ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR, WHO PAINTED THROUGH THE CENTURIES: THE PATH HE TRAVELED AS THE CREATOR OF A GREAT EMPIRE

HAC
Google Scholar
To share
Jumayev, R. (2024). ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR, WHO PAINTED THROUGH THE CENTURIES: THE PATH HE TRAVELED AS THE CREATOR OF A GREAT EMPIRE. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29378
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is about Zahiriddin Muhammad Babur, the great emperor, classical poet, theoretician, literary critic, historian, jurist, linguist, art critic, ethnographer, multifaceted activity and creativity, world-famous author of the royal works. it talks about his bitter pains of defeats and the glorious triumphs of kings on the way to creating a great empire, as well as his creative works in Afghanistan and India.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

495

ASRLARNI BO‘YLAGAN ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR: BUYUK IMPERIYA

YARATUVCHISI SIFATIDA BOSIB O‘TGAN YO‘LI

Rustamjon Jumayev

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Tarix yo‘nalishi III bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10656410

Annotatsiya.

Ushbu maqola buyuk shahanshoh mumtoz shoir, nazariyotchi

adabiyotshunos, tarixchi, faqih, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining
bilimdoni sifatida ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi, dunyoga mashhur shoh asar muallifi–
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida bo‘lib, uning buyuk imperiya yaratish yo‘lida shohlarga xos
mag‘lubiyatlarning achchiq alamlari-yu zafarlarning ulug‘vor nashidalarini surishi, shuningdek,
uning Afg‘oniston va Hindistonda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Bobur,

Movarounnahr, Temuriylar, navkar, Kobul, fotih, Xuroson,

Shayboniy, Hirot, Hindiston, faqih, Panjob, qoon, buyuk mo‘g‘ullar, imperiya, Dehli, Rano sango,
Lohur, Mevar, boburiy mirzolar, suiqast.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR, WHO PAINTED THROUGH THE CENTURIES:

THE PATH HE TRAVELED AS THE CREATOR OF A GREAT EMPIRE

Abstract.

This article is about Zahiriddin Muhammad Babur, the great emperor, classical

poet, theoretician, literary critic, historian, jurist, linguist, art critic, ethnographer, multifaceted
activity and creativity, world-famous author of the royal works. it talks about his bitter pains of
defeats and the glorious triumphs of kings on the way to creating a great empire, as well as his
creative works in Afghanistan and India.

Key words:

Babur, Mowarunnahr, Timurids, soldier, Kabul, conqueror, Khurasan,

Shaybani, Herat, India, jurist, Punjab, Khan, great Mongols, empire, Delhi, Rano sango, Lahore,
Mewar, Babur mirzas, assassination.

ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БАБУР, НАРИСОВАННЫЙ НА ВЕКАХ: ПУТЬ,

ПРОЙДЕННЫЙ ОН КАК СОЗДАТЕЛЬ ВЕЛИКОЙ ИМПЕРИИ

Аннотация.

В статье рассказывается о Захириддине Мухаммаде Бабуре, великом

императоре, поэте-классике, теоретике, литературном критике, историке, юристе,
лингвисте, искусствоведе, этнографе, многогранной деятельности и творчестве,
всемирно известном авторе царских сочинений, о боли поражений и славные триумфы на
пути к созданию великой империи, а также его творчество в Афганистане и Индии.

Ключевые слова:

Бабур, Моваруннахр, Тимуриды, Навкар, Кабул, завоеватель,

Хорасан, Шайбани, Герат, Индия, юрист, Пенджаб, кон, великие монголы, империя, Дели,
Рано Санго, Лахор, Мевар, бабуриды, убийство.

Bobur ya’ni “Sher” taxallusi bilan tanilgan, to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn

Umarshayx Mirzo. Dastlab Boburning shaxsiyatiga to‘xtalsak, u 1483-yil 14-fevral kuni
Andijonda tavallud topdi. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi,
geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, temuriy shaxzoda, buyuk Boburiylar imperiyasi
asoschisi hisoblanadi. Bobur yoshligidan ilmga chanqoq bo‘lib o‘sdi va yirik fozilu ulamolar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

496

ustozligida harbiy ta’lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rgandi, she’riyatga qiziqishi ham aynan
shu davrlardan boshlangan edi. Dovyurakligi va jasurligi uchun “Bobur” (“She’r”) laqabini oladi.

1

Boburning Movarounnahrni tark etishi haqida gapirar ekanmiz, u Temuriylar saltanatini

himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha
yil davomida mutaasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy
tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni
Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo
boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton
Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501–1504-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun
Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan
tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi
va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng Bobur 200-300
kishilik navkari bilan Hisor togʻlari orqali Afgʻonistonga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan
foydalanib Gʻazni va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal
kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman
Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq
xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. „Bogʻi Shaxroro“, „Bogʻi Jahonoro“,
„Oʻrtabogʻ“, „Bogʻi vafo“ va „Bogʻi Bobur“ kabi oromgohlar tashkil etdi. Yangi imoratlar
qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning Humoyun, Komron va Hindol ismli farzandlari
shu yerda tugʻiladi

Bobur Afgʻonistonda bir fotih sifatida emas, balki shu el-yurt obodonligi va ravnaqi uchun

jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizgʻin faoliyat koʻrsatdi, u xalq va mamlakat manfaatlari
yoʻlida odilona va oqilona ish tutdi. Afgʻonistondagi amaliy faoliyatiga koʻra, Bobur butun
Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda sifatida katta obroʻ
orttirib bordi, mintaqadagi siyosiy hayot yuqori oʻringa koʻtarildi. Shayboniylarning tobora
kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora koʻrish masalasida Sulton Husayn Boyqaro
barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yigʻiniga maxsus taklif etishi ana
shunday yuksak nufuzni koʻrsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif boʻyicha Hirotga otlanadi. Husayn
Boyqaroning toʻsatdan vafot etishiga (1506-yil) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar
bilan uchrashib muzokaralar oʻtkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon
qoʻshinlariga toʻsiq qoʻyish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birin-ketin magʻlubiyatga
uchrab, saltanatni batamom qoʻldan chiqaradilar.

Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib

boradi, oʻz qoʻshinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qoʻlga
kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi, ammo Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq
toʻqnashuvda (1510-yil) yengiladi, oʻzi ham Marvda halok boʻladi. Shoh Ismoil Xuroson va
Movarounnahrga qoʻshin kiritib shayboniylarga ketma-ket zarar yetkaza boshlaydi. Bobur shoh
Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511-yil bahorida Hisorni yozida Buxoroni oktabr
boshlarida esa Samarqandni yana qoʻlga kiritadi. Boburning shia yo‘nalishidagi eroniylar raʼyi

1

“O‘ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI”, II QISM, DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI TOSHKENT

2001. 83-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

497

bilan ish tutishi aholida norozilik tugʻdiradi. 1512-yil 28-aprelda “Koʻli malik” jangida Ubaydulla
Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512-yil kuzida Bobur Shoh
Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib
oʻtib, avval Gʻuzor qalʼasini oladi, soʻng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan
soʻng taslim boʻladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi. 1512-yil 24-noyabrda “Gʻijduvon”
jangida Bobur shayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur boʻladi. Bobur
Movarounnahrni egallash ilinjidan uzil-kesil umidini uzadi va butun eʼtiborini Hindistonga
qaratadi. Bobur va Shayboniylar o‘rtasidagi dushmanlik surunkali bo‘lganmi degan savolga
quyidagicha javob berish mumkin: Temuriylar hamda shayboniylarning qarindoshligi va quda-
andachiligi masalasida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Lekin 1512-yil Movarounnahrda
shayboniylar hukmronligi uzil kesil o‘rnatilib, Boburning bu hududdagi ilinji butkul uzilgach,
Bobur va boburiylar hamda shayboniylar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilib qolmadi.

Bobur Hindistonni egallab, imperiya poydevorini barpo etgach, Movarounnahr bilan keng

ko‘lamli aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. O‘z fel-atvoriga mos ravishda shayboniy sultonlarga nisbatan
ko‘nglida hech qanday kek saqlamadi.

Bobur Hindistonni egallash yo‘lida dastlab, 1507-yil boshlarida u yerga yurish boshlaydi,

muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan bu urinishdan so‘ng 5-6 yil davomida bir necha yurishlar
uyushtiradi. 1517-yildan boshlab Dehli sultonligida ichki nizolar avj olib, sultonlik inqirozga yuz
tutadi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga bo‘ysunmay qo‘yadi. Lohurda davlatxon, Dehlida
Ibrohim Lo‘diy, Mevarda Rano Sango mustaqillik e’lon qiladilar. Bobur bundan foydalanib 1519
va 1524 yillari katta o‘ljalar olib qaytadi. 1525-yil Rano Sango o‘z raqibi Ibrohim Lo‘diyni yengish
va shu tariqa Shimoliy Hindistonni qo‘lga kiritish maqsadida Bobur bilan ittifoq tuzdi. Bobur yana
Hindistonga yurib, 1525-yil kech kuzida Panjobni bo‘ysindirdi. 1526-yilning aprel oyida esa
Panipat yonida bo‘lgan jangda Ibrohim Lo‘diyni yengib, Agra va Dehlini egalladi. Bobur ilgarigi
fotihlar (Amir Temur, Mahmud G‘aznaviy) singari Hindistonni tashlab chiqmay, shu yerda
qolishga qaror qiladi. U 1527-yilning mart oyida Sikri yonida bo‘lgan jangda Rano Sangoni ham
yengib, butun Shimoliy Hindistonni bo‘ysundirdi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 1526-1858-
yillar davomida hukmronlik qilgan. Boburiylarning asoschisi Temuriylardan Zahiriddin
Muhammad Bobur bo‘lib chet ellarda, mamlakatimizda, hatto Hindistonda ham Boburni va uning
avlodlarini “buyuk mo‘g‘ullar” deb atash odat bo‘lib qolgan. Ushbu ibora Chingizxon va undan
keying mo‘g‘ul qoonlariga taaluqli bo‘lib, Boburiylar aslida bobur avlodlaridir. Ular tarixiy
hujjatlarda o‘zlarini “boburiy mirzolar” deb yuritishgan. V.Bartold dunyoga tarqalgan “buyuk
mo‘g‘ullar” iborasining xato ekanligini ko‘rsatib, “Yevropaliklar Temurni va uning o‘g‘illari
hamda nabiralarini mo‘g‘ullardan tarqalgan deb hisoblab, Bobur saltanati uchun “buyuk
mo‘g‘ullar” degan nom to‘qidilar”, deb yozadi. Bu ibora esa Yevropadan Hindistonga “ko‘chib
kelib, hindlar orasiga inglizcha kitoblar vositasi bilan tarqalgandir. So‘ngi yillarda “buyuk
mo‘g‘ullar” degan xato ibora o‘rniga “boburiylar” iborasi qo‘llanila boshladiki, bu ibora tarixiy
haqiqatni to‘g‘ri aks ettiradi. Boburiylar Hindistonda 332 yil hukmronlik qildi. Boburiylar
sulolasini o‘z vaqtida quyidagi vakillar boshqardi: Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun,
Akbar, Jahongirshox, Shoh Jahon, Avrangzeb Olamgir, Bahodirshoh I, Jahondorshoh, Olamgir II,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

498

Shoh Olam II, va so‘ngi hukmdor Bahodirshoh II.

2

Hindiston zabt etilgandan so‘ng uni boshqarish

har jabhada oson kechmagan xususan, Boburga bir necha bor suiqast uyushtirilgan. Ulardan biri
haqida “Boburnomada” hikoya qilingan: “Bu oqshom g‘arib voqea dast berdi. Kechaning uch
posiga yovuq kema-da suron va g‘avg‘o chiqdi. Chufapar(dak) har kim kemaning bir yigochini
olib “Ur-ur” deb qichqirishadurlar. “Farmoyish” kemasi men taqya qilgon (chiqqan) “Osoyish”
kemasining yonida edi. Bir tunqator (tungi soqchi) anda edi, uyqudin ko‘z ochib ko‘rarkim, bir
kishi “Osoyish ” kemasiga iliq quyib chiqar hayolidadur. Ustiga tashlar: suvga chumib, chiqarida
tunqator (u)ning boshiga chopar: ozroqcha zaxm qilib edi, suv sari uq-qochar. G‘avg‘o bu jihattin
ekandur. ... Tangri taolo saxladi” (3716, 372а). Bobur bu voqea munosabati bilan Sa’diy
sheroziyning “Agar olam tig‘i o‘z g‘ilofidan qo‘zg‘alsa, Alloh xohlamasa biror tomirni ham
qirqmaydi” mazmunidagi baytini keltirgan, hamda shu singari suiqasdga urinish avval ham
bo‘lganini eslab o‘tgan.

3

Bobur 1530-yil 26-dekabrda vafot etdi. U o‘zi fath etgan mamlakatlarni betob kunlari

o‘g‘illariga: Hindistonni to‘ng‘ich o‘g‘li humoyunga, Panjobni Komron Mirzoga, Kobul va
qandahorni Askariy Mirzoga, Badaxshonni Hinbol Mirzoga taqsimlab berdi.

4

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki Bobur birinchi navbatda shahanshoh, boburiylar

sulolasining asoschisi. Uilyam Rashbruk iborasi bilan aytganda: “O‘n oltinchi asr imperiya
bunyodkori”dir. Balki boburiylar jahon tarixida eng uzoq yillar (332 yil) hukmronlik qilgan sulola
bo‘lib chiqar... U shahanshoh sifatida Lashkar tortib shohlarga xos mag‘lubiyatlarning achchiq
alamlari-yu zafarlarning ulug‘vor nashidalarini surishni ko‘p marotaba boshidan kechirdi. Otasi
singari ulug‘ himmatli va oliy maqsadli shaxs bo‘lganligidan Farg‘ona viloyatini kichik joy deb
hisoblab, Samarqandga intildi. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Kobulga keldi, va keyin
Hindistondek bepoyon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi.

5

Boburning Hindiston ravnaqi uchun qo‘shgan hissasi ham tahsinga sazovor edi. U bu

diyorda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi,
mamlakat taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo,
qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va
yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi.
Qurilish ishlariga boshchilik qildi. O‘zga yurtdan kelgan podshoh bo‘lishiga qaramasdan,
mamlakatni chin ma’noda rivojlanish cho‘qqisiga olib chiqdi. Butun jahonda eng uzoq umr
ko‘rgan imperiyalardan birining yaratuvchisi sifatida tarixda qoldi.


REFERENCES

1.

“O‘ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI”, II QISM, DAVLAT ILMIY
NASHRIYOTI TOSHKENT 2001. 83-bet

2

“O‘ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI”, II QISM, DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI TOSHKENT

2001. 88-bet

3

“ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ENSIKLOPEDIYASI”, «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA

AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT-2014,

461-bet

4

“O‘ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI”, II QISM, DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI TOSHKENT

2001. 89-bet

5

“BOBURNOMA” ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR, (Xozirgi o‘zbek tilidagi tabdili), V.Rahmonov va

K.Mullaxo‘jayeva (o‘zb.tab.),”O‘zbekiston” NMIU, 2019,2023


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

499

2.

“ZAHIRIDDIN

MUHAMMAD

BOBUR

ENSIKLOPEDIYASI”,

«SHARQ»

NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT-2014,

461-bet

3.

“BOBURNOMA” ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR, (Xozirgi o‘zbek tilidagi
tabdili), V.Rahmonov va K.Mullaxo‘jayeva (o‘zb.tab.),”O‘zbekiston” NMIU, 2019,2023

4.

Shahlo-Ilhomovna, M. (2021). On The Basis Of An Integrated Approach, Give
Environmental Education To Primary School Students. The American Journal of Applied
sciences, 3(06), 65-69.

5.

Jiyanmuratova, G. S. (2019). ELECTORAL MOOD OF THE YOUTH ELECTORATE
OF UZBEKISTAN. In

ОСОБЕННОСТИ ИННОВАЦИОННОГО ЭТАПА РАЗВИТИЯ

МИРОВОЙ НАУКИ

(pp. 7-9).

6.

Dzhiyаnmurаtоvа, G. (2023). Fасtоrs Determining the Behаviоr of Yоung
Vоters.

Information Horizons: American Journal of Library and Information Science

Innovation (2993-2777)

,

1

(10), 96-100.

References

“O‘ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI”, II QISM, DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI TOSHKENT 2001. 83-bet

“ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ENSIKLOPEDIYASI”, «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT-2014, 461-bet

“BOBURNOMA” ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR, (Xozirgi o‘zbek tilidagi tabdili), V.Rahmonov va K.Mullaxo‘jayeva (o‘zb.tab.),”O‘zbekiston” NMIU, 2019,2023

Shahlo-Ilhomovna, M. (2021). On The Basis Of An Integrated Approach, Give Environmental Education To Primary School Students. The American Journal of Applied sciences, 3(06), 65-69.

Jiyanmuratova, G. S. (2019). ELECTORAL MOOD OF THE YOUTH ELECTORATE OF UZBEKISTAN. In ОСОБЕННОСТИ ИННОВАЦИОННОГО ЭТАПА РАЗВИТИЯ МИРОВОЙ НАУКИ (pp. 7-9).

Dzhiyаnmurаtоvа, G. (2023). Fасtоrs Determining the Behаviоr of Yоung Vоters. Information Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation (2993-2777), 1(10), 96-100.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов