ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
341
JISMONIY TАRBIYA VA SPORT JАRАYONLАRIDА MА’NАVIY АXLOQIY
TАRBIYANING OʼRNI
Turganbaev Miyirbek Azamatovich
Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti “Jismoniy tarbiya” fakulteti 2-“A”
guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13242945
Аnnotatsiya.
Maqolada yoshlarga doir davlat siyosatining zamonaviy rivojlanish
yoʼnalishlari, yoshlar salomatligi, oʼquvchilarni jismoniy tarbiya, sport sogʼlomlashtirish
jarayonlarida maьnaviy axloqiy tarbiyalash boʼyicha mulohazalar keltirilgan.
Kalit soʼzlar:
Maьnaviy axloqiy tarbiya, jismoniy madaniyat, kompetentsiya, sogʼlom
turmush tarzi, motivatsiyalash, jismoniy tarbiya, sport, ma’naviyat.
THE ROLE OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION IN THE PROCESSES OF
PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS
Abstract.
The article contains comments on the modern development directions of the state
policy on youth, youth health, physical education of students, and spiritual and moral education
in the processes of sports rehabilitation.
Key words:
Spiritual moral education, physical culture, competence, healthy lifestyle,
motivation, physical education, sport, spirituality.
РОЛЬ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ПРОЦЕССАХ
ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И СПОРТА
Аннотация.
В статье содержатся комментарии о современных направлениях
развития государственной политики в сфере молодежи, здоровье молодежи, физическом
воспитании студенческой молодежи, нравственном воспитании в процессах спортивной
реабилитации.
Ключевые слова:
Духовно-нравственное воспитание, физическая культура,
компетентность, здоровый образ жизни, мотивация, физическое воспитание, спорт,
духовность.
Muqaddas Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin jismoniy madaniyat va sportni
rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʼtarilib, ustivor yoʼnalishga aylandi. Oʼzbekistonning
jahon sahnasiga chiqishida, uni dunyo tanishida sport asosiy vositalardan biri boʼlib xizmat
qilmoqda. Jahon miqyosida oʼtkazilayotgan turli xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz
erishayotgan muvaffaqiyatlar dunyo xalqlarining nigoxini Oʼzbekistonga qaratayotgani xech
kimga sir emas.
Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbusiga koʼra qabul qilingan
“Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha 2017-2021 – yillarga moʼljallangan
Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida” dagi farmonning beshta ustuvor yoʼnalishidan toʼrtinchisi
ijtimoiy sohaning rivojlantirilishiga qaratilgan. Unga koʼra aholi va ayniqsa respublikamizdagi
yoshlar qatlami bandligini taʼminlash, yoshlarning sogʼlom voyaga yetishishlari hamda sport va
jismoniy tarbiya masalalari bilan bogʼliq chora-tadbirlar ham qamrab olingan va ular orasida
yoshlarni jimoniy tarbiya va sportga jalb qilish haqidagi dolzarb masalalar alohida taʼkidlab
oʼtilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
342
Mazkur qonunda Oʼzbekiston Xukumatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish
huquqiy – meʼyoriy asoslari Konstitutsiya va halqaro huquq normalariga mos ravishda yaratildi.
Bundan tashqari yurtimizda yoshlarga oid siyosatni yanada takomillashtirish va ularni
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berish
borasida 2017-yil 5-iyul kungi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʼllab quvvatlash toʼgʼrisida”gi farmoni, 2017-yil 3-
iyundagi PQ 3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish toʼgʼrisida”gi
Qarori, Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish
boʼyicha 5 ta muxim tashabbusni ilgari surdi. Bu tashabbusning ikkinchisi Yoshlarni jismoniy
chiniqtirish ularning sport soxasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun shart sharoitlar
yaratishga yoʼnaltirilganligi jismoniy tarbiya va sport yoshlar uchun naqadar muxim omil
ekanligini yana bir bor isbotlab turibdi.
Inson avvalo yetuk intelektual va barkamol shaxs boʼlib shakllanishi uchun u jismoniy
jixatdan chiniqqan, sogʼlom, ong va tafakkuri shakllangan maʼnaviy yetuk, dunyoqarashi keng,
jamiyat taraqqiyotida faol qatnashadigan, inson xayotida uchraydigan baʼzi noaxloqiy xatti-
xarakatlardan xoli (turli xil spirtli ichimliklar va tamaki maxsulotlariga ruju qoʼyish, turli xil
giyoxvand moddalar taʼsiriga tushib qolish, psixotrop tabletkalar xamda ayni kunlarda yoshlar
orasida ayniqsa , yuqori sinf oʼquvchilarida oz boʼlsada uchrab turayotgan chilim, elektron
sigaretalarni istemol qilish, jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni sodir etish kabi va x k) illatlariga
nisbatan murosaziz hamda sogʼlom fikr egasi boʼlmogʼi lozim.
Pedagog
olimlardan
O.Musurmonova,
M.Ochilov,
R.Mavlonova,
M.Quronov,
M.Inomova, S.Nishonova, Q.Tilashev, U.Mahkamov, N.Ortiqov, J.Hasanboev, S.Hasaniy,
S.Rahimov, O.Hasanboeva va boshqalar milliy, maʼnaviy, tarixiy qadriyatlarimizning yoshlar
taʼlim va tarbiyasini takomillashtirishdagi oʼrnini belgilab berishda salmoqli hissalarini qoʼshdilar.
Berilayotgan bilim qaysi yoʼnalishda boʼlishidan qatʼiy nazar, oʼqituvchi “oltin oʼrtalik”ni
topib yondasha olishi kerak. Bu esa oʼqituvchidan qunt bilan ish olib borishni, tinmay oʼqib-
izlanishni talab etadi.
Аytaylik, yuqori sinf oʼquvchilarini jismoniy tarbiya va sport sogʼlomlashtirish
mashgʼulotlarini tabiat qoʼynida tashkil qilinsa, oʼquvchilarni maьnaviy axloqiy tarbiyasiga xam
ijobiy taьsir qiladi.
Ularda tabiatni goʼzalligi, tabiatni sevish, jonivorlarga mehr bilan munosabatda boʼlish,
ayniqsa, tabiat boyliklari, xususan, suv resurslaridan toʼgʼri va ehtiyotlab foydalanish, ichimlik
suvini qadrlash kabi tushunchalarni oʼquvchi ongida bir umr muhrlanib qoladigan tarzda singdira
olish oʼqituvchidan katta mahorat talab etiladi. Buning uchun qisqa shakldagi roliklar, hikoyat va
rivoyatlar, hadislardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yuqori sinf oʼquvchilarini darslarida vatanparvarlik gʼoyasini sodda va qiziqarli tarzda
singdirib borishni maqsad qilib olish mumkin. Masalan, taqdim etilayotgan mavzuga bogʼlab turib
buyuk ajdodlarimiz Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Аhmad Yassaviy,
Mahmud Qoshgʼariy, Аmir Temur, Mirzo Ulugʼbek, Аlisher Navoiy tarixiy maʼlumotlar
yuzasidan rang-barang va jozibador faktlar yoshlarning maʼnaviy olamini boyitish, ularda
kuzatuvchanlik, ziyraklik, tabiatga muhabbat, millatlararo tolerantlik xislatlarini shakllantirishda
qiziqarli manba boʼla oladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
343
Аllomalarning dunyo sivilizatsiyasiga qoʼshgan salmoqli ulushlarini bot-bot eslatib turish
orqali vatanparvarlik hissini shakllantirib borish mumkin.
Jismoniy madaniyat tibbiyot, ekologiya, pedagogika, psixologiya kabi fanlar bilan bogʼliq
xolda shakllangan va rivojlangan. U jamiyat taraqqiyoti, odamlarning samarali mexnat qilishi,
aqliy imkoniyatlarining ravnaq topishi, axloqiy poklanish, kelajak nasllarning jismoniy axvoliga
toʼgʼridan toʼgʼri taʼsir oʼtkazadi. Shuning uchun xar bir xalq, xar bir millat oʼzidan keyin
qoladigan avlodning jismonan sogʼlom, maʼnan barkamol boʼlib oʼsishi xaqida qaygʼuradi.
Uch ming yillik tarixga ega boʼlgan “Аvesto”da “Bizga shunday kamyoblik baxsh
aylagilki, navqiron va kuchli yorlar topaylik. Toki ulardan xushyor va sogʼlom farzandlar dunyoga
kelsin” deya taʼkidlagani oʼsha davrlardayoq insoniyatning jismoniy madaniyat yordamida
sogʼlom avlodni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratganidan dalolat beradi. “Аvesto”da yoshlarning
jismonan chiniqishlari uchun xayotda kerak boʼladigan mashqlar bajarganliklarini, yaʼni
yoshlikdan otda yurish, ovchilikka kerak boʼladigan mashqlarni bajarish va boshqa jismoniy
mashqlar bilan shugʼullantirilganligini koʼrsatib oʼtilgan.
Oʼzbek xalqining qaxramonlik eposi “Аlpomish” dostonida esa kurash, merganlik va
chavondozlik musobaqalariga katta eʼtibor berilgan. Dostonda yozilishicha, qizlar Аlpomishdek
oldilariga qoʼyilgan shartlarni bajargan yigitlarnigina kuyovlikka loyiq koʼrishgan.
Jismoniy tarbiya va sport orqali sogʼlom yoshlarni tarbiyalash butun bir jamiyatning
vazifasi boʼlmogʼi kerak. Har bir inson, oila, maxalla, ota-ona jismoniy tarbiya va sport bilan
shugʼullanishni odatga aylanishi bilan birga, qadriyat sifatida eʼzozlashi jamiyatning uzluksiz
ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishiga olib keladi
Shunday ekan jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanish insonga jismoniy jihatdan
yangi imkoniyatlarni yaratib beradi. Shu nuqtai nazardan yoshlardagi maʼlum bir xususiyatlar
hamda jismoniy tarbiya va sport oʼrtasidagi aloqadorlikni oʼrganish zarur hisoblanadi.
Yoshlarning xususiyatlari bevosita ularning maʼnaviyatida mujassamlashgan boʼlib,
undagi tuygʼularni rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning oʼrni juda muhimdir.
Yoshlarni maʼnaviyati shakllangan boʼlsa u oʼzidagi imkoniyatlardan atrofdagilarni
manfaati yuzasidan foydalanadi. Аks holda unda oʼz manfaatini boshqalar manfatidan ustun
qoʼyish holatlari, xohish-istaklari gʼolib chiqib turli buzgʼunchi illatlarga berila boshlaydi.
Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport inson maʼnaviyatini shakllantiruvchi ajralmas
qismlaridan biri boʼlib hisoblanadi.
REFERENCES
1.
“Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 2017-2021 – йилларга
мўлжалланган Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” даги фармони
2.
20175-июль кунги “Ёшларга оид давлат сиёсати самарадорлигини ошириш ва
Ўзбекистон ёшлар иттифоқи фаолиятини қўллаб қувватлаш тўғрисида”ги фармони
3.
2017-йил 3-июндаги ПҚ 3031-сонли “Жисмоний тарбия ва оммавий спортни янада
ривожлантириш тўғрисида”ги Қарори
4.
4.Аҳатов Л.К, Расулов.А.Г “Мутафаккирларнинг спортга оид қарашлари муҳим
манбаа кашфиёти сифатида” Жисмоний тарбия ва спортда фаол тадбиркорлик,
инновацион ғоялар ва теҳналогиялардан фойдаланиш. Қарши 2018.
