О‘ZINI О‘ZI О‘LDIRISHGA UNDASH JINOYATI VA UNI TERGOV QILISHNING NAZARIY ASOSLARI

Аннотация

Maqolada o‘zini-o‘zi o‘ldirishga undash jinoyati va uni tergov qilishning nazariy asoslari misollar orqali tahlil qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
O‘ktamov , A. (2024). О‘ZINI О‘ZI О‘LDIRISHGA UNDASH JINOYATI VA UNI TERGOV QILISHNING NAZARIY ASOSLARI. Современная наука и исследования, 3(6), 321–325. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34174
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada o‘zini-o‘zi o‘ldirishga undash jinoyati va uni tergov qilishning nazariy asoslari misollar orqali tahlil qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

321

О‘ZINI О‘ZI О‘LDIRISHGA UNDASH JINOYATI VA UNI TERGOV QILISHNING

NAZARIY ASOSLARI

O‘ktamov Abubakir Maxamatsidiq o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”

mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.

E-mail:

Abubakir.oktamov@mail.ru;

Phone: +99833 337-77-70.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11553351

Annotatsiya.

Maqolada o‘zini-o‘zi o‘ldirishga undash jinoyati va uni tergov qilishning

nazariy asoslari misollar orqali tahlil qilingan. Tahlillar asosida ushbu jinoyatni yanada
takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar:

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, jinoyat, jazo, jazoni

yengillashtiruvchi holatlar, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov faoliyati, o‘zini-o‘zi
o‘ldirishga undash.

THE CRIME OF SUICIDE AND THEORETICAL BASIS OF ITS INVESTIGATION

Abstract.

The article analyzes the crime of incitement to suicide and the theoretical basis

of its investigation through examples. Proposals for further improvement of this crime have been
developed based on the analysis.

Key words:

Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, crime, punishment, mitigating

circumstances, law enforcement agencies, investigative activities, incitement to suicide.

ПРЕСТУПЛЕНИЕ САМОУИЦИДА И ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЕГО

РАССЛЕДОВАНИЯ

Аннотация.

В статье на примерах анализируется преступление доведения до

самоубийства и теоретические основы его расследования. На основе анализа разработаны
предложения по дальнейшему совершенствованию данного преступления.

Ключевые слова:

Уголовный кодекс Республики Узбекистан, преступление,

наказание, смягчающие обстоятельства, правоохранительные органы, следственные
действия, доведение до самоубийства.

KIRISH

Mamlakatimizda sо‘nggi yillarda jinoyatlarni ochish, tergov qilish, ularning oldini olish,

shu orqali fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

Ma’lumki, mazkur vazifani bajarish huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga

yuklatilgan. Bu borada, ayniqsa prokuratura, ichki ishlar hamda boshqa idoralar xodimlari
zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan bо‘lib, ular yuqorida qayd etilgan ishlarni amalga
oshirishda salmoqli vazifalarni amalga oshiradilar.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda har bir insonning yashash, erkin bо‘lish va shaxsiy

daxlsizlik huquqlarini kafolatli ta’minlash, biron-bir shaxsni qiynoqqa yoki shafqatsiz,
g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga duchor etilishiga yо‘l qо‘ymaslikka
qaratilgan tizimli chora-tadbirlar kо‘rib borilmoqda.

Tadqiqotning dolzarbligi

о‘z joniga qasd qilish holatlari kо‘payganligi natijasida mazkur

harakatlarda о‘zini о‘zi о‘ldirishga undash jinoyati alomatlari mavjudligini aniqlash hamda ularni
samarali tergov qilish bilan bog‘liq.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

322

Bundan tashqari, inson hayotini о‘z joniga qasd qilishga undaydigan harakatlardan jinoiy-

huquqiy himoya qilishning mavjud vositalarini takomillashtirish va yangi vositalarini ishlab
chiqish zarurati bilan belgilandi.

Fuqarolarning о‘z joniga qasd qilish holatlari tо‘g‘risida sо‘z yuritganda, yuridik

adabiyotlarda, xalqaro uchrashuvlarda, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet
tarmog‘ida “suitsid” atamasiga duch kelamiz.

Suitsid

(lot. “sui” – о‘zini, “caedo” – о‘ldirish, yо‘qotish degan sо‘zlaridan olingan)

shaxsning muayyan biologik, ijtimoiy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy holati oqibatida о‘zini о‘zi
hayotdan mahrum etishga qaratilgan harakatidir.

Bugungi kunda shaxsni о‘zini о‘zi о‘ldirishga undash hamda suitsid darajasiga yetkazish

ijtimoiy xavfli jinoyat sifatida baholanib, unga nisbatan barcha Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligiga
a’zo davlatlarning Jinoyat kodekslarida jinoiy javobgarlik belgilangan.

Xususan, shaxsga qarshi jinoyatlar О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus

qismining birinchi bо‘limida, shu bо‘limning birinchi bobida esa hayotga qarshi qaratilgan
jinoyatlar sifatida о‘z aksini topgan.

Mazkur guruhga kiruvchi qonun chiqaruvchi tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining

birinchi bо‘limiga joylashtirilishi Respublikamizda jinoyat qonunchiligini takomillashtirish
asosida olib borilayotgan qoidalarga, ya’ni aynan shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, uning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini oliy qadriyat sifatida himoya qilish va shaxs manfaatlarini
himoya qilishning konseptual g‘oyalaridan kelib chiqadi. Mazkur konsepsiyaning о‘zi
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida “О‘zbekiston Respublikasida
demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga kо‘ra inson, uning hayoti, erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” deb
mustahkamlangan qoidaga asoslangan.

Shundan kelib chiqqan holda shaxs manfaatlarini, ularning huquq va erkinliklarini jinoiy

tajovuzlardan himoya qilish О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining asosiy vazifalaridan
biridir.

Darhaqiqat, О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining103-moddasida о‘zini о‘zi

о‘ldirish darajasiga yetkazish va 103

1

-moddasida о‘zini о‘zi о‘ldirishga undaganlik uchun

javobgarlik belgilanib, Jkning 103-moddasi matni О‘zbekiston Respublikasining 13.06.2017-
yildagi О‘RQ-436-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda berildi hamda 103

1

-modda bilan tо‘ldirilgan.

Bu borada xorijiy davlatlar tajribasi о‘rganilganida bir qator davlatlarda, ya’ni Belarus

Respublikasi JKning 146-moddasida, Armaniston Jkning 111-moddasida, Qirg‘iziston JKning
106-moddasida va Turkmaniston JKning 103-moddasida о‘z joniga qasd yoki suiqasd qilishga
undash jinoyatlari uchun javobgarlik belgilanganligini kо‘rishimiz mumkin.

Shaxsning Jinoyat kodeksining 103

1

-moddasida kо‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda

ayblilik masalasini hal qilishda, sodir etilgan qilmishdagi jinoyat tarkibini batafsil tahlil qilish
maqsadga muvofiq.

“Jinoyat huquqi” fanida jinoyat tarkibining tahlilini jinoyat obyektini aniqlashdan boshlash

odat tusini olgan. Bunda jinoyat obyektini aniqlash muammosi oddiygina yо‘l bilan hal qilingan.
Jinoyat huquqida qabul qilingan an’anaga binoan, agar О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
103

1

-moddasi JK Maxsus qismining “Shaxsga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan birinchi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

323

bо‘limiga, “Hayotga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan birinchi bobga kiritilgan, moddaning
dispozitsiyasida inson hayotiga tajovuz qilish nazarda tutilgan bо‘lsa, umumiy va bevosita
obyektlar farqlanishidan kelib chiqqanda, bu yerda qilmishning umumiy obyekti sifatida-shaxs,
maxsus obyekt sifatida – umuman inson hayoti, bevosita obyekt sifatida esa – muayyan odamning
hayoti amal qiladi. Ammo bu jinoyat huquqi nazariyasida ijtimoiy munosabatlar amal qiladi, degan
fikrga mos kelmaydi

1

.

Shunday qilib, о‘zini о‘zi о‘ldirishga undash

jinoyatining obyekti

inson hayotidir. Inson

hayotiga qarshi qaratilgan bu jinoyat qonunchilikda juda jiddiy qaraladi, chunki u insonning eng
muhim huquqi bо‘lmish yashash huquqini buzishga qaratilgan. Shuning uchun, bu jinoyatning
asosiy obyekti insonning hayot haqidagi о‘z xohish-irodasi, uning ruhiy va psixologik holatidir.

Jinoyat kodeksida bunday harakatlarning javobgarligi aniq belgilangan bо‘lib, unga

undash, qо‘rqitish, tahdid qilish yoki boshqa turdagi ta’sir kо‘rsatish orqali insonni о‘z joniga qasd
qilishga majbur qilish harakatlari kiritilgan.

О‘zini о‘zi о‘ldirishga undash jinoyati bо‘yicha olimlar fikrlari turli jihatlardan kо‘rib

chiqilgan. Quyida ayrim mutaxassislarning fikrlarini keltirib о‘tamiz:

Emil Dyurgeym о‘zining “О‘z joniga qasd qilish” (Le Suicide) asarida о‘zini о‘zi

о‘ldirishning ijtimoiy sabablarini tahlil qiladi. Unga kо‘ra, о‘zini о‘zi о‘ldirish ijtimoiy muhitning
ta’siri natijasida yuzaga keladi va u turli ijtimoiy omillar, jumladan, jamiyatdagi izolyatsiya,
normalarning buzilishi va ijtimoiy tarmoqlarsizlik bilan bog‘liqdir

2

.

Tomas Joyner о‘zining “Why People Die by Suicide” asarida u о‘zini о‘zi о‘ldirishga olib

keluvchi psixologik va biologik omillarni о‘rganadi. Uning “Interpersonal – psychological theory
of suicidal behavior” nazariyasiga kо‘ra, insonni о‘z joniga qasd qilishga undaydigan ikki asosiy
omil mavjud: ijtimoiy bog‘lanishning yetishmasligi va о‘zini og‘irlik sifatida his qilish.

Devid Laster kо‘plab asarlarida о‘zini о‘zi о‘ldirishning psixopatologiyasi, ijtimoiy va

psixologik sabablarini о‘rganadi. Uning tadqiqotlari shuni kо‘rsatadiki, psixik kasalliklar, stress
va ijtimoiy qiyinchiliklar о‘zini о‘zi о‘ldirishga undashga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi olimlarning fikrlari va tadqiqotlari ushbu murakkab jinoyatning turli jihatlarini

yoritib, uni tushunish va oldini olishga yordam beradi.

О‘zini о‘zi о‘ldirishga undash

jinoyatining obyekti tomoni

– bu, jinoyatni amalga

oshirish jarayonidagi harakatlar va holatlar majmuini о‘z ichiga oladi. Bu jinoyatning obyektiv
tomoni quyidagi asosiy elementlarni о‘z ichiga oladi:

1. Harakatlar yoki harakatsizlik. Bu о‘zini о‘zi о‘ldirishga undash uchun qaratilgan turli

harakatlar yoki harakatsizlik bо‘lishi mumkin. Bunda quyidagi turdagi harakatlar nazarda tutiladi:

Qо‘rqitish:

jablanuvchini о‘z joniga qasd qilishga majburlash uchun unga zо‘rlik yoki

zо‘ravonlik tahdid qilish.

Tahqirlash:

jabrlanuvchini tahqirlash, uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, shu

orqali uning ruhiy holatiga salbiy ta’sir kо‘rsatish.

Manipulyatsiya qilish:

jabrlanuvchini manipulyatsiya qilish, uning psixikasiga ta’sir

kо‘rsatib, о‘zini о‘zi о‘ldirishga undash.

1

Таций В.Я. Объект и предмет преступления в уголовном праве. – Харьков, 1998. – С. 14-15.; Лопашенко

Н.А. Вопровы квалификации преступлений в сфере экономической деятельности. – Саратов, 1997. – С.11.

2

Дюркгейм Э. Самоубийства. Социолический этюд. – СПб., 1988.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

324

Boshqa shakldagi bosim:

jabrlanuvchiga turli bosim о‘tkazish, masalan, ijtimoiy yoki

iqtisodiy bosim orqali uni о‘z joniga qasd qilishga majburlash.

2. Sababiy bog‘liqlik: Undash natijasida jabrlanuvchi о‘zini о‘zi о‘ldirishi yoki о‘zini о‘zi

о‘ldirishga uringan bо‘lishi kerak. Ya’ni, undash harakatlari bilan jabrlanuvchining о‘z joniga
qasd qilish harakati о‘rtasida sababiy bog‘liqlik bо‘lishi shart.

3. Jabrlanuvchining ruhiy holati: jabrlanuvchining ruhiy holatiga salbiy ta’sir kо‘rsatish,

uning hayotga bо‘lgan munosabatini о‘zgartirish. Undash natijasida jabrlanuvchi ruhiy
tushkunlikka tushib, о‘zini о‘zi о‘ldirish qarorini qabul qilishiga olib keladi.

Bu elementlar jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etadi va bu jinoyatni aniqlashda

muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, о‘zini о‘zi о‘ldirishga undash jinoyatining obyektiv
tomonini tushunish uchun ushbu harakatlar va ularning natijalariga e’tibor qaratish lozim.

Jinoyat huquqi nazariyasiga kо‘ra har qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunda

belgilangan yoshga yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bо‘ladi. Albatta,
javobgarlikning asosi sifatida jinoyat tarkibining eng muhim elementi bu

jinoyat subyekti

hisoblanadi.

Jinoyat qonunchiligiga muvofiq jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bо‘la oladi va 17-

moddasida belgilab qо‘yilgan. Unga kо‘ra, о‘zini о‘zi о‘ldirishga undash jinoyatining subyekti,
ya’ni jinoyat sodir etgunga qadar о‘n olti yoshga tо‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka
tortiladilar. Shaxsning qonunda belgilangan subyekt yoshiga yetganligidan tashqari u о‘z
harakatlarini boshqara olishi va harakati tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatni ham
anglashi kerak bо‘ladi. О‘z harakatini idora qila olmaydigan va oqibatini anglamaydigan
shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishi tufayli qonun bilan qо‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga
zarar yetkazilsa, ularning harakatida qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ayb mavjud bо‘lmaydi.

Bu haqida bir qator olimlar tomonidan fikr bildirib о‘tilgan. Xususan, huquqshunos olim

Lourens Koxan (Lawrence Cohen) va Markus Felson (Marcus Felson) larning nazariyasiga kо‘ra,
jinoyatlarning sodir bо‘lishi uchun uchta asosiy omil mavjud: ishtiyoqqa ega jinoyatchi, munosib
qurbon va nazoratsiz muhit. Bu nazariyani suitsidga undash jinoyatiga ham tatbiq etish mumkin.
Ularning fikricha, suitsidga undash jinoyatini tergov qilishda ushbu uch omilni о‘rganish zarur:
undash qilgan shaxsning ishtiyoqi, qurbonning zaifligi va jinoyat sodir etilgan muhit.

Frenk Xagan (Frank E. Hagan)ning kriminologiya bо‘yicha tadqiqotlari jinoyatlarning

ijtimoiy va iqtisodiy omillarini tahlil qilishga qaratilgan. Uning fikricha, ijtimoiy adolatsizlik,
ishsizlik va ijtimoiy izolyatsiya suitsidga undash jinoyatlarining kо‘payishiga sabab bо‘ladi.
Xagan ushbu jinoyatlarga qarshi kurashda ijtimoiy dasturlarning ahamiyatini ta’kidlaydi va
tergovchilarni jinoyatni sodir etgan shaxslarning ijtimoiy holatini о‘rganishga chaqiradi.

О‘zini о‘zi о‘ldirishga undash jinoyatining

subyektiv tomoni

jinoyat sodir etuvchi

shaxsning ichki ruhiy holati va niyatini ifodalaydi. Bu jinoyatning subyektiv tomoniga quyidagilar
kiradi:

Qasd: Bu jinoyatning subyektiv tomoni faqat qasddan sodir etiladi. Qasd ikki turga

bо‘linadi: Tо‘g‘ri qasd, jinoyatchi о‘z harakatlari orqali jabrlanuvchini о‘zini о‘zi о‘ldirishga
undashni va bunga erishishni xohlaydi. Egri qasd, jinoyatchi о‘z harakatlari jabrlanuvchini о‘zini
о‘zi о‘ldirishni undaydiganligini biladi, lekin bunga aniq maqsad qilmagan bо‘lsa ham, uning
oqibatlarini kо‘ra oladi va bu oqibatlarning kelib chiqishiga yо‘l qо‘yadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

