O‘ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari xususida so‘z boradi. O‘zbekistonning bugunigi kuni uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlarining millatimiz taraqqiyotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
337-340
121

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Amonov , M. . (2024). O‘ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(6), 337–340. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34178
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari xususida so‘z boradi. O‘zbekistonning bugunigi kuni uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlarining millatimiz taraqqiyotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

337

O‘ZBEKISTONNING XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI BILAN HAMKORLIK

ALOQALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Amonov Mirjalol Mansurovich

Bank Moliya Akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11554024

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan

hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari xususida so‘z boradi. O‘zbekistonning bugunigi
kuni uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlarining millatimiz
taraqqiyotida naqadar muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

moliya institutlari, moliya bozori, xalqaro moliya tashkilotlari, eksport,

valyuta bozorlari.

PROSPECTS OF DEVELOPING COOPERATIVE RELATIONS WITH

INTERNATIONAL FINANCIAL ORGANIZATIONS OF UZBEKISTAN

Abstract.

This article talks about prospects for developing cooperation relations of

Uzbekistan with international financial organizations. It has been revealed how important the
international financial organizations are for the development of our nation.

Key words:

financial institutions, financial market, international financial organizations,

export, currency markets.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ОТНОШЕНИЙ СОТРУДНИЧЕСТВА С

МЕЖДУНАРОДНЫМИ ФИНАНСОВЫМИ ОРГАНИЗАЦИЯМИ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация.

В данной статье говорится о перспективах развития отношений

сотрудничества Узбекистана с международными финансовыми организациями. Выявлено,
насколько важны международные финансовые организации для развития нашей страны.

Ключевые слова:

финансовые институты, финансовый рынок, международные

финансовые организации, экспорт, валютные рынки.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni

yangi davr darajasiga ko’tarish, eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga
keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini
barqaror rivojlantirishni taqozo etadi.

Hozirgi

vaqtda

mamlakatimiz

ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyoti

iqtisodiyotni

modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot
tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka
erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o’rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini
oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog’liq.

Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya bozoridagi ishtiroki

muhim o’rin tutadi. tashkilotlari

Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning

harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan
maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni
taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

338

Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit

munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq
munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini boshqarish, xalqaro
moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi.

Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va

kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro
xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur 6 holat jahon
moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo
moliyaviy

munosabatlarning

va

xalqaro

moliyaviy

faoliyatning

boshqa

jihatlarini

murakkablashuviga olib keldi.

1

So‘nggi yillarda mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari bilan yaqin hamkorlik

aloqalarini rivojlantirishga, iqtisodiyotda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga ular
mablag‘larini keng jalb etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mazkur jarayonda Xalqaro Valyuta
Fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom
taraqqiyot banki kabi yirik xalqaro moliya institutlari bilan izchil va faol hamkorlik aloqalari
yo‘lga qo‘yilgan.

Shu oʻrinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yoʻnalishda hamkorlikni sezilarli

tarzda oʻsib, rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtish lozim. Jumladan, Davlat statistika
qo‘mitasi O‘zbekistonning 2020 yil 9 oyi davomidagi tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha statistik
ma'lumotlarni e'lon qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida O‘zbekistonning eng ko‘p tashqi savdo

aylanmasi Xitoy bilan bo‘lgan – 4,6 mlrd, bunda eksport – 1,4 mlrd, import 3,2 mlrd AQSh
dollarini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Rossiya turibdi – 4,1 mlrd, eksport – 1,1 mlrd, import 3
mlrd AQSh dollari. Yuqori uchlikni Qozog‘iston yakunlab beradi – 2 mlrd., eksport – 646,2 mln,
import 1,3 mlrd AQSh dollari. Shuningdek, O‘zbekistonning quyidagi davlatlar bilan tashqi savdo
aylanmasi yuqori bo‘lgan. Koreya – 1 mlrd 599,6 mln, eksport – 34,1 mln, import 1 mlrd 565,5
mln AQSh dollari. Turkiya – 1 mlrd 434,1 mln, eksport – 650,9 mln., import 783,2 mln AQSh
dollari. Qirg‘iziston – 660,7 mln, eksport – 561,1 mln, import 99,6 mln AQSh dollari. Germaniya
– 574 mln, eksport – 51,3 mln, import 522,8 mln AQSh dollari. Afg‘oniston – 542,9 mln, eksport
– 541,3 mln, import 1,7 mln AQSh dollari. Tojikiston – 358,8 mln, eksport – 289,1 mln, import
69,7 mln AQSh dollari. Turkmaniston – 323,6 mln, eksport – 97,8 mln, import 225,9 mln AQSh
dollari. Dunyoning yetakchi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlangan
mamlakatlar, xususan, Koreya Respublikasi va Yaponiya, Yevropa mamlakatlari va Yevropa
Ittifoqi, arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar bilan o‘zaro manfaatli, samarali va ko‘p qirrali
hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

2

Mamlakatimiz Jahon banki bilan ham quyidagi loyihalar doirasidafaol hamkorlik qilmoqda:

qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, irrigatsiya infratuzilmalari va drenajlarni
rekonstruksiya qilish, maktab ta’limini rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish, shaharlarda
quvurlar tizimi va tozalash inshoatlarini rekonstruksiya qilish, sanoat korxonalarida energiya

1

J. Ataniyazov. Xalqaro moliya bozori. Toshkent. 2019. 44-bet.

2

X. Ataniyazov, E.D.Alim ardonov. Xalqaro moliya munosabatlari. https://fayllar.org/j-xataniyazov-e-d-alim-

ardonoy-xalqaro-moliya-munosabatlari.html


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

339

samaradorligini oshirish, suv ta’minotini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash,
elektr energiyasidan foydalanishni nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashgan tizimini joriy
etish kabilar.

