31-oktabr, 2024-Yil
42
SURXON VOHASINING TRANZIT YO‘LIDA AVTOMOBIL TRANSPORTINING
O‘RNI
Toshtemirov Shaxboz
Sho’rchi tumani 2-son kasb-hunar maktabi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13895116
Har bir sohaning rivojlanishi bevosita xizmatlar sohasi bilan bog‘liq, ya’ni sanoat
bo‘ladimi, qishloq xo‘jaligi bo‘ladimi, boshqa har qanday soha bo‘ladimi ularni asosiy bir biri
bilan bog‘lovchi kuch xizmatlar sohasi hisoblanadi. Chunki har qanday sohada ishlab chiqarilgan
mahsulot xizmatlar sohasi orqali iste’molchiga etkaziladi. Shu bois, aytish mumkinki, ishlab
chiqarish va xizmatlar sohasini bir-birini bog‘laydigan, barcha sohalar uchun ko‘prik vazifasini
bajaradigan soha bu – transport xizmati ko‘psatish sohasidir. Ushbu sohaning u yoki bu darajada
rivojlanishi har qanday sohaga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
Bu masala dasturlarida ham o‘z ifodasini topib, har yili qabul qilinadagan davlat
dasturlarida albatta, yo‘l-transport infratuzilmasini yanada pivojlantirish masalalari ko‘tariladi
hamda mazkur yo‘nalishda aniq vazifalar belgilab beriladi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda transport xizmatlarini pivojlantirish bo‘yicha qator ishlar
amalga oshirildi.
Birgina oxirgi qabul qilingan, transport xizmati ko‘psatishni tashkil etish tizimini yanada
takomillashtirish, mulkchilikning bapcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda
qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport -tranzit salohiyatini
oshirish maqsadida, O‘zbekiston Pecpublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi “Yuk va
yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlapi to‘g‘risida”gi PQ4230-conli
Qarori
1
mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish lozimligini ko‘rsatib berdi. Jahon
iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendensiyalardan, shuningdek, dunyo mamlakatlarini istiqbolli
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdan ko‘rish mumkinki, transport xizmatlari keyingi yillarda
muhim sohalardan biriga aylanib bopdi.
Bundan tashqari transport xizmati xalqaro mehnat taqsimotining shakllanishi va
rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Albatta jahonda transport sohasining rivojlanishi,
kengayib borishi, uning turlarining ko‘payib borishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bularga
geografik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillarni kiritish mumkin. Dunyo miqyosida
1
Oʻzbekiston Pespublikaci Prezidentining 2019 yil 6 maptdagi “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ4230-conli Qarori
31-oktabr, 2024-Yil
43
transportda yuk va yo‘lovchi tashishga qulaylik yaratish maqsadida yo‘llarning ko‘payib va
uzunlashib borishi, transport tarmog‘ining zamonaviylashib borishi, transportning
harakatlanuvchan tarkibining kengayishi, tashish qobiliyati va imkoniyatlari bir necha martaga
ko‘payishi hamda hapakatlanish tezligi ortishi kuzatildi
2
. Mamlakatimizda yo‘lovchi va yuk
tashish hajmining asosiy qismi avtomobil transportiga to‘g‘ri kelishi va uning umumiy hamda
xususiy sabablari
3
:
- avtomobil transportida yuk tashishning qulayligi;
- kichik hajmdagi yuklarni tashishda ham imkoniyatning yuqoriligi;
- havo transportining qimmatligi;
- ichki temir yo‘llarning yaxshi rivojlanmaganligi;
- dapyo transportidan foydalanish imkoniyati deyarli yo‘qligi;
- avtomobil transportini xarid qilish imkoniyatining yuqoriligi bilan izohlanadi.
Transport xizmatlarini ko‘rsatish bevosita logistika bilan bog‘liq. Shu bois, har yili qabul
qilinadigan davlat dasturlarida ham transport-logistikasi masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Yaqinda qabul qilingan hukumat qaroriga muvofiq Transport vazirligini asosiy vazifalari
belgilab berildi.
