Authors

  • Shahzoda Ibragimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43857

Abstract

Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi, bugungi kundagi mamlakatimizdagi korrupsiyaning muhim sabablari nimalardan tashkil topganligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda asosiy e’tibor nimalarga qaratish kerakligi, statistic ma’lumotlar, mutaxassilarning fikrlari va bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi xorijiy tajribasi tahlil qilingan. Xususan, xorijiy davlatlardan Singapur, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Gruziya davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi tajribasi o’rganilib, tahlil qilindi. Tadqiqot ishimizda korrupsiyani oldini olishga oid masalalar yuzasidan boshqa davlatlarning tajribasi asosida amaliy taklif va xulosalar beriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

241

KORRUPSIYAVIY HOLATLARNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR VA

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA XORIJ TAJRIBASI

Ibragimova Shahzoda Shuxrat qizi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tergov faoliyati talabasi

e-mail:

ibragimovashahzoda0303@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13916889

Annotatsiya.

Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi,

bugungi kundagi mamlakatimizdagi korrupsiyaning muhim sabablari nimalardan tashkil
topganligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda asosiy e’tibor nimalarga qaratish kerakligi, statistic
ma’lumotlar, mutaxassilarning fikrlari va bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning
korrupsiyaga qarshi kurashishdagi xorijiy tajribasi tahlil qilingan. Xususan, xorijiy davlatlardan
Singapur, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Gruziya davlatlarining korrupsiyaga
qarshi kurashishdagi tajribasi o’rganilib, tahlil qilindi. Tadqiqot ishimizda korrupsiyani oldini
olishga oid masalalar yuzasidan boshqa davlatlarning tajribasi asosida amaliy taklif va xulosalar
beriladi.

Kalit so’zlar:

korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, poraxo’rlik, korrupsiyaviy

jinoyatlar, xorijiy tajriba.

FACTORS CAUSING CORRUPTION SITUATIONS AND FOREIGN EXPERIENCE IN

FIGHTING AGAINST CORRUPTION

Abstract.

This article analyzes the concept of corruption, the fight against corruption, what

are the important causes of corruption in our country today, what should be the main focus in the
fight against corruption, statistical data, the opinions of experts and the foreign experience of
today's developed countries in the fight against corruption. In particular, the experience of
Singapore, Denmark, Sweden, Norway, Finland and Georgia in fighting corruption was studied
and analyzed. In our research work, practical suggestions and conclusions are given based on the
experience of other countries regarding issues related to the prevention of corruption.

Key words:

corruption, fight against corruption, bribery, corrupt crimes, foreign

experience.

ФАКТОРЫ, ВЫЗЫВАЮЩИЕ КОРРУПЦИОННУЮ СИТУАЦИЮ, И

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ БОРЬБЫ С КОРРУПЦИЕЙ

Аннотация.

В данной статье понятие коррупции, борьба с коррупцией, каковы

важные причины коррупции в нашей стране сегодня, на что следует обратить основное
внимание в борьбе с коррупцией, статистические данные, мнения экспертов и
зарубежных. анализируется опыт развитых стран в борьбе с коррупцией. В частности,
был изучен и проанализирован опыт Сингапура, Дании, Швеции, Норвегии, Финляндии и
Грузии в борьбе с коррупцией. В нашей исследовательской работе даются практические
предложения и выводы, основанные на опыте других стран по вопросам, связанным с
предотвращением коррупции.

