Authors

  • Shohjahon To‘g‘izboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44348

Keywords:

sanksiya sud huquq federativ davlat demokratiya fuqarolik jamiyati.

Abstract

Hozirgi davrda yurtimizda qonunchilik va sud-huquq tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada sud huquq tizimini isloh qilishda xorijiy mamlakatlar tajribasi va ularni mamlakatimizda tadbiq etishning keng istiqbollari keng yoritib berilgan. Misol sifatida Yaqin sharq mamlakatlari xususan Birlashgan Arab Amirliklari sud-huquq tizimi va Germaniya Federativ Respublikasining sud-huquq tizimi haqida malumotlar berib o‘tilgan. Bundan tashqari, mamlakatimizda ushbu sohani takomillashtirishda amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha yoritib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

510

SUD-HUQUQ TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR

TAJRIBASI VA ULARNI O‘ZBEKISTONGA TADBIQ ETISH USTUVOR

YO‘NALISHLARI

To‘g‘izboyev Shohjahon Jasur o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi.

+998996876878.

Email:

tugizboyevshohjahon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13941986

Annotatsiya. Hozirgi davrda yurtimizda qonunchilik va sud-huquq tizimini

rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada sud
huquq tizimini isloh qilishda xorijiy mamlakatlar tajribasi va ularni mamlakatimizda tadbiq
etishning keng istiqbollari keng yoritib berilgan. Misol sifatida Yaqin sharq mamlakatlari
xususan Birlashgan Arab Amirliklari sud-huquq tizimi va Germaniya Federativ Respublikasining
sud-huquq tizimi haqida malumotlar berib o‘tilgan. Bundan tashqari, mamlakatimizda ushbu
sohani takomillashtirishda amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: sanksiya, sud, huquq, federativ davlat, demokratiya, fuqarolik jamiyati.

EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES IN IMPROVING THE JUDICIAL

SYSTEM AND PRIORITY DIRECTIONS OF THEIR APPLICATION TO

UZBEKISTAN

Abstract. At present, measures aimed at the development of legislation and judicial system

are being actively implemented in our country. In this article, the experience of foreign countries
in reforming the judicial system and the broad prospects of their implementation in our country
are widely covered. As an example, information was given about the legal system of the Middle
East countries, in particular the United Arab Emirates and the legal system of the Federal
Republic of Germany. In addition, the reforms implemented in our country for the improvement
of this sector are covered in detail.

Key words: sanction, court, law, federal state, democracy, civil society.

ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ СУДЕБНОЙ

СИСТЕМЫ И ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ИХ ПРИМЕНЕНИЯ В

УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В настоящее время в нашей стране активно реализуются меры,

направленные на развитие законодательства и судебной системы. В данной статье
широко освещается опыт зарубежных стран по реформированию судебной системы и
широкие перспективы их реализации в нашей стране. В качестве примера была дана
информация о правовой системе стран Ближнего Востока, в частности Объединенных
Арабских Эмиратов и правовой системе Федеративной Республики Германии. Кроме
того, подробно освещены реформы, проводимые в нашей стране для улучшения этого
сектора.
Ключевые слова: санкция, суд, закон, федеративное государство, демократия,
гражданское общество.


Barchamizga ma’lumki. Oxirgi yillarda yurtimizda har tomonlama chuqur islohotlar

amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning boshlang‘ich asosi 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

511

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi bo‘ldi. Unda belgilab o‘tilgan ustuvor
yo‘nalishlardan andoza olgan holda barcha soha va yo‘nalishlarda keng ko‘lamli yangiliklar
amalga oshirildi. Bundan ko‘zlangan bosh maqsad birinchi navbatda, yurtimizda demokratik
fuqarolik jamiyatini barpo qilish va mamlakatni jahon miqyosiga olib chiqishdir. Bu yo‘lda qabul
qilingan har bir normativ-huquqiy hujjat bu islohotlarni to‘ldirib, takomillashtirib bordi. Ularning
har birida fuqarolarning huquq va erkinliklari oldingi planda qo‘yilib ularning manfaatlari uchun
xizmat qilishi ta’minlanmoqda. Endi esa bir narsani o‘ylab ko‘raylik, jahonning rivojlangan
davlatlarida ham sud-huquq tizimining juda ham taraqqiy etgan ko‘rinishlaridan foydalaniladi.

