24
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
SALOMATLIGI CHEKLANGAN BOLALALARDA RUHIY EMOTSIONAL
SOHADAGI O’ZGARISHLAR
Muharram To’lqin qizi Davronova
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya yo’nalishi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14792857
Annotatsiya
.
Mazkur maqolada salomatligi cheklangan bolalardagi ruhiy emotsional
o’zgarishlar va bu ularning ota -onalari va yaqinlari bilan bo’ladigan munosabatlarda bir qancha
salbiy o’zgarishlarga olib kelishi, bunday bolalarda ruhiy emotsional sohadagi buzilishlar
ularning kognitiv sohasiga ham ta’sir qilishi, bolaning kasalikka bo’lgan munosabati va jamiyatga
qo’shilib ketishida
bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga kelishi yoritilgan.
Kalit so’zlar:
salomatligi cheklangan,
muloqot, ota-ona, ruhiy – emotsional gipoxondriak,
depressive-astenik, eyforik-anosognozik, fobik, endokrin, ijtimoiylashuv, endokrin.
CHANGES IN THE PSYCHO-EMOTIONAL SPHERE IN CHILDREN WITH
DISABILITIES
Abstract.
This article discusses the psycho-emotional changes in children with disabilities
and how this leads to a number of negative changes in their relationships with their parents and
loved ones, how disorders in the psycho-emotional sphere in such children also affect their
cognitive sphere, and how the child's attitude to illness and the emergence of a number of
difficulties in integrating into society are discussed.
Keywords:
disabilities, communication, parents, psycho-emotional hypochondriac,
depressive-asthenic, euphoric-anosognosic, phobic, endocrine, socialization, endocrine.
ПСИХОЭМОЦИОНАЛЬНЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ У ДЕТЕЙ С ОГРАНИЧЕННЫМИ
ВОЗМОЖНОСТЯМИ
Аннотация.
В статье рассматриваются психоэмоциональные изменения у детей с
ограниченными возможностями здоровья и то, что это приводит к ряду негативных
изменений в их взаимоотношениях с родителями и близкими, то, что нарушения в
психоэмоциональной сфере у таких детей также влияют на их когнитивную сферу, и
освещаются вопросы лечения заболевания и трудности, которые оно представляет для
интеграции в общество ребенка.
Ключевые слова:
ограниченное здоровье, общение, родитель, психоэмоциональный
ипохондрик, депрессивно-астенический, эйфорически-анозогнозический, фобический,
эндокринный, социализация, эндокринный.
Bugungi rivojlanib borayotgan jamiyatda yosh avlodga bo’lgan e’tibor ortib bormoqda.
25
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Ularning ham jismonan ham ma’nan shakllanib borishi uchun yurtimizda ko’plab
imkoniyatlar yaratilgan. Ammo ba’zi jihatlar nazardan chetda qolayotganini takidlab o’tish joiz.
Quyida bu haqida batafsil to’xtalib o’tiladi. Butun dunyoda, yaqin 15 20 yillik ichida
salomatligi cheklangan bolalarning tug’ilish soni ortib bormoqda. BMT ning ma’lumotlariga ko’ra
qariyb 450 mln insonda ruhiy va jismoniy rivojlanishda buzilishlar mavjudligi aniqlangan. Bu esa
yer yuzidagi aholining 1/10 qismini tashkil qilmoqda. Salomatligi cheklangan bolalarga zaif
eshituvchi, kar, nutqida nuqsoni bor bolalar va tez-tez shamollab immun tizimida buzilishi,
tayanch – harakat a’zolarida muammosi bo’lgan, psixik rivojlanishda nuqsoni bor bolalar bilan bir
qatorda, ko’zi ojizlar, aqli zaiflar ham kiradi. Salomatligi cheklangan –bu o’z ehtiyojlarini qisman
yoki to’liq o’zi mustaqil ta’minlay olmaydigan shaxslar kiradi. Kasallik paydo bo’lishining ikki
sababi bor:
1)
Bu ona qornidaligi paytida ya’ni bolaning embironal holatida yuzaga keladi.
2)
Ikkinchisi esa bu hayot davomida ortirillgan bo’lishi.
Bunday kasalliklar bilan kasallangan bolalarda hissiy -emotsional sohasida bir qancha
o’zgarishlar ro’y beradi. Ularda tengdoshlari va yaqinlari bilan muloqotning yetishmasligi yuzaga
keladi. Inson insonlar bilan muloqot qilar ekan unda kognitiv sohada o’zgarishlar ya’ni ijobiy
tarafga bo’lgan o’zgarishlar ortib boradi. Muloqotning kamligi esa insonda o’zini yolg’iz his
qilishga, ma’lumotning kamligiga hamda tashqi muhit bilan aloqaning passivligiga olib keladi.
Salomatligi cheklangan bolalar bilan ota-onalar munosabati ham ancha murakkablashib
boradi. Chunki bunday bolalarning ko’pi tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqadan uziladi.