Ключевые слова:

коррупция, борьба с коррупцией, взяточничество, коррупционные

преступления, зарубежный опыт.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

242

KIRISH

Bilamizki, korrupsiya bugungi kunda jahon miqiyosida keng tarqalayotgan va barchaning

e’tiborini diqqat bilan tortayotgan mavzulardan biri hisoblanadi. Mamlakat yuksalishiga jiddiy
to’siq bo’ladigan va barcha sohlarni rivojlanishiga salbiy ta’sir uyg’otadigan illatlardan biri bu –
korrupsiya hisoblanadi. Davlat va jamiyat boshqaruvini yanada takomillashtirish va
modernizatsiya qilish, davlat boshqaruvida barcha sohalarni liberallashtirish shart-sharoitlarida
davlat mansabdorlari tomonidan poraxo’rlik, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish bilan bog’liq
jinoyatlarning sodir qilinishi davlat hokimiyatining obro’sizlanishiga, davlatning siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada, davlat hokimiyati faoliyati samaradorligining
susayishiga sabab bo’ladi. Korrupsiya inson huquq va erkinliklarini kafolatlarini izdan chiqaradi.
Jamiyatda shaxslar o’rtasida ijtimoiy tengsizlikni yuzaga keltiradi. Davlat tomonidan olib
borilayotgan islohotlarga aholining ishonchsizligini yuzaga keltiradi va bundan tashqari, ijtimoiy
munosabatlarda adolatsizliklarni yuzaga keltiradi. Aholi o’rtasida turli xil norozilik kayfiyatlarini
yuzaga keltiradi, davlat organlarining barqarorligini izdan chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgach o’z oldiga mamlakatni rivojlantirish uchun bir qator vazifalar qo’ydi, turli
sohalarni rivojlantirish va tartibga solish uchun qator islohotlar amalga oshirildi shuningdek, bir
qancha qonun va qonun osti hujjatlarni ishlab chiqdi. Ammo korrupsiyaga qarshi kurashish uchun
zarur choralar amalga oshirilmadi. Shavkat Mirziyoyev Respublikaga Prezident etib saylangandan
keyin ushbu sohada bir qator qonun va qonun osti hujjatlar qabul qildi. Tarixiy voqealardan bir
shuki, 2017-yil “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” 419-sonli qonun qabul qilindi. Ushbu
qonun qabul qilinganidan so’ng korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy
yo’nalishlari belgilandi va mansabdorlarga bir qancha vazifa va majburiyatlar yuklandi. Aynan
yuqoridagi qonunda korrupsiyaga o’zi nima ekanligiga alohida to’xtalib o’tilgan. Korrupsiya –
shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning
manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda
foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. Qonunning
ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator isloxotlar amalga oshirildi va yana bir qancha Prezident
farmonlari qabul qilindi. Ammo korrupsiyaga qarshi kurashish Kundan kunga barchani xavotirga
solmoqda va jiddiy tanqidiy muhokamalarga sabab bo’lib kelmoqda. Tahlillarga ko'ra, hozirda
korrupsiyaning dunyo miqiyosidagi zarari 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil
qilmoqda, uning salkam 1 trillion AQSH dollarini aynan pora berish va olish holatlari tashkil etadi.
Bunda, global miqyosda korrupsiya tufayli davlat xaridlari fondlarining 25 foizgacha qismi
yo'qotiladi. O'z navbatida, ushbu raqam jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizini tashkil etishi
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining salbiy holatda saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi.
Aytaylik, birgina O’zbekistonda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzilganligi bo‘yicha
2021-yilda 147 ta, 2022-yilda 662 ta va 2023-yil 6 oyida 729 ta ma’muriy huquqbuzarliklar sodir
etilgan.

Ko’pchilik mutaxassislar korrupsiyaning sabablari siyosiy insitutlarning mukammal

emasligiga bog’liq deb bilishadi. Ularning fikricha, mamlakatning ichki va tashqi boshqarish
mexanizmlari, asosan, ushbu insitutlarning qanday ishlashiga bog’liqdir. Bundan tashqari,
axolining qonunni bilmasligi yoki tushunmasligi, mamlakatdagi siyosiy holatning barqaror
emasligi, hukumat insitutlarining o’zaro hamkorlikda harakat qilish mexanizmlarining sustligi,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

243

yuqori turuvchi amaldorlarning tanish-bilish, quad anda bo’lib hukumatni boshqarishga o’z
ta’sirini o’tkazishi, ijro hokimiyatida birlikning yo’qolishi va asosiysi fuqarolarning davlat
boshqaruvidagi ishtirokining sustligi va boshqa holatlar korrupsiyaning sabablaridan desak
bo’ladi.

