Authors

  • Otabek Mahmudjonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59526

Abstract

Ushbu maqolada bugungi kunda global axborot makonida tahdidlar, shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni yanada mustahkamlash haqida so‘z boradi. Shuningdek, mazkur maqolada tarixiy tajribalarga asoslanib, hodisalarni muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronligi hamda millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda ularga intilishi ta’riflanadi.

background image


Yanvar, 2025-Yil

41

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MARKAZIY OSIYODA MAFKURAVIY

TAHDIDLAR XAVFINING ORTIB BORISHI

Mahmudjonov Otabek

O‘zMU talabasi

otabekmakhmudjonov@icloud.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14608066

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kunda global axborot makonida tahdidlar, shiddat

bilan rivojlanib borayotgan zamonda yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni yanada

mustahkamlash haqida so‘z boradi. Shuningdek, mazkur maqolada tarixiy tajribalarga asoslanib,

hodisalarni muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy

hukmronligi hamda millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda ularga intilishi

ta’riflanadi.

Kalit so‘zlar:

Axborot xavfsizligi, tahdidlar, mafkura, globallashuv, fikrlar plyuralizmini.

Bugungi kunda dunyoda tinchlik va bardarorlikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi zarur

ko‘plab muammolar mavjud. Insonlarning osuda hayotini izdan chiqarishga qaratilgan turli

shakldagi tahdidlarning paydo bo‘layotgani va buning natijasida buzg‘unchi g‘oyalar mafkura

maydonini qurshab olayotgani barchamizga ma’lum. “Hozirgi davrdagi globallashuv jarayonlari

XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida butun insoniyat, yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlar

taraqqiyoti uchun, ayniqsa, hayotga kirib kelayotgan yosh avlod uchun misli ko‘rilmagan

imkoniyatlar yaratib berganini hech kim inkor etolmaydi”

1

. Bunday imkoniyatdan unumli

foydalanib qolishga urinayotgan insonlar soni ham kam emasligi barchamizga ma’lum.

Shuni aytib o‘tish kerakki, mafkuraviy tahdidlar Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni

chetlab o‘tmadi. Mazkur g‘oyaviy tahdidlar borasida so‘z yuritishdan oldin, globallashuv nima?

g‘oya o‘zi nima? mafkura nima? uning qanday turlari mavjud? kabi savollarga javob berilsa

maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Globallashuv atamasiga juda ko‘p ta’riflar berishimiz mumkin;

M.Delyagin “globallashuvni deyarli barchasi ilg‘or kompyuter texnologiyalari asosida

mavjud bo‘ladigan yaxlit, global miqyos kasb etsa ham, ayni paytda, aniq chegaralariga ega

bo‘lgan harbiy - siyosiy, moliyaviy - iqtisodiy va axborot makonlarining shakllanish jarayoni

1

Karimov I.A. Eng asosiy mezon - xdyot xdkikatini aks ettirish. - T.: Uzbekiston, 2009. - B. 5.


background image


Yanvar, 2025-Yil

42

sifatida talqin etadi”

2

deb ta’riflaydi.

B. Umarov va Sh. Jabborovlar fikricha, globallashuvning ma’naviyatga salbiy ta’sirini

bartaraf etishi ayniqsa, g‘oyalar kurashi davrida yoshlar dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishini

ta’minlash uchun milliy - ma’naviy qadriyatlarimiz tizimidagi barcha tarbiya elementlaridan

oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur

3

.

Globallashuv sharoitida eng xavfli va ta’sirchan qurol bu axborotdir. Globallashuv

jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir

o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning

manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta kuzatishi

muqarrar. Demak, globallashuv sharoitida sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chetdan kirib

kelayotgan har xil tahdidlar yoshlarimizga o‘zini ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Buni oldini

olishning birdan bir yo‘li ilmli, ma’rifatli qilish, xoh dunyoviy, xoh diniy bilim bo‘lsin.

Birinchi Prezident Islom Karimov mafkuraga shunday ta’rif bergan: “Odamlarning ming

yillar davomida shakllangan dunyoqarash va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu

millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq - ravshan belgilab berishga

xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men

jamiyat mafkurasi deb bilaman”

4

.

Mafkura - undagi g‘oyalarning manfaatlashish xususiyati bilan, ya’ni g‘oyadagi shu

g‘oya egasi yo‘q unga ergashgan konkret shaxs, guruh, millatning tub ehtiyoj - manfaatlari va

ishonch - e’tiqodlari ifodalangan tugalmas mun bilan harakterlanadi. Demak, mafkura - g‘oyaning

manfaatlashgan mazmuni, shakli, qismi, tomoni, ko‘rinishi, qiyofasi va xarakteridir. Ayni paytda,

mafkuraning amal qilishida odamlarning undagi g‘oyalarga bo‘lgan ishonch - e’tiqodi muhim

o‘rin tutadi. Bu holda mafkurani tavsiflovchi asosiy omillar: a) kishilarning talab, ehtiyoj -

manfaatlari va ularni qondirish usul - vosita, mexanizmlari; b) g‘oyalarga bo‘lgan ishonch -

e’tiqodning namoyon bo‘lishidir

5

.

G‘oya anglangan maqsad va haqiqatni o‘zida aks ettiruvchi fikr bo‘lsa, mafkura ana shu

maqsad va haqiqatning anglangan shakliga mos bo‘lgan g‘oyalar, fikrlar va ularni amalga oshirish

usul va uslublari tizimidir. Shuning uchun bu tizim asosida mafkura tarkibidagi bosh va asosiy

2

Komilov K. Globallashuv va diniy jarayonlar. - T.: Movarounnaxr, 2014. - B. 7.

3

Umarov. B, Jabbarov Sh. Globallashuv va yoshlar tarbiyasi. - T.: Akademiya, 2011-47 b

4

Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. - T.:

Uzbekiston, 1998. - B. 11.

5

Mamashokirov S., Togayev Sh. Erkin va farovon hayot qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy masalalari. -T.:

Ma’naviyat, 2007. - B. 10.


background image


Yanvar, 2025-Yil

43

g‘oyalarni amalga oshirish jarayonida tug‘iladigan savollarga javob berish mumkin bo‘ladi.

Muayyan g‘oya muayyan mafkuraga asos bo‘lib, uni shakllantirish mumkin, mafkura esa, o‘z

tizimi tayanadigan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirishga xizmat qiladi

6

.

Demak, shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda yoshlarimizda mafkuraviy

immunitetni yanada mustahkamlab oq bilan qorani ajrata biladigan yoshlarni tarbiyalash, ularda

vatanparvarlik tuyg‘usini shaklantirishimiz lozim. Shu o‘rinda misol tariqasida Marx de Sadning

asari mag‘zida yashirmagan mana bunday g‘oyaviy - mafkuraviy maqsad yotadi: “Biz, - deb

yozadi u “Foxishaxonalar falsafasi” asarida, - bundan buyon dunyoni zabt etmoq uchun behisob

qo‘shin bilan uzoq hududlarga harbiy hujum uyushtirishimiz, jangdan so‘ng o‘lgan askarlarimiz

etigi begona yutlarda chirib bitishi mutlaqo shart emas. Agar mening kitoblarimga o‘xshash

asarlarda tasvirlangan yashash tarzi va axloqni butun dunyoga asta - sekin muvaffaqiyatli targ‘ib

qila olsak, shu orqali u yerlarda yashovchi odamlar qalbini egallasak, ularni jisman mahf etishga

hech qanday hojat qolmaydi. Qalbi bizning qo‘limizga o‘tgan xalqlarning o‘zi, ixtiyoriy ravishda,

oyog‘imiz ostiga yukinib keladi, bizga qul bo‘ladilar...”

7

.

Markaziy Osiyo mintaqasi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va

Turkmaniston beshta mustaqil davlatlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu besh davlat hududi 4,4 milion kvadrat kilometrni tashkil etsa, aholisi 55 miliondan

ortiqdir. Ushbu hududda 150 ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilib kelmoqdalar. Jumladan,

O‘zbekiston Respublikasi hududida 136 dan ortiq millat va elat vakillari emin erkin istiqomat kilib

kelmoqdalar. Markaziy Osiyo hududida bir - biriga yaqin bo‘lgan tabiiy iqlim sharoitda, qo‘ni -

qo‘shnichilik tamoyillariga asosan ko‘p yillardan beri yashab kelayotgan xalqlarning dini, tili,

madaniyati, urf - odatlari, an’ana va marosimlari bir - biriga yaqin bo‘lishi tabiiydir.

Mafkuraviy tahdid nima? Mafkuraviy tahdid - bu ijtimoiy - siyosiy harakat, oqim yoki

siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga

tiqishtirishdir

8

. Hozirgi davrda mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan bir paytda axborot

vositalaridan keng foydalanish yo‘llari ochilmoqda. Axborot almashuvi asri deb atalayotgan

zamonda axborotning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, uning salbiy oqibatlari ham mavjudligi

ko‘rinmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: ,,...ba’zan beozor bo‘lib

tuyilgan musiqa, oddiygina multfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy

6

Nazarov H, Qurbonov M., Ochildiyev A. va boshqalar. Milliy istiqlol g‘oyasi. - T.: Uzbekiston

faylasuflari milliy jamiyati, 2010. - B. 17.

