Authors

  • Bonu Isomiddinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.35151

Abstract

Ushbu maqolada kurashchilar trenirofka jarayonida texnik tayyorgarligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1118

KURASHCHILAR SHUG

ʻULLANISH JARAYONIDA TEXNIK TAYYORGARLIK

Isomiddinova Bonu Sherali qizi

Navoiy davlat pedagogika institute Jismoniy madaniyat fakulteti

Sport faoliyati (Kurash) yoʻnalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12597918

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kurashchilar trenirofka jarayonida texnik tayyorgarligi

toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Kurash turlari, texnik tayyorgarlik, trenirofka jarayoni, tayyorgarlik turlari.

TECHNICAL TRAINING OF WRESTLERS DURING TRAINING

Abstract.

This article provides information on the technical preparation of wrestlers

during training.

Key words:

Fighting types, technical training, training process, types of training.

ТЕХНИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА БОРЦОВ ВО ВРЕМЯ ТРЕНИРОВКИ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о технической подготовке

борцов во время тренировок.

Ключевые слова:

Виды единоборств, техническая подготовка, тренировочный

процесс, виды подготовки.


Hozirgi kunda kurashchilarning yanada yuqoriroq natijalarga erishish uchun yuqori

talablar qoʻyilmoqda. Tayyorgarlik jarayonlarining tuzilishidagi vazifalarni qayta koʻrib chiqish
muammolari

vujudga

kelmoqda.

Xususan,

hozirgi

kunda

kurashchilarning

texnik

tayyorgarligidagi ayrim kamchiliklarni koʻrish mumkin. Kurashchilar musobaqalarida chaqqon
harakatlar bilan texnik usullarni ketma-ket amalga oshiruvchi polvonlar kamchilikni tashkil qiladi.
Ularda emotsional holatdagi joʻsh urib bellashuvchi ishtiyoqni koʻrish kamdan kam hollarda
uchramoqda. Hozirgi kunda texnik usullar arsenalini boyitish, bellashuvlardagi taktik harakatlarni
amalga oshirish dolzarb masala hisoblanadi.

Kurashning texnik tayyorgarligi sportchi tomonidan yuqori sport natijalariga erishishni

ta'minlovchi harakatlar tizimining egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi. Kurashchining umumiy
va maxsus texnik tayyorgarligi ajratiladi. Umumiy texnik tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi
har xil harakat malakalari hamda ko'nikmalarini egallashga, maxsus texnik tayyorgarlik sport
kurashida texnik mahoratga erishishga qaratilgan. Sport kurashida texnik tayyorgarlik bir qator
murakkab vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan: maksimal kuchlanishdan foydalanish
samaradorligini oshirish, ish kuchlanishini tejash, musobaqa faoliyatini o'zgaruvchan holat
sharoitlarida harakatlanish tezligi, aniqligini oshirish.

Kurash texnikasi – bu musobaqa qoidalarida ruxsat etiladigan usullar va himoyalanishlar

yig’indisidir.

Sport texnikasini takomillashtirish kurashchilarning ko'p yillik tayyorgarligi davomida

amalga oshiriladi va u tanlangan kurash turida texnik mahoratni oshirishga qaratiladi. Texnik
mahorat deganda keskin sport kurashi sharoitlarida eng oqilona harakat texnikasini mukammal
egallash tushuniladi. Texnik mahoratni takomillashtirishning uchta bosqichi ajratiladi: izlanish,
barqarorlashtirish, moslashishni takomillashtirish. Birinchi bosqichda texnik tayyorgarlik
musobaqa harakatlarining yangi texnikasini shakllantirishga, uni amaliyotda egallash shart -


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1119

sharoitlarini yaxshilashga, musobaqa harakatlari tizimiga kiruvchi ayrim harakatlarni o'rganishga
(yoki qayta o'rganishga) qaratilgan. Ikkinchi bosqichda texnik tayyorgarlik musobaqa
harakatlarining butun malakalarini chuqur o'zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan. Uchinchi
bosqichda texnik tayyorgarlik shakllangan malakalarni takomillashtirish, ularning asosiy
musobaqalar sharoitlariga mos holda maqsadga muvofiq variantliligi, barqarorligi, ishonchliligi
chegaralarini kengaytirishga qaratilgan.

Har bir texnik tayyorgarlik bosqichining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1.Kurash texnikasi asosini tashkil etadigan harakat malakalarining yuqori barqarorligi

hamda oqilona variantivligiga erishish, musobaqa sharoitlarida ularning samaradorligini oshirish.

2. Harakat malakalarini qisman qayta qurish, musobaqa faoliyati talablarini hisobga olgan

holda usullarning ayrim qismlarini takomillashtirish.

Birinchi vazifani hal etish uchun tashqi vaziyatni murakkablashtirish uslubi, organizmning

turli holatlarida mashqlarni bajarish uslubi qo'llaniladi. Ikkinchi vazifani hal etish uchun texnik
harakatlarni bajarish sharoitlarini yengillashtirish uslubi, birga ta'sir ko'rsatish uslubi qo'llaniladi.