Har bir davlat albatta bu tizimni o‘zining hududi, aholisi, diniy qarashlari, tarixan

rivojlanish bosqichlarini inobtga olgan holda joriy etadi. Ularning o‘ziga xos jihatlari nimada?

Ularning muvaffaqiyati nimaga asoslanadi? Ularni bizning milliy huquq tizimimizda joriy

etishda qanday yutuqlarga erishishimiz mumkin? Quyida mazkur savollarni xorijiy mamlakatlar
misolida ko‘rib chiqamiz.

Birinchi navbatda nafaqat Yaqin sharqda, balki dunyoda o‘z mavqeyiga ega bo‘lgan

Birlashgan Arab Amirligiga to‘xtalib o‘tsak. O‘zining dunyodagi eng qattiqqo‘l qonunlari bilan
dong taratgan ushbu mamlakatdagi sud huquq tizimi musulmon huquq tizimiga asoslangan.

1

[1]

Birlashgan Arab Amirliklaridagi sudlar konstitutsiyaviy jihatdan Federal Adliya vazirligi

tomonidan nazorat qilinadigan Federal sudga bo'lingan va hozirda faqat Dubay va Ras-al-Xayma
amirliklarida mavjud bo'lgan va ushbu amirliklarda sud hokimiyati tomonidan nazorat qilinadigan
mahalliy sud mavjud.

2

[2] Lekin shuni ham aytish joizki har bir mamlakatda o‘rnatilgan sud-huquq

tizimi va undagi normalar mahalliy aholi manfaatlarini ko‘zlagan bo‘lish kerak. O’ta qattiqqo’l
qonunlar va ularni buzganlik uchun belgilangan sanksiyalarga qaramasdan amirliklarga, xususan,
uning markaziy shaharlariga kirib kelayotgan sayyohlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Buning
asosiy sababi sanksiyalarda ekanligi ko’rinib turadi. Mamlakatda fuqarolarning umuman barcha
shaxslar uchun o‘zaro munosabatlar shu darajada ikir chikirigacha tartibga solinganki, ularning
orasida hatto ayollar bilan qo‘berib so‘rashish yoki jamoat joyida qo‘l ushlashib yurishgacha
ta’qiqlangan bo‘lib ularni buzganlik uchun juda og‘ir jazolar mavjud. Yana, suratga tushish,
jamoat joyida ovqatlanish, o’zini tutish, avtomobilda harakatlanish borasida shunday cheklovlar
o’rnatilganki, hatto fuqarolar ularni buzib ko’rishga qo’rqishadi.

3

[3]

Endi o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, eng oddiy huquqbuzarliklar uchun shunday jazolar

belgilan mamlakatda, inson joniga qasd qilish, korrupsiya, davlatga qarshi jinoyatlarga qanday
jazolar belgilangan bo‘lishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki davlatda o‘rnatilgan sud huquq
tizimini ishlab chiqishda diniy normalar asos qilib olinganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. To‘g‘ri
yuqoridagilarni barchasi sanksiyalarga borib tarqaladi. Lekin aynan shu orqali ularning
faoliyatining soatday bexato ishlaydigan mexanizmi yaratilgan. Har qanday jinoyatga qarshi
murosasiz kayfiyat, har qanday huquqbuzarlikni darhol bartaraf etish, qonunlarning ustuvorligini
so‘zsiz ta’minlash ular faoliyatining asosiy prinsiplari sirasiga kiradi. . Bir qarashda bunday tartib
eski feodal zamon qonunchiligi, yoki inson huquqlarini poymol qilishdek ko’rinadi. Xususan

1

https://www.goodfellowpublishers.com/free_files/Chapter%203-be26e259730cc91eabac019f4c930c7b.pdf

Zeenat

Beebeejaun The UAE Legal System

2

https://www.mydubailawyer.com/uae-legal-system/

3

“Суровые законы ОАЭ”-Dubai:. “Walton Consultants” -2019


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

512

“Novate” nashriyoti maqolalaridan birida “Mamlakatda hech qanday demokratiya unsurlari yo’q,
barcha qonunlar zo’rlik va qiynoqqa asoslangan. Bu bilan bugungi jamiyatda hech qanday
natijaga erishib bo’lmaydi” kabi so’zlar yangragan edi.

4

[4] Ma’lumki, so’nggi yillarda yurtimizda

jinoiy jazolarni liberallashtirish chora-tadbirlari qo’llanmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy
maqsad inson manfaatlari. Odil sudlov qachonki chinakam mustaqil sud hokimiyati tomonidan
amalga oshirilsa, inson qadr-qimmati taʼminlanadi, adolat va qonun ustuvorligi qaror topadi. Shu
maʼnoda, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash demokratik huquqiy davlat va
kuchli fuqarolik jamiyati qurishning muhim shartlaridandir. Gap shu haqda ketganida,
Prezidentimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan marosimdagi
maʼruzasida ilgari surgan tashabbuslar yodga tushadi. “Sud hokimiyatining mustaqilligi
toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga
aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash oldimizga qoʻygan maqsadlarga
erishishning muhim kafolatidir. Sudlarda ishlarni koʻrish sifatini oshirish, ayniqsa, fuqarolik
ishlarida ovora boʻlib yurishlarning oldini olish, aynan bir instansiya sudida ishni bir necha
marotaba koʻrib turli qarorlar qabul qilish amaliyotiga chek qoʻyish vaqti keldi”, degan edi
davlatimiz rahbari.

5

[5] Odil sudlovni amalga oshirishdagi eng asosiy muommo sudlarning

haqiqiy mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, sud ishlarida adolatli qaror qabul qilishga qodir
bo‘lgan, yuksak malakali, halol va pok vijdonli sud xodimlarini korpusini shakllantirish, sudlarda
ishlarni ko‘rish sifatini yanada oshirish bilan bog‘liqdir. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham
bor. Bir shaxsning jinoyati ikkinchi shaxsning yoki shaxslarning huquq va manfaatlari buzilishiga
olib keladi. Qonunchilikda shunday tartib o’rnatilishi kerakki, ikkala tomon ham zarar
ko’rmasligi kerak. Og’ir sanksiyalar bilan tahdid qilish esa huquqbuzarlik sodir qilish niyatida
bo’lgan shaxsning fikrini mutlaqo o’zartirib yuborishi mumkin.

Tasavvur qilib ko’raylik, kimningdir joniga suiqasd qilmoqchi bo’lgan shaxs buning

uchun o’zi ham o’lim jazosiga tortilishi mumkinligi o’ylab ko’rsa, albatta bundan o’zini tiyadi.

Bu jazo turi jahonning AQSH, Xitoy, Eron kabi rivojlangan va o’ziga xos davlatlarida

amalda. Huquq avvalo inson manfaaatlarini himoya qilar ekan, inson manfaaatlari boshqa inson
tomonidan poymol qilinmasligi kerak. Keyin mana shu qonunlarda belgilangan ta’qiq va
cheklovlarni fuqarolarga yetkazish mexanizmini ham takomillashtirish kerak. So‘nggi yillarda
mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy
manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash
hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

6

[6] Amalga

oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi
bosqichga chiqdi.