7

Abbosxo‘jayev. O, Quchqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuv. - T.: Akademiya, 2007. - B. 91

8

Центральная Азия: геоэгономика, геополитика, безопасность / Редколл.: Р. М. Алимов, Ш.Р. Арифханов и

др.. - Т.: Шарк, 2002- С. 9.


background image


Yanvar, 2025-Yil

44

maqsadlar va intilishlar ifodalanadi. Axborot sohasidan o‘zining g‘arazli niyatlaridan

foydalanayotganlar kundan kunga ko‘payib bormoqda. Xususan, axborot texnologiyalari

yuksalgan davlatlar bunday ustunlikdan siyosiy, harbiy, iqdisodiy, axborot va madaniy

ekpansiyani amalga oshirish maqsadida foydalanmoqda. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi

globallashuv sharoitida axborot, jahonda yetakchilik qilish uchun kurashdagi asosiy qurolga

aylangan, chunki axborot texnologiyalarining rivojlanganlik darajasi davlatning geosiyosiy

ta’sirini belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda. Bugungi voqelik bu hodisani “axborot

neoklonializmi”

9

, ’’axborot urushlari”, “axborot fashizmi” deb nomlanayotgan olimlarning gapida

jon borligi ayon bo‘lmoqda.

Axborot urushi birinchidan, harbiy qo‘shinlarni saqlashda kam xarajat bo‘lib qurol - yaroq

sotib olishni talab qilmaydi. AQSHning sobiq Prezidenti J.Karter ham “Targ‘ibotga sarflangan 1

dollar, qurollanishga sarflangan 10 dollardan samaraliroq”, deb ta’kidlagan edi. Ikkinchidan,

axborot urushi hech qanday chegaralarni tan olmaydi, ya’ni internet, sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa,

ommaviy axborot vositalari hukmronlik qilayotgan bugungi dunyoda axborotni bojxona

ko‘rigidan o‘tkazib, yaxshi yoki yomonini, foydali yoki foydasizligini ajratishning iloji yo‘q.

Ammo, bu urush raqibni jismoniy yo‘q qilish emas, uni o‘ziga ma’nan buysundirish maqsad

qilinganligi tashvishli holdir

10

.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov e’tirof etganidek:

ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning

manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va

oxir - oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.

Xulosa qilish mumkinki, axborot makonining globallashuv sharoitida axborot xavfsizligini

ta’minlash masalasi ijtimoiy - siyosiy ahamiyat kasb etadi. Axborot urushi boshqa urushlardan

farq qiladi, bu insonlar ongiga ta’sir o‘tkazib manqurtga aylantirib qo‘yadi. Bunday xavf - xatar

mavjudligi buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagani, ayniqsa

uning dunyo xaritasida paydo bo‘lgan yangi davlatlar mustaqilligiga tahdidi to‘g‘risida

ogohlantirilgan edi. Bu bilan: O‘zbekiston Respublikasi ham ana shu hodisa ta’siridan chetda

qolgani yo‘q. O‘tgan mustaqil rivojlanish yillari davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga

tahdid saqlanib qolmoqda, deb aytish uchun asos bo‘la oladi. Bu tahdid buyuk davlatchilik

shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarida, bildirayotgan fikrlarda, sharxlarda va

9

Бжезинский 3. Великая шахматная доска. Госпоство Америки и геостратегическийе императивы. - М.:

1998.-С .38.

10

Саидов У. Глобаллашув ва маданиятлараро мулокот. - Т.: Akademiya, 2008. - Б. 55.


background image


Yanvar, 2025-Yil

45

muayyan xatti - harakatlarda anik namoyon bo‘lmoqda. Tarixiy tajribalarga asoslanib, bu hodisani

muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik

deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda ularga intilish deb ta’riflash

mumkin.

REFERENCES

1.

Komilov K. Globallashuv va diniy jarayonlar. - T.: Movarounnaxr, 2014. - B. 7.

2.

Umarov. B, Jabbarov Sh. Globallashuv va yoshlar tarbiyasi. - T.: Akademiya, 2011-47 b

3.

Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. -

T.: Uzbekiston, 1998. - B. 11.

4.

Mamashokirov S., Togayev Sh. Erkin va farovon hayot qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy

masalalari. -T.:Ma’naviyat, 2007. - B. 10.

5.

Nazarov H, Qurbonov M., Ochildiyev A. va boshqalar. Milliy istiqlol g‘oyasi. - T.:

O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. - B. 17.

6.

Abbosxo‘jayev. O, Quchqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuv. - T.: Akademiya, 2007.

- B. 91

7.

Центральная Азия: геоэгономика, геополитика, безопасность / Редколл.: Р. М.

Алимов, Ш.Р. Арифханов идр.. - Т.: Шарк, 2002- С. 9.

8.

Бжезинский 3. Великая шахматная доска. Госпоство Америки и геостратегическийе

императивы. - М.:1998.-С .38.

9.

Саидов У. Глобаллашув ва маданиятлараро мулокот. - Т.: Akademiya, 2008. - Б. 55.