Authors

  • Yigitali Salimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44450

Keywords:

Tijorat banki depozit siyosati bank resurslari

Abstract

Hozirgi vaqtda banklar faoliyatiga tobora ko‘proq ahamiyat berilmoqda, chunki ular asosiy moliya institutlari bo‘lib, ularning yordamida barcha kapitalni jalb qilish va taqsimlash asosida vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni to‘plash va joylashtirish mavjud.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

538

"O`ZSANOATQURILISHBANK" ATBDA HISOB SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH

VA UNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Salimov Yigitali

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13957144

Hozirgi vaqtda banklar faoliyatiga tobora ko‘proq ahamiyat berilmoqda, chunki ular asosiy

moliya institutlari bo‘lib, ularning yordamida barcha kapitalni jalb qilish va taqsimlash asosida
vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni to‘plash va joylashtirish mavjud. Shunga asoslanib, tijorat
banklarining bank siyosatini eng muhim tarkibiy qismi resurs bazasini shakllantirish depozit
siyosati hisoblanib, uning eng katta qismi depozit operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida
shakllanadi. Bankning barqarorligi va to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlovchi omillardan biri sifatida
uni yetarlicha ishlab chiqish hamda iqtisodiy maqsadga muvofiqligiga e’tiborning ortishi hozirgi
kunda dolzarbligini belgilaydi.

Tijorat bankida o‘z depozit siyosatini ishlab chiqish, avvalo, bank resurslarini

shakllantirish bo‘yicha bank faoliyatini rivojlantirish vazifalarini, mazmunini belgilash,
shuningdek ularni rejalashtirish va rivojlantirishdan iborat chora- tadbirlar majmuini ishlab
chiqishni nazarda tutadi hamda tartibga soladi. Depozit faoliyati - bu barcha depozit operatsiyalari
asos va poydevor bo‘lib, uni “banklarning yuridik va jismoniy shaxslardan mablag‘larini ma’lum
muddat yoki talab bo‘yicha depozitlarga jalb qilish bo‘yicha operatsiyalari” deb tushunish kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan

Murojaatnomasida quydagilarni ta’kidlab o‘tdi “bank tizimini isloh qilish, Markaziy bank moliya
bozorida raqobatni oshirish maqsadida 1 fevralga qadar bank bo‘lmagan kredit tashkilotlari
to‘g‘risida qonun loyihasini kiritish, mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish
bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa
xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi” 1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni

bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish
va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish,
ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarning
qo‘yilganligi 2 tijorat banklari resurslarini shakllantirishning asosiy manbai bo‘lgan depozit
operatsiyalarini rivojlantirish va ularning buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalasini
mustaqil ob’ekt sifatida tadqiq qilish zaruratini yuzaga keltiradi va ushbu mavzuning dolzarbligini
belgilaydi.

Prof O.I.Lavrushinning fikriga ko‘ra, tijorat banklari resurslarining eng barqaror qismi

bo‘lib muddatli depozitlar va jamg‘arma omonatlari hisoblanadi va ular quyidagi muhim
xususiyatlarga egadir 3:

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi O‘za.O‘z

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947- sonli farmoni. O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.
– Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b

3

Банковское дело. Под ред. Лаврушина О.И. – М.: Финансы и статистика, 2004. – С. 88-89


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

539

-hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanilmaydi va ularga to‘lov hujjatlari

yozilmaydi;

-muddatli va jamg‘arma depozit hisobraqamlaridagi mablag‘larning aylanish tezligi past;
-qat’iy belgilangan foiz to‘lanadi, Markaziy bank zarur hollarda foiz stavkalarining yuqori

chegarasini tartibga solishi mumkin;

-tijorat bankini depozitni olish to‘g‘risida oldindan ogohlantirish tartibi mavjud;
-nisbatan past majburiy zahira stavkalari qo‘llaniladi.
O.I. Lavrushin tomonidan muddatli depozitlar va jamg‘arma omonatlar bo‘yicha e’tirof

etilgan xususiyatlarga qo‘shilgan holda, yana bir qator xususiyatlarning mavjudligini qayd
etmoqchimiz. Jumladan:

-naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirish imkonini beradi;
-tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlar uchun garov ta’minoti vazifasini

bajarishi mumkin, buning natijasida kredit quyilmalari hajmi oshadi, kredit riski ma’lum darajada
kamayadi.

