THE INTERPRETATION OF THE MOTHER FIGURE IN THE EPIC "FRAGENCES OF MEMORY".

HAC
Google Scholar
To share
Shavkatova , J. (2024). THE INTERPRETATION OF THE MOTHER FIGURE IN THE EPIC "FRAGENCES OF MEMORY". Modern Science and Research, 3(1), 193–195. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27933
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article provides information about the artistic world of the poetess Zulfiya. The epic "Broken Memories" and its poetry, which has a special place in the work of the poetess, are analyzed. In the epic, the uniqueness of the mother's figure and the poetic interpretation of tender love are highlighted through examples.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

193

“XOTIRAM SINIQLARI” DOSTONIDA ONA SIYMOSI TALQINI

Shavkatova Jasmina

SamDCHTI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10477320

Annotatsiya. Maqolada shoira Zulfiya badiiy olami haqida ma’lumot berilgan. Shoira

ijodida alohida mavqiyega ega bo‘lgan “Xotiram siniqlari” dostoni va uning badiyyati tahlil
qilingan. Dostonda ona siymosining o‘ziga xosligi, mehru muhabbatining poetik talqini misollar
orqali yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Ona, istiqlol, hurriyat, dard, iztirob, zamon, ko‘ngil, milliy ruh, tahlil, talqin.

THE INTERPRETATION OF THE MOTHER FIGURE IN THE EPIC

"FRAGENCES OF MEMORY".

Abstract. The article provides information about the artistic world of the poetess Zulfiya.

The epic "Broken Memories" and its poetry, which has a special place in the work of the poetess,
are analyzed. In the epic, the uniqueness of the mother's figure and the poetic interpretation of
tender love are highlighted through examples.

Key words: Mother, independence, freedom, pain, suffering, time, heart, national spirit,

analysis, interpretation.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ФИГУРЫ МАТЕРИ В ЭПОСЕ "ОБРАКИ ПАМЯТИ".

Аннотация. В статье представлены сведения о творческом мире поэтессы

Зульфии. Анализируется эпос «Разорванные воспоминания» и его поэзия, занимающая
особое место в творчестве поэтессы. В эпосе на примерах подчеркивается своеобразие
фигуры матери и поэтическая интерпретация нежной любви.

Ключевые слова: Мать, независимость, свобода, боль, страдание, время, сердце,

национальный дух, анализ, интерпретация.

Zulfiya XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biridir. U o‘zining teran falsafiy,

hassos, fojiaviy va hayotbaxsh realistik ijodi bilan hozirgi zamon o‘zbek she’riyatida yangi sahifa
ochdi. Zulfiya qator dostonlar yaratdi. Uning “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”,
“Xotiram siniqlari” kabi dostonlari shoira dunyoqarashining kengligini, turmush tajribalarining
ortganini, tuyg‘u va fikrlarining teranligini yaqqol ko‘rsatib turadi. Zulfiya she’riyati hayotbaxsh
lirik tuyg‘ularga, yangi-yangi fikrlarga, chuqur g‘oyaviy mazmunga, teran hissiyotga, ajoyib
obrazlarga, rang-barang tasviriy vositalarga boydir. Shoira vafo va sadoqat qo‘shig‘ini barilla
kuyladiki, bu qo‘shiq bugun har bir yurakda aks-sado berib turibdi. Quli gul bir bog‘bonning
bog‘ida keza turib, sizni, butun vujudingizni, o‘zining mayin va xushbo‘y hidi o‘z domiga
tortadigan atirgullarga duch kelasiz, ozgina uzoqlashsangiz yana ortingizga qaytib bu ifordan
bahramand bo‘lsam, deysiz. Zulfiya poeziyasini ham ana shunday gulning betakror iforiga
mengzasak mutlaqo adashmaymiz. Undagi baxtning oliy ifori sizni yuksaklarga olib uchadi,
shubhasiz.

Zulfiya Isroilova umrining xayrli shomida, sakson yoshida bitgan “Xotiram siniqlari” asari

butun bir kechinma-yu, ayriliqning dilnomasidir. Bu hech shubhasiz, XX asr o‘zbek she’riyatining
unutilmas, qadrlash va e’zozlashgan arzigulik hodisasi. “Zulfiya ijodida “Xotiram siniqlari”
(1995) dostoni o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Doston mustaqillik davrining mahsuli bo‘lib, unda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

194

mustaqillik dil-dildan ulug‘langan. Shoira asarda umri davomida o‘z boshidan kechgan yaxshi va
yomon kunlarni eslab, hayot va jamiyat taraqqiyoti haqida, baxt va badbaxtlik to‘g‘risida teran
poetik mulohaza yuritgan. Sho‘rolar davridagi achchiq hayot qoldirgan dardu alamlarini, orzu-
istaklarini doston misralari qatqatiga to‘kib solgan. Shu tarzda el-yurt ko‘ngliga harorat baxsh
etgan”

1

. Tafakkurni charxlab, milliy ruhni o‘stirib, tarixdan saboq chiqarishga o‘rgatadi.
Qahramonlar, obrazlarning tasvirini berishda Zulfiya ortiqcha tashbehlarga qidirmaydi,

jim-jimador so‘zlardan faydolanishga oshiqmaydi. Xotirasida jonlangan yaqinlarining insoniy
qiyofasini o‘z aksidek chizib beradi. Dastla onasining yorqin siymosini nihoyatda mayin, samimiy
ifodalash yo‘lini tutadi:

Qarog’ida mehr shamlari yoniq –

Gullagan o‘rikday orasta otin.