325

Bundan tashqari, jinoyatchi о‘z harakatlarining oqibatlarini bilib, uni maqsad qiladi yoki

qabul qiladi. Masalan, jinoyatchi jabrlanuvchini о‘zini о‘zi о‘ldirishga majbur qilish yoki unga
psixologik bosim о‘tkazib, uning hayotiga zomin bо‘lishni maqsad qilgan bо‘ladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, insonning hayoti va sog‘lig‘i shaxsning bebaho boyligi

hisoblanib, uning bu boyligidan mahrum etilishi yoki shikast yetkazilishi og‘ir jinoyat hisoblanadi.

Bu esa ushbu turdagi jinoyatlarning xavflilik darajasi yuqori ekanligini kо‘rsatadi,

shuningdek shaxsga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi, ularning sodir
etilishi natijasida hayot va sog‘liq, jinsiy erkinlik, oila va yoshlarning manfaatlari, axloq normalari,
shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmati, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga
jiddiy zarar yetkazilishi bilan ham shartlanadi.

Shulardan kelib chiqib, о‘zini о‘zi о‘ldirish darajasiga yetkazish, о‘zini о‘zi о‘ldirishga

undash jinoyatlari bilan bir qatorda shaxsga qarshi zо‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlardan
biri bо‘lgan qasddan odam о‘ldirish, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, qiynash, odam
о‘g‘irlash, odam savdosi, nomusga tegish kabi jinoyatlardan jabrlanishning oldini olish, ularga
yetkazilgan ma’naviy, moddiy zararlarning qoplanishiga doir huquqiy mexanizm yaratilishi va
ushbu jinoyatlar viktimologik profilaktikasining samaradorligini oshirish, milliy qonun hujjatlari
va huquqni qо‘llash amaliyoti bilan bog‘liq muammolarning yechimini topishda dolzarb ahamiyat
kasb etadi.

Bundan tashqari, shaxsni о‘zini о‘zi о‘ldirish darajasiga yetkazadigan darajada qonunga

xilof harakatlar sodir etilganligi natijasi bilan birga, boshqa bir qator omillar, jumladan, shaxs
sog‘lig‘i va ruhiy holati, u tug‘ilib о‘sgan muhit, undagi sharoit, oila va jamoadagi axloqiy-
ma’naviy qarashlar, hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivoji va boshqa ta’sirlar ham sabab bо‘ladi.

Umuman olganda, о‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq har bir holatda buning tub sababi va

shart-sharoitlarini sinchkovlik bilan, tо‘la va har tomonlama aniqlamasdan turib, insonning
hayotidan mahrum etilishi holatiga tо‘laqonli huquqiy baho berib bо‘lmaydi.

REFERENCES

1.

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, T., 2023.

2.

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Rasmiy nashr. – T., “Adolat” 2023.

3.

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. (Maxsus qism) – Toshkent:

О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. – 2016.

4.

Musayev M. О‘zini о‘zi о‘ldirish darajasiga yetkazishni tergov qilish. Toshkent.

A.Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. – 2007.

5.

Татсий В.Й. Объект и предмет преступления в уголовном праве. – Харков, 1998. – С.
14-15.;

Лопашенко Н.А. Вопрови квалификатсии преступлений сфере

экономической деятелности. – Саратов, 1997. – С.11.

6.

Дюркгейм Э. Самоубийства. Социолический этюд. – СПб., 1988.

Библиографические ссылки

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, T., 2023.

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Rasmiy nashr. – T., “Adolat” 2023.

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. (Maxsus qism) – Toshkent:

О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. – 2016.

Musayev M. О‘zini о‘zi о‘ldirish darajasiga yetkazishni tergov qilish. Toshkent.

A.Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. – 2007.

Татсий В.Й. Объект и предмет преступления в уголовном праве. – Харков, 1998. – С. 14-15.; Лопашенко Н.А. Вопрови квалификатсии преступлений сфере экономической деятелности. – Саратов, 1997. – С.11.

Дюркгейм Э. Самоубийства. Социолический этюд. – СПб., 1988.