Texnik usullarni bajarishda tashqi vaziyatni murakkablashtirish uslubi quyidagi bir qator

usullarda amalga oshiriladi:

1.Shartli raqib qarshiligining uslubiy usuli sportchiga texnik harakatni bajarish tuzilmasi

va maromini takomillashtirishga, barqarorlik va natijalilikka tezroq erishishga yordam beradi.

2.Qiyin dastlabki holatlar va tayyorgarlik harakatlarining uslubiy usuli. Masalan, egilib

tashlashni takomillashtirishda ushlab olish joyi va kurashchilar o'rtasidagi masofani o'zgartirish
lozim.

3. Usullarni bajarish uchun joyni cheklash uslubi malakani takomillash-tirishda

mo'ljallangan shartlarini murakablashtirishga yordam beradi. Kurashda, kichraytirilgan
o'lchamdagi gilamlar qo'llaniladi.

Texnik harakatlarning bajarilishini qiyinlashtiruvchi sportchi organizmining turli

holatlarida mashqlarni bajarish uslubi ham turli xildagi usullarda amalga oshiriladi:

Harakatni ancha toliqqan holda bajarishning uslubiy usuli. Bu holda katta hajm va

shiddatdagi jismoniy nagruzkadan keyin sportchiga texnikani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar
taklif qilinadi.

Nazorat o'quv-trenirovka bellashuvlari oʻtkazilgandan so'ng katta emotsional zo'riqish

holatida harakatlarni bajarishning uslubiy usuli.

Vaqti-vaqti bilan ko'rishni ta'qiqlash yoki cheklashishning uslubiy usuli harakatlanish

malakasining retseptorli-analizatorli tarkibiga tanlab ta'sir ko'rsatishga yordam beradi.

Musobaqa vaziyatida ayrim usullar yoki harakatlarni majburan bajarish usuli malakani

takomillashtirish jarayonida kurashchi faolligini rag'batlantiradi. O'quv-trenirovka bellashuvlarida
kurashchi himoyaning texnik usullari, yoki aksincha, hujum usullariga koʻproq diqqatni to'plashga
ko'rsatma oladi.

Texnik harakatlarni bajarish shartlarini yengillashtirish uslubi bir qator uslubiy usullardan

iborat:

1.Harakat elementini ajratish uslubiy usuli. Masalan, erkin kurashda - beldan yuqori

qismdan ushlab olishni amalga oshirish.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1120

2. Mushak zo'riqishini pasaytirish uslubiy usuli kurashchiga harakatlanish malakasidagi

ayrim harakatlarga yanada aniq tuzatishlarni kiritishga yordam beradi. Texnik harakatlarni
takomillashtirish uchun kurashchiga ancha yengil vazn toifasidagi raqib tanlanadi.

3.Tezkor axborot uslubiy usuli zarur harakat kengligi, maromi, sur'atini tez egallab olishga

yordam beradi, bajariladigan harakatni anglash jarayonini faollashtiradi.

Texnik harakat to'g'risidagi tezkor axborot uchun videokamera va videomagnitofondan

foydalanish qulaydir. Birga ta'sir ko'rsatish uslubi sport trenirovkasida oʻzaro birgalikda jismoniy
sifatlarni rivojlantirish va harakat malakalarini takomillashtirishga asoslangan uslubiy usullar
yordamida amalga oshiriladi. Bu holda usullarni takomillashtirishda kurashchiga ancha og'ir vazn
toifasidagi raqib tanlanadi.

Kurashchining texnik mahoratini oshirish uchun harakatlarni bajarish paytida

harakatlanishdagi xatolarni o'z vaqtida aniqlash hamda ularni paydo bo'lish sabablarini belgilash
muhim ahamiyatga ega. Bunday xatolarni o'z vaqtida bartaraf etish ko'p jihatdan texnik
takomillashtirish jarayoni samaradorligiga sabab bo'ladi.

REFERENCES

1.

Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T., 2005.

2.

N.A.Tastanov. Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati.T.,2017.

3.

Петрунев А.А. и др. Подготовка квалифицированных борцов классического стиля.
Красноярск, 1988.

4.

Платонов В.Н. Общая теория подготовки спортсменов в олимпийском спорте. Киев,
1997.

5.

Современная система спортивной подготовки. Под. ред.Суслова Ф.П. и др. М., 1995.

6.

Теоретическая подготовка новых спортсменов. Под. ред. Буйлина Ю.Ф. и др. М.,
1981.

References

Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T., 2005.

N.A.Tastanov. Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati.T.,2017.

Петрунев А.А. и др. Подготовка квалифицированных борцов классического стиля. Красноярск, 1988.

Платонов В.Н. Общая теория подготовки спортсменов в олимпийском спорте. Киев, 1997.

Современная система спортивной подготовки. Под. ред.Суслова Ф.П. и др. М., 1995.

Теоретическая подготовка новых спортсменов. Под. ред. Буйлина Ю.Ф. и др. М., 1981.