Authors

  • Sunnatulloh Mamurjonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.27771

Keywords:

activity of legal service centers

Abstract

At the conference, the students of the legal technical school under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan will be introduced to the classification and essence of regulatory legal documents on the improvement of legal services, analysis of prospects for further development of legal services in our country, study of foreign experience, identification of problems and solutions and further development. it is planned to indicate the measures.

background image


100

YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH: MILLIY VA XORIJIY

TAJRIBA

Mamurjonov Sunnatulloh Shavkat

o

'

g

'

li

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi

Telefon: +998915030763

mamurjonovsunnatullo0@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10460839

Annotatsiya. Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi yuridik

texnikum oʻquvchilariga Yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tartibga soluvchi

normativ huquqiy hujjatlar tasnifi va mohiyati bilan tanishtirish, yuridik xizmat faoliyatini

mamlakatimizda yanada rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish, xorijiy tajribani o‘rganish,

muammo-yechimlarni aniqlash va yanada rivojlantirish choralarini koʻrsatib berish ko’zda

tutilgan.

Kalit so`zlar: Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati, Adliya vazirligining huquqiy

normalari, tashkiliy tuzilmasi, mohiyat va talqin, yutuq va kamchiliklar, samarodor usullar.

IMPROVING LEGAL SERVICES: NATIONAL AND FOREIGN EXPERIENCE

Abstract. At the conference, the students of the legal technical school under the Ministry

of Justice of the Republic of Uzbekistan will be introduced to the classification and essence of

regulatory legal documents on the improvement of legal services, analysis of prospects for further

development of legal services in our country, study of foreign experience, identification of

problems and solutions and further development. it is planned to indicate the measures.

Keywords: activity of legal service centers, legal norms of the Ministry of Justice,

organizational structure, essence and interpretation, achievements and shortcomings, effective

methods.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЮРИДИЧЕСКИХ УСЛУГ: ОТЕЧЕСТВЕННЫЙ И

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ

Аннотация. На конференции студенты юридического техникума при

Министерстве юстиции Республики Узбекистан будут ознакомлены с классификацией и

сущностью нормативных правовых документов по совершенствованию деятельности

юридической службы, анализу перспектив развития дальнейшее развитие деятельности

юридической службы в нашей стране, изучение зарубежного опыта, выявление проблем и

решений и дальнейшее развитие.Планируется указать меры.


background image


101

Ключевые слова: Деятельность центров юридических услуг, правовые нормы

Минюста, организационная структура, сущность и толкование, достижения и

недостатки, эффективные методы.

KIRISH

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari,

davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va

tashkilotlari deb ataladi) faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan

kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Qonunchilikka rioya etishda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi,

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini amalga oshiradigan yuridik xizmatlari

ko‘maklashadi.

Shu bilan birga, yuridik xizmatlarning xodimlari qonun buzilishini oldini olish hamda ular

bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun yetarli va ta’sirchan vakolatlarga ega emasliklari

sababli ularning faoliyati kutilgan samarani bermayapti.

Yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini belgilash me’yor va

mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning

tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlashga imkon bermayapti.

Yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish,

qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlari samarali tashkil

etilmagan. Mazkur sohadagi ishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar

tomonidan aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni

ko‘rish bilan cheklanmoqda.

Yuridik xizmat xodimlarining moddiy ta’minot darajasi mazkur sohaga oliy yuridik

ma’lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga to‘sqinlik qilmoqda, bu

esa yuridik xizmatlar ishining sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi

bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat

ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida sinov tariqasida jami 23 ta

davlat organi va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalariga yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi

markazlar faoliyati Adliya vazirligi tizimida yo‘lga qo‘yilib, o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi.


background image


102

Shu bilan birga, sohaga tajribali kadrlarning jalb qilinishidagi kamchiliklar hujjatlar

loyihalarining iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi sifatiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Natijada qabul qilinayotgan qarorlar va boshqa hujjatlar ko‘p hollarda joylarda

jismoniy va yuridik shaxslarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash,

demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini

izchillik bilan kuchaytirish maqsadida:

1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib

quyidagilar belgilansin:

davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligi va

qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan)

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni

olib borish;

davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish,

qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy

tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy

savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-

mohiyatini, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda

ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organlari va

tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.

2. Belgilab qo’yilsinki:

davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, ularning hududiy tuzilmalarida,

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan minimal me’yor va

mezonlarga asosan, majburiy tartibda yuridik -xizmatlar tashkil etiladi. Bunda yuridik xizmatning

mavjud shtat birliklarining qisqartirilishiga yo’l qo’yilmaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari

xodimlariga belgilangan martaba darajalarini berish, ko’p yillik xizmat uchun ustamalarni to’lash

tartibi tatbiq etiladi. Bunda xarajatlar davlat organlari va tashkilotlarining mablaglari hisobidan

qoplanadi;


background image


103

yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat staji xodim boshqa davlat organlari, shu jumladan,

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga ishga o’tganda, martaba darajalari va ko’p yillik

xizmat ustamalarini to’lash uchun mo’ljallangan mehnat staji hisobiga olinadi.

-davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va

qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan)

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni

olib borish;

davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish,

qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy

tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati

va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy

hujjatlarning

mazmun-mohiyatini,

shu

jumladan

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da'vo

ishlarini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli

himoya qilinishini ta'minlash.Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari

ma'lumotlari milliy bazasi lex.uz saytida joylashtirildi.