Sloveniya sobiq adliya vaziri

Goran Klimenchich

O‘zbekiston sud-huquq tizimida

amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni ijobiy baholagan

7

[7]. U sud qarorlarini e'lon qilish tartibini

4

“Страна строгости и роскоши” – “Novate”-2020

5

https://yuz.uz/uz/news/adolat-va-qonun-ustuvorligi--inson-qadr-qimmatini-taminlashning-eng-asosiy-sharti

6

https://lex.uz/ru/docs/-4910826?ONDATE=27.05.2022

Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov

samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

7

Judicial reforms in Uzbekistan in the focus of foreign experts” (

Ўзбекистондаги суд-ҳуқуқ ислоҳотлари

хорижий экспертлар нигоҳида

), July 28, 2021.

https://uza.uz/uz/posts/ozbekistondagi-sud-huquq-islohotlari-

xorizhiy-ekspertlar-nigohida_288055


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

513

ijobiy ta'kidlab o‘tgab va bu tartib nizo taraflarining shaxsiy ma'lumotlarini ishonchli himoya
qilishni ta'minlash yo'li bilan amalga oshirilishi kerak, degan fikrni bildirgan.

Jon Tanxaym

Minnesota shtati (AQSh) federal sudining sobiq sudyasi so‘nggi besh yilda sudlar va sudyalar
mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan sud-huquq islohotlari haqida ijobiy fikrlari bilan
o‘rtoqlashdi va O‘zbekistonning bunday sa'y-harakatlari uni Markaziy Osiyoning boshqa
davlatlari orasida yetakchi o'ringa qo'ymoqda degan fikrni ilgari surgan

8

[8]. Shu o‘rinda Yevropa

davlatlarining sud-huquq tizimi aytib o‘tish joiz. U yerda o‘zining qat’iy qonunlarga ega,
qattiqqo’l va intizomli davlat sifatida Germaniya Federativ Respublikasi namoyon bo‘lmoqda.

Shuni aytish lozimki, Germaniya fuqarolarining qonunlarga itoat etishi va intizomi bilan

g‘ururlansa arziydi. Chunki, buni samarali yo’lga qo’ya olgan davlat boshqaruvi va sud-huquq
tizimiga ega. Ushbu davlatning huquq tizimi “roman-german” huquq tizimiga asoslangan.

Germaniya fuqarolari uchun sud o‘ziga xos organ bo‘lib, u fuqarolarning huquq va

manfaatlarining haqiqiy himoyachisi va adolatning asl timsoli hisoblanadi. Nima bo‘lgan taqdirda
ham Germaniyadagi sud tizimi dunyodagi mustaqil davlatlar orasida sud tizimi eng yaxshi tashkil
etilgan 15ta davlat sirasiga kiradi. Germaniya sud tizimi quyidagilarga bo’linadi: konstitutsiyaviy
sudlar, umumiy sudlar (fuqarolik va jinoyat ishlari sudlarini o’z ichiga oladi), ma’muriy sudlar,
mehnat sudlari, ijtimoiy sudlar, moliyaviy sudlar.

9

[9] Bularning barchasi shtat sudlari bo'lib, ular

da'volar birinchi instantsiyada qo'zg'atiladigan yagona sudlardir.

10

[10] Aynan mana shu jihat,

ya’ni Germaniyada tashkil etilgan murakkab tarmoqli va ixtisoslashtirilgan sudlar tizimi uning
bugungi mavqei garovi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu davlatning sud tizimidan kelib chiqib,
O‘zbekistonda sud tarmoqlarini kengaytirish va ixtisoslashtirish hamda ishni ko‘ri chiqayotgan
sudya va uning maslahatchilarining mavqeyi hamda professional bilimiga qo‘yiladigan talablar
yanada oshirishni tadbiq etishimiz mumkin. Mazkur islohotlar samarasida fuqarolarning sud-
huquq tizimiga ishonchi ortib borishi shubhasiz .Nemis siyosatchisi Xorst Zeehofer
ta’kidlaganidek: “Davlat xizmatchilariga fuqarolarning munosabatlari har doim muhim masala
hisoblanadi”.

11

[11] Xurmatga ongli ravishda erishish murakkab bo’lgan vaziyatda majburlash

chorasini ko’rish maqsadga muvofiq. Germaniyadagi kabi qonunlarga hurmat hissini yurtimizda
ham fuqarolar ongiga singdira olsak, kelajak avlod, albatta yuqori darajada rivojlangan
davlatning fuqarolari bo’la oladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, har bitta davlatning sud huquq tizimi o‘ziga

yarasha kamchilik va yutuqlarga ega. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda, qonun
ustivorligi g‘oyasini hayotga tadbiq etishni ta’minlovchi asosiy mexanizm bo‘lmish sud-huquq
tizimini shakllantirish va takomillashtirish O‘zbekistonda davlat tomonidan olib borilayotgan
huquqiy siyosatning tamal toshi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda sud-huquq
sohasida amalga oshirilayotgan ushbu jarayonlar Prezidentimizning tashabbusi bilan bosqichma-

8

“Judicial reforms in Uzbekistan in the focus of foreign experts” (

Ўзбекистондаги суд-ҳуқуқ ислоҳотлари

хорижий экспертлар нигоҳида

), July 28, 2021.

https://uza.uz/uz/posts/ozbekistondagi-sud-huquq-islohotlari-

xorizhiy-ekspertlar-nigohida_288055

9

Grundgesetz-GFR konstitutsiyasi. 92-93-moddalar

https://www.gesetze-im-

internet.de/englisch_gg/englisch_gg.html

10

https://repository.uchastings.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1611&context=hastings_law_journal

11

https://www.bayern.de/staatsregierung/ministerpraesidenten-und-kabinette-seit-1945/horst-seehofer/


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

514

bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin ifodasidir. Sud va sudyalarimizning
mustaqilligini ta’minlash ushbu sohadagi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yana bir narsani aytish lozimki, xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni mamlakatda joriy

qilish istiqbollarii o‘rganishdan asosiy maqsad dunyodagi rivojlangan davlatlarning sud-huquq
tizimidan andoza olgan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va kuchli demokratik fuqarolik
jamiyatini qurish hisoblanadi. Ammo, bu tajribalarni milliy sud-huquq tizimiga joriy qilisha
mamlakatning rivojlanish darajasi va aholining mentalitetidan kelib chiqib yondashish zarur.

REFERENCES

1.

https://www.goodfellowpublishers.com/free_files/Chapter%203-
be26e259730cc91eabac019f4c930c7b.pdf

Zeenat Beebeejaun The UAE Legal System

2.

https://www.mydubailawyer.com/uae-legal-system/

3.

“Суровые законы ОАЭ”-Dubai:. “Walton Consultants” -2019

4.

“Страна строгости и роскоши” – “Novate”-2020

5.

https://yuz.uz/uz/news/adolat-va-qonun-ustuvorligi--inson-qadr-qimmatini-taminlashning-
eng-asosiy-sharti

6.

https://lex.uz/ru/docs/-4910826?ONDATE=27.05.2022

Sudlar

faoliyatini

yanada

takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida

7.

Judicial reforms in Uzbekistan in the focus of foreign experts” (

Ўзбекистондаги суд-ҳуқуқ

ислоҳотлари

хорижий

экспертлар

нигоҳида

),

July

28,

2021.

https://uza.uz/uz/posts/ozbekistondagi-sud-huquq-islohotlari-xorizhiy-ekspertlar-

nigohida_288055

8.

Grundgesetz-GFR

konstitutsiyasi.

92-93-moddalar

https://www.gesetze-im-

internet.de/englisch_gg/englisch_gg.html

9.

1

https://repository.uchastings.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1611&context=hastings_law

journal

10.

https://www.bayern.de/staatsregierung/ministerpraesidenten-und-kabinette-seit-1945/horst-
seehofer/


References

“Суровые законы ОАЭ”-Dubai:. “Walton Consultants” -2019

“Страна строгости и роскоши” – “Novate”-2020

https://lex.uz/ru/docs/-4910826?ONDATE=27.05.2022 Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Judicial reforms in Uzbekistan in the focus of foreign experts” (Ўзбекистондаги суд-ҳуқуқ ислоҳотлари хорижий экспертлар нигоҳида), July 28, 2021. https://uza.uz/uz/posts/ozbekistondagi-sud-huquq-islohotlari-xorizhiy-ekspertlar-nigohida_288055

Grundgesetz-GFR konstitutsiyasi. 92-93-moddalar https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_gg/englisch_gg.html