Authors

  • A. Abdurasulov
  • F. Qarshiboev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59527

Abstract

Maqolada jismoniy shaxslar tomondan shaxsiy ko’rik paytida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning bir nechta ko’rinishi va ularni aniqlash maqsad qilib olindi.

background image


Yanvar, 2025-Yil

46

SHAXSIY KO’RIK PAYTIDA JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN SODIR

ETILADIGAN MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLARNI ANIQLASH

A.Abdurasulov

Bojxona instituti 2-kurs kursanti

F.Qarshiboev

Ilmiy rahbar: b/x podpolkovnigi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14608080

Annotatsiya.

Maqolada jismoniy shaxslar tomondan shaxsiy ko’rik paytida sodir

etiladigan huquqbuzarliklarning bir nechta ko’rinishi va ularni aniqlash maqsad qilib olindi.

Kalit so`zlar:

Bojxona sohasi, shaxsiy ko’rik, bojxona organlari, huquqbuzarlik,

qonunchilik, huquqiy madaniyat, jismoniy shaxslar, fuqarolar, bojxona organlari mansabdor

shaxslari.

Аннотация.

Целью статьи является выявление нескольких видов нарушений,

допущенных физическими лицами при личном досмотре и их выявлении

.

Ключевые слова:

Таможенная сфера, личный досмотр, таможенные органы,

преступность, законодательство, правовая культура, физические лица, граждане,

должностные лица таможенных органов.

Abstrcat.

The article aims to identify several types of violations committed by individuals

during personal inspection and their identification.

Keywords:

Customs field, personal inspection, customs authorities, crime, legislation,

legal culture, individuals, citizens, officials of customs authorities.

Kirish

. So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat hokimiyati organlari tizimi, faoliyati

yangidan shakllantirildi va ularning oldidagi vazifalarga mos ravishda o‘zgartirildi. Shu jumladan,

bojxona organlari faoliyatida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.bojxona organlarini yanada

takomillashtirish tog’risidagi qonun-hujjatlar bojxona qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash

amaliyotini takomillashtirish, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil

qilish, bojxona sohasidagi qonunbuzilish holatlarining sabab va shartsharoitlarini chuqur

o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choratadbirlarni amalga oshirish, javobgarlikning

muqarraligini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.

Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish

bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgan ushbu kunlarda, bojxona organlari ham

mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, davlat budjetini to‘ldirish, ichki iste’mol bozorini


background image


Yanvar, 2025-Yil

47

himoya qilish, tovar-moddiy boyliklarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishi,

kontrabanda va bojxona qoidalarining buzilishiga qarshi kurashish borasida o‘zining munosib

hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, bojxona organlari tomonidan yil davomida 11031 ta

huquqbuzarlik aniqlanib, ular bo‘yicha 857 mlrd so‘mlik tovarlar ushlab qolingan. Ushbu holatlar

bo‘yicha 784 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 9244 ta ma’muriy materiallar yuritilgan. Shuningdek,

huquqbuzarliklar bo‘yicha 531 kg. va 1630 tup giyohvandlik vositalari, 4592 dona psixotrop

tabletkalar, 185 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 83 ta qurol, 511 dona o‘q va 4 mingdan

ortiq ta’qiqlangan diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy aylanishining (olib o‘tilishining)

oldi olingan.

Shaxsiy ko‘riklar, bojxona organlari tomonidan olib boriladigan qattiq nazorat choralari

sifatida, jismoniy shaxslarning harakatlarini, bagajlarini, shaxsiy buyumlarini tekshirishni o‘z

ichiga oladi. Ushbu jarayon nafaqat noqonuniy savdo, kontrabanda va giyohvand moddalar, balki

qurol-yarog‘ va boshqa xavfli materiallarning kirishini to‘xtatishga qaratilgan. 2021-yilda bojxona

organlari tomonidan amalga oshirilgan huquqbuzarliklar va aniqlangan holatlar, bojxona

tizimining shaxsiy ko‘riklarni o‘tkazishdagi samaradorligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada bojxona

tizimida shaxsiy ko‘rikning o‘rni, huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishdagi roli, shuningdek,

shaxsiy ko‘rik paytida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar tahlil qilinadi.

Bojxona Kodeksinining 196-moddasi 5-bandida agar ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs

bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik

ko‘rsatsa, ushbu harakatlar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq jismoniy

shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uchun asos bo‘ladi. Bunga muvofiq O`zbekiston

Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 227-modda va 227

1-27

moddalarida ko’rsatilgan hamda O`zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrdagi O`RQ-

502-sonli “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunida ham belgilab qo’yilgan.

Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 182-moddada ham

keltirilgan jinoyatlar misol bo’la oladi. Jumladan, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona

nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan

aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan

deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda O‘zbekiston

Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo

qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish:

a) juda ko‘p miqdorda;


background image


Yanvar, 2025-Yil

48

b) chegarani buzib o‘tish, ya’ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki

boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq

o‘tkazish yo‘li bilan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;

g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, aybli deb topilib qonunda

belgilangan tartibda jazolanadi.

“Obyekti:

Shaxsiy ko’rikni amalga oshirish tartibi.

Obyektiv tomoni

: Mazkur huquqbuzarlik ham harakat ham harakatsizlik oqibatida sodir

etiladi.

Subyekti:

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga to`lgan aqli raso

jismoniy shaxs.

Subyektiv tomoni:

Bu huquqbuzarlik qasddan yoki qununni bilmaslik oqibatida sodir

etiladi”

Shaxsiy ko’rik paytida jismoniy shaxslar tomonidan qator huquq buzarliklar sodir etiladi

misol uchun: O‘zbekistonning Toshkent xalqaro aeroportida shaxsiy ko‘rik o‘tkazilayotganda, bir

sayohatchi shaxsiy ko’rikdan o‘tkazish uchun bojxona xodimlar tomonidan unga murojaat qiladi.

Sayohatchi, o‘zining bagajida yashirin holda giyohvand moddalarning katta partiyasini olib

kirishga uringan edi. Bojxona xodimlari, tekshiruv jarayonida, sayohatchining yuklarini

o‘rganayotganda, tanasiga maxsus joylashtirilgan kapsulalarda giyohvand moddalarning

mavjudligini aniqladilar.

Sayohatchi, bo‘lgan holatni yashirishga harakat qilib, bojxona xodimlariga noto‘g‘ri

ma'lumotlar bergan va uni olib kelish uchun hech qanday maxsus ruxsatnomaga ega emasligini

iddao qilgan. Biroq, bojxona xodimlari texnik vositalar va ko‘nikmalar yordamida, giyohvand

moddalarning yashirilgan joylarini aniqladilar.

Bu holatda, shaxsiy ko‘rikning samarali amalga oshirilganligi va huquqbuzarlikning

aniqlanishi natijasida, bojxona tizimi davlat xavfsizligi va xalqaro savdoda noqonuniy moddalar

aylanishining oldini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Huquqbuzarlik: Shaxsiy ko‘rik paytida jismoniy shaxs tomonidan giyohvand moddalarni

yashirish, kontrabanda faoliyatining bir turi hisoblanadi. Bu holatda, shaxs bojxona qoidalarini

buzgan va noqonuniy ravishda noqonuniy tovarlarni mamlakatga olib kirishga harakat qilgan.

Oqibatlar: Sayohatchi jinoyat ishi bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

Unga nisbatan huquqiy jazolar qo‘llanildi, giyohvand moddalar olib kirishda ayblandi va uzoq

muddatli qamoq jazosi belgilandi.


background image


Yanvar, 2025-Yil

49

Bojxona tizimi esa, tekshiruv jarayonining samarali olib borilishiga erishdi va giyohvand moddalar

kontrabandasi oldini olishda muhim rol o‘ynadi.

Xulosa.

Bojxona tizimida shaxsiy ko‘riklar jismoniy shaxslar tomonidan sodir etiladigan

huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Hayotdan olingan misollar

shaxsiy ko‘rik davomida qanday turdagi huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkinligini ko‘rsatadi:

giyohvand moddalarni yashirish, korrupsiyani qo‘llab-quvvatlash, jismoniy qarshilik ko‘rsatish va

noto‘g‘ri ma'lumot berish. Ushbu huquqbuzarliklarning oldini olish uchun bojxona tizimining

samarali va qonuniy faoliyati, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish zarur

.

REFERENCES

1.

O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi.

2.

O`zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrdagi O`RQ-502-sonli “Davlat bojxona

xizmati to`g`risida”gi Qonuni

3.

O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi.

4.

Achilov A.T. Bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash nazariyasi va

amaliyoti. // Oʻquv qoʻllanma. – Т.: Bojxona instituti, 2023.

5.

b/x Podpolkovnigi F. Qarshiboyevning “Ma’muriy javobgarlik” o`quv qo`llanmasi

Toshkent 2020.

6.

O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.