YU R I D I K X I Z M A T

Yuridik xizmat o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga,

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim

vazirligi qarorlari, buyruqlari, Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to'g'risidagi

Nizomga va boshqa Qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

Yuridik xizmat lavozim vazifalari

Yuridik xizmat oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi

Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus

taʼlim vazirligi qarorlari, buyruqlari, Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati

toʼgʼrisidagi Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yoʼnalishlari va funktsiyalari:


background image


104

Huquqni qoʼllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;

Universitet tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va

boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

Universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish

yuzasidan takliflarni tayyorlash;

SamDUda chiqariladigan qaror va buyruq loyihalarini nazorat qilish va huquqiy

ekspertizadan oʼtkazish;

Universitet bilan boshqa tashkilotlar oʼrtasida tuziladigan shartnomalarni nazorat qilish va

huquqiy ekspertizadan oʼtkazish;

Universitetda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan

mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa

shartnomasi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etish, va qonunchilikka muvofiqligini

tekshirish;

Universitetning pedagog va boshqa xodimlari, talabalarning huquqiy madaniyati va

huquqiy savodxonligini oshirish uchun, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning

mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali

yetkazish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etishda va oʼtkazishda ishtirok

etish;

Universitetning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda, tegishli boʼlimlar, fakultetlarning

mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, talabalari faoliyatida qonuniylikning buzilishi

koʼrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʼrib chiqishda ishtirok etish, xulosalar berish;

Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, universitetning mulkiy va

boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash choralarini koʼrish, mulkning talon-

taroj qilinishi va kamomad holatlari boʼyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga

yuborish uchun rasmiylashtirish;

Universitet xodimlarining kasaba uyushma qoʼmitasiga vakolatlarini amalga oshirishda

yuridik yordam koʼrsatish;

Yuridik xizmat Universitet va yuridik xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa

yuridik xizmatiga oid funksiyalarni amalga oshirish.

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi

bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat

ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga,

sohaga tajribali kadrlarning jalb qilinishidagi kamchiliklar hujjatlar loyihalarining iqtisodiy,


background image


105

moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada qabul

qilinayotgan qarorlar va boshqa hujjatlar ko‘p hollarda joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning

e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Hammamizga ma’lum O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyun kungi

“Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori va ushbu Qarorga asosan “Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazlari to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilingan. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazlarining maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va

javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan. Shunga asosan 2021-yil 1-

oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar

adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini respublikaning barcha

tuman (shahar)larida tashkil etildi va 2021-yil 4-oktabrdan Markazlar o’z faoliyatini boshladi.

Markazlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy

Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari

va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, adliya vaziri, hududiy

adliya organlari rahbarlarining buyruqlari, tegishli davlat organlari va tashkilotlarining

hujjatlariga, shuningdek “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida” gi Nizom asosida

amalga oshiradi.

Bugungi kunda Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “E-huquqshunos” elektron

tizimi oraqli Markazlarga buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa

hujjatlarning loyihalari elektron tarzda yuborilmoqda. Markazga kelib tushgan hujjat rahbar

tomonidam mas’ul xodimga biriktiriladi va xodim 3 kunlik muddat ichida huquqiy ekspertizadan

o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan idoraviy va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar

loyihalarini mustaqil yoki yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan

birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra

e’tirozi bo‘lsa, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi

normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga

sabab bo‘ladigan omillarning mavjudligi yoki mavjud emasligi yuzasidan yuridik xulosalar

tayyorlaydi.

Idoraviy va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar

bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda, loyihalarga Markazlar xodimlari tomonidan yuridik xizmat


background image


106

ko‘rsatiladigan tashkilotlarning rahbar o‘rinbosarlari va tarkibiy tuzilmalari rahbarlari (xodimlari)

ko‘rib chiqib imzolaganidan keyin viza qo‘yadi

Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va

huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan

hamkorlikda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini

oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini

yetkazish, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish

tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi,

shuningdek yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga

tashkilot faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning

qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi

ma’lumotlarni, sud amaliyotini, Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga yetkazadi.

Markaz xodimlari shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud

protsesslarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakil sifatida ishtirok etadi,

tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi, davlat

organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil

yoki yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda ularni

sudgacha hal etish choralarini ko‘radi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy

hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash bo’yicha, yuridik xizmat

ko‘rsatiladigan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga

oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoki ishlab chiqilishida

ishtirok etadi, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy

hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha

takliflar ishlab chiqadi, ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar

loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai

nazardan baholaydi va xulosalar beradi, shuningdek yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar

faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan

xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi,

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va

huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va zaruratga ko‘ra yuridik

xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlariga nisbatan o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarida


background image


107

qatnashadi, korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi

ma’lumotlarni tahlil qiladi.

Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish

masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar

faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar

orasida so‘rovlar o‘tkazadi, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi

masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining

mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi, davlat organlari tomonidan dam olish va bayram

kunlari yig‘ilishlarni o‘tkazish amaliyotini bekor qilish, aholi bilan bevosita ishlovchi xodimlarni

yig‘ilishlarga taklif qilish va ularga xos bo‘lmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb

etishni (xizmat ko‘rsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash choralarini ko‘radi.

Markazlar qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga

muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. Markazlarga “Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazlari to‘g‘risida” gi Nizom yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan

funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

REFERENCES

1.

Internet ma'lumotlari

2.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari malumotlar bazasi

3.

DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIGA YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH

FAOLIYATINI

YANADA

TAKOMILLASHTIRISH

CHORA-TADBIRLARI

TO‘G‘RISIDA" gi PQ 5168

References

Internet ma'lumotlari

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari malumotlar bazasi

DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIGA YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA" gi PQ 5168