MATERIAL VA METODLAR

Mazkur maqola tahliliy tadqiqot sifatida qonun hujjatlari va ilmiy-nazariy manbalar

tahlilini o’z ichiga oladi. Ushbu maqolada korrupsiyaga oid ilmiy tushunchalar, nazariyotchi
olimlarning qarashlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda rivojlangan mamlakatlarning tajribalari
tahlil qilingan. Ushbu maqola mavzuga oid nazariy bilim, tushunchalardan boshlangan hamda
korrupsiyaga qarshi kurashishda rivojlangan davlatlarning tajribalari o’rganilgan va tahlil qilingan,
xorij tajribasini milliy qonunchiligimizga joriy qilishga oid xulosalar bilan yakunlangan.

TADQIQOT NATIJALARI

Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro insitutlar Ichida Birlashgan Millatlar Tashkiloti

muhim rol o’ynaydi. Birlashgan Millatlar Tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga
yo’naltirilgan hujjatlar Ichida 2003-yilda qabul qilingan Korrupsiyaga Qarshi Konvensiyasi katta
ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2008-yilda O’zbekiston ushbu Konvensiyaga qo’shilgan.
O‘zbekiston 2021-yilda Xalqaro Ochiq ma’lumotlar xartiyasiga a’zo bo‘ldi. Mamlakatimiz
Istanbul harakatlar dasturi, Global operativ tarmoq, Yevroosiyo va Egmont guruhlari, boshqa
ko‘plab platformalarda samarali ishtirok etib kelmoqda. G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining
aktivlarni qaytarish tarmog‘ining Kotibiyati vazifasini bajarmoqda. Korrupsiyaga qarshi
kurashishda nafaqat BMT, balki Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Transperensy International xalqaro
nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Butunjahon bojxona tashkiloti
ham korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha o’zlarining faoliyatida alohida e’tibor bermoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qiladigan bo’lsak:

Singapurda vazirlar va boshqa mansabdorlarning oylik maoshi xususiy sektordagi tashkilotlar
rahbarlari maoshi darajasigacha ko’tarilgan, xodimlar masalasida ham shunday. E’tiborlisi shuki,
xususiy sektorda rahbar va xodimlar daromadi oshib borishi barobarida, parallel ravishda, davlar
xizmatchilari oyliklari ham ko’tarilib boriladi. Shuningdek, davlat idoralariga yetuk kadrlarni
yetishtirib beruvchi murakkab va mukammal mexanizm yaratilgan. Singapurda nafaqat davlat
xizmatchilarining oylik ish haqini ko’tarish, qonuniy asoslarni mustahkamlash va jazoni
kuchaytirish balki meritokratiyaga ham asoslangan

.

Davlat xaridlarni amalga oshirish bo’yicha

moliyaviy organlarning aniq qoidalari va standart ko’rsatmalarining mavjudligi biznes va
tashkilotlarda qonunbuzilish holatlarini aniqlashga yordam beradi. Hisob kitoblarning aniq
yuritilishi va muntazam tekshiruvlar ham korrupsiyani oldini olishning yaxshi usullari hisoblanadi.

Daniya nafaqat Yevropadagi, balki butun jahonda korrupsiya darajasi eng past bo’lgan

davlat hisoblanadi. Xabarlarga ko’ra, Daniyaliklar o’rtasida ijtimoiy so’rov natijalari shuni
ko’rsatadiki, Daniyada asosan, mansabdorlarga turli ko’rinishdagi sovg’alar berish shaklida
namoyon bo’lib, bu mamlakatda “mayda korrupsiya” mavjudligidan dalolat beradi. Mamlakatda
pul aylanmalari shaffof, barcha daromad va xarajatlar ochiq. Jamoat tashkilotlari va maxsus
nazorat organlari ochiq faoliyat ko’rsatib, kompaniyalarning faoliyati va moliyaviy axvoli
haqidagi ma’lumotlarni Internetda e’lon qilib boradi. Daniyada korrupsiya darajasi past
bo’lishining sabablaridan yana biri shundaki, aksariyat kompaniyalar korrupsiyaga nisbatan “nol