Uzilganligi sababli ham bolada agressivlik, jahldorlik, tez asabiylashish holati kuzatiladi.
Yana bir sabablaridan biri tanadagi og’riq umumiy holsizlik, tayanch harakat tizimidagi
o’zgarishlar, immun tizimidagi muammolar. Bolaning kasalikka bo’lgan munosabati eng birinchi
omil hisoblanadi. Kasallikka bo’lgan munosabatning quyidagi tiplari mavjud:
1.
Tashvishli-fobik,
2.
Gipoxondriak-isteriya,
3.
Depressiv-astenik,
4.
Eyforik-anosognozik
Tashvishli- fobik– bu tipda bola o’z kasalligidan kuchli tashvishlanishi, qattiq qo’riqish
holati kuzatiladi. Bunday bolalar asosan jiddiy kasallikka uchragan ya’ni kasallikning uchinchi va
to’rtinchi bosqichlarida bo’lgan bolalarda kuzatiladi. Ular o’z kasalligiga o’xshagan bolalarning
vafot etganligini eshitib yoki ko’rib men ham bir kun shu ahvolga tushaman degan qo’rquv ularni
doim tashvishga soladi.
Gipoxondriak – bu haddan tashqari ko’p tashvishlanadigan ko’pincha jiddiy kasal
bo’lmasa ham buni bo’rttirib yuboradigan bolalarga nisbatan qo’llaniladi.
26
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Bunday bolalarga ularga tez- tez tibbiy yordam ko’rsatishlarini xohlashadi va yaqin
atrofdagi insonlarni e’tiborini ko’proq kutishadi.
Depressiv-astenik– bu holatda bolalarda qattiq stress holati, asabiylashish, ruhiy charchash
holatlari kuzatiladi. Asteniyada nerv tizimi tez holdan toyadi. Chunki kuchli stress oqibatida
miyada bosim oshadi, bosim oshishi esa nerv tolalarini shikastlaydi. Bu vaziyatda bolalarda o’tkir
hidlar, kuchli yorug’lik kuchli tovushlarni ko’tara olmaslik holatlari kuzatiladi.
Eyforik-anosognozik- Bu kasallik tan ololmaslik. Ya’ni kasalikka salbiy ta’sir
ko’rsatadigan rejim.Bunday holatlarda bemor bolalar o’zlariga mumkin bo’lmagan ishlarni ham
qilishadi ,bu esa ularni sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Salomatligi cheklangan bolalarning ota-onalarida kasallikka bo’lgan davolash usullarini
izlash va bolaning kasalligi haqida obektiv qo’shimcha ma’lumot bo’lishi kerak. Ammo hozirgi
kun ota- onalarida davolash usullarini izlash bor ammo kasalikka nisbatan qo’shimcha ma’lumot
yetarli emas. Shu sababli hozirgi kunda respublikamizda ota-onalarni tibbiy bilimini oshirishga
qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Buni hayotimizning turli jabhalarida ko’rishimiz
mumkin.
Salomatligi cheklangan bolalarning asosiy muammolari quyidagilar:
-
Tashqi olam bilan bo’lgan aloqaning buzilganligi
-
Elementar ta’limni ololmaslik yoki olsa ham o’zlashtirish koeffitsentining pastligi
-
Yaqinlari va tengdoshlari bilan aloqaning kamligi
-
Bir qancha madaniy qadriyatlarga erishib bo’lmaslik muammosi
-
Kasallikning oxirgi yoki so’nggi bosqichlarida jismoniy og’riqlar va bu og’riqlarning
tanaga va bola miyasiga kuchli ta’siri
Kichik maktab yoshidagi bolarning salomatligi cheklangan bo’lishi boshqa yosh
chegaralariga nisbatan bir muncha og’ir kechadi. Chunki bu paytda bola endi maktabga borishi
yoki ta’limning ilk bosqichlari bilan tanishishi kerak. Ammo ko’p bolalarda ayni shu paytda u
kasallik bilan kurash ketayotgan yoki kuchli stress holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday
vaziyatlarda ota – onalar bolalarning shu holatga tushmasligini oldini olishi ya’ni psixoproflaktika
ishlarini amalga oshirishi lozim. Chunki ota- onalar farzandlarining kasalligi tufayli ularning
o’zlarida ham ruhiy- emotsional sohasida turli xil o’zgarishlar ro’y beradi.
Kasallikni davolashda tibbiy jihati bilan bir qatorda psixologik jihati ham alohida o’rin
tutadi. Chunki uni jismoniy davolash bilan bir qatorda u avvalo ya’ni kasallik bilan kasallangan
bola ruhan tayyor bo’lishi lozim. Ruhan tayyor bo’lgan bolada esa kasallik bilan kurashish va uni
yengish ancha oson kechadi. Bolani ruhiy-emotsional sohasidagi turli salbiy o’zgarishlar uni
sog’lomlashishga ya’ni oyoqqa turib ketishiga to’siq bo’ladi.
27
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
To’siq bo’lmasligi uchun bolada psixologik immunitetni shakllantirishimiz kerak.Buning
uchun esa o’z -o’zidan quyidagi jihatlarni hisobga olish kerak.
1) Ota- ona va farzand o’rtasidagi muloqot kasal bolaga bo’lgan munosabatdek emas
aksincha sog’lom bolaga bo’ladigan munosabatdek bo’lishi lozim.
2) Bolani ijtimoiylashishi uchun uni yaqinlari, do’stlari bilan bo’ladigan munosabatini
yanada yahshilash va yolg’iz qolmasligi ta’minlash darkor.
3) Bolani imkoniyat darajasi va qiziqishidan kelib chiqqan holatda yoqtirgan mashg’uloti
bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratish.
4) Kasallikni yengib o’tishi uchun bolada ishonchni shakllantirish va shu orqali unda
dunyoga bo’lgan muhabbatni oshirish lozim.
Hozirgi kunda juda ko’p ota – onalar bolalarini kasalligi tufayli ularni faqat shifokorga
olib borish bilan cheklanib qolmoqda. Shifokorga ko’rsatish bilan bir qatorda ularni psixolog
huzuriga ham olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bolada kasallik tufayli emotsional
sohada bir muncha o’zgarishlar yuzaga keladi. Misol uchun tanadagi qattiq og’riq tufayli, mushak
tonus sohasida qisqarishlar yuz beradi va bu bolaga qattiq ta’sir ko’rsatib, asabiylashish holatiga
olib keladi. Psixolog huzuriga olib borishdan avval bolalarning ota- onalarida eng birinchi
navbatda ota-ona ongida psixolog kim? farzandiga qanday yordam bera oladi? u nimalarga qodir
? degan savolarga javob berish kerak. Buning uchun davra suhbatlari ya’ni ota- onalar bilan
bo’ladigan muloqotda hammasiga to’g’ri batafsil tushunchalar berib o’tish lozim. Salomatligi
cheklangan bolaning ijtimoiy moslashuvi ota-onaning muomilasiga va tarbiyasiga bog’liq.
1
Lekin
shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, hamma farzandlarning onalari va otalari ham bunday suhbatlarda
ishtirok eta olmasligi mumkin. Buni oldini olish uchun targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilishi
kerak. Zero har bir ota-ona farzandining taqdiriga befarq bo’lmagan holatda psixologik xizmatning
ham ta’sirini anglab yetadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Dunyo miqyosida salomatligi cheklangan bolalarning hissiy- emotsional sohasidagi
o’zgarishlarni tadqiq qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki ularni sog’lom
ijtimoiy muhitga qaytarish insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biridir. Shu sababli bu
muammo bo’yicha bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Xususan H.Freyberger,
E.Gellert, D.Hall salomatligi cheklangan bolalardagi kasalliklarni qanday kelib chiqishi, qanday
kechishi, reabilitatsiya va davolash usullarining ta’siri ostida vujudga keladigan psixologik
buzilishlarga oid bir qancha ilmiy g’oyalarni ilgari surgan. L.Rees V.Weizsacker, E.Heim,
1
R.Sh.Shomaxmudova.L.SH.Nurmuhammedova “Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ota-
onalar o’rtasidagi munosabatlar” Toshkent – 2011
28
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
M.Fuchs juda ko’plab tadqiqotlarga qaramay salomatligi cheklangan bolalarning kasallik
shakllanishida juda ko’p masalalar hal etilmay qolayotganligini aytib o’tadilar. Misol tariqasida
aytadigan bo’lsak shunday kasalliklar borki, ularning qanday yuzaga kelishi hali hanuzgacha
aniqlanmagan va yana bunga qo’shimcha tarzda shuni aytib o’tish lozimki ba’zi bir kasalliklarning
esa davosi topilmagan shu kunga qadar. Salomatligi cheklangan bolalarda turli xil kasalliklar
bo’lishi mumkin unda salomatligida qaysidir tana a’zosida jismoniy jihatdan cheklanganlik
mavjud. Bu cheklanganlik esa unga qaysidir ma’noda to’siq bo’ladi harakatdami u ko’rish yo
eshitish organlaridami bu esa unga kognitiv sohada rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. Kognitiv
sohaning rivojlanish darajasining pastligi esa bolada uni boshqa bolalardan ortda qolishiga sabab
bo’ladi. Kundalik hayotimizda bunday bolalarni ko’rishimiz mumkin. misol uchun uchinchi yoki
to’rtinchi sinfdagi bolaga oddiy arifmetik misollarni ishlash topshirig’i berilsa u bu misollarni
ishlolmay tushunmasligini aytib o’tadi. Chunki kasallik bilan kurashish uni yengib o’tish
jarayonlari ancha qiyin kechadi. Shu sababli bolaning oila a’zolari u bilan alohida shug’ullanishi
talab etiladi.
Barchamizga ma’lumki rus olimlari psixