Authors

  • Mirjalol Amonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34735

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari xususida so‘z boradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining O‘zbekiston moliya fondi uchun keltirgan foydalari tilga olinadi.

background image


151

XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI BILAN MUSTAHKAM ALOQALAR

Amonov Mirjalol Mansurovich

Bank Moliya Akademiyasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11642244

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan

hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari xususida so‘z boradi. Xalqaro moliya

tashkilotlarining O‘zbekiston moliya fondi uchun keltirgan foydalari tilga olinadi.

Kalit so‘zlar:

moliya, moliya tashkilotlari, xalqaro aloqalar, moliya fondi, moliyaviy

aloqalar, aloqalar negizi.

STRONG RELATIONS WITH INTERNATIONAL FINANCIAL ORGANIZATIONS

Abstract.

This article talks about prospects for developing cooperation relations of

Uzbekistan with international financial organizations. The benefits of international financial

organizations for the financial fund of Uzbekistan are mentioned.

Key words:

finance, financial organizations, international relations, financial fund,

financial relations, basis of relations.

ПРОЧНЫЕ ОТНОШЕНИЯ С МЕЖДУНАРОДНЫМИ ФИНАНСОВЫМИ

ОРГАНИЗАЦИЯМИ

Аннотация.

В данной статье говорится о перспективах развития отношений

сотрудничества Узбекистана с международными финансовыми организациями.

Отмечены преимущества международных финансовых организаций для финансового

фонда Узбекистана.

Ключевые слова:

финансы, финансовые организации, международные отношения,

финансовый фонд, финансовые отношения, основы отношений.

Davlat hayoti va rivojlanishida moliya muhim o’rin tutadi. Har bir mamlakat moliyaviy

oqimlarning ichki harakatini tartibga solish bo’yicha o’ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq,

umuman olganda, bularning barchasi bir butunga birlashadi va global tizimni tashkil qiladi.

Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotlarni oshirish, kapital jalb

qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishini ko’rishimiz mumkin. Jamiyat

taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o’rni esa beqiyosdir, zero, ular moliyaviy resurslarining

harakati shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda moliyaviy

institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkib bo'yicha murakkab bo’lgan

munosabatlar tizimidir. Shu sababli, hozirgi vaqtda kelib, O‘zbekiston bilan ko‘plab moliya


background image


152

tashkilotlar iqtisodiy munosabatlar keng yo'lga qo'yilib va samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatib

kelmoqda. Bu xalqaro moliya tashkilotlari O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga bir

qator investitsiyalar kiritgan. Investitsion loyihalar soni ko‘p va hamkorlik aloqalarini

mustamkamlash doimiy ravishda e’tibor qaratilishi lozim. Sababi shundaki, xalqaro bozorga

chiqish, davlatning eksport salohiyatini oshirish, aholining ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, hamda

ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya

institutlarini bilan aloqalarni rivojlantirish vazifalardan biri hisoblanadi.

Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar (XMT) mamlakatlar milliy iqtisodiyotini

rivojlantirishda muhim rol o`ynamoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoevning tashabbusi bilan 2017-yildan buyon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni

jadallashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda xalqaro va xorijiy moliya institutlari

bilan hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

1

O’zbekistonning Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa

tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari yangi tarixiy

bosqichga ko’tarildi.

Davlatimiz rahbarining respublikadagi XMT faoliyatiga munosib munosabatining yana bir

misoli – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi tashkil etilishidir. Kengash faoliyatining asosiy

yo’nalishi – bu O’zbekistondagi qulay, shaffof va konstruktiv ishbilarmonlik muhitini yanada

rivojlantirish.

2017 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar iqtisodiy o’sishning yangi omillarini

faollashtirish – investisiya muhitini yaxshilash, eksport salohiyatini kengaytirish, tashqi savdoni

faollashtirish va makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Har bir tizim soddalashtirilgan boʻlishi kerakligi sababli xalqaro moliya tizimi aniq

tuzilmaga ega boʻlib, unga quyidagilar kiradi:

Moliyaviy yordam. Bunga xalqaro tashkilotlar va hukumatlarning kreditlari va kafolatlari

kiradi.

Xalqaro kapital bozorlari. Bular valyuta spot bozorlari, derivativlar bozorlari, kredit,

qimmatli qog’ozlar va qarz qimmatli qog’ozlari, shuningdek sug’urta xizmatlaridir.

Oltin va valyuta zahiralari. Ular ikki xil – xususiy va rasmiy.

1

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirzeyoyevning "O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha

harakatlar strategiyasi to'grisida"gi PF-4947-sonli Farmoni. 17.02.2017.Https://lex.uz/docs/-310736


background image


153

Asosan, bugungi kunda O’zbekiston moliyaviy tashkilotlarini xalqaro moliya tashkilotlari

o’rtasida o’zaro moliyaviy munosabatlar o’rnatish mamlakat iqtisodiyotidagi eng muhim

masaladir. Milliy va Xalqaro molyaviy munosabatlarni rivojlantirish masalari bugungi kunda

jadallashmoqda. Bu munosabat nafaqat puxta o‘ylangan, balki bir vaqtning o‘zida ildam va qulay

bo‘lishi hamda hozirgi tez o‘zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib bo‘lmaydigan

yangi muammo va tahlikalarga o‘z vaqtida va munosib javob berishi kerak.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni moliyalashtirishda va ijtimoiy muammolarni hal

qilishda faol rol o`ynagan XMT iqtisodiy vaziyat monitoringi va tahlilini amalga oshirib, doimiy

ravishda uning rivojlanish istiqbollarini baholaydi. Bunday prognozlarning ahamiyati shundaki,

xalqaro tashkilotlar dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari bo`yicha tahlil va prognoz qilishda

etarli tajribaga ega.

Prognoz yilining boshlanishidan yarim yil oldin, 2017-2019 yillarda O`zbekiston YaIM

bo`yicha xalqaro moliya tashkilotlarining retrospektiv prognoz baholarini taqqoslash inqirozsiz

rivojlanish sharoitlarida XMT prognozlarining yuqori aniqligini ko`rsatmoqda. Jahon banki va

Islom bankining prognoz baholari ushbu ko`rsatkichning 2017-2019 yillarga mo’ljallangan

qiymatlaridan deyarli farq qilmadi.

2

O’zbekiston xalqaro moliya tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarini shakllantirishida

va rivojlanishidagi asosiy omili:

- Jahon bozorlarida o’zining o’rniga ega bo’lishi, ayniqsa tovar bozorlarida;

- Mamlakat iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi;

- Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi

- Mamlakatning ilmiy-texnika taraqqiyotiga qo’shgan hissasi

- Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tomonlama va manfaatli tartibga solish

tizimini takomillashtirilishi;

- Mamlakatda transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatinini nazorat qilish va

kengaytirilishi.

3

Agar quyidagi omillar iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy munosabatlarda o’z aksini topsa,

mamlakating moliyaviy rivojlanish koeffisiyentga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

2

https://fayllar.org/xx-asr-80-yillari-ortalarida-respublikada-ijtimoiy-siyosiy-iqt.html

3

J. Jumaxo’jayev. Moliyaviy instrumentlar. Toshkent. 1998-yil. 54-bet.


background image


154

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirzeyoyevning "O'zbekiston Respublikasini

rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'grisida"gi PF-4947-sonli Farmoni.

17.02.2017.Https://lex.uz/docs/-310736

2.

J. Jumaxo’jayev. Moliyaviy instrumentlar. Toshkent. 1998-yil. 54-bet.

3.

https://fayllar.org/xx-asr-80-yillari-ortalarida-respublikada-ijtimoiy-siyosiy-iqt.html