Prof. V.M.Usoskinning fikriga ko‘ra, transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish

tijorat banklarining likvidliligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Shu sababli, Glass-Stigoll qonuniga
asosan 1933 yilda transaksion depozitlarga foiz to‘lashning ta’qiqlanishi oqilona tadbir
hisoblanadi. Lekin muddatli va jamg‘arma depozit hisobraqamlariga tijorat banklari tomonidan
to‘lanadigan foiz stavkalarining yuqori chegarasining belgilanishi tijorat banklarining depozit
bazasiga salbiy ta’sir qiladi4.

S.Vayn tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, aholining muddatli

omonatlari tijorat banklari resurs bazasini diversifikatsiya qilishning birlamchi vositasi
hisoblanadi [5].

S.Vaynning ushbu xulosasi katta hajmdagi statistik va amaliy ma’lumotlar tahliliga

asoslanganligi sababli ishonchli hisoblanadi.

I. Fisherning fikriga ko‘ra, aholining muddatli omonatlarini banklarga jalb etishda

omonatlarning diskontlangan qiymati va ularga hisoblangan foizlarning qiymatini o‘zgarishi
muhim o‘rin tutadi[6].

U omonatlar bo‘yicha foizning nominal va real stavkasini farqlab, birinchisi, inflyatsiya

ta’sirida bo‘lishi, ikkinchisi inflyatsiyadan xoli etilishi zarurligini aytib o‘tdi.

F. Mishkinning fikriga ko‘ra, aholining pul mablag‘larini bir qismini tijorat banklariga

depozit sifatida joylashtirishi yoki naqd pul ko‘rinishida saqlashi bevosita bank tizimiga bo‘lgan
ishonchga bog‘liq. U ta’kidlaydiki, insonlar boshqa fuqarolar va tashkilotlardan emas, balki aynan
Federal zaxiradan qarz tilxatlarini olishni afzal ko‘rishadi, chunki, FZT banknotalari – tan olingan
muomala vositalaridir, ya’ni ular to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadi va shuning uchun pul
sifatida amal qiladi. Afsuski, boshqa hech kim insonlarni uning qarz tilxatlari u yozilgan qog‘oz
bo‘lagidan ortiq turishiga ishontira olmaydi5.

AQShlik taniqli iqtisodchi olim J. Sinkining xulosasiga ko‘ra, aholining pul mablag‘larini

tijorat banklarining depozit hisobraqamlariga jalb etishda muddatli jamg‘arma depozitlarining foiz

4

Усоскин В.М. Современный коммерческий банк. – М.: ИПЦ «Вазар-Ферро», 1994. - С. 106-109.

5

Мишкин Ф.С. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков. 7-е изд. Пер. с англ. –

М.: ООО «И.Д. Вилямс», 2013. – С. 442-443.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

540

stavkalari bilan transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘iga to‘lanadigan foiz stavkalari
o‘rtasidagi farq asosiy o‘rin tutadi [8].

J. Sinkining ushbu ilmiy xulosasi O‘zbekiston bank amaliyoti uchun muhim amaliy

ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, respublikamiz banklarida mijozlarning talab qilib
olinadigan depozitlarining barqaror qoldig‘idan, ular bilan kelishgan holda, resurs sifatida
foydalanish amaliyoti mavjud emas. Balki, talab qilib olinadigan depozitlardan mijozlarning
o‘zlaridan so‘ramasdan resurs sifatida foydalanilmoqda. Bu esa, banklarning likvidliligiga
nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirishi mumkin.

Fikrimizcha, V.Usoskin bu yerda haq. Buning sababi shundaki, muddatli va jamg‘arma

depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilanishi tijorat banklarini depozitlar jalb
qilish imkoniyatini cheklab qo‘yishi mumkin.

A.M. Tavasievning fikriga ko‘ra, aholi omonatlarining banklarga jalb etish ko‘lamini

kengaytirish bevosita bank tizimidagi raqobatga bog‘liq.

R. Olxovaning fikriga ko‘ra, aholining muddatli omonatlari yuridik shaxslarning muddatli

depozitlariga nisbatan arzonligi va bankda uzoqroq muddat saqlanib turishi bilan farqlanadi6.

Bir guruh iqtisodchi olimlar aholining ixtiyoridagi vaqtinchalik pul mablag‘larini bank

muassasalariga jalb etishda milliy valyutaning barqarorligi va inflyatsiya darajasini muhim rol
o‘ynashini e’tirof etadilar.

Ularning fikriga ko‘ra, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlanmaganligi milliy

valyutaga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi va buning natijasida aholining banklarga milliy
valyutada omonat qo‘yishga bo‘lgan qiziqishi pasayadi.

Shuningdek, ular inflyatsiya darajasining yuqori bo‘lishini ham aholining pul mablag‘larini

bank muassasalariga jalb etilishi yo‘lidagi jiddiy to‘siqlardan biri sifatida e’tirof etishadi.

Rivojlangan davlatlarning, xususan, AQSh, Yaponiya va Yevropa Ittifoqining qator

davlatlarida jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari tijorat banklari depozit bazasining
umumiy hajmida yuqori salmoqni egallaydi. Olib borilgan qator ilmiy tadqiqotlarning natijalari
shuni ko‘rsatdiki, jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari yuridik shaxslarning muddatli
depozitlariga nisbatan arzon va uzoq muddatli resurs manbai hisoblanadi7.

V. Borovkova va S. Murashovlarning fikriga ko‘ra, aholi omonatlarini banklarga jalb

etishda ularga taklif etiladigan innovatsion depozit xizmatlari muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar tomonidan ham aholining ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh

pul mablag‘larini bank muassasalariga jalb etish masalasi ilmiy jihatdan tadqiq qilingan va tegishli
ilmiy xulosalar shakllantirilgan.

Prof. Sh. Abdullaevaning fikriga ko‘ra, bank xizmatlarini takomillashtirish aholining pul

mablag‘larini bank muassasalariga jalb etishning birlamchi zaruriy sharti hisoblanadi.

Haqiqatdan ham respublikamiz banklarida moliyaviy xizmatlarni takomillashtirish bilan

bog‘liq qator muammolar mavjud. Xususan, innovatsion xizmatlarni taklif qilish talab darajasida
emas.

6

Олхова Р. Ресурсы коммерческого банка и его капиталная база. Банковское дело. Под ред. Проф.

О.И.Лаврушина. – М.КНОРУС, 2016. – С.222-223.

7

Боровкова В.А., Мурашов С.В. Основы теории финансов и кредитов. – СПб.: Питер, 2004. – 224 с.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

541

Mazkur maqolada tijorat banklari tomonidan depozit siyosatining amalga oshirishning

joriy holati tahlil qilinib, bank resurs bazasining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan.

Tahlil jarayonida ilmiy abstraksiyalash, ekspert baholash, induksiya va deduksiya,

taqqoslash, tizimli tahlil usullaridan foydalanilgan.

Amalga oshirilgan tadqiqotlar va o‘rganishlar asosida mamlakatimiz tijorat banklari

depozit siyosatini samarali amaliyotga joriy etish va iqtisodiy ahamiyatini yanada oshirishga
quyidagi holatlar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda:

Tijorat banklari va ularning bo‘limlarini hududlarda joylashuvi depozit mablag‘larni yetarli

darajada jalb qilish imkoniyatini beradi. Biroq, mamlakatdagi iqtisodiy holat va uning hududlarini
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivoji tijorat banklari depozit siyosatida o‘zining aksini topadi. Depozit
mablag‘larini jalb qilishda va uning hajmiga hududda istiqomat qilayotgan aholi turmush
darajasining pasayishi, ishsizlik darajasining ortishi, hududning dotatsiya hisobida turishi kabi
omillar ta’sir qiladi.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati. Markaziy bankning pul-kredit instrumentlari

o‘zining iqtisodiy samarasini yetarli darajada bermayapti. Shu bilan birga, tijorat banklari depozit
siyosati samaradorligiga bevosita kuchli ta’sir etadigan bozor mexanizmlaridan hisoblanadi.

Xalqaro va mahalliy iqtisodiy-siyosiy vaziyat. Mamlakatda xalqaro va mahalliy

vaziyatning barqarorligi tijorat banklari depozit siyosatida o‘zining aksini topadi. Xususan,
xalqaro iqtisodiy va siyosat vaziyatning barqarorligi mamlakatimiz tijorat banklari bilan iqtisodiy
aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini va ularning depozit mablag‘lari tarkibida xorijiy valyutalarda
resurslarni shakllantirish imkoniyatini beradi. Ta’kidlash joizki, respublikamiz tijorat banklari
depozitlarni jalb qilish jarayoni keyingi yillarda faollashmoqda, shu jumladan xorijiy valyutalarda
jalb qilingan depozitlarning ham salmog‘i anchagina yuqoridir.

Milliy valyutaning barqarorligi va uning sotib olish qobiliyatining yuqoriligi. Milliy

valyutaning barqarorligi va uning sotib olish qobiliyatining pasayishi tijorat banklari depozit
siyosatining foiz stavkasiga, rentabellik darajasiga, omonatchilarning iqtisodiy manfaatdorligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, milliy valyutaning inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda
omonatchilarning uzoq muddatli depozitlarni banklarga jamg‘arish manfaatdorligi pasayadi.

Omonatlarning kafolatlanganligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarida yuqori

risk darajasi mavjudligi ularni iqtisodiy inqirozga uchrash ehtimoli juda katta bo‘ladi. Mana shu
holat omonatchilarni banklarga mablag‘larni jalb etish bo‘yicha ikkilanish holatining vujudga
kelishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, bank omonatlarini kafolatlash masalasiga alohida e’tibor
berilishi talab etiladi. Shu jihatdan, fikrimizcha, mamlakatimiz tijorat banklari depozitlari tarkibida
muddatli va jamg‘arma depozitlar ulushini keskin dajarada oshirish masalasiga jiddiy e’tibor
qaratish lozim.

Amalga oshirilgan tahlillar va o‘rganishlar asosida mamlakatimiz tijorat banklari depozit

siyosatini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etishda quyidagi asosiy masalalarga e’tibor
qaratish lozim:

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari o‘rtasida moliya va fond

bozorlaridan mablag‘larni jalb qilishda raqobat muhiti vujudga keladi. Bunday raqobatni yutib
chiqishning asosiy mezonlaridan biri omonatchilarni yo‘qotmaslik maqsadida ularning omonatlari
bo‘yicha to‘lanadigan foiz to‘lovlarini oshirib borish lozim bo‘ladi. Bu o‘z navbatida bankning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

542

rentabellik darajasiga ta’sir qiladi, ushbu ta’sirning salbiy natijalarni keltirib chiqarmaslik
holatlarini ta’minlanishi bank depozit siyosati raqobatbardoshligini anglatadi;

Shuningdek, joriy yilning 10 oyida yuzaga kelgan milliy valyutaning sezilarli darajada

devalvatsiyasi va qisqa muddatli inflyatsion kutilmalarning o‘sishiga qaramay, milliy valyutadagi
depozitlarning keskin kamayishi yoki tarkibiy o‘zgarishlari ro‘y bermadi. Bunda, o‘sish sur’ati
pasaygan bo‘lsa-da, depozitlarning ijobiy dinamikasi saqlab qolindi.

Bu, birinchi navbatda, tijorat banklarining milliy valyuta kursi qadrsizlanishiga bozor

tamoyillaridan kelib chiqib, milliy valyutadagi omonatlar

bo‘yicha foiz stavkalarini oshirish orqali munosabat bildirganliklari bilan izohlanadi.
O‘z navbatida, jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi muddatli va jamg‘arma

depozitlari hajmi devalvatsion kutilmalar hisobiga avgust oyida 12,7 foizga oshib, sentyabr oyida
valyuta kursi barqarorlashganligi sababli 2,9 foizlik pasaydi va oktyabr oyida 2,9 foizlik o‘sish
kuzatilgan.

Jismoniy shaxslardan jalb etilayotgan xorijiy valyutadagi omonatlar bo‘yicha foiz

stavkalarining pasayib borishi ma’lum jihatdan aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul
mablag‘larni iqtisodiyotning real sektoridan “yashirin iqtisodiyot” ga oqib o‘tishiga sababchi
bo‘ladi. Yuqorida qayd etilganidek, mijozlarning bank sektoriga bo‘lgan ishonchi birinchi
navbatda uzoq muddatli davrda xizmatlarning narxining saqlanib qolishi bilan belgilanadi. Demak,
foiz stavkalarining tezkor yoki fundamental omillar ta’sirisiz o‘zgartirilishiga depozit siyosatining
samaradorligini pasaytiruvchi omil sifatida baholanishi zarur. Bundan tashqari, bunday holat
koronavirus pandemiyasiga qarshi karantin choralarining davom ettirilishi paytida aholining
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb etishga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek, koronavirus

pandemiyasiga qarshi karantin choralarining kiritilishi natijasida yuzaga kelgan salbiy omillar
ta’sirini yumshatish maqsadida quyidagi ilmiy takliflar shakllantirildi:

depozit siyosatini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etishda quyidagi asosiy

masalalarga e’tibor qaratish lozim:

Tijorat banklari depozit siyosatida mijozlarga masofaviy bank xizmatlaridan

foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mobile ilovasidan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy muloqotsiz to‘lov usullarini (QR-kod va NFC-
texnologiyalari) joriy etish jarayonlarini faollashtirish depozit xizmatlarini amaliyotga tatbiq etish
maqsadga muvofiq.

Shunday qilib, ilmiy maqolada taklif etilgan indikatorlar depozitlarni jalb etish muddatlari,

shuningdek, omonatlarni muddatidan oldin qaytarib olish ehtimoli darajasini baholash
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari ushbu indikatorlar bank passivlarini diversifikatsiyalash
hamda depozitlarni barqaror resurs bazasiga transformatsiyalash jarayonlariga xizmat qiladi ATB
“O`zsanoatqurilishbank” balansi 2014–2018 yillar davomida 373 783 mlrd. so‘mdan 1 060 416
mln. so‘mga yoki 283,7 foizga ko‘paygan. Bank balansining oshib borishi mijozlarning depozit
hisobvaraqlaridagi mablag‘larning ko‘payishi (ya’ni, 2014 yildagi 373 873 mln.so‘mdan 2018
yilda 1 060 416 mln.so‘mgacha yoki 283,6 foizga oshgan), ichki va tashqi manbalardan qarz
mablag‘larini jalb etish (2014 yildagi 6 932 mln.so‘mdan 2018 yilda 765 094 mln.so‘mgacha yoki


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

543

110 barobarga oshgan) va xususiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar (2014 yildagi 166 690
mln.so‘mdan 2018 yildagi 696 121 mln.so‘mgacha yoki 417,6 foizga oshgan) hisobiga yuz bergan.

Tahlil etilayotgan davrda ATB “O`zsanoatqurilishbank” tomonidan mijozlarga taqdim

etilgan kreditlar hajmi 2018 yil yakunida 2 393 587 mln. so‘mni tashkil etgan va 2014 yildagi
nisbatan 375,6 foizga ko‘paygan. Bankning joriy va uzoq muddatli likvidlilik pozitsiyasini
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan naqd aktivlar hajmi 2019 yil 1 yanvar holatiga 282 249
mlrd.so‘mga teng bo‘lgan. jadval
ATB “O`zsanoatqurilishbank” balans ko‘rsatkichlari dinamikasi, (mln. so‘m va foizda)

Ko‘rsatkichlar

01.01.2015

yil

01.01.2016

yil

01.01.2017

yil

01.01.2018

yil

01.01.2019

Yil

Bank balansi

790 712

1 116 326 1 333 645 1 807 253 2 942 920

Mijozlarning mablag‘lari

(depozitlar)

373 783

693 379

930 186

971 354

1 060 416

Chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlari

111 117

74 986

64 289

68 010

83 087

Olingan boshqa qarzlar

6 932

6 238

28 007

141 682

765 094

Xususiy capital

166 690

183 387

187 880

602 397

696 121

Berilgan kreditlar

637 192

801 220

1 004 856 1 197 689 2 393 587

Naqd aktivlar

93 110

233 373

236 938

372 664

282 249

Depozitlarning bank balansidagi salmog‘i

47,3 62,1 69,7 53,7 36,1

Chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining

bank balansidagi salmog‘i

14,1 6,7

4,8

3,7

2,8

Olingan qarzlarning bank

balansidagi salmog‘i

0,9

0,6

2,1

7,8

25,9

Xususiy kapitalning bank balansidagi salmog‘i

21,1 16,4 14,1 33,3 23,6

Depozitlarning

kreditlarga nisbati

56,6 86,5 92,6 81,1 44,3

Qarz mablag‘larining

kreditlarga nisbati

1,1

0,8

2,8 11,8 31,9

Xususiy kapitalning kreditlarga nisbati

26,2 22,9 18,7 50,3 29,1

Qarz mablag‘larining xususiy kapitalga

nisbati

4,2

3,4 14,9 23,5 109,9

ATB “O`zsanoatqurilishbank” balansida yuz bergan o‘zgarishlarni aniqlash uchun bir

qator nisbiy ko‘rsatkichlar hisoblab chiqildi. Mazkur nisbiy ko‘rsatkichlarning birinchi guruhi
bevosita resurs bazasidagi o‘zgarishlarni ifodalasa, ikkinchi guruhi ichki va tashqi kredit defolti
risklari darajasini aniqlashga xizmat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

544

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi O‘za.O‘z

2.

Козлова Е.П ., Николаевна E.H. Бухгалтерский учет в коммерческих банках. -М .: Ф
и С. 2 003 г.

3.

Парфенов К. Банковский учет.-М .:, ООО «Парфенов.ру». 2 0 0 4 г.

4.

Курсов В .Н ., Яковлев Г А. Бухгалтерский учет в коммерческом банке: новые
типовые бухгалтерские проводки операций банка. Учеб. пос. -М .: И Н ФРА-М ,
2 004


References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi O‘za.O‘z

Козлова Е.П ., Николаевна E.H. Бухгалтерский учет в коммерческих банках. -М .: Ф и С. 2 003 г.

Парфенов К. Банковский учет.-М .:, ООО «Парфенов.ру». 2 0 0 4 г.

Курсов В .Н ., Яковлев Г А. Бухгалтерский учет в коммерческом банке: новые типовые бухгалтерские проводки операций банка. Учеб. пос. -М .: И Н ФРА-М , 2 004