ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1114
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HARAKATLI VA SPORT
OʻYINLARIGA OʻRGATISH
Isomiddinova Bonu Sherali qizi
Navoiy davlat pedagogika instituti
Jismoniy madaniyat fakulteti Sport faoliyati (Kurash) yoʻnalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12597271
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni harakatli va sport
oʻyinlariga oʻrgatish, ularni shu orqali jismoniy sogʻlomlashtirish yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Harakatli oʻyin, bolalar, sport oʻyinlari, yoʻriqchi, qoida.
TRAINING PRESCHOOL CHILDREN IN ACTIVE AND SPORTS GAMES
Abstract.
This article describes the training of children of preschool age in active and
sports games, thereby improving their physical health.
Key words:
Action game, children, sports games, guide, rule.
ОБУЧЕНИЕ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА АКТИВНЫМ И
СПОРТИВНЫМ ИГРАМ
Аннотация.
В статье описано обучение детей дошкольного возраста активным и
спортивным играм, способствующее укреплению их физического здоровья.
Ключевые слова:
Активная игра, дети, спортивные игры, пособие, правило.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, rivojlantirish va tubdan isloh qilish,
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini talabga mos
ravishda kengaytirish, malakali mutaxassis kadrlarga boʻlgan ehtiyojini ta'minlash, bolalarni
maktab ta'limiga tayyorlash rejasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim
dasturlari va texnologiyalarni tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik
va jismoniy jihatdan rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentimizning
«2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida»gi PQ-2707-sonli qarori (29.12.2016 y.), bir PQ-3276-sonli qarori (15.09.2017y),
«Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3261-
sonli qarori (09.09.2017 y.), «Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini
tashkil etish to'g'risida»gi PQ- 3305-sonli qarori (30.09.2017 y.) tasdiqlandi. Joriy hujjatlar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilg’or horijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har
tomonlama intelektual, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha
ta’limda ta’lim berish sifatini oshirish ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng
qo’llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.
Harakatli o'yin haqida asosiy tushuncha - tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil
faoliyat turi, kishiga xosdir. O'yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o'yinchoqlar bilan
o'ynaladigan bolalar o'yinlari, stol o'yini, doira bo'lib o'ynaladigan o'yin, harakatli o'yinlar, sport
o'yinlari. O'yin o'zi-o'zini bilish vositasi, o'yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy
tarbiya vositasi, sport vositasi bo'lishi mumkin. O'yin madaniyati elementi sifatida jamiyatni
barcha madaniyati va kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o'yin- kulgi, dam olishda,
ma'naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o'rin egallaydi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1115
O'yin faoliyati nafaqat madaniyatni bir elementi hisoblanadi, balki u bolalar va o'smirlarni
tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi. U har doim maqsadga yo'naltirilgan va turli-tuman
maqsadli yo'l-yo'riq hamda asoslangan harakat bilan o'ziga xos xususiyatni ko'rsatib turadi. O'yin
faoliyati ko'proq mehnat bilan umumiylikka ega, ayniqsa bolalik davrida. Biroq o'yin jarayonida
hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarataolmaydi. O'yin-juda ham quvnoq
jo'shqin faoliyatidir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta
boylik kasb etadi. O'yinni turli tumanligi katta-kichiklar orasida ayniqsa o'smirlar va bolalar
o'rtasida eng keng tarqalgani bu harakatli o'yinlardir. Harakatli o'yinlarni o'ziga xos fazilati o'yinni
mazmuni harakatni rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish,
to'pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko'rsatish va b.q). Bu harakatlantiruvchi harakatlanish uni
mazmunini asoslab beradi (mavzu, g'oyasi). U o'yinda qo'yilgan maqsadga erishish yo'lida, turli-
tuman qiyinchiliklarni, to'siqlarni yengib o'tishiga yo'naltiriladi. Harakatli o'yinlarni orasida
haqiqatdan ham harakatli o'yinlar va sport o'yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli
o'yinlar oʻynovchilarning oʻzlarini ixtiyoriy ravishda o'rnatilgan, maqsadga shartli ravishda
erishishga yo'naltirilgan, o'zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan
bo'ladi. O'ynovchilarning maqsadga erishishda faol harakatlantiruvchi harakat talab qiladi, uni
bajarishi o'ynovchilarni o'zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog'liqdir (nishonga tezda
yugurib borish, nishonga tez otish, "Raqibiga" tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan qochib
ketish yark). Bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida harakatli o'yinlarni tashkil etish va
o'tkazish. Tarbiyachilar, yo'riqchilar harakatli o'yinlarni tashkilotchisi va rahbarlaridir. Biz quyida
ular uchun harakatli o'yinlarni tashkil etish va o'tkazish qoidalari xususida batafsil ma'lumot berib
o'tamiz. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, harakatli o'yinlar bolalarni jismoniy jihatdan o'qib-
o’sishlariga, chiniqishlariga organizm va umumiy ish qobiliyatlarining yanada mustahkamlanishni
yordam beradi. Bolalarga harakat faoliyatining xilma-xil sharoitlarida erkin harakat qila olish
imkonini bera oladigan zarur bilimlarni berish va ulardan kerakli harakat malakalarini hosil qilish
lozim. Ularda turmush faoliyatiga yordam beradigan aqliy va irodaviy hislatlarni tarbiyalash zarur.
Bundan tashqari, bolalarda turli o'yinlarga, jismoniy mashqlarga, shuningdek, kun tartibiga rioya
qilishga qiziqish uyg'otish, harakatli o'yinlarni mustaqil ravishda tashkil qilish va oʻtkazish uchun
zarur bilim va malakalar hosil qilish shart. Ularni o'tkazishdan tarbiyachi yoki yo'riqchi
tashkilotchilik va tarbiyaviy roli juda ma'suliyatlidir. O'yinni to'g'ri tanlash va bolalar bilan to'g'ri
oʻtkazish juda muhim ahamiyatga ega. Ammo o'yin turini tanlashning o'zi hamma vaqt ham
tarbiyaviy vazifani bajaravermaydi. Bunday harakatli o'yinlar tashkil qilish va o'tkazish tarbiyaviy
ahamiyatga ega boʻlishi juda muhim. O'yin rahbari bolalarni yaxshi bilgan, har bir o'tkaziladigan
o'yinining mazmun va qoidasi bilan mufassal tanishgan, o'qitish jarayonida esa yuksak pedagogik
mahoratini namoyish qila olgan taqdirdagina har bir o'yinni ta'lim-tarbiya nuqtai nazardan to'g'ri
yo'lga qo'yish mumkin. Tarbiyachi-yo'riqchi o'yinlarni o'rgatish jarayonida pedagogikani didaktik
tamoyillaridan foydalanishi va ularning doimo amalga oshirilishiga erishish lozim. Yo'riqchi
tarbiyalanuvichlarga yoki bolalarga o'yinni o'rganish jarayonida, uning mazmuni, vazifalarga va
qoidalarini tushuntirib beradi. O'yinga ongli munosabatda bo'lish, uni to'g'ri o'rgatish o'z xatolari
va muvafaqiyatlarini to'g'ri tushinishi, harakatlarini o'rtoqlarining harakatlariga taqqoslab tahlil
qilish imkoni beradi. O'yinning o'tkazish uchun bolalardan hakamlar hakamlarning
yordamchilarini tayinlamoq lozim. Yo'riqchi bolalar tushunib qiladigan harakatlar ularda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1116
o'rgatadigan ko'nikmalarini tarbiyalashga yordam berishi kerak. Yo'riqchi bolalar o'ynini
qiyinchiliklarini yengish bilan bog'langan holda, uni sekin-asta murakkablashtirib borishi lozim.
Bu bolalarning irodasini mustahkamlaydi. Yo'riqchi o'yinni oʻtkazishga kirishishdan oldin o'yinga
aniq vazifalarini belgilab chiqadi, bu vazifalar bolalarning yoshiga ya'ni ularni bajarishga qurbi
etadigan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. O'yinni tashkil qilish va o'tkazishda imkon boricha
bolalarning tashabbuskor bo'lishiga erishish va o'yinda faol ishtirok etishlari uchun ularni
rag'batlantirib turish xam yaxshi samara beradi. Bolalar ijodiy faollik ko'rsatib o'yin o’ynar
ekanlar, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lib, tarbiyalanmoqdalar. Bir maqsad yo'lida o'rtog'iga
yordam berish, mustaqil ravishda yoki o'rtoqlari bilan birga, biror masala yuzasidan qaror qabul
qilishi ijodiy tashabbuskorlik namunasi hisoblanadi. Agar bolalar o'yinni ilgariroq o'zlashtirib
olgan bo'lsalar, o'yin paytida ularning faolligi yana ham ortishi mumkin. O'yin paytida bolalarning
faol bo'lishi tarbiyachining o'yinni o'tkazishga qanchalik tayyorgarligiga bog'liqdir. Ma'lumki, har
bir o'yinning o'ziga xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bo'ladi. Yo'riqchilarimiz shuni yaxshi
bilishlari kerakki, to'siq yoki qiyinchiliklarni yengish bilan bog'liq bo'lmagan, ya'ni ancha-muncha
kuch-quvvat sarflanishni talab qilmaydigan o'yinlar bolalarda qiziqish uyg'otmaydi. Juda oson
yoki aksincha, haddan tashqari og'ir o'yinlar ham qiziqarli o'tmaydi, ular bolalarni zeriktiradi.
Yoʻriqchi o'yinlarni o'rgatishda dastlab osonlaridan boshlab, asta-sekin qiyinlariga o'tishi lozim.
Oddiy va guruhga bo'linmasdan o'ynaladigan o'yinlar oddiy o'yinlar hisoblanadi. Bunday
o'yinlarni o'ynash oson. Guruhlarga teng bo'lishib o'ynaydigan o'yinlar sal murakkab va juda
murakkab o'yinlardir. Bunday o'yinlarning qoidalari boshqa o'yinlarning qoidalariga qaraganda
qiyinroq bo'ladi. Shu boisdan ham tarbiyachilar yoki yo'riqchilar hamma vaqt yengil o'yinlardan
murakkab o'yinlarga, tanish o'yinlardan notanish o'yinlarga o'tishi ko'zda tutishlari kerak. Shunda
bolalar o'yinga qiziqadilar. Yangi o'rganiladigan o'yinlar turiga ko'ra tanish o'yinlarga o'xshash
bo'lishi kerak. Ammo bunday o'yinlarda ham bolalarga noma'lum bo'lgan qoidalar va ba'zi bir
harakatlar mavjud bo'ladi. Shunday qilib, o'yinlar asta-sekin murakkablasha boradi. Bu esa
bolalarda yangi harakat ko'nikmalarni hosil qilishga va ilgari o'rgatilgan texnika elementlarini
takomillashtirishga yordam beradi. Harakat ko'nikmalarining shuningdek, o'yinda ilgari ortirilgan
bilimlarning puxta o'zlashtirishga erishish uchun mashqlarni doimo takrorlab va mustahkamlab
borish zarur. Ammo ha deb bir xil o'yinlarni takrorlayverish ham maqsadga muvofiq emas.
Yo'riqchi bolalar o'yinini doimo tekshirib borishi lozim. Shunda o'yindagi kamchiliklar va
xatolarni aniqlash hamda ularni o'z vaqtida to'g'rilash mumkin bo'ladi.
O’yin davomida bolalar sport o’yinlari texnikasining umumiy talablariga javob beruvchi
to’g’ri ko’nikmalarni egallaydilar. Bu ko’nikmalar ko’pincha o’yinlarni qayta o’rganishni istisno
etadi va maktabga tayyorlanish uchun muhimdir. Bolalarning o'yinlarni puxta o'zlashtirishlari
ularga bu o'yinlardan boshqa joylarda mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatini beradi.
REFERENCES
1.
«2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2707-sonli qarori (29.12.2016 y.), bir PQ-3276-sonli qarori
(15.09.2017y),
2.
«Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi
PQ-3261-sonli qarori (09.09.2017 y.),
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1117
3.
«Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to'g'risida»gi PQ- 3305-sonli qarori (30.09.2017 y.)
4.
M.X. Tadjieva S.I Xusanxodjaeva Maktabgacha ta'limda maktabgacha ta'lim jismoniy
tarbiyasi nazariyasi va metodikasi 2017 y. Toshkent. Iqtisod Moliya.
5.
Normurodov A.N. Jismoniy tarbiya. O'quv qo'llanma. T.: 2011.
6.
Usmonxo'jayev T.S. va boshq. 500 xil harakatli o'yinlar. O'quv qo'llanma. T.:
O'qituvchi. 2005.
7.
M.N. Umarov Gimnastika. O'quv-qo'llanma. Toshkent 2015.
8.
Tulenova. X,Xo'jayev.P, Xo'jayeva. H. Meliyev.Maktabgacha ta'lim jismoniy tarbiyasi
nazariyasi va metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012 y, Oʻquv qo'llanma.
9.
Mahkamjonov.K, Salomov.R,Ikromov.I Maktabgacha ta'lim jismoniy tarbiya
nazariyasi va metodikasi. O'quv qo'llanma T; Iqtisod- Moliya 2008y
10.
Abdullayev A., Xankeldiyev Sh.X. <<Maktabgacha ta'lim jismoniy tarbiyasi nazariyasi
va metodikasi» O'quv qo'llanma-T.: O'zDJTI nashriyoti 2005.-B.
11.
Rasulov.Z.Oʻ "Maktabgacha taʼlimda jismoniy tarbiya" Oʻquv qoʻllanma 2024y.
