ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1024
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORT MARKETINGINI RIVOJLANTIRISH
YO‘LLARI
Safarov O‘lmasbek Sulton o‘g‘li
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jismoniy tarbiya
va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12589372
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida sport marketingini
rivojlantirish yo‘llari va usullari haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar
keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
port marketingini rivojlantirish, Olimpiada o‘yinlari, Jahon kubogi, sportni
rivojlantirish.
WAYS TO DEVELOP SPORTS MARKETING IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Abstract.
This article talks about the ways and methods of developing sports marketing in
the Republic of Uzbekistan. During the article, reasonable opinions and considerations are
mentioned.
Key words:
port marketing development, Olympic Games, World Cup, sports development.
ПУТИ РАЗВИТИЯ СПОРТИВНОГО МАРКЕТИНГА В РЕСПУБЛИКЕ
УЗБЕКИСТАН
Аннотация.
В данной статье говорится о путях и методах развития спортивного
маркетинга в Республике Узбекистан. В ходе статьи приводятся обоснованные мнения и
соображения.
Ключевые слова:
развитие портового маркетинга, Олимпийские игры, чемпионат
мира, развитие спорта.
Ma’lumki sport dunyo bo‘ylab o‘ynaladigan, sevib tomosha qilinadigan va insonlarga
emotsiya ulashadigan global mahsulot va servis turidir. Bugungi kunda Olimpiada o‘yinlari va
Jahon kubogi kabi xalqaro musobaqalar ko‘plab ommaviy axborot vositalarining e’tibor
markazida bo‘lishiga qaramay, sport marketingi hamda xalqaro biznes o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalarda ham amaliy va nazariy nuqtai nazardan oqsoqlanishlar ko‘zga tashlanmoqda va bu kabi
holatlarni yurtimizda ham tez-tez uchrab turishi muammoli vaziyatlardan biri hisoblanadi.
Shunday muammolarni xal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2019-2023 yillar
davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommoviy sportni rivojlantirish
konsepsiyasi” Qaror sifatida tasdiqlandi.
Butun dunyo bo‘ylab tarqalgan, mamlakatlarni iqtisodiy inqiroz yoqasiga olib kelgan katta
xavflardan biri bo‘lgan koronavirus pademiyasi ham jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘z
ta’sirini ko‘rsatdi. Jahondagi yirik musobaqalar, olimpiyada o‘yinlari, sport turlari bo‘yicha
chempionatlar sport muxlislarisiz o‘tayotgani buning yaqqol dalilidir. Ana shunday muammolarni
hal qilish uchun butun dunyoda ko‘plab xalqaro sport korxonalari va tashkilotlari xalqaro sport
marketing loyihalarini amalga oshirish yo‘lida tinimsiz mehnat qiladilar va bu orqali nafaqat o‘z
byudjetini ko‘paytiradilar balki, davlat iqtisodiyotini ham boyitib, mamlakatning turizm
salohiyatini oshirishda o‘z hissalarini qo‘shadilar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1025
Sport marketingini o‘rganishda mamlakatimiz olimi R. Nabiullin «Jismoniy tarbiya va
sportda marketing» (2022) nomli darsligi muhim ahamiyatga egadir. Buni ta’kidlashdan maqsad
shuki, O‘zbekistonda sport faoliyatiga marketing chuqur singib ketganicha yo‘q va shu sababdan
maxsus o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar ham juda ozchilikni tashkil qiladi. Ana shularni e’tiborga
olgan holda R. Nabiullinning darsligini asos qilib olishga to‘g‘ri keladi.
Yurtimizda sport marketingini rivojlantirish va buning natijasida mamlakat ichki bozoriga
ijobiy ta’sir o‘tkazishni tahlil qilish bilan birga “Sport marketing”ning o‘zi nima va uni boshqa
sohalardan ajratib turuvchi asosiy faktorlar nimalardan iborat ekanligi haqida yetarli tushunchaga
ega bo‘lish juda muhim hisoblanadi. Bu borada ko‘plab olimlar o‘z fikrlari bilan bo‘lishganlar
xususan Avstraliyaning Dekin universiteti (Deakin University) professorlari Vanessa Ratten
hamda Xamish Rattenlar o‘z izlanishlari natijasidan kelib chiqib quyidagi ta’rifni keltiradilar:
Sport marketingi - samarali marketing vositalaridan biri bo‘lib, uning yordamida kompaniyalar
iste’molchilarning sportga bo‘lgan ehtirosidan foydalanib daromad oladilar. Ta’kidlash joizki,
yurtimizda ham sport homiylari masalasi doimo dolzarb hisoblanadi, buning natijasida esa sport
klublari doimo moliyaviy ko‘makka muhtojlik sezishadi, balki bu klubda to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilmagan marketing faoliyati bilan ham bog‘liqdir.
