Oktabr, 2024-Yil
491
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI VA ULARNING VAZIFALARI
Jurabek Sheratov
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13997388
Rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion faoliyatning amalga oshirilishi, eng avvalo,
subyektlarning fond bozoridagi ishtirokini nazarda tutadi. Subyektlarning fond bozoridagi
ishtiroki esa qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish masalalariga borib taqaladi. Ayni damda
O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni, avvalambor, fond bozori
rivojlanishining hozirgi ahvoliga baho bermasdan, unga xos xususiyatlarni, tendensiyalarni
aniqlamasdan va tegishli tahlil ishlarini amalga oshirmasdan hal qilishning iloji yo‘q. Milliy fond
bozori ahvoliga baho berish, unga xos tendensiyalarni aniqlash bilan bog‘liq masalalarni quyidagi
ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz:
1. YaIM hajmi va “Toshkent” Respublika fond birjasidagi (RFB) savdolar hajmi.
2. Fond birjasida iqtisodiyot sohalari bo‘yicha tuzilgan bitimlar soni.
3. Aksiyadorlik jamiyatlari soni va aksiyalar emissiyasi umumiy hajmining o‘zgarishi.
4. YaIM, aksiyalar umumiy emissiyasi hajmi hamda birja aylanmasi dinamikasining
solishtirma ko‘rsatkichi.
5. Aksiyalar umumiy hajmida davlat ulushi dinamikasi.
6. Korporativ obligatsiyalar hajmi.
7. Fond birjasida tuzilgan bitimlar hajmi va soni.
2015-2022 yillarda fond bozorida ham miqdor, ham sifat jihatdan sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi
(1-rasm). Jumladan, fond bozorining umumiy savdo hajmining mamlakat YaIM hajmidagi ulushi
2015-2022 yillarda 1 foizga ham yetmagan, ya’ni 2015-yilda mazkur ko‘rsatkich 0,09% ni tashkil
etib, 2021-yilga kelib 7,8 martaga ortgan. Bunday holat fond bozorining milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishda yetarlicha o‘ringa ega emasligini namoyon qiladi. Ammo, 2022-yilda mazkur
ko‘rsatkich 2015- yilga nisbatan 0,45 f.p.ga sezilarli darajada oshib, 0,54 foizli ko‘rsatkichni qayd
etgan. 2015-2022-yillarda fond birjasi savdo hajmi esa 29,9 martaga ortgan.
2017-2019-yillarda fond birjasining umumiy savdo hajmi pasayish tendensiyasiga ega
bo‘lgan va mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning faol tarzda amalga oshirilishi natijasida 2021-yildan boshlab o‘sish tendensiyasi
kuzatilgan.
“Toshkent” RFB mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy savdo maydoni
hisoblanadi. 2021-2022-yillarda birja savdo aylanmasining umumiy hajmi o‘z faoliyati tarixidagi
Oktabr, 2024-Yil
492
eng yuqori ko‘rsatkichni, xususan, 2022-yilda (4816,2 mlrd.so‘mni) qayd etdi va 2015-yilga
nisbatan fond bozorining umumiy savdo hajmi 29,9 martaga oshgan.
2015-2021-yillarda fond birjasi savdo hajmi esa 7,8 martaga ortgan. Birja savdo
aylanmasining o‘sishi, bitimlar tuzishning jadallashuvi, fond bozoriga xizmat ko‘rsatuvchi barcha
infratuzilmalarning rivojlanishi hamda qonunchilik va muvofiqlashtirish ishlarining takomillashib
borayotganligidan dalolat beradi. Bunday holat mamlakatimizda fond bozorini rivojlantirish
nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
Fond birjasi faoliyatining 2020-2022-yillardagi iqtisodiyot sohalari bo‘yicha tuzilgan bitimlar soni
tahlili iqtisodiyotning moliyaviy sektori sohasidagi qimmatli qog‘ozlari yuqori investitsion
jozibadorlik kasb etganini ko‘rsatadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining agrosanoat va boshqa tarmoqlardagi qimmatli qog‘ozlari
bilan tuzilgan bitimlar mos ravishda 237,93 mlrd. so‘m va 169,31 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Eng
kam miqdordagi bitimlar aloqa va transport sohasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan tegishli ravishda
69,29 mln. va 18,09 mln. so‘mlik bitimlar tuzilgan. 2021-yilda ham eng ko‘p bitimlar
iqtisodiyotning bank va qurilish sohasi emitentlarining qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirildi.
Bank sektori emitentlarining qimmatli qog‘ozlari bilan 23 421 ta bitim tuzildi, bu birja bitimlari
umumiy sonining 32,76 foizini tashkil etdi.
Fond birjasining bugungi kundagi asosiy maqsadlaridan biri - respublikamizdagi moliyaviy
barqaror va likvidli AJlarini listingga jalb qilishdir. AJlarining rasmiy birja listingiga kiritilishi bu
- ushbu jamiyatlarning ma’lum darajada ishonchliligidan va moliyaviy barqarorligidan darak
beradi, ular to‘g‘risidagi axborotlarning doimiy oshkor qilinib borilishi esa investorlarning
investitsiya kiritishga bo‘lgan ishonchini oshiradi.
Listing kompaniyalari tarkibiga tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, neft va gaz
sanoati, agrosanoat majmui, energetika va metallurgiya tarmog‘i, qurilish mollari ishlab
chiqaruvchi hamda boshqa bir qator sohalarda faoliyat olib boruvchi AJlari kiritilgan. Tahlillarga
ko‘ra, fond birjasi savdolarida investor sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat banklari
qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi doimiy ravishda oshib bormoqda. Bugungi
kunda bir qator tijorat banklari fond bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun
brokerlik idoralarini tashkil etgan holda fond bozorida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Tijorat banklarining birja savdolaridagi ishtirokini kengaytirish uchun ularning xorijiy
investorlar va moliyaviy institutlar bilan o‘zaro samarali hamkorligini rivojlantirish va ilg‘or
tajribalarini o‘zlashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oktabr, 2024-Yil
493
Rivojlanayotgan mamlakatlarda fond bozorining roli shundan iboratki, u birinchi navbatda
aholining, korxona va tashkilotlarning, davlatning bo‘sh pul mablag‘larini safarbar qilib, ularni
iqtisodiyotning turli sohalariga yo‘naltirishdir. Natijada, kapital iste’molchilari moliyalashtirish
manbalariga ega bo‘ladilar, investorlar esa, mulkdor bo‘lish va mablag‘lari miqdorini saqlash va
yanada ko‘paytirish imkonini qo‘lga kiritadilar. Bu shunday natijaki, fond bozorining qayta
taqsimlash funksiyasi bilan bog‘liq hamda fond bozorining boshqa natijaviy ko‘rsatkichlariga
nisbatan o‘tish iqtisodiyoti davlatlari uchun bu samarali va ijobiy natija hisoblanadi.
Fond bozori ushbu tarkibiy qismining muhimligi shundaki, agar davlat fond bozorining
samarali faoliyat mexanizmini yo‘lga qo‘ya bilsa, u ko‘p jihatdan milliy iqtisodiyotni
moliyalashtirish muammosini hal etish imkonini bergan bo‘ladi. Bu muammo mustaqil rivojlanish
yo‘lini tanlagan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda muhimdir. Vaholanki, tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solish har qanday bozor tizimining, shu jumladan
moliyaviy tizimning muhim va ajralmas qismidir.
REFERENCES
1.
Malikov T.S. Moliya. – T.: Sharq, 2018. – 277 b.
2.
Mamatov B.S. va boshq. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.:
Iqtisod-moliya, 2014. – 608 b.
3.
Nurmuxamedova B., Kabirova N. Finansы. Uchebnoe posobie. – T.: Iqtisodmoliya, 2010.