Bundan tashqari transport vazirligining tarkibida transport va logistikani rivojlantirish
muammolarini o‘rganish markazi ham o‘z ish faoliyatini olib boradi.
Albatta turli olimlar tomonidan logistikaning turlari va uning ko‘lami to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan. Ammo, logistikaning bugungi kundagi mohiyatidan kelib chiqib, uni
kengaytirish va har birini asoslash mumkin. Logistika olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar
va ularning natijasini ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh olimlar tomonidan logistika alohida xo‘jalik yurituvchi sub’yekt
faoliyatining yo‘nalishi sifatida ishlab chiqarish jarayonida materiallar oqimini boshqarish deb
ta’riflangan bo‘lsa, ikkinchi guruh tadqiqotchilar tomonidan fanlararo ilmiy yo‘nalish sifatida
materiallar oqimi samaradorligi va uni oshirishning yangi imkoniyatlarini qidirishga qaratilgan
4
.
2
Шарипов К., Калонов М. Ўзбeкиcтoн pecпубликacидa тpaнcпopт хизмaтлapини pивoжлaниш иcтиқбoллapи
ҳамда транспорт логистикаси. — Иқтисодиёт ва таълим / 2020. № 6.
3
Шарипов К., Калонов М. Ўзбeкиcтoн pecпубликacидa тpaнcпopт хизмaтлapини pивoжлaниш иcтиқбoллapи
ҳамда транспорт логистикаси. — Иқтисодиёт ва таълим / 2020. № 6.
4
Шарипов К., Калонов М. Ўзбeкиcтoн pecпубликacидa тpaнcпopт хизмaтлapини pивoжлaниш иcтиқбoллapи
ҳамда транспорт логистикаси. — Иқтисодиёт ва таълим / 2020. № 6.
31-oktabr, 2024-Yil
44
Mamlakatimizda transport logistikasi rivojlanib borar ekan, mazkur sohasi hisob-axborot
bilan ta’minlash, doimiy kuzatishlar va o‘rganishlar asosida tahlil ishlarini amalga oshirish hamda
nazorat qilish orqali prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Logistika tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish lozim: “Transport logistikasi bu –
transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida moddiy va moliyaviy resurslarning harakatini
samarali boshqarib, xarajatlarni minimallashtirishga asoslanishidir”.
Mustaqillik yillarida transport sohasiga alohida e’tibor berilib, yo‘llar ta’mirlanib, aholiga
xizmat qiluvchi transportning soni oshib, yangi yo‘nalishlar tashkil etilib, zarur moddiy mablag‘lar
ajratib berildi.
Masalan, birgina Sho‘rchi tumani misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 1999-yilda 33,5
million tonna kilometr yuk tashilib, 52,1 million yo‘l kilometr yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilib,
388,6 million so‘mlik yuklar manzillarga yetkazilib, tuman transporti iqtisodiy jihatdan xalq
xo‘jaligiga katta amaliy yordam berib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa
qo‘shdi. Natijada 2000-yilda kelib, 21,1 million tonna kilometr yuk manzillarga tashilib, 363,9
million so‘mlik yuk tashishdan daromat olindi
5
.
Sho‘rchi tumanida transport sohasining rivojiga e’tibor yildan-yilga oshib borib, aholiga
xizmat ko‘rsatuvchi yangi texnika vositalarining soni va turi ko‘payib borishi natijasida xalq
xo‘jaligi yuklarini tashish, yo‘lovchilarga madaniy xizmat ko‘rsatish davlat rejasi asosida olib
borildi. Aholiga transport xizmatining tahliliga e’tibor berilganda 2003-yilda 2658,6 ming tonna
yuklar tashilib, 40658,6 ming tonna km yuk aylanmasi ishlari bajarildi. Shunigdek, 41929,1 ming
kishi manzillariga yetkazilib, yo‘lovchidan olingan daromad 473,7 million so‘mga yetdi.
6
Sho‘rchi tumanida 2004-yilda transport korxonalari 2 million 632 ming tonna yuk tashilib,
transport yo‘nalishida 45984 ming tonna km yuk aylanmasi ishlari bajarilib, 5261,7 ming kishi
manzillariga yetkazilgan bo‘lsa, yuk tashishdan 4107,4, yo‘lovchi tashishdan 742,2 million
so‘mlik foyda olindi. 2006-yilda transport xizmatlari 42,3 foiz o‘sishga erishilib, 1549,7 ming
tonna turli xildagi xalq xo‘jaligi yuklari o‘z manzillariga yetkazib berildi. Tumanda transport
sohasiga e’tibor uchun zarur mablag‘lar ajratilib, aholiga xizmat qilish borasida katta ishlar
bajarilib, ushbu soha xodimlarining turmush tarzini yaxshilash masalasida alohida xizmatlar
qilindi. Sho‘rchi aholisiga transport xizmatining yo‘lga qo‘yilishi tufayli 2009- yilda 3196,7, 2010
yilda 3311,8 ming tonna yuklar tashilib, ushbu xizmatlar natijasida 2009-yilda 9173,3, 2010 yilda
5
С.Турсунов, Қ.Эшбоев. Шўрчи тарихидан лавҳалар. – Т: “Fan va texnologya”. 2013, 320.бет.
6
С.Турсунов, Қ.Эшбоев. Шўрчи тарихидан лавҳалар. – Т: “Fan va texnologya”. 2013, 320.бет.
31-oktabr, 2024-Yil
45
10835,8 millon so‘m daromad olindi. Shuni alohida takidlash keraki aholiga yo‘lovchi xizmat
ko‘rsatish borasida ijobiy ishlar qilinib, 2008-yilda 16468, 2009 -yilda 18140,3 ming yo‘lovchi
tashish ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi transport yo‘nalishda olingan foyda 2008-yilda
2523,4, 2009 yilda 2984,3 million so‘mni tashkil etdi.
7
Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni kengaytirish, yangilash, yangilarini qurish
natijasida muhim transport tarmoqlarni rivojlantirish va yangi turdagi transport turlarni xizmatini
tashkil etishga jiddiy kirishildi. Sho‘rchida transport trarmoqlarining jadal rivojlantirishga alohida
e’tibor berilib, transport turlari bo‘yicha yunalishlarni yo‘lga qo‘yish va jadal rivojlantirish
masalasida sezilarli ishlar amalga oshirilib, yul qurilish uchun zurur mahalliy mahsulotlar ishlab
chiqarishga e’tibor ko‘chaydi.
Mustaqillik yillarida transport ishchi- xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga davlat
tomonidan katta e’tibor berilib, uy-joy qurilishi eng muhim masala sifatida qaralib, ushbu soha
uchun davlat byudjeti asosiy qismi ajratildi. Transport ishchi-xodimlari uchun yangi zamonaviy
uy-joylar qurish bo‘yicha tanlov loyihalari yaratilib, qulay ixcham zamon talabidan kelib chiqib,
hamma shart-sharoitga ega bo‘lgan uy-joylar davlat mablag‘lari hisobidan qurib berildi.
REFERENCES
1.
Xidirov X. “O‘zbekistonda transport sohasi: natijalar va muammolar (XX asrda Surxon
vohasi misolida)” Tarix fanlari nomzod. diss. –Toshkent, 2008. – B. 53-71.
2.
Djo‘rayev X.X. Boysunda taransport sohasining shakllanish tarixidan / “Boysun – moddiy
va nomoddiy madaniyat beshigi” anjuman to‘plami. – T: 2017, – B. 228.
3.
Botirov, Z. (2024). The History of Studying the Social-Psychological Foundations of the
Development of Creative Activity in Teenage Students. EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(2), 93-95.
4.
Botirov, Z. (2024). SOCIAL PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF CREATIVITY.
Educational Research in Universal Sciences, 3(4 SPECIAL), 189-192.
5.
Tursunov S., Pardayev T., Maxmadiyorova N. Surxondaryo – etnografik makon. — T.:
“Akademnashr”, 2012. – 232 b.
7
С.Турсунов, Қ.Эшбоев. Шўрчи тарихидан лавҳалар. – Т: “Fan va texnologya”. 2013, 320.бет.