Marketing bo‘yicha har qanday kitobni oling - masalan, Kotler, Sonders va Armstrong
yoki Brassington va Pettit asarlari, shunda mualliflar marketingni almashish jarayoni sifatida
ko‘rishayotganini ko‘rasiz, uning doirasida tashkilot uchrashish uchun ishlaydi. Marketingning
boshqa ta’riflari, masalan, Gronroos asarlari, mijozlarning uzoq muddatli munosabatlarining
muhimligini ta’kidlashi bilan yanada chuqurlashadi. Ammo ular sportning o‘ziga xos
xususiyatlarini va sport mahsuloti bilan boshqa mahsulot va xizmatlarning farqlarini hisobga
olmaydilar. Sport marketologlari va hatto marketingning o‘zi uchun bu ta’riflarning foydali
bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas, chunki aksariyat hollarda unga “sport” so‘zi mexanik ravishda
qo‘shiladi.
Sport marketingi - bu sport tadbirlari va jamoalarni targ‘ib qilishga, shuningdek sport
tadbirlari va sport jamoalari orqali boshqa mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilishga
yo‘naltirilgan marketingning bir qismidir. Bunday holda, reklama qilingan mahsulot jismoniy
mahsulot yoki tovar nomi bo‘lishi mumkin. Maqsad mijozga sportni ommalashtirish yoki boshqa
har qanday mahsulot, xizmat, biznes yoki sabablarni sport orqali targ‘ib qilish strategiyasini
taqdim etishdir. Sport marketingi orqali iste’molchilarning ehtiyojlari va ehtiyojlarini qondirishga
mo‘ljallangan. Ushbu strategiyalar umumiy marketingning an’anaviy 4Pga amal qiladi: mahsulot,
narx, reklama va joy. Sport marketingida ham yana 4P qo‘shildi, chunki sport bu xizmat deb
hisoblanadi. Qo‘shimcha 4P: rejalashtirish (planning), qadoqlash (packaging), joylashishni
aniqlash (positioning) va idrok etish (perception). Qo‘shimcha to‘rtta elementning qo‘shilishi
“sport marketingi aralashmasi” deb nomlanadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2020-yil
3-noyabrda imzolangan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori, bunga yorqin
misol bo‘ladi.
Unga ko‘ra, yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq
kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1026
rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy
xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida universiteti huzuridagi
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta'lim va
sport-ta'lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan
ta'minlash, jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda sport kiyimi, anjomlari
va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish, xalqaro sport
musobaqalariga mezbonlik qilish va sportning shaffofligini ta'minlash bunga misol bo‘la oladi.
Sport o‘yinlari homiysi bo‘lish orqali bugun kompaniyalar o‘z daromadlarini bir necha
barobar oshirishga erishmoqdalar, dunyo bo‘ylab o‘tqazilib kelinayotgan xalqaro sport tadbirlari
va millionlab muxlislarga ega bo‘lgan jamoalar ularga bunday imkoniyatni taqdim etmoqdalar,
ammo homiy bo‘lish, shunchaki futbol jamoasi a'zolarining futbolkasida yoki o‘yin maydonchasi
atrofidagi bannerlarda o‘z belgisi bilan paydo bo‘lishnigina anglatmaydi, homiy bo‘lish - brendga
yoki kompaniyaga sportning ijobiy bahosini iste’molchi qalbiga bo‘lgan ehtiros bilan bir vaqtning
o‘zida yetkazishga imkon berish demakdir.
Xulosa va taklif o`rnida mamlakatimizda sport marketingi orqali ichki bozorini va
iqtisodiy salohiyatini oshirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy vositalar quyidagilardan
iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
-
sport marketingi mutaxassislarini yurtimizda tayyorlash (bakalavr, magistratura,
tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar);
-
nufuzli sport musobaqalariga mezbonlik qilish hamda buning uchun zarur bo‘lgan
shart-sharoit va infratuzilmani yaratish;
-
xalqaro sport marketingi korxonalari bilan tashqi aloqalarni o‘rnatish;
-
milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqargan tovar va mahsulotlarini
sport musobaqalarida reklama qilish;
-
mamlakatimizda rivojlanmagan ammo ommabopligi jihatdan yuqori turuvchi sport
turlarini joriy qilish va buning natijasida turizm oqimini o‘stirish.
Yuqorida bildirilgan takliflar, yurtimizda sport marketingi hamda xalqaro sport turlari,
jismoniy tarbiya va turizmni rivojlantirishda shuning bilan birga mahsulotlarimizni reklama qilish
orqali jahon bozoriga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Балтаева И. Т. и др. USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT FOOTBALL
TRAINING //MODERN SCIENCE AND RESEARCH. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 709-
718.
2.
