgan. Dastur boshlang‘ich o‘quvchilarini intellektual ko‘nikmasini

rivojlantirishga, o‘quvchilarni ijodiy salohiyatini oshirishga,kelajakda bolani ixtirochi shaxs

sifatida shakllanishiga, o‘zini namoyon qilishiga, ijodiy kompetensiyalarini ko‘rsata olishiga

hizmat qiladi. Ikkinchi avlod ta’lim standarti doirasida shax turli xil yoshda hayotiy, ijtimoiy

masalalarda universal qarorlar qabul qilishi ta’limni asosiy maqsadlaridan biridir.

Shu maqsadda dastur doirasida sezilarli tarzda ish jarayonini faolligi oshirilishi, shu bilan

birga o‘quvchilarning dinamik harakatini kuchayishi ko‘zda tutilgan. Universal qarorlarni turli xil

jarayonlarda qabul qilish va intellektini rivojlantirish, mustaqil harakatlanish ko‘nikmalariga ega

bo‘lishiga qaratilgan.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi kursining maqsadi

– hayotning turli xil

holatida paydo bo‘ladigan muammolarni yechishga tayyor ijodkor ijodkor shaxsni tarbiyalashga

qaratilgan muhit yaratishdir.


background image


444

Kursning vazifalari:

Insonparvar va estetik tushunchalarni,umumiy dunyoqarash tushunchasini “ Ziyon

yetkazma” shiori ostida jamiyatda o‘zini tuta bilish normalariga amal qilish ko‘nikmalarini

shakllantirish.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘zini

anglashni, o‘zini rivojlantirishni ijodiy yondashish orqali shakllantirish.

Kichik yoshdagi o‘quvchiga dialektik, sistemali, asotsiativ va ijodiy fikrlash orqali shaxsni

rivojlantirish sharoitini yaratish.

Boshlang‘ich maktabda ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi darslarida maxsus va

samarali ixtiroviy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni shakllantirish.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturi 1-4 sinflarga qo‘yilgan 4-

yillik umumiy boshlang‘ich ta’lim standarti maqsadi va talabiga mos keladi. Maktabning asosiy

ta’lim – tarbiya jarayoni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning yagona sistemasini

yaratishdir.

Ushbu dastur to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘quv jarayoni bilan bog‘liq. N.F.Vinogradova muhbirligi

ostida o‘quv jarayoni ni umumiy kuchaytirishga, real qiziqishlari va o‘quvchilarni yoshlarini

hisobga olgan holda ishlab chiqilgan “ XXI asr boshlang‘ich maktabi” boshlang‘ich ta’lim dasturi

asosida mavzular va muloqot muammolari darsdan tashqari mashg‘ulotlar uchun tanlab olingan.

Dastur rus tili va adabiy o‘qish jarayonida, matematikada, tashqi olamda, tasviriy san’atda,

texnologiyada ijodkor shaxs tarbiyasi va yosh o‘quvchini ijodiy potensiyali, shu bilan birga olgan

bilimlarini integratsiyalashga hizmat qiladi.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturining afzalligi maksimal amaliyotga

qaratilganligidir. Ushbu kursni qo‘llanish prinsipini navbatdagi o‘quv jarayonlarida ham qo‘llash

mumkin: biologiya, fizika, kimyo, san’at, texnologiya, filologiya va hokazo.

Dastur variativ hisoblanadi. O‘qiuvchining o‘zining tajribasiga tayangan hilda,

o‘quvchilarni tayyorgarligini hisobga olib,ma’lum sinf sharoitidan kelib chiqib o‘quv jarayoniga

ajratilgan ma’lum mavzularni dars soatlariga joylab chiqish imkoniyati beriladi.

Darslarni mavzular ketma – ketligida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dars kurslarining tuzilish prinsipiga mos keladi, ketma

– ketlik asosiy bazasi sistemaliligini ta’minlaydi.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturini boshlang‘ich sinflarda qo‘llash yangi

standartlarga yondashuv asosida qurilgan va muammoli pedagogic texnologiyani qo‘llanilishida

o‘z aksini topdi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarning bilim olishidakeng imkoniyatlar,bilim va


background image


445

ko‘nikmalar, shaxs kompetentligini oshirishga, dunyoni anglashga tayyorgarligi va qobilyatini,

bilim olish, hamkorlik,mustaqil bilim olish va ‘z ustida ishlashni ta’minlaydi.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi dasturini 1-4 sinflarda qo‘llashning 4 yillik

boshlang‘ich ta’lim jarayonida afzalligi 3ta yo‘nalishdan iborat, bu o‘z navbatida har bir yo‘nalish

ma’lim qo‘shimcha bilim turlarini taklif etadi, o‘quv jarayonida paydo bo‘ladigan muammolarni

bartaraf etadi.

Birinchi yo‘nalish - “Ijodiy o‘ylar taraqqiyoti” ( IO‘T) 1-2sinflar sistemasi.

Maqsadi –

didaktik o‘yinlar orqali maqsadli fantaziya qilishga o‘rgatish. Buning asosiga

izlanish asotsiatsiyasi treningi joylangan.( ,,… ga o‘hshaydi).

Janni Rodarining fantaziyani qo‘llashi ishlatiladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ijodiy o‘ylar

va ongni rivojlantirish mashqlarini bajaradilar. Muammoli vaziyatlar yaratish va ularni yechimini

toppish orqali kichik yoshdagi o‘quvchilar fantastik buyumlar, obrazlar va voqealarni aqlan

yaratishni o‘rgangan. Yaratish jarayonida o‘quvchilarda estetik ong va insoniylik tushunchalari,

dunyoni anglash nigohi Sistema butunligi, “Yomonlik qilma!” shiori ostida jamiyatda xulqiy

normalarga amal qilish qobilyati shakllanadi.