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

244

murosasizlik” siyosatiga rioya qilishadi, ya’ni o’z kompaniyalari Ichida ham, hamkorlar bilan
hamkorlik jarayonida ham poraxo’rlikning qabul qilinmasligidir. Jamoatchilik a’zolari
korrupsiyani Daniya jamiyatidagi asosiy muammo deb hisoblamaydi. Daniya mamlakatida davlat
imtiyozlari va xizmatlaridan foydalanish uchun to’lanadigan pora deyarli yo’q.
Gruziya 2004-yildan keyin korrupsiyaga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu
jarayonda bir qator kuchli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat idoralari faoliyatida shaffoflikni
oshirish va barcha davlat xizmatlari jarayonlarini soddalashtirish orqali korrupsiyaning oldini oldi.

- Korrupsiyada gumon qilingan yuqori lavozimdagi amaldorlar qattiq jazolandi, bu esa

boshqa amaldorlarga ogohlantiruvchi misol bo‘ldi.

- Fuqarolarning hukumat faoliyatini kuzatish qobiliyatini oshirish orqali jamoatchilik

nazoratini mustahkamladi.

Norvegiya ham Yevropada, ham jahonda korrupsiya darajasi eng past bo’lgan davlatlardan

biri. Norvegiya korrupsiyaga qarshi juda qattiq qonunchilikka, tegishli xalqaro mexanizmlarda
faol ishtirok etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida ta’kidlash
mumkinki, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish maqsadida, ushbu yo’nalishdagi
jinoyatchilikka qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Shvetsiya

ham korrupsiya darajasi eng past davlat hisoblanadi. Shvetsiyada jazo tizimiga

alohida e’tibor beriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda Shvetsiya rasmiylari va biznes doiralari
faoliyati ustidan jamoaatchilik nazorati katta kuchga ega va ommaviy axborot vositalari asosiy rol
o’ynaydi. Shvetsiyaning har bir fuqarosi har qanday davlat idorasiga qo’ng’iroq qilishi yoki yozma
ravishda murojaat qilishi va rasmiy hujjatni talab qilishi mumkin. Davlat hujjatlariga
jamoatchilikning kirish prinsipi 1766 yildan buyon mavjud bo’lib, bu matbuot erkinligi bo’yicha
dunyodagi birinchi qonun xujjatlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatning axborotdan foydalanish
prinsipi, aslida, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali vositalardan biriga aylangan.

Finlandiya

ham korrupsiya eng kam ta’sir qiladigan davlatlardan biridir. Asosiy

tamoyillaridan biri – hokimiyatni boshqarish jarayonining shaffofligi, davlat xizmatchilarining
ma’suliyati va xalolligi. Shunisi qiziqki, Finlandiyada davlat xizmatchilari soni so’nggi 20 yil
ichida sezilarli ravishda qisqartirilgan va bu davlat faoliayti samaradorligini oshirgan. Mansabdor
shaxslar korrupsion jinoyat sodir etsa ushbu jinoyatlar jiddiy sanksiyalar bilan tavsiflanadi. Agarda
mansabdor shaxs korrupsion jinoyat sodir etsa u nafaqat davlat sektorida, balki tijorat va notijorat
tashkilotlarda ham yuqori lavozimlarda ishlay olmaydi. Finlandiyada korrupsiya darajasining
pastligiga ta’sir qiluvchi muhim omil aholining eng kambag’al va boy qatlamlari daromadlari
o’rtasidagi tavofutning juda kichikligi. Finlandiyaning “Davlat xizmatchilari to’g’risidagi”
qonunga muvofiq, mansabdor shaxslarga sovg’alar, mexmondo’stlik belgilarini qabul qilish va
ular ta’sir qilishi mumkin bo’lgan, manfaatdor shaxslar hisobidan ko’ngilochar xizmatlardan
foydalanish ta’qiqlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida korrupsiya

davlatlar rivojlanishiga, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy yuksalishiga to’sqinlik qilayotgan salbiy illat
sifatida paydo bo’ldi. Korrupsiya mavjud ekan jamiyatning birorta tarmog’i to’liq darajada
yuksalib rivojlanmaydi.

Korrupsiyaning muhim sabablari nimalardan tashkil topgan?


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

245

Birinchidan,

korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurashish borasidagi mutaxassislarni

tayyorlash borasidagi kamchiliklar xususan, ta’lim sifatining pastligi va o’quv-metodik ta’minot
darajasining pastligi.

Ikkinchidan

, qarindosh urug’, quda-andalarning xizmat bo’yicha bir birini qo’llab-

quvvatlashi, umumiy va adolatli tartibni buzib qarindoshlari va yaqinlariga daromadli va foydali
mansablarni taqdim etish.

Uchinchidan,

eng asosiylaridan biri – davlat va xususiy sektorda shaffoflik va hisobdorlik

yetarli darajada ta’minlanmaganlik.

To’rtinchidan,

ichki va tashqi nazoratdagi bo’shliqlar ularning sust ishlashi va resurslar

bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik.

Beshinchidan,

qashshoqlik va tengsizlikni mavjudligi.

Oltinchidan,

Jamoatchilik

aralashuvini

ko’paytirilishini

yetarli

darajada

ta’minlanmaganligi va to’sqinlik qilish.

Yettinchidan,

davlat xizmatchilari xususiy sektordagi ishchilarga qaraganda kam maosh

olishi ya’ni oylikning pastligi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat xizmatchilarining

malakasini doimiy ravishda oshirib borish kerak bo’ladi. Korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etishga
moyil bo’lgan shaxslarni aniqlash va ularning oilaviy sharoiti va moddiy ahvolini o’rganish va
ular bilan alohida o’quv tarbiyaviy tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Shuningdek,
korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi tashkilotlarning mustaqilligini yetarli darajada
ta’minlash ushbu tashkilotlarni yetarli resurslar bilan ta’minlash, ichki nazoratni kuchaytirish va
jamoaviy harakatlarni rag’batlantirib borish korrupsiyani oldini olishga yordam berishi mumkin.

Bir tomondan olib qaraydigan bo’lsak, korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’limni

samaradorligini ta’minlash bu eng muhim vazifa hisoblanadi. Davlat kadrlarni tayyorlashga
alohida e’tibor berishi va ma’suliyat bilan yondashishi kerak bo’ladi. Malakali kadrlarni tayyorlash
bu ertangi farovonlik uchun qilingan eng katta xizmat bo’lishi mumkin. Kadrlarni tayyorlashda
boshlang’ich va ilk bosqichdan boshlab halollik, poklik, vijdonlilik, adolatlilik tuyg’ularini
birinchi navbatda singdirib borish kerak bo’ladi. Kadrlarni tayyorlashda ularga barcha qulay va
zamonaviy sharoitlarni yaratib berish, axborot resurslaridan qulay ravishda foydalana olishiga
imkoniyatlar yaratib berish kerak bo’ladi.

Aytaylik, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini

amalga oshiruvchi organlarning hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida malakali
kadrlarni tayyorlash bo’yicha alohida olti oylik yoki bir yillik o’quv kurslarini tashkil etish va
kadrlarning olgan bilimi bo’yicha alohida suxbat imtihon olinishi kerak. Imtihon oladigan hayat
a’zolari esa malakali professor va mutaxassislardan tashkil topishi kerak. Imtihon jarayonining
ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun alohida sharoitlar yaratilishi kerak bo’ladi.

Boshqa tomondan olib qaraydigan bo’lsak, korrupsiyaga qarshi kurashishda

samaradorlikka erishish va ijobiy natijalarga ega bo’lish uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda
ilg’or va yuksak natijalarga erishayotgan xorij taribasiga tayanish, xorijiy davlatlar bilan
hamkorlik qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishda ulardan andoza olish shuningdek milliy
qonunchilikka tatbiq etish muhim hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda yuqori darajada
samaradorlikka erishish uchun korrupsiya darajasi past bo’lgan rivojlangan mamlakatlar bilan
hamkorlik qilish va andoza olish albatta kutilgan ijobiy natijalarni beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

246

Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Korrupsiya butun

insoniyatga, barcha jamiyatlar asosiga, iqtisodiy taraqqiyotga zarba beradigan, qonun ustuvorligini
buzadigan va xalqning davlat siyosatiga ishonchini keskin susaytiradigan, demokratik institutlar
rivojiga to‘sqinlik qiladigan xatarli tahdid. Tahlillarga ko‘ra, hozirda korrupsiyaning dunyo
miqyosidagi zarari 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda. Ammo men bu
katta raqamlar haqiqiy holatni va korrupsiya natijasida ko‘rilayotgan real zararning aniq hajmini
to‘liq ifoda eta olmaydi, deb hisoblayman. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli
insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir” deb atgan edilar.

Xulosa qiladigan bo’lsak,

korrupsiyaga qarshi kurashish davlat oldidagi eng katta asosiy

vazifalardan va ushbu illatga qarshi kurashish uchun avvalo yetishib chiqayotgan yosh kadr va
mutaxassislarni zamonaviy bilim va tajribaga ega bo’lishini to’liq darajada ta’minlash va ularga
keng imkoniyatlar yaratib berish ularni halollik, poklik va adolatlilik prinsipiga moslashtirish
shuningdek ushbu tuyg’ularni doimiy ravishda singdirib borish. Xalqaro xorij tajribasidan
namunalar olish va o’z qonunchilikka kiritish, davlat xizmatchilarini malakasini doimiy ravishda
oshirib borish natijada qonun ustuvorligini to’liq darajada ta’minlash darkor. Fikrimcha,
korrupsiyaga qarshi kurashishda doimiy vazifa va rejalar bilan kifoyalanib qolinmasligi kerak.
Doimiy ravishda o’zgarish va yangi isloxotlar amalga oshirilish davr talabi bo’lib kelmoqda.

Korrupsiyani oldini olishda bir qancha fikrlarim mavjud bular quyidagilardir;

1. Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatini amalga oshirishda jamoatchilik

nazoratini, jamoatchilik xabardorligini oshirish va fuqarolik jamiyatini jalb etish;

2. Davlat budjeti to’g’risidagi ma’lumotlarni va tashkilotlarga ajratilgan mablag’lar

to’g’risidagi ma’lumotlarni ochiq partalda saqlanishi;

3. Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida elektron tizimga butunlay o’tish. Agarda

elektron tizimga butunlay o’tilsa tender va tanlovlar ochiq va shaffof, teng amalga oshiriladi va
doimiy monitoring qilish imkoniyati vujudga keladi;

3. Ma’muriy to’siqlarni, diskretsion vakolatlarni kamaytirish va raqamlashtirish;
4. Manfaatlar to’qnashuvini tubdan takomillashtirish;
5. Jazo tizimini tubdab takomillashtirish va korrupsion jinoyat sodir etganlarga jazoni

og’irlashtirish;

6. Davlat va xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi madaniyatni tubdan shakllantirish;
7. Qonunlardagi bo’shliqlarni bartaraf etish;
8. Noqonuniy boylik orttirish va suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida

nazoratni kuchaytirish;

9. Jamoatchilik muhokamalarini o’tkazib turish;
10. Mansabdor shaxslarning ustidan ichki va tashqi nazorat tizimining yetarli ta’minlash;
11. Xodimlarning huquqiy bilimi va malakalarini doimiy oshirib borish;
12. Qonun ustuvorligini to’liq darajada ta’minlash;
13. Jamiyatning va mansabdor shaxslarning korrupsiyani qabul qilmaslik masalasidagi

ahloqiy va psixologik munosabatini shakllantirish;

14. Xalqaro reytinglarni metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni

amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, xalqaro reytinglardagi past ko’rsatkichlariga
sabab bo’layotgan asosiy omillarni aniqlash;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

247

15. Normativ huquqiy hujjatlarning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini

o’tkazishni yanada takomillashtirish va korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan va
rivojlanishga to’sqinlik qilayotgan normlarni aniqlash va ekspert tahlil qilish hamda tahlil
natijalariga ko’ra ularni bartaraf etish;

16. Oylik maoshlarni oshirib borish va xodimlarni rag’batlantirib borish;
17. Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning

mustaqilligini yetarli darajada ta’minlash;

18. Xorijiy davlatlarning ilg’or yo’nalishlar bo’yicha tajribasini o’z ichiga olgan axborotlar

bazasini yaratish va takomillashtirish.

Singapur davlatida kadrlar maktab davridanoq kuzatib boriladi, ular eng aqilli, professional

jihatdan kuchli va salohiyatli bo’lishi uchun kadrlarni universitetlarga kirishiga davlat yordam
beradi. Agarda huddi shu tizim O’zbekistonda joriy qilinsa kelajakda “Kadrlar muammosi”
bo’lmasligi mumkin. Hokimiyatni boshqarish jarayonining shaffofligi, davlat xizmatchilarining
ma’suliyati va halolligi ortadi. Bilamizki, hozirda O’zbekistonda kadrlarni tayyorlashda va ularni
malakasini oshirishda bir qancha muammolarga duch kelinmoqda. Bundan tashqari, korrupsiyaga
qarshi kurashish samaradorligi monitoring qilinib, har 3-5 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish
dasturlar qayta ko’rib chiqilishi kerak.

Gruziyadan qanday andoza olish mumkin?

Davlat xizmatlarini raqamlashtirish kerak, qanday? Ichki ishlar, bojxona, soliq tizimlarini butunlay
qayta tuzish orqali korrupsiya imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
O’zbekistonda qanday qilib korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish
mumkin? Shaffoflik – bu davlat xaridlari va davlat byudjeti mablag’lari xarajatlari bilan barcha
hujjatlar ochiq qo’llash orqali. Biz axborotdan foydalanish prinsipi korrupsiyaga qarshi
kurashishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda hozirgi kunda ba’zi joylarda katta muhokamalarga sabab bo’layotgan yana bir
muhim masalalardan bir bu – daromadlar deklaratsiyasi. Hozirgi O’zbekiston tizimida ushbu
deklaratsiya jorish qilinishi kerak. Taqqoslaydigan bo’lsak, Finlandiya mamlakatida ushbu
deklaratsiya joriy qilingan bo’lib ushbu davlatda korrupsiya holatlari ancha past va yaxshigina
samaradorlikka erishgan. Mamlakatimizda yuqori lavozimli amaldorlari davriy ravishda
o’zlarining daromadlari va ularning manbalari to’g’risida deklaratsiyani taqdim etishlari shart va
ular muntazam ravishda e’lon qilib borilishi kerak.

REFERENCES

1.

O’zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi qo’llanma; Mualliflar:
B.A.Aliyev, A. Muxtarov, T.O.Norov, N.N.Qodirov, J.K.Bayaliyev, A.Muzaffarov (2022)

2.

http://lex.uz//docs/-3088008

O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish

to‘g‘risidagi

qonuni

3.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi

Konvensiyasi;

4.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va
tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.11.2023 yildagi PF-200-
son

Farmoni,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

248

5.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida "Komplaens-nazorat" tizimining tashkiliy-
huquqiy asoslarini takomillashtirish; Mamanov Sardorjon Sobir o'g'li: Yuridik fanlar
bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi

avtoreferati.