Jumayev U. X., Kazoqov R. T., Abdusalomov I. K. QUANTITATIVE EVALUATION OF
QUALITY INDICATORS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С.
229-240.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1027
3.
Qutlimurotov I. X. et al. THE PROCESS OF ORGANIZING EDUCATIONAL
ACTIVITIES OF STUDENTS AND MASTERING PERSONAL PROFESSIONAL
KNOWLEDGE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 869-879.
4.
Солиев И. Р. и др. МОРФО-ФУНКЦИОНАЛ ВА АНТРОПОГЕНЕТИК ТАДҚИҚОТ
НАТИЖАЛАРГА КЎРА ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ИШЧАНЛИК НАТИЖАЛАРИНИ
БАШОРАТ ҚИЛИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.
5.
Тажибаев С. С. и др. ЖАХОН ЧЕМПИОНАТИ 2022 ЙИЛГИ ФУТБОЛЧИЛАР
АНТРОПОМЕТРИК ЎЛЧАМЛАРИ ВА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ
КОРРЕЛЯЦИЯНИ ЎРГАНИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.
6.
Тажибаев С. С. и др. 13-14 ЁШЛИ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК
ҲАРАКАТЛАРИНИ ТАРБИЯЛАШ САМАРАДОРЛИГИ //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.
7.
Boltayeva I. T. et al. PERIODS OF PRODUCTION EDUCATION. THE PERIOD OF
INITIATION, PREPARATION, ACQUISITION AND COMPLETION OF THE
PROFESSION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 561-569.
8.
Ganieva M. et al. THE UNITY OF TECHNIQUE, TACTICS AND STRATEGY IN
TABLE TENNIS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1175-1183.
9.
Usmonova S. H., Akmurodov M., Kazokov R. THE INFLUENCE OF TEMPERAMENT
ON THE CHOICE OF SPORTS ACTIVITIES //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 5. – С. 63-70.
10.
Umaraliyeva F. T., Kazoqov R. Т. THE ROLE OF SPORTSWOMEN IN THE
DEVELOPMENT OF SOCIETY AND IN THE DEVELOPMENT OF SPORTS //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1124-1131.
11.
Mustafayeva N. A., Kazoqov R. T. USING THE MAIN CHARACTERISTICS AND
POSSIBILITIES OF THE ELECTRONIC SCHEDULE IN SOLVING ISSUES
RELATED TO PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1115-1123.
12.
Kazoqov R. T., Axatov L. K. SPORT TOMOSHASINING ESTETIKASI. – 2024.
13.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
14.
Umarov D. X. et al. NATIONAL MOVEMENT FOR THE DEVELOPMENT OF
PRIMARY CLASS STUDENTS'PHYSICAL PREPARATION USING GAMES
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 732-741.
15.
Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL
EXERCISES IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE
RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.
16.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
17.
Turopovich K. R., Rixsibayevna D. S. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE
LEARNING THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. – 2024.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1028
18.
Kazakov R. T. et al. MULTIMEDIA SYSTEMS AND DISTANCE LEARNING
TECHNIQUES IN SPORTS SOX //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9.
– С. 99-105.
19.
Казоқов Р. Т. и др. МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР
СПОРТИНИНГ ЎРНИ //Академические исследования в современной науке. – 2023.
– Т. 2. – №. 9. – С. 5-11.
20.
Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ
ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ
ЮЗАСИДАН
ТАЖРИБА-СИНОВ
ИШЛАРИНИНГ
НАТИЖАЛАРИ
//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-
115.
21.
Казоқов Р. Т. Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг масофавий
таълим технологиялари асосида педагогик маҳоратини шакллантириш //Замонавий
футболни ривожлантириш тенденциялари: муаммо ва ечимлари. – Т. 11. – №. 1.
22.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
23.
Murod o'g'li P. D. MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. – 2023.
24.
Achilov O. H. TO INCREASE THE INTEREST OF ELEMENTARY SCHOOL
STUDENTS IN SPORTS AND TO MAKE THEM REGULARLY ENGAGE IN SPORTS
//Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 218-220.
25.
OʻGʻLi S. O. S., Nurullayev A. Q. THE ORIGIN AND DEVELOPMENT OF
ATHLETICS //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 10-15.
26.
O‘lmasbek S. MIDDLE LONG DISTANCE RUNNING //BOSHQARUV VA ETIKA
QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 10-12.
27.
Nurullayev A. Q., Ogli S. U. S. JUDO ACHIEVEMENT AT THE 2021 SPORTS
COMPETITION AT THE UNIVERSITY //Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 2. – С. 234-236.
28.
Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL
EXERCISES IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE
RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.
29.
Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
30.
Boltayeva I. T., Tashnazarov D. Y., Kazaqov R. T. TECHNICAL-TACTICS OF 13-14-
YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS EFFICIENCY OF EDUCATIONAL ACTIONS
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 91-98.
