91
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARDA RAQAMLI METODLARDAN FOYDALANISH
YO’LLARI
Xaydarov Sulaymon Amirqulovich
UMFT “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi PhD, dotsent.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14610334
Annotatsiya.
Maqolada gumanitar fanlarning rivojlanishida istiqbolli yo'nalishi sifatida
raqamli gumanitar fanlarning uslubiy fanlararo bog'liqlikka asoslangan ilmiy tahlil natijalari
keltirilgan. Digital Humanities ning metodik asosi sifatida informatsiya va informatsion
yondashuv nazariyasi taklif etilgan.
Kalit so‘zlar
: Digital Humanities, raqamli gumanitar fanlar, tatqiqot infratuzilmasi,
gumanitar tatqiqotning zamonaviy texnologiyalari, raqamli gumanitar fanlar markazlari, raqamli
texnologiyalar.
WAYS OF USING DIGITAL METHODS IN SOCIAL AND HUMANITARIAN
SCIENCES
Abstract.
The article presents the results of a scientific analysis of digital humanities as a
promising direction in the development of the humanities, based on methodological
interdisciplinary connections. The theory of information and the information approach is proposed
as the methodological basis of Digital Humanities.
Keywords:
Digital Humanities, digital humanities, research infrastructure, modern
technologies of humanitarian research, digital humanities centers, digital technologies.
СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЧИСЛЕННЫХ МЕТОДОВ В СОЦИАЛЬНЫХ И
ГУМАНИТАРНЫХ НАУКАХ
Аннотация.
В статье представлены результаты научного анализа, основанного на
методологической
междисциплинарности
цифровых
гуманитарных
наук
как
перспективного направления развития гуманитарных наук. Теория информации и
информационный подход предложены в качестве методологической основы цифровых
гуманитарных наук.
Ключевые слова:
цифровые гуманитарные науки, цифровые гуманитарные науки,
исследовательская
инфраструктура,
современные
технологии
гуманитарных
исследований, центры цифровых гуманитарных наук, цифровые технологии.
Digital Humanities, raqamli gumanitar fanlar, tatqiqot infratuzilmasi, gumanitar
tatqiqotning zamonaviy texnologiyalari, raqamli gumanitar fanlar markazlari.
92
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi bilan paydo bo'layotgan raqamli texnologiyalar
gumanitar fanlarga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Dunyoni o'zgartirayotgan raqamli
texnologiyalar gumanitar tatqiqot jarayonlariga ham kirib keldi. Gumanitar fanlar raqamli
texnologiya va manbalar yordamida raqamliga aylanmoqda. Raqamli texnologiyalar nafaqat
tatqiqot jarayonlarida, balki tatqiqot jarayonlarini ko'lamini kengaytirish, ilmiy kommunikatsiya
va transmilliy tatqiqot jamoalarini tashkillashtirish uchun foydalanilmoqda.
Informatsion
oqimlarning
murakkablashishi,
manbalarlarning
yangi
turlarning
shakllanishi, ilmiy metod va texnologiyalarning rivojlanishi gumanitar tataqiqotlarni tubdan
o'zgartirmoqda.
Agar avvallari raqamli texnologiyalar gumanitar tatqiqot vositasi sifatida qaralgan bo'lsa,
bugun raqamli texnologiyalarning rivojlanishi ularning paydo bo'lish tarixini o'rganish, insoniyat
va jamiyat rivojlanishi, gumanitar fanlar doirasida tatqiqot uchun manbalarning sifati va
miqdorining o'zgarishi, tatqiqot faoliyatini tashkillashtirish usullariga bevosita va bilvosita
ta'sirini o'rganishni taqozo qiladi.
Bugun tez rivojlanyotgan fanlararo yo'nalishlardan biri raqamli gumanitar fanlar bo'lib
qolmoqda. U o'zida gumanitar fan va ta'limda informatsion-kommunikatsion va yangi raqamli
texnologiyalarni qo'llash imkoniyatlarni o'rganish maqsadida gumanitar, ijtimoiy va hisob-
kitobga asoslangan fanlar metod va amaliyotlarini o'zida mujassam etgan.
Bugun komp`yuter metodlari gumanitar fanlarga ham kirib borib, gumanitar fan
o'qituvchilarini dasturlash borasida ham bilimga ega bo'lishlarini talab etmoqda. Chunonchi,
matematika va umuman, raqamli texnologiyalar inson, jamiyat va madaniyat to'g'risidagi fanlarni
tubdan o'zgartirmoqda.
1960-yillarda tarixchilar axborotni nafaqat an'anaviy manbalardan – noma, kundaliklardan,
balki soliq hisobotlari, soliq kitoblari va tibbiy statistik yozuvlaridan ham olish mumkinligini
tushundilar. Alohida olingan yozuvlar tatqiqot uchun muhim bo'lmasligi mumkin, ammo katta
miqdorda ular statistik tahlil uchun muhim manba bo'lib xizmat qiladi. 1964 va 1974 yillarda
iqtisodchi Robert Fogel` shov-shuvga sabab bo'lgan ikkita ilmiy ishini e'lon qiladi va bu ishlar
XIX asrning ikkinchi yarim yilligida Amerika iqtisodiyotining o'sishi uchun temir yo'lning
qanchalar zaruriyati va AQSH janubida quldorlik mehnatining ahamiyatini ko'rsatib berdi.
Fogelning tatqiqotlari temir yo'l u qadar samarali emasligi, ular o'rnini bemalol suv
quvurlariga almashtirish mumkinligini, quldorlik esa anchayin samarasizligini ko'rsatdi.
Quldorlikka qarshi kurash ijtimoiy va siyosiy sabablarga ko'ra bo'lgan edi. Olim bu ikki
xulosaga tarixiy statistika asoslangan matematik model yaratish orqali kelgan edi. 1993 yilda
Duglas Nort bilan bu uchun Nobel mukofotini qo'lga kiritadi. Internet, komp`yuter, gadjetlar,
qidiruv tizimlari va ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo'lishi gumanitar fanlarda keskin burilishlar
93
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
yasamagan bo'lsa-da, olimlarga yangi vositalarni berdi: ma'lumotlar to'g'risidagi bilim, matnning
intelektual tahlili, geoinformatika. Shu tariqa raqamli gumanitar fan vujudga keldi. Digital
humanities atamasi 2000-yillarda paydo bo'ldi. Digital humanities o'zbek tiliga raqamli gumanitar
deb tarjima qilinadi. Bu atamaning izohi esa DH — gumanitar fan vazifalarini yechishda
informatsion texnologiyalar va matematik metodlardan foydalanishdir. Raqamli gumanitar fanlar
ikki turdagi vazifalarni yechishga qaratilgan bo'lib, birinchisi, tarixiy-madaniy merosimizni
saqlash va foydalanish, ikkinchisi – ma'lumotlar tahlili vositalarini ishlab chiqish va tahlil qilish.
Gumanitar fanlarga shiddat bilan kirib kelgan, murakkab va tez rivojlanayotgan
komp`yuter sohasidagi yo'nalishlardan biri — big data texnologiyasidir.
«Katta miqdordagi ma'lumotlar tatqiqotchining so'rovisiz ham vudjudga keladi. Chunki
biznes va davlat idoralari informatsion tizim orqali o'z faoliyatlarini tashkillashtirishgan. Bu tizim
avtomatik ravishda ma'lumotlarni o'zida saqlaydi. Odamlar ijtimoiy tarmoqlardan, uyali aloqa
vositalaridan foydalanishadi, xaridlarni amalga oshirib, plastik karta orqali to'lovlarni amalga
oshirishadi. Bularning barchasi informatsion tizimda izsiz ketmaydi. Bu axborotlarning ba'zi
birlaridan mutaxassislar foylanishi, ularga ilmiy tatqiqotlar o'tkazishlariga imkon yaratadi.
Ammo minglab tonna ma'lumotlar ichidan keraklisini topish, bu masalaning muammoli
tomonidir. Mana shu izlab topish data mining deyiladi. Bu vazifani yechish uchun ehtimoliylik
nazariyasi va matematik statistikani tushunish lozim. Bundan tashqari bugun keraklisini topishda
turli qulay vositalar vujudga kelayotgan bo'lib, bu gumanitar sohada tatqiqotlar o'tkazishni
osonlashtirmoqda.
Shu bilan bir qatorda axborotlarning yangi manbalarini tatqiq qilish ular miqdorini
oshiradi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi gumanitar sohadagi tatqiqotlarning yangi
ob'ektlarini – ijtimoiy tarmoq va bloglardagi yangi matnlar, YouTube videosyujetlarni raqamli
formatda olishga imkon beradi.
Arxeologiya sohasidagi bitta misolni olaylik. An'anaviy arxeologik manba bu - arxeologik
qazishmalar chog'i olingan keramika parchasi. Bu keramik parchani o'rganish o'z ichiga tarixiy
rekonstruktsiyani ham oladi. Bu rekonstruktsiyaga endi faqatgina uning suratigina emas, balki 3D-
modellashtirish ham kiradi. Bu nafaqat 3D modellashtirish metodlari, balki tarixiy 3D
rekonstruktsiya texnologiyasi uchun yangi zamonaviy tatqiqot maydonini shakllantiradigan
arxitektura ob'ektlarini tatqiq qilish metodlari, rekonstruktsiya metodlari va boshqalar yordamida
amalga oshiriladi. Bu gumanitar fanlar tizimida amalga oshiriladigan tatqiqotlar sifatini yangi
bosqichga olib chiqadigan fanlararo bog'liqlikning yorqin namunasidir. Aynan raqamli gumanitar
fani gumanitar tatqiqot metodlari va informatsion texnologiyalar integratsiyalauvchiga boshqa fan
metodlarini qo'shish bilan shug'ullanadi.
94
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, raqamli gumanitar fanlarga an`anaviy gumanitar soha
o'rnini egallovchi yoki uni chetga suruvchi sifatida emas, balki uning mantiqiy davomi bo'lib,
raqamli gumanitar fan rivojlanishidagi yangi informatsion va fanlararo metodlarga asoslangan
istiqbolli yo'nalishlarni aniqlashga imkon beradigan soha sifatida qarash to'g'riroq bo'lardi.
REFERENCES
1.
Tazzep M. Digital Humanities atrofidagi muxokama // Tarixiy informatika. Tarixiy tatqiqot
va ta'limda informatsion texnologiyalar va matematik metodlar. 2012. № 1. C. 5–13.
2.
What Is DH? [Elektpon pecypc]. http://www.cdh. ucla.edu/about/what-iz.html
3.
Digital Humanities manifesti [Journal of Digital Humanitiez [Elektpon recypc].
http://journalofdigitalhumanitiez.org/about/
4.
Bozodun A. S. Raqamlashtirish davrida gumanitar fanlar (Michigan unversiteti loyihasi
nashr tahlili) // Tarixiy informatika. Tarixiy tatqiqot va ta'limda informatsion texnologiyalar
va matematik metodlar. 2014.№ 6 (4). C. 99–102.
5.
Shypep P. History and Computing or Digital Humanities? Which way to the future? ( Tarix
va komp`yuter yoki raqamli gumanitar fanlar. Kelajakka yo'l.) // «Tarix va komp`yuter»
assosotsiyasi axborot byulleteni № 42. Oktya6p` 2014 g. M., 2014. C. 4–8.