Mamlakatimizning Osiyo Taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yetarli

darajada faol rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda Osiyo Taraqqiyot banki bilan hamkorlikda
amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar qishloq xo‘jaligi, ta’lim, energetika, moliya, sog‘liqni
saqlash, sanoat va savdo, davlat boshqaruvi, transport tizimi, suv ta’minoti va shahar
infratuzilmasini yaxshilash kabi sohalarga yo‘naltirilgan. 1995 yildan buyon Osiyo Taraqqiyot
bankidan 8,67 mlrd. AQSH dollari miqdorida kredit, grant va texnik yordam mablag‘lari jalb
etilgan. 2019 yilda bank tomonidan umumiy qiymati 1,1 mlrd. AQSH dollarni tashkil etadigan
yettita loyiha va dastur uchun hamda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-
quvvatlashga 600 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan kredit mablag‘lari ajratildi.

Mamlakatimiz mintaqaviy rivojlanish banklaridan bo‘lgan Islom Taraqqiyot banki bilan

ham faol hamkorlik aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Bank bilan hamkorlik doirasida, Islom
Taraqqiyot banki guruhi (Islom taraqqiyot banki, Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha islom
korporatsiyasi, Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi, Xalqaro
islom savdo-moliya korporatsiyasi, Tadqiqotlar va treninglar islom instituti) sog‘liqni saqlash,
energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish, maktab va kollejlarni jihozlash, avtomobil yo‘llarini qurish
va ta’mirlash, davlat moliya tizimida islohotlar o‘tkazish kabi sohalardagi loyihalarni (jami 86
loyiha) moliyalashtirish uchun 2 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish haqida qaror qabul
qilgan va shundan 1,1 mlrd. AQSH dollaridan ziyod qismi bugungi kungacha moliyalashtirilgan.

Yuqoridagilarga asoslangan holda, aytish mumkinki, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon banki,

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Islom taraqqiyot banki
mamlakatimizda qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda o‘zining mablag‘larini ajratish bilan
faol ishtirok etmoqda.

Jahon banki tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan bergan baholari va

prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda YAIM o‘sishi 4,8 dan 5,0 foizgacha bo‘lishi kutilmoqda. 2020 yil
avgust oyida inflyatsiya 11,6 foizgacha pasaydi, bu esa Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini
2020 yilda ikki marta, aprelda 16 foizdan 15 foizgacha va sentyabrda 14 foizgacha pasaytirishga
imkon berdi.

Hozirgi kunda xalqaro valyuta jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiy

rivojlanishi quyidagicha baholanmoqda. O‘zbekiston 2020 yilda umumiy o‘sishni ijobiy tomonga
ko‘targan bir necha mamlakatlar qatoriga kirdi va 1,6 foizni tashkil etdi, ammo bu pandemiya
natijasida oldindan prognoz qilingan o‘sish sur’atlaridan taxminan 4 foizga kamroq bo‘ldi. Byudjet
orqali ijtimoiy iqtisodiy hayotni qo‘llab-quvvatlash natijasida 2020 yilda yalpi ichki mahsulotga
nisbatan davlat byudjeti taqchilligi YAIMning 4,5 foizi darajasida yoki kutilgandan 2,5 foiz kamroq
bo‘ldi.

3


Xulosa o’rnida aytishimiz joizki, xalqaro moliya tashkilotlarining mamlakatimiz

iqtisodiyotida o’rni va roli beqiyosdir. Busiz O’zbekiston kelajagini tasavvur qilish qiyin holat.

3

K. Rahmanova. Moliya tashkilotlari tavsifi. Samarqand. 2002. 98.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

340

REFERENCES

1.

Ataniyazov. Xalqaro moliya bozori. Toshkent. 2019. 44-bet.

2.

X. Ataniyazov, E.D.Alim ardonov. Xalqaro moliya munosabatlari.

https://fayllar.org/j-

xataniyazov-e-d-alim-ardonoy-xalqaro-moliya

unosabatlari.html

3.

K. Rahmanova. Moliya tashkilotlari tavsifi. Samarqand. 2002. 98-bet.

Bibliografik manbalar

Ataniyazov. Xalqaro moliya bozori. Toshkent. 2019. 44-bet.

X. Ataniyazov, E.D.Alim ardonov. Xalqaro moliya munosabatlari. https://fayllar.org/j-xataniyazov-e-d-alim-ardonoy-xalqaro-moliya unosabatlari.html

K. Rahmanova. Moliya tashkilotlari tavsifi. Samarqand. 2002. 98-bet.