Authors

  • Mehriddin Rashidov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44314

Keywords:

bolaning qonuniy vakillari vasiylik va homiylik yetim bola jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lgan bola ijtimoiy himoyaga muhtoj bola nogironligi bo‘lgan bola.

Abstract

Mazkur maqola bolalar huquq va erkinliklarini himoya qilishga bagʻishlangan. Yetim va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarning kelib chiqishi, nasl-nasabi, dini, tili, millatidan qat’iy nazar uning huquq va erkinliklari kafolatlangaligi haqida yoritilgan. Mana shu nuqtai nazardan kelajak avlodning huquqiy savodxonligini oshirish yoʻlidagi islohotlar, chora-tadbirlar, tushuncha va maslahatlar berib oʻtilgan. Yosh avlodni erkin va demokratik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻlida qator tavsiyalar berilgan.

background image

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


972

YETIM VA OTA-ONA VASIYLIGIDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI

HUQUQLARI VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

Rashidov Mehriddin Faxriddin o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti

“Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti

Davlat boshqaruv huquqi yo‘nalishi magistranti

mehriddinrashidov4@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11441725

Annotatsiya

. Mazkur maqola bolalar huquq va erkinliklarini himoya qilishga

bagʻishlangan. Yetim va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarning kelib chiqishi, nasl-

nasabi, dini, tili, millatidan qat’iy nazar uning huquq va erkinliklari kafolatlangaligi haqida

yoritilgan. Mana shu nuqtai nazardan kelajak avlodning huquqiy savodxonligini oshirish yoʻlidagi

islohotlar, chora-tadbirlar, tushuncha va maslahatlar berib oʻtilgan. Yosh avlodni erkin va

demokratik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻlida qator tavsiyalar berilgan.

Kalit so’zlari

: bolaning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik, yetim bola, jismoniy va

ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lgan bola, ijtimoiy himoyaga muhtoj bola, nogironligi

bo‘lgan bola

PROTECTION OF THE RIGHTS AND INTERESTS OF ORPHANS AND

CHILDREN DEPRIVED OF PARENTAL CARE

Abstract

. This article is dedicated to the protection of children's rights and freedoms. It is

explained that the child's rights and freedoms are guaranteed regardless of the child's origin,

lineage, religion, language, and nationality. From this point of view, reforms, measures, concepts

and advices for improving the legal literacy of the next generation have been given. A number of

recommendations have been made to educate the young generation in a free, democratic,

humanitarian spirit.

Key words:

the child's legal representatives, guardianship and sponsorship, an orphan, a

child with disabilities in physical and mental development, a child in need of social protection, a

child with a disability.

ЗАЩИТА ПРАВ И ИНТЕРЕСОВ ДЕТЕЙ-СИРОТ И ДЕТЕЙ, ЛИШЕННЫХ

РОДИТЕЛЬСКОЙ ПОМОЩИ

Аннотация.

Данная статья посвящена защите прав и свобод детей. Разъясняется,

что права и свободы детей-сирот и детей, лишенных родительской опеки, гарантируются

независимо от их происхождения, происхождения, вероисповедания, языка и

национальности. С этой точки зрения были даны реформы, меры, концепции и советы по


background image

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


973

повышению правовой грамотности будущего поколения. Был дан ряд рекомендаций по

воспитанию молодого поколения в духе свободы, демократии и гуманности.

Ключевые слова:

законные представители детей, опека и попечительство, дети-

сироты, дети с физическими и психическими отклонениями, дети, нуждающиеся в

социальной защите, дети-инвалиды.

Kirish

Har bir mamlakat qonunchiligi bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida

belgilab qo‘yilgan bolalarning huquq va majburiyatlari, erkinlik va imkoniyatlari va eng asosiysi,

bolalarning xavfsiz ekanligini, nafaqat yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun urf-odat, keng

imkoniyatlar yaratilayotganligi, shu jumladan, jamiyatimizda bolalarga ko‘rsatilayotgan alohida

e’tibor, bularning hammasi siyosatimizning qudrati hamda qonunchilik qay darajada amal

qilayotganligining yorqin isbotidir.

1

Yosh avlodni erkin, demokratik va insonparvarlik ruhida

tarbiyalash, ularni komil inson qilib oʻstirish va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish va

ta’minlab borish fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik, huquqiy davlatni qurishni oʻz

oldiga maqsad qilib olgan har bir jamiyat uchun juda ham muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Barcha demokratik davlatlar kabi, mazkur masala, ya’ni yosh avlodni tarbiyalash, aholida

esa bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatni shakllantirish masalasi, Oʻzbekiston uchun

ham muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakatda yoshlar masalasi, ularning oʻz fuqarolik

pozitsiyasiga ega inson sifatida tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini, qonuniy

manfaatlarini ta’minlash masalalariga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq davlat siyosatining

ustuvor yoʻnalishi sifatida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Mustaqilligimiz dastlabki yillarida

“Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi maxsus

qonuni qabul qilinganligi bunga yaqqol dalil boʻla oladi. Mazkur Qonunda yoshlarga oid

siyosatning maqsadi, Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi

vakolatlari, yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagiqonunlarning mazmun-mohiyati qanday

boʻlishi lozimligi, bu boradagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalarining

ustuvorligi tamoyili koʻrsatib oʻtilgan.

Bu esa, yoshlar siyosati masalasi 1992-yilgi mustaqil Oʻzbekistonning Konstitutsiyasida

oʻz aksini topishiga, shu yili Oʻzbekistonning BMTning asosiy hujjatlaridan biri hisoblanmish

1

1Алимов М. Б. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФОНУНЧИЛИГИДА БОЛА ҲУҚУҚЛАРИГА ОИД

НОРМОЛАРНИНГ ХАЛҚАРО ҲУҚУ СТАНДАРТЛАРИДА АКС ЭТИШИ //BARQARORLIK VA
YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. –2022. –С. 538-541.


background image

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


974

“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilishiga va mazkur hujjatlar asosida oʻtgan

davr mobaynida bolalar va yoshlar masalalariga dahldor 100 dan ortiq qonunlarni qabul qilinishi

hamda 2008-yilda, bu sohadagi maxsus qonun hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining “Bolat

huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunini qabul qilinishiga asos boʻldi. 2008-yil 7-yanvar

kuni kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi

Qonuni, 18 yoshgacha boʻlgan subyektlar hisoblanmish, bolalarning huquqiy ahvolini belgilashga

doir munosabatlarni tartibga solishga bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga

qaratilgan

Asosiy qism

Bilamizki, O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini

himoya qilish huquqiga ega hisoblanib, bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

uning ota-onasiyoki uni o‘rnini bosuvchi shaxs qonuniy vasiy yoki homiyi tomonidan amalga

oshiriladi va shu o‘rinda voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega

deb e’tirof etilsa, u o‘z huquq va majburiyatlarini, jumladan, himoya huquqini mustaqil oshirishga

haqlidir.

2

Yuqoridagi jumlada bolaning vakili deganda, ya’ni bolaning qonuniy vakillari–ota-

onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar hisoblanadi. Vasiylik va homiylik–ota-

onaqaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’lim berish

shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida

joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt

yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanadi.

3

Shu o’rinda aytish

mumkinki, bola huquqlarini himoya qilish deganda, so‘z, bevosita oilaga taqalayotganligi,

bevosita har bir shaxslarning huquqi mavjudligidan dalolatdir. Oila tushunchasiga gap borar

ekan, oilabu, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizning 76-moddasida belgilab

qo‘yilganidek, “Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” hisoblanib, O‘zbekiston milliy qadriyatlarida ham

qonunchiligida ham mustahkam va muqaddas sanaladi.

Yetim bola–otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb

e’lon qilingan bola, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola–nogironlikni

belgilash uchun yetarli bo‘lmagan jismoniy, aqliy, sezgi va ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola, ijtimoiy

himoyaga muhtoj bolalar–yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, davlat

va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalarga

nisbatan qo’llaniladi.Shular qatorida, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar,

2

Икрамов Ш., Атаниязов Ж. Болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилишда хорижий давлатлар тажрибаси //Общество

и инновации. –2022. –Т. 3. –No. 6/S. –С. 218-225.

3

Ibratova F., Ahadova M., Rozmetova A. APPLIED JURISPRUDENCE //Editorial team. –2021. –No. 2021. –С. 45v


background image

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


975

ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar, muayyan yashash joyiga

ega bo‘lmagan bolalar, zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida

jabrlangan bolalar toifalariham mavjud bo’lib, ushbu bolalar hamda yuqorida sanab o‘tilgan

bolalarning huquqlari teng va adolatli tarzda belgilab qo’yilgan.

4

O‘zbekiston Respublikasi

qonunchiligi nuqtaiy nazaridan, albatta, hamma bolalarning huquqlari O‘zbekiston Respublikasi

Kosntitutsiya va qonunlari oldida teng hisoblanadi.

5

Ammo qonunchilikda mustasno holati ham

mavjud. Mustasno jihatiga, yetim bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, ota-ona

qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida

tarbiyalanayotgan bolalar, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar, zo‘ravonlik va

ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar davlat tomonidan

ma’lum belgilanga imtiyozlar asosida o’z huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

6

2016 yil o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonda bolalarni, xususan yetim bolalarni eng zaif

toifa sifatida ijtimoiy himoya qilish tizimini isloh qilish bo‘yicha tizimli faol ishlar boshlandi.

Bugungi kunda O‘zbekiston qonunchiligi yetim bolalarga ijtimoiy himoya sohasida bir

qator afzalliklarni va davlat tomonidan ijtimoiy yordamni kafolatlaydi. Birinchidan, bunday qonun

hujjatlaridan birisifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yildagi 25

oktabrdagi 656 “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy

qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini qayd etilishi kerak.

Bu ijtimoiy kafolatlar tushunchasining qonunchilik ta’rifi“ Ijtimoiy ta’minoit to‘g‘risida”gi

qonunida keltirilgan (davlat ijtimoiy kafolatlar eng kam ish haqining tomonidan belgilanadi,

fuqarolarning daromadi, pensiya, ijtimoiy yordam, ijtimoiy to‘lovlar va mavjudligi darajasidan

kam bo‘lmagan turmush darajasini ta’minlash, boshqa normativ-huquqiy harakatlar boshqa

turdagi miqdori). Qonun chiqaruvchi ijtimoiy himoyaning faqat ayrim asosiy kafolatlarini

ko‘rsatganligini hisobga olib, Ye. Machulva J. Gorbachev kabi olimlar tomonidan kafolatlarning

yanada kengaytirilgan ro‘yxati taklif etilgan

7

. Shunday qilib, yetim bolalarni ijtimoiy himoya

qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: uy-joy, mehnat,

ijtimoiy tarmoqlarda ta’lim va qo‘llab-quvvatlash huquqlari sohasidagi kafolatlar(ya’ni: ularni uy-

joy bilan ta’minlash, ishga joylashish uchun joylarni bron qilish, tanlovdan tashqari oliy o‘quv

4

Boboqulovna I. F., Orif o’g’li R. B. MEDIATSIYA–OILAVIY NIZOLARNI HAL ETISHNING MUQOBIL

USULI SIFATIDA //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH. –2022.
–Т. 1. –No. 4. –С. 80-85.

5

Дусмуҳамедова Н. Н. ЎЗБЕКИСТОНДА БОЛА ҲУҚУҚЛАРИГА ОИД ДАВЛАТ СИЁСАТИНИНГ

ҲУҚУҚИЙАСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. –2020. –
Т. 5. –No. 7.

6

Ibratova F. B. et al. Special features of modern legal systems: cases and collisions. –201

7

Мачульская Е.Е, Горбачева Ж.А. Право социального обеспечения. –М.: Книжный мир. –2001. –С. 3-4


background image

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


976

yurtlariga o‘qish huquqi, to‘liq davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, va ho kazo.). Ta’kidlash

joizki, hozirgi rivojlanish sharoitida yetim bolalar uchun ushbu kafolatlar hardoim ham to‘liq

amalga oshirilmaydi, bu ushbu toifadagi bolalarni ijtimoiy himoya qilishni huquqiy tartibga solish

sohasida ko‘plab muammoli masalalarning mavjudligi bilan bog‘liq.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mazkur tadqiqotning maqsadi yetimlarni ijtimoiy

himoya sohasida amalga oshirishning asosiy kafolatlarini o‘rganish, ushbu huquqni amalga

oshirish bilan bog‘liq ba’zi muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini topishdir.

Tadqiqotning maqsadi quyidagi vazifalarda ko‘rsatilgan: yetim bolalarni ijtimoiy himoya

qilish sohasidagi kafolatlarni amalga oshirishning ba’zi muammolarini aniqlash va o‘rganish

jarayonida bilishning dialektik mantig‘idan foydalanish va o‘zlarining ilmiy xulosalari asosida

shakllantirish. Binobarin, yetim bolalarning uy-joy huquqi sohasida ijtimoiy himoya qilish

huquqini amalga oshirish kafolatlariga mulk huquqi yoki uy-joydan foydalanish va yangi uy-joy

bilan ta’minlash huquqi bilan ularga tegishli bo‘lgan yetim bolalarni saqlash kiradi. Shu bilan

birga, yetim bolalarning ota-onalari, qarindoshlari va boshqalar bilan birga yashagan uyga bo‘lgan

huquqini saqlab qolish majburiyati. Qarindoshlari, o‘gay onasi, o‘gay otasi, vasiylik vahomiylik

organiga topshirilgan bola o‘zi yashagan uyda yashash huquqini saqlab qoladi va istalgan vaqtda

unga qaytishi mumkin. Yetim bolalar o‘zlarining tegishli kelishuvlaridan oldin yashagan turar-joy

binolari vasiylik va vasiylikdan bunday begonalashtirishga roziligisiz begonalashtirilishi mumkin

emas, bu faqat bunday bolalarning uy-joy huquqi saqlanib qolishi kafolatlangan taqdirdagina

ta’minlanishi mumkin. Agar bolalar yoki yetim bolalar, tegishli muassasalarga yoki oilaga

joylashtirilishidan oldin, ular tartibli uy-joyga ega bo‘lmagan yoki ularning orqasida saqlanadigan

binolarning uyiga joylashtirilmagan bo‘lsa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tartibli uy-

joy bilan ta’minlash huquqiga ega emaslar. Davlat bolalar muassasasidan qarindoshlari, vasiylari

yoki vasiylaridan qaytib kelgan shaxslar, agar ilgari egallab olingan turar-joy binolarini qaytarib

berishning iloji bo‘lmasa, tashqarida yashash xonasi taqdim etiladi. Ular favqulodda uy-joy olish

huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar sifatida alohida ro‘yxatga kiritilgan.

Ayni vaqtda, O‘zbekistonda ota ona qaramog‘siz qolgan bolalarni kasbiy faoliyatga

o‘rgatishuchun qulay yashash, ovqatlanish va ta’lim olish sharoitlarini yaratish yo‘lida samarali

ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri tarbiyalanuvchilarni oila muhitini o‘zida

mujassam etuvchi onalarga berish loyihasi amalga oshirildi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro

nodavlat tashkilot, O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimiyati tashabbusi

bilan 2000 yilda Avstriyaning 132 mamlakatda faoliyat olib borayotgan “SOS – Kinderdorf

International”loyihasi bo‘yicha “SOS – bolalar mahallalari”ni yaratishga alohida e’tibor


background image

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


977

qaratilmoqda. Loyihaga ko‘ra Toshkent shahrida barpo etilgan “SOS – bolalar mahallasi”da 14 ta

oilada mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari voyaga yetishmoqda.

8

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, mamlakatda bugungi kunda aholining bola huquqlari oid huquqiy

madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy asos va institutsional tizim yaratildi va u

takomillashtirib borilmoqda. Ammo, qonunlarni ishlashi, ular Mexanizmlarining samaradorligi

birinchi o‘rinda, aholining huquqiy madaniyatining qay darajada ekanligiga bog‘liqdir. Uni esa,

bu borada ta’limsiz erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, mamlakatda inson huquqlari

sohasidagi ta’limni rivojlantirish bilan bir qatorda, uning aholisining katta qismini tashkil etuvchi

bolalarning huquqlarini ham maxsus o‘qitish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylanmoqda.

Mazkur yo‘nalishda, bolalarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishda, aholining

bola huquqlariga oid huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida qator islohatlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxs va fuqaroning o‘z huquq va

majburiyatlarini amalga oshirishiga asos bo‘lgan omil, ya’ni rahbariy g‘oyalar yig‘indisi

hisoblangan shaxs va fuqaro huquqiy maqomining quyidagi tamoyillari mustahkamlab qo‘yilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Bolalar masalalari bo‘yicha Jamoatchilik

Kengashini tuzish lozim. O‘zbekiston Respublikasida bolalar huquqlarini himoya qilish va

ularning manfaatlarini kafolatlash maqsadida Prezident huzurida Bolalar masalalari bo‘yicha

jamoat kengashini tuzish g‘oyasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

Jamoat Kengashining asosiy vazifalari:

1. Bolalar huquqlarining himoyasi ya’ni bolalar huquqlari buzilgan holatlarni aniqlash,

ularning oldini olish va hal etish.

2. bolalarga oid davlat siyosati amalga oshirishga doir dasturlar ishlab chiqish, bolalar

huquqlari va manfaatlarini asosiy o‘ringa qo‘yadigan davlat siyosatini shakllantirishda davlat

rahbariga maslahatlar berish.

3. Bolalar oid masalalarni doimiy monitor qilish, bolalar huquqlariga oid qonunchilikning

amal qilishini, bolalar manfaatlarini inobatga oluvchi turli dasturlarning samaradorligini kuzatib

borish.

4. Yetim bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimini mustahkamlash, yetim bolalar, nogiron

bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va

takomillashtirish.

8

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёев Сиёсат.Ўзбекистон янгиликлари. Расмий сайт.

www.gazeta.uz/uz2021

йил 28 июль


background image

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


978

5. jamoat fikrini o‘rganish, bolalar masalalari yuzasidan jamoat fikrini tahlil etish va ular

asosida mazkur sohada statistikalarni yuritish.

REFERENCES

1.

Алимов М. Б. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ QОНУНЧИЛИГИДА БОЛА

ҲУҚУҚЛАРИГА ОИД НОРМОЛАРНИНГ ХАЛҚАРО ҲУҚУ СТАНДАРТЛАРИДА

АКС ЭТИШИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY

JURNALI. –2022. –С. 538-541.

2.

Икрамов Ш., Атаниязов Ж. Болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилишда хорижий

давлатлар тажрибаси //Общество и инновации. –2022. –Т. 3. –No. 6/S. –С. 218-225.

3.

Ibratova F., Ahadova M., Rozmetova A. APPLIED JURISPRUDENCE //Editorial team. –

2021. –No. 2021. –С. 45v

4.

Boboqulovna I. F., Orif o’g’li R. B. MEDIATSIYA–OILAVIY NIZOLARNI HAL

ETISHNING MUQOBIL USULI SIFATIDA //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS

IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH. –2022. –Т. 1. –No. 4. –С. 80-85.

5.

Дусмуҳамедова Н. Н. ЎЗБЕКИСТОНДА БОЛА ҲУҚУҚЛАРИГА ОИД ДАВЛАТ

СИЁСАТИНИНГ ҲУҚУҚИЙАСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //ЖУРНАЛ

ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. –2020. –Т. 5. –No. 7.

6.

Ibratova F. B. et al. Special features of modern legal systems: cases and collisions. –201

7.

Мачульская Е.Е, Горбачева Ж.А. Право социального обеспечения. –М.: Книжный

мир. –2001. –С. 34

8.

1

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёев Сиёсат.Ўзбекистон

янгиликлари. Расмий сайт.

www.gazeta.uz/uz2021

йил 28 июль

References

Алимов М. Б. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ QОНУНЧИЛИГИДА БОЛА ҲУҚУҚЛАРИГА ОИД НОРМОЛАРНИНГ ХАЛҚАРО ҲУҚУ СТАНДАРТЛАРИДА АКС ЭТИШИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. –2022. –С. 538-541.

Икрамов Ш., Атаниязов Ж. Болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилишда хорижий давлатлар тажрибаси //Общество и инновации. –2022. –Т. 3. –No. 6/S. –С. 218-225.

Ibratova F., Ahadova M., Rozmetova A. APPLIED JURISPRUDENCE //Editorial team. –2021. –No. 2021. –С. 45v

Boboqulovna I. F., Orif o’g’li R. B. MEDIATSIYA–OILAVIY NIZOLARNI HAL ETISHNING MUQOBIL USULI SIFATIDA //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH. –2022. –Т. 1. –No. 4. –С. 80-85.

Дусмуҳамедова Н. Н. ЎЗБЕКИСТОНДА БОЛА ҲУҚУҚЛАРИГА ОИД ДАВЛАТ СИЁСАТИНИНГ ҲУҚУҚИЙАСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. –2020. –Т. 5. –No. 7.

Ibratova F. B. et al. Special features of modern legal systems: cases and collisions. –201

Мачульская Е.Е, Горбачева Ж.А. Право социального обеспечения. –М.: Книжный мир. –2001. –С. 34

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёев Сиёсат.Ўзбекистон янгиликлари. Расмий сайт. www.gazeta.uz/uz2021 йил 28 июль