Onalarimizni mehnatkash, mehribon, shirin so‘zli sifatlar bilan namoyon qilish so‘z

san’atimiz tarixida ko‘p uchragan hodisa sanaladi.Lekin “gullagan o‘rikday orasta otin” degan
tashbehda butun dunyo onalariga xos fazilatlar bo‘y ko‘rsatgan desak mubolag’a bo‘lmaydi. Bu
ham shoiraning so‘z qo‘llash mahoratidan, zero bunday ifoda, go‘zal istiora hech bir ijodkorning,
qalamkashlarning, ijodiy merosida uchramagan.Shoira bundan keying misralarida ana shunday
samimiyatni bardavom tasvirlaydi. So‘fi Olloyor-u Mashrablarning kitoblarinino‘pib qo‘liga
olishi-yu, o‘yinqaroq bolalarini adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi ifodalnadi.

Onam qo‘llarida mushtday tugunchak,
Tosh shaharni kezar avaxta izlab,
Avaxta nechadir,zor ona necha,
Nechalar yashardi zamonni “siz”lab.

Zulfiyaning mahorati shunda ko‘rinadiki, butun bir romanbop tarixiy voqelikni

mana shu satrlarda joylay olgan. Bu misralarda shoiraning nohaqlikda qatag‘on qilingan akasining
sog‘inchi onasi bilan doimo birga yashaganligi shoirona aks ettirilgan. Adabiyotdagi favqulodda
obrazlar uni yaratgan adib yo shoirning qalbiga eng kuchli ta’sir etgan tirik insonlardan olingan
ulgilardir. “Xotiram siniqlari”dagi mushfiqa va daryodil ona, “metindan yaralgan” ota va milliy
g‘ururi bosqinchilar ruhini yerparchin etgan aka, shubhasiz, shoira Zulfiyaning bir umr yuragida
yashagan yaqinlari siymolaridir. “Xotiram siniqlari” ham shu darajaga yetgan asar. Undan
o‘quvchi millatning xuddi shunday yuzlab otalari, onalari, akalari siyratini ko‘rib, tanib, sevadi,
ardoqlaydi.

Keksa ko‘zlarida mo‘ldir va mo‘ldir
Qotgan ko‘z yoshlarga boqardim hayron.
Bu sokin jussani kemirar ne sir,
Ne bois muttasil dillari vayron…
Kuni bo‘yi kezib, bukchayib, tolib,
Keksa bag’rin yerga berib yotardi.
Biz nochor bir – biriga ezilib boqib,
Sukut dengiziga og’ir botardik.

1

Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. T.: Yangi asr avlodi, 2002, 304-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

195

Zulfiyaning mana shu ikki bandda jo bo‘lgan lirik qahramon tuyg‘ulari har bir insonning

bag’rini tirnamay qo‘ymaydi. Boisi, onalarimiz haqida aytilgan asli haqiqatlarni anglashimiz
uchun shu misralarning ma’nosini teran tafakkur qilsak kifoya meningcha. Zulfiya lirik qahramoni
– ona – hayotiy voqea-hodisalarga, aniq dalillarga asoslangan va kuchli mantiqqa tayangan holda
tinchlik ishining yengishiga. Butun dunyoda tinchlikning barqaror bo‘lishiga imon keltiradi.

Zulfiya mahoratidagi bunday o‘ziga xoslik uning tasvir ob’ektini yangicha badiiy tadqiq

etishi, u haqida yangicha fikrlashga intilishi natijasidir. Shuning uchun ham Zulfiya an’anaviy
obrazlar qa’ridan yangi-yangi ma’nolar izlaydi. Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq
g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmati, boy ranglar va kutilmagan yangi
timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka
bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Mana shu fikrlardan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki,
mazkur doston tafakkurni charxlab, milliy ruhni o‘stirib, tarixdan saboq chiqarishga o‘rgatadi.

Zulfiyaning bu lirik dostonida maqsad aniq bo‘lganidek, uning ifodasi ham kamu ko‘stsiz.

Shoira yangi hayot — mustaqillik haqida hayajon bilan kuylar ekan, yangi-yangi tashbihlar, yorqin
obrazlar yaratgan. Ana shuning uchun ham bu lirik-falsafiy dostonni 80 yoshli shoira ijodining
o‘ziga xos gultoji desa bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Зулфия. Асарлар. 3-жилд. Камалак. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат нашриёти, 1986.

2.

Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. T.: Yangi asr avlodi, 2002.

3.

Умуров Ҳ. Қўш қанот сеҳри. Т., Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,
1982.

4.

Ғафуров И. Зулфия сиймоси // Шарқ юлдузи, 2015, №1. – Б. 114-120.

















References

Зулфия. Асарлар. 3-жилд. Камалак. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986.

Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. T.: Yangi asr avlodi, 2002.

Умуров Ҳ. Қўш қанот сеҳри. Т., Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1982.

Ғафуров И. Зулфия сиймоси // Шарқ юлдузи, 2015, №1. – Б. 114-120.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов