ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
674
O'ZBEKISTONDA QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORINING TAHLILI VA BU
BOZORDA KAPITAL JALB QILISHNING ISTIQBOLLARI
Muxtorov Saidakmal Saidkarim o’g’li
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14012855
Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozorining joriy holati,
uning rivojlanish tendensiyalari va muammolarni tahlil qilinadi. O'zbekiston iqtisodiyotini
barqarorlashtirish va diversifikatsiya qilish maqsadida qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanishi
zaruriyati ko‘rib chiqiladi. Bozor ishtirokchilari, davlat siyosati va tartibga solish choralari
asosida, qimmatli qog‘ozlar bozorida kapitalni jalb qilishning imkoniyatlari va istiqbollari
o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada qimmatli qog'ozlar orqali investitsiyalarni jalb qilish va ushbu
yo'nalishda rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: Qimmatli qog'ozlar bozori, kapital jalb qilish, O'zbekiston iqtisodiyoti,
investitsiyalar, moliyaviy bozor, fond bozorini tartibga solish, qimmatli qog'ozlar orqali
investitsiya.
ANALYSIS OF THE STOCK MARKET IN UZBEKISTAN AND PROSPECTS FOR
ATTRACTING CAPITAL IN THIS MARKET
Abstract. This article analyzes the current state of the stock market in Uzbekistan, its
development trends and problems. In order to stabilize and diversify the economy of Uzbekistan,
the need for the development of the securities market is considered. Based on market participants,
state policy and regulatory measures, opportunities and prospects of attracting capital in the
securities market are studied. Also, the article considers the prospects of attracting investments
through securities and development in this direction.
Key words: stock market, capital attraction, economy of Uzbekistan, investments, financial
market, stock market regulation, investment through securities.
АНАЛИЗ ФОНДОВОГО РЫНКА УЗБЕКИСТАНА И ПЕРСПЕКТИВЫ
ПРИВЛЕЧЕНИЯ КАПИТАЛА НА ЭТОТ РЫНОК
Аннотация. В данной статье анализируется современное состояние фондового
рынка Узбекистана, тенденции и проблемы его развития. В целях стабилизации и
диверсификации экономики Узбекистана рассматривается необходимость развития
рынка ценных бумаг. На основе участников рынка изучаются государственная политика и
меры регулирования, возможности и перспективы привлечения капитала на рынок ценных
бумаг. Также в статье рассмотрены перспективы привлечения инвестиций через ценные
бумаги и развития в этом направлении.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
675
Ключевые слова: фондовый рынок, привлечение капитала, экономика Узбекистана,
инвестиции, финансовый рынок, регулирование фондового рынка, инвестирование через
ценные бумаги.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarning ikkinchi bosqichi qimmatli
qog’ozlar bozorni rivojlantirishda yangi bosqich bo’ldi. Chunki endilikda qimmatli qog’ozlar
bozoriga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Jumladan, ikkilamchi bozorni tashkil qilinishiga kirishildi.
Fond bozori infrastrukturasini jadal sur’atlar bilan tashkil qilish maqsadida investitsiya
kompaniyalari va fondlari, kliring palatalari va fond do’konlari, reklama firmalari va XIF (xususiy
investitsiya fondi)lari shakillantirildi.
1992-yilning yanvarida «Toshkent» birjasining Fond bo’limi respublikada birinchi bo’lib
qimmatli qog’ozlar bilan muntazam savdolarini o’tkazishga kirishdi. O’sha 1992 yilda «Toshkent»
birjasi Fond bo’limining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar bo’yisha aylanmasi 26 mln.rublni
tashkil qildi, bu Rossiyani fond birjalarining xuddi shunday ko’rsatkiсhlari bilan taqqoslanadigan
darajada edi. Fond birjasi o’z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, birja
ustaviga hamda qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq vazifalarni amalga oshirishning iсhki qoidalariga
qiladi Fond birjasi (tovar-fond birjasining yoki valyuta birjasining fond bo’limi) O'zbekiston
Respublikasi qonunlariga muvofiq ro’yxatdan o’tkaziladi va u qimmatli qog’ozlarga doir birja
faoliyati yuritish uсhun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan litsenziya oladi. Qimmatli
qog’ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat
yurtishga haqli emas. Moliya-fond birjalari va valyuta birjalarida mustaqil tarkibiy bolinma va
mustaqil bolmagan tarkibiy bolinma sifatida fond bolimlari tashkil etilishi mumkin. Fond
bo’limlari o’z faoliyatlarida fond birjalariga qo’yiladigan barсha talablarga amal qilishlari lozim.
Qimmatli qog’ozlar momilasini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma
(litsenziyasi) bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassasalari bo’lishlari mumkin.
Birjada brokerlik o’rnini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, yuridik va
jismoniy shaxslar fond birjasining (mol-fond yoki valyuta birjasi fond bo’limining) a’zolari
bolishlari mumkin. Fond birjasi a’zolarining miqdorini birjaning boshqaruv organlari, ularning
mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi a’zolari bo’lishga haqli emaslar. (O’zRning
22.09.2005 yil ORQ-7-son Qonunining 2-moddasiga asosan tahrirda so’zlar bekor qilindi) Fond
birjasi a’zolari qimmatli qog’ozlar momilasini amalga oshirish ushun ruxsatnomalarga ega bo’lgan
hamda investitsiya muassasasi maqomini olgan taqdirdagina oldi-sotdiga qo’yiladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
676
Brokerlik o’rnini sotib olgan jismoniy shaxs uni davlat hokimiyati mahalliy organlarida
ro’yxatdan o’tkazganidan va bankda hisob raqam ochganidan keyingina oldi-sotdiga qo’yilishi
mumkin. Qimmatli qog’ozlarga doir birja amallari qoidalarini birjaning yuqori boshqaruv organi
tasdiqlaydi.
Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtidagi bitimlarni tuzish, bitimlarni tekshirib ko’rish va
ular yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond
birjalari va fond bo’limlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olingan
qimmatli qog’ozlar muomalasi bitimlarini amalga oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond
birjasi ustavi (fond bo’limi tog’risidagi Nizom) asosida ish tutadilar. Fond birjasida amallarni
uning a’zolarigina amalga oshira oladilar.
Fond birjasi faoliyatining pul ta’minoti:
-
fond birjasi aksiyalarini sotish;
-
fond birjasidagi brokerlik o’rinlarini sotish;
-
fond birjasi a’zolariga muntazzam to’lab boriladigan a’zolik badal (dividend) lari;
-
birja bitimlarini ro’yxatdan o`tkazishda olinadigan yig’imlar;
- qimmatli qog’ozlar muomalasida vositachilik qilishda olinadigan komission haq;
- birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va xizmatlar ko’rsatishdan keladigan
daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-
quvvatlash qo’mitasi qoshida qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini nazorat qilish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining (30 mart 1996 y) binoan maxsus markaz
tashkil etildi.
Markazning o’z faoliyatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, mulkchilik shakllaridan qatiy
nazar, xo’jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi va
xorijiy davlatlarining fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Nisbatan katta hududlarga ega bo’lgan mamlakatlarda, odatda qimmatli qog’ozlarning
mintaqaviy yoki mahalliy bozorlari shakllanadi. O’zbekistonda masalan, qimmatli qog’ozlarning
lokal bozorlari qimmatli qog’ozlar bilan savdo qilishni Qoraqolpog’iston Respublikasi, Toshkent
shaxri va 12 ta viloyatdan iborat bo’lgan ma’muriy-xududiy tuzilmalar ixtiyoriga topshirish
tamoyili bilan namoyon etilgan. Bu mintaqalarning har birida davlat boshqaruvi idoralari, fond
birjalarining bo’linmalari, qimmatli qog’ozlar bozori umumiy va maxsus infratuzilmasining
muassasalari mavjud.
Tashkil etilishning yagona tamoyiliga qaramasdan mintaqaviy bozorlar bir-biridan
umuman iqtsodiyotning rivojlanishi darajasi, emitetlarning ma’lum bir tarmoqqa tegishliligi,
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
677
emitentlar
va
imkoniyatli
sarmoyadorlarning
miqdoriy
hamda
sifat
hususiyatlari,
infratuzilamalarining rivojlanganligi, professional ishtirokshilarning faolligi va o’z navbatida
qimmatli qog’ozlar bilan bajariladigan operatsiyalarning hajmi bilan farq qiladi. Tabiiyki masalan,
Surxondaryo viloyati hududida chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning egalari, asosan mahalliy
tashkilotlar va fuqarolar bo’ladi. Shunday qilib mintaqaviy bozorlarda viloyat doirasida xo’jaliklar
va axoli tomonidan pul mablag’larini yetkazib berish hamda iste’mol qilish bo’yicha nisbatan
chegaralangan aylanmasiga yo’l qo’yiladi. Shu munosabat bilan bir birlaridan yuqorida
ko’rsatilgan xususiyatlari bilan farqlanuvchi masalan, Toshkent shaxri, Andijon viloyati,
Qoraqolpog’iston Respublikasi va boshqa mintaqalarda shakillangan qimmatli qog’ozlar bozorlari
to’g’risida gapirish mumkin. Biroq doimo shuni yodda tutish kerakki, ushbu bozorlar bir-birlari
bilan uzviy bog’langan, yagona markaz tomonidan tartibga solinadi va boshqariladi hamda barcha
uchun umumiy bo’lgan qonuniy asosga ega bo’lib, O’zbekistoning yagona fond bozorini tashkil
qiladi.
O’zbekiston qimmatli qo’gozlar bozorni rivojlantirish va tartibga solish usullarini
takomillatirish borasida Buyuk Britaniya va AQSh tizimining quyidagi elementlari qo’llash
maqsadga muvofiq bo’lar edi:
-
Buyuk Britaniyaning riskni bartaraf qilish(Debt Management Offise) va ishtirokchilarni
rag’batlantirish tizimini joriy qilish lozim;
-
Rivojlanib borayotgan yangi qimmatli qog’ozlar bozori hali to’yinmagan bo’lib, jahon
tajribasini kiritish va texnologik modernizatsiya qilish orqali sohani kengaytirish lozim;
-
AQShning yetakchi fond birjalarida birjaga kiritilgan maxsus maklerlarni tashkil qilish.
Bu birjani nazorat qilishda yordam beradi;
-
Qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantiruvchi maxsus qo’mita tashkil qilish lozim;
Qimmatli qog’ozlar bozori strukturasini kengaytirib, palatalar va qo’mitalarga ajratish
lozim;
-
Buyuk Britaniya kabi bozor ishtirokchilarini banklar bilan ishlaydigan erkin maklerlarga
aylantirish lozim.
Agar yuqoridagi usullardan foydlanilsa, o’ylaymizki hozirda qimmatli qog’ozlar bozorida
mavjud bo’lgan muammolar o’z yechimini topishi mumkin. Albatta buni bosqichma-bosqich har
tomonlama amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Hozirgi kunda “Toshkent” Respublika fond birjasi mamlakatimiz qimmatli qog’ozlar
bozorining asosiy savdo maydoni hisoblanib, u yerda turli xil qimmatli qog’ozlar bilan savdolar
amalga oshirilmoqda.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
678
Fond birjasining bugungi kundagi asosiy maqsadlaridan biri – respublikamizdagi
moliyaviy barqaror va likvidli aksiyadorlik jamiyatlarini listingga jalb qilishdir. Aksiyadorlik
jamiyatlarining rasmiy birja listingiga kiritilishi bu – ushbu jamiyatlarning ma'lum darajada
ishonchliligidan va moliyaviy barqarorligidan darak beradi hamda ular to’g’risidagi
axborotlarning doimiy oshkor qilinib borilishi esa investorlarning investitsiya kiritishga bo’lgan
ishonchini oshiradi.
Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining fond birjasi listingiga kiritilishi, ularning
xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvida keng imkoniyatlar yaratadi, ya'ni xorijiy investorlar
birinchi navbatda listingga kirgan kompaniyalar aksiyalarini avzal deb hisoblaydilar.
Chet el fond birjalari esa asosan o’z mamlakati fond birjasi listingiga kirgan aksiyadorlik
kompaniyalariga tegishli qimmatli qog’ozlarnigina savdoga chiqaradilar.
Aksiyadorlik jamiyatlarini birja listingiga jalb qilish maqsadida “Toshkent” Respublika
fond birjasi tomonidan amaldagi listing jarayonlari tartibiga tegishli o’zgartirishlar kiritildi, ya'ni
aksiyadorlik jamiyatlarini listing kiritish jarayoni soddalashtirildi va listing to’lovlari miqdori
qayta ko’rib chiqildi.
Fond birjasi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini listing jalb qilish bo’yicha ko’rilayotgan
chora – tadbirlar o’z samarasini berdi, jumladan, 2006-yilda listing kompaniyalari soni 4 tani
tashkil etgan bo’lsa, 2023-yil yakuni bilan birja listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlarning
soni 133 tani tashkil etdi. Listing kompaniyalari tarkibiga tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari,
neft va gaz sanoati, yengil sanoat, qurilish mollari ishlab chiqaruvchi, agrosanoat kompleksi,
energetika va metallurgiya tarmog’idagi hamda boshqa korxonalar kiritilgan.
Bugungi kunda birja listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlarining 17 tasi oily toifa
xisoblanadigan “A” toifaga, 20 tasi “V” toifaga, 76 ta aksiyadorlik jamiyatlari “S” toifaga javob
beradi.
Shunday qilib, “S” toifa talablariga javob beradigan aksiyadorlik jamiyatlari salmog’i
ko’pchilikni tashkil etmoqda, ya'ni ushbu aksiyadorlik jamiyatlarining nizom jamg’armasi jamiyat
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilangan kurs bo’yischa 400 000 (to’rt yuz ming) AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent
summani tashkil etishi hamda oxirgi ikki moliyaviy yil natijalari ijobiy bo’lganligini ko’rsatadi.
So’nggi yillarda listing kompaniyalarining aksiyalari bilan amalga oshirilayotgan bitimlar
salmog’i umumiy birja aylanmasida sezilarli darajada o’sishi kuzatilmoqda. 2006 yilda ushbu
ko’rsatkich 3,3% ni tashkil qilgan bo’lsa, 2023 yil yakunlari bo’yicha 65,6% ni tashkil qildi.
Fond birjasi listing tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining yana bir muhim afzallik
tomoni shundaki, listingdagi qimmatli qog’ozlar shak-shubhasiz kotirovka qilinadi, bu esa mazkur
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
679
aksiyalar bahosi shakllanishining bozor mexanizimini yaratishda xamda aksiyalarning haqiqiy
bozor bahosini aniqlash imkoniyatini yaratadi, bu esa o’z navbatida uning kapitallashuv
darajasining o’sishiga olib keladi.
2020 yilning 31 dekabr holatiga birja rasmiy listingiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari
aksiyalarining bozor kapitalizatsiyasi darajasi ko’rsatkishlari 5448,9 mlrd. so’mni tashkil qildi.
«Toshkent» Respublika fond birjasining xizmatlari turini kengaytirish strategiyasining mantiqiy
davomiyligi bu mamlakatimizda repo bozorini rivojlantirishdir. REPO bitimlari qimmatli
qoq’ozlarni garovga qo’yish yo’li bilan pul mablag’larini qarzga olishning ommabop usuli
hisoblanadi. Mijozga tegishli bo’lgan qimmatli qog’ozlar nafaqat foyda keltirishi, balki kredit
mablag’larini zudlik bilan jalb qila oladigan samarali vosita sifatida ham qo’llanilinishi mumkin.
Xulosa o’rnida shularni ta’kidlash mumkinki, hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining muhim
ajralmas qismi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozorini chuqur o’rganish, ularni tashkil qilish va
bu bozorlarda kapital jalb qilishni samarali yo’lga qo’yish yakunda mamlakat iqtisodiyotining
jadal sur’atlarda o’sishini ta’minlaydi.
REFERENCES
1.
Malikov T.S. Moliya. – T.: Sharq, 2018. – 277 b.
2.
Mamatov B.S. va boshq. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.:
Iqtisod-moliya, 2014. – 608 b.
3.
Nurmuxamedova B., Kabirova N. Finansы. Uchebnoe posobie. – T.: Iqtisodmoliya, 2010.