Ikkinchi yo‘nalish – “Sistemali ong” - 3-sinf.

Maqsadi –

bolani mantiqiy ongini faollashtirish, narsa – buyumlar va voqealarni boshqa

obyektlar bilan bog‘liqligini ko‘ra bilish ko‘nikmalari, uning ijodiy salohiyati, mahsus “ Ijodiy

o‘ylar taraqqiyoti” mashqlari orqali dialektik ongni asosiga fundamenti ixtirochilik masalalarini

yechish nazariyasi tushunchasiga asoslangan holda qo‘yish. Ushbu bosqichda bolalar tayanch

sxemalar orqali topishmoqlar tuzishni o‘rganishadi, ularni tarkibiy komponentlari va funksiyalari

bilan “ To‘qqiz ekrancha” sistemali asosi bilan tushuntiriladi

Uchinchi yo‘nalish – “Dialektik tuzilgan ong” – 4-sinf.

Maqsadi

– bolalarga ixtiroviy

masalalarni yechish va tahlil qilishni o‘rgatish.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi prinsiplari va tamoyillarini qo‘llagan holda,

dialektik ongni rivojlantirishga yo‘naltirish.

Ushbu bosqichda, kichik yoshdagi o‘quvchilarga tushunarli formada, bolalar ixtiroviy

masalalarni yechishda ertakli va kundalik hayotdagi voqealar prinsiplari bilan tanishadilar.

Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi darslarida o‘rganilgan mavzular natijalari bo‘yicha

qo‘shimcha ta’limni tashkillashtirish formalari turlicha:

-

Natija bo‘yicha: yasalgan (o‘yinchoqlar, rasmlar, modellar, maketlar, va hokazo).

-

Tadbirlar bo‘yicha: spektakllar, viktorinalar, ko‘rik – tanlovlar, ko‘rgazmalar.

-

Bolalar soni bo‘yicha: individual, guruhli yoki jamoaviy taqdimot.


background image


446

-

Axborot texnologiyalarini ishlatish orqali: rasmlar, kompyuterda tirik rasmli matnlar

yaratib.

Sifatli natijalarga erishish maqsadida, o‘quv jarayoni zamonaviy texnik uskunalar,

ko‘rgazmali tasviriy qo‘llanmalar va o‘yinli rekvizitlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Multimediya elementlari orqali vizuallashtirilgan o‘quv darslari o‘quvchilarda samarali natijalarga

erishishga hizmat qiladi.

Kanikul davrida ta’lim jarayonio‘zgarishi mumkin (spektakl, ko‘rgazmalar, viktorinalar,

ko‘rik – tanlovlar, ota – onalar ishtirokida bayram tadbirlari).

O‘quv darslari barcha sinflar ishtirokida, shu bilan birga guruhlarda, kichik guruhlarda

individual olib borilishi mumkin. Har bir o‘quv darsi 2qismdan iborat: nazariy va amaliy darslar.

Darsni nazariy qismini o‘qituvchi bolalarni Yoshi, psixologik va individual holatini

hisobga olgan holda rejalashtiradi. Dastur har xil o‘yin va usullarni, tasviriy san’at, adabiy –

badiiy, jismoniy va loyiha jarayonlarni o‘quv darslarida hisobga oladi.

REFERENCES

1.

R.A.Habib. “O‘quvchilarni matematik tafakkurini shakllantirish”. O‘qituvchi

nashriyoti. Toshkent 1989-yil.

2.

M.Jumayev. “Bolalarda matematik tusunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”.

Toshkent. “Ilm Ziyo”, 2005-yil

3.

Элмуротова Д.М. (2019). Бошланғич синф ўқитувчисининг инновацион фаолиятга

касбий тайёргарлигининг асосий кўрсаткичлари. ТДПУ Илмий Ахборотномаси,

илмий-назарий журнал.–Тошкент, (1), 63-68.

4.

Элмуратова Д. (2017). Проблемы подготовки будищих учителей начальнога

образования к профессиональной деятельности. Иннтеграция науки и практики в

современных условиях материалы VIII Междунароной конференции (pp. 91-93).

5.

Ganiyeva M. (2023). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematik tafakkurini rivojlantirishda

murakkab masalalarning ahamiyati. Scienceweb academic papers collection.

References

R.A.Habib. “O‘quvchilarni matematik tafakkurini shakllantirish”. O‘qituvchi nashriyoti. Toshkent 1989-yil.

M.Jumayev. “Bolalarda matematik tusunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. Toshkent. “Ilm Ziyo”, 2005-yil

Элмуротова Д.М. (2019). Бошланғич синф ўқитувчисининг инновацион фаолиятга касбий тайёргарлигининг асосий кўрсаткичлари. ТДПУ Илмий Ахборотномаси, илмий-назарий журнал.–Тошкент, (1), 63-68.

Элмуратова Д. (2017). Проблемы подготовки будищих учителей начальнога образования к профессиональной деятельности. Иннтеграция науки и практики в современных условиях материалы VIII Междунароной конференции (pp. 91-93).

Ganiyeva M. (2023). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematik tafakkurini rivojlantirishda murakkab masalalarning ahamiyati. Scienceweb academic papers collection.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов