Authors

  • M.O. Yeshimbetova
  • L.R. Tajibaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44332

Abstract

Mazkur maqolada Qoraqalpog’iston respublikasining barqaror rivojlanish indikatorlarini GAT texnologiyalari yordamida kartalashtirishga bag’ishlangan.

background image


Oktabr, 2024-Yil

384

QORAQALPOGʼISTON RESPUBLIKASIDA BARQAROR RIVOJLANISHNI

EKOLOGIK INDIKATORLARINI GАT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA

KARTALASHTIRISH

Yeshimbetova M.O.

Tajibaeva L.R.

Qoraqalpoq davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13935353

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Qoraqalpog’iston respublikasining barqaror rivojlanish

indikatorlarini GAT texnologiyalari yordamida kartalashtirishga bag’ishlangan.

Kalit so’zlar:

GAT texnologiyalar, Kartalashtirish, Barqaror rivojlanish, tuproqni

ifloslanishi,

suvni ifloslanishi, monitoring qilish.

Barqaror rivojlanishning ekologik indikatorlarini tanlashda tizimlash yoki tizimli

yondashuvni qoʼllashimiz lozim. Tizimli yondashuv ilmiy bilish jarayoni gipoteza, kontseptsiya,

rejadan boshlanib, nazariy asosini ishlab chiqish yoki aniqlashtirish hamda amaliy tatbiqiga yetib

borish metodlarini muayyan ierarxiya (qism-lar zinopoyasida) olib borishni talab etadi. Tegishli

tadqiqotlardagi mazkur metodologik talab, masalan, avval Quyi Zarafshon okrug ekotizimlariga

oid holatni aniqlash, soʼngra – dalaekspeditsion, kameral-laboratoriya va soʼngra, analitik-tahlil

metodlarni qoʼllashga undaydi.

Barqaror rivojlanish inson va jamiyat hayotini tashkil qilishning yangi koʼrinishi boʼlib,

geografik qobiqda yuzaga kelgan ekologik vaziyat va muammolarni kishilik jamiyatining barcha

jihatlari bilan har tomonlama hal etish kerakligining yangi yoʼllarini shakllan-tiradi. Barqaror

rivojlanish uchun jamiyat kishilari ongli ravishda

ekologik vazifalarni har kuni, har bir bosqichda amalga oshirishni talab qiladi. Barqaror

rivojlanish jamiyatning rivojlanishini taqazo etadi, binobarin, unga faqat ekologik vazifa

sifatidagina qaralishi mumkin emas. Jamiyatning barqaror rivojlanishi bir necha asosiy

oʼlchamlardan foydalanishni taqazo qiladi.

Dunyoda barcha mamlakatlar shunaqa modelni qabul qilsa va quyi-dagi printsipga

ogʼishmay amal qilsagina, sayyorada barqaror rivojlanish shakllana borishi mumkin:

– noosfera printsipining birinchi talabiga asosan yer osti boyliklaridan cheklanmagan

miqdorda foydalanishdan voz kechish;

– geografik qobiqni barqaror holatga qaytarish;

– ishlab chiqarish va isteʼmolning yangi ijtimoiy-iqtisodiy


background image


Oktabr, 2024-Yil

385

modeliga oʼtish;

– Yer sayyorasi aholisining miqdorini barqarorlashtirish (ik-kitadan ortiq farzandi

boʼlmagan oilalar hisobiga);

– hozirgacha inson taʼsiriga kam uchragan barcha tabiat qismlari-ga «qoʼriqxona», «milliy

bogʼ» maqomlarini berish;

– tabiiy boyliklardan tejamkorlik va samaradorlik bilan

foydalanish;

– har qanday kuch ishlatishdan voz kechish (urushlarga yoʼl qoʼymaslik);

– ishlab chiqarishni chiqindisiz texnologiyalarga koʼchirish;

– hamma davlatlar va xalqlarning teng huquqliligiga erishish,

bir yoki bir guruh davlatlarning butun dunyo ustidan hukmronlik

qilish mafkurasidan voz kechish;

– jahon xalqlarining oʼziga xos madaniyatlarini asrab qolish va

rivojlantirish; ularning dinlarini hurmat qilish.

Barqaror rivojlanish iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy tamoyillarni qamrab olgan kompleks

muammolarni oʼz ichiga oladi. Boshqacha soʼz bilan aytganda, rivojlanish insoniyat ehtiyojlarini

qondirish va hayot darajasini yaxshilash uchun muhimdir. Аtrof-muhitni muhofaza qilishga doir

har qanday masala obʼektiv, ishonchli dalillarga asoslangan boʼlib, ortiqcha maʼlumotlarni aks

ettirishi kerak emas. Bunday maʼlumot atrof-muhitga taʼsir doirasini oʼrganish, nazorat qilish,

qaror qabul qilish va muvofiqlashtirish uchun kerak boʼladi.

Аtrof-muhit komponentlarini monitoring qilish jarayoni juda katta maʼlumotlar hajmini

shakllantiradi. Shuning uchun ham barqaror rivojlanishning (BR) indikatorlarni aniqlash, oʼr-

ganish orqali maʼlumotlarni soddalashtirish jamiyat va shaxslar-ning ushbu masala boʼyicha qaror

qabul qilishlari hamda real sharo-itda mavjud atrof-muhitni baholashlariga yordam beradi. Hozirgi

paytda BR indikatorlari atrof-muhit obʼektlarini monitoring qilish va pirovardida atrof tabiiy

muhitni boshqa-rish borasida muhim qurol hisoblanadi.


background image


Oktabr, 2024-Yil

386

1-Rasm. Qoraqalpog’iston Respublkasida suvlarning ifloslanish darajasi kartasi

Bugungi kunda barqaror rivojlanish indikatorlarini ishlab chiqish jarayoni yakunlanmagan

boʼlsa-da, turli rivojlanish darajalari, yaʼni global, mintaqaviy, milliy, lokal, tarmoq, hatto alohi-

da aholi turarjoylari va korxonalar uchun indikatorlar loyihala-ri ishlab chiqilmoqda. Shuni alohida

taʼkidlash lozimki, indikatorlar oʼz xususiyati, maʼlumotlar hajmi, hududiy qamrab olinishiga

koʼra turli xil, yaʼni global, mintaqaviy, milliy va lokal darajalarda foydalaniladi. Global,

mintaqaviy va milliy darajalarda foydalaniladigan indikatorlar asosan umumlashtiruvchi

xususiyatga ega boʼlib, ular alohida davlatlar va mintaqalardagi atrof-muhitni muhofaza qilish va

ekologik holat haqida maʼlumot berishga xizmat qiladi. 1992-yili Rio-de-Janeyrodagi oliy

toifadagi uchrashuvdan keyin barqaror rivojlanish kontseptsiyasi eʼlon qilindi. BMTning Barqaror

rivojlanish komissiyasi (BRK) 1993 yili indikatorlarni atrof-muhit holatini muhofaza qilish va

istiqbol tendentsiyalari haqida obʼektiv baho berishga qaratilishini taklif qildi. Bu taklifga Osiyo

taraqqiyot banki, Butunjahon banki, atrof-muhit boʼyicha BMT komissiyasi, BMTning Yevropa

iqtisodiy komissiyasi, Аtrof-muhitni muhofaza qilish boʼyicha Yevropa agentliklari kabi xalqaro

tashkilotlar hamda bir qator davlat va nodavlat tashkilot-lari munosabat bildirdi. Ushbu taklifda


background image


Oktabr, 2024-Yil

387

nafaqat ekologik indika-torlar, balki iqtisodiy, ijtimoiy va instituttsional indikatorlar haqida ham

fikr yuritilgan.

Koʼp hollarda umumiy tizimda quyidagi koʼrsatkichlar kichik tizimi ajralib turadi:

ekologik; iqtisodiy; ijtimoiy, institutsional Indikatorlar regional va lokal xususiyat kasb etishi

mumkin. Chunki biron bir mintaqadagi barqaror rivojlanish holati ikkinchi bir mintaqadagi yoki

davlatdagi holatga toʼgʼri kelmasligi mumkin. Masalan, Аfrikaning shimolida yuzaga kelayotgan

choʼllanish jarayoni Skandinaviya yarimorolidagi atrof-muhit holatida uchramasligi muqarrar.

Togʼ va togʼoldi hududlardagi suv eroziyasi yoki sel ketish holati Sahro zonalarida uchramasligi

ham mumkin. Shuning uchun ham barqaror rivojlanishning 8 ta yoʼnalishidagi rivojlanish

indikatorlari, joriy holati va taʼsir etish choralari biri ikkinchisidan farqlanadi. Nima boʼlganda

ham maʼmuriy yoinki tabiiy hududlarni baholayotganda barqaror rivojlanish yoʼnalishlarida

global indikatorlarining 8 ta turi saqlanib qolinadi.

REFERENCES

1.

A. Nigmatov. Ekologiyaning nazariy asoslari. T.: Faylasuflar jamiyati nashriyoti, 2013. –

Б. 224.

2.

Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021 Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Adolat, - 2017. – 193 b.

3.

Navruzbaeva N.SH., Khudayberganov Ya. G. –“Theoretical and practical issues of creating

agricultural maps”. International Conference on Advance Research in Humanities, sciences

and Education, Hosted from Berlin, Germany. 2022 15.09. 120-122 b.

4.

Реймов А.Р. Охрана и рациональное использование земельных ресурсов в

Республике Каракалпакстан //Экологический вестник Узбекистана.-Ташкент, 2009.-

№ 9.- С.28-29.

5.

Реймов П.Р. Современное состояние охраны окружающей среды в Каракалпакстане

и охрана биоразнообразия. Экологический вестник Узбекистана.- Ташкент, 2004.- №

1.- С. 10-14.

References

A. Nigmatov. Ekologiyaning nazariy asoslari. T.: Faylasuflar jamiyati nashriyoti, 2013. – Б. 224.

Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021 Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Adolat, - 2017. – 193 b.

Navruzbaeva N.SH., Khudayberganov Ya. G. –“Theoretical and practical issues of creating agricultural maps”. International Conference on Advance Research in Humanities, sciences and Education, Hosted from Berlin, Germany. 2022 15.09. 120-122 b.

Реймов А.Р. Охрана и рациональное использование земельных ресурсов в Республике Каракалпакстан //Экологический вестник Узбекистана.-Ташкент, 2009.- № 9.- С.28-29.

Реймов П.Р. Современное состояние охраны окружающей среды в Каракалпакстане и охрана биоразнообразия. Экологический вестник Узбекистана.- Ташкент, 2004.- № 1.- С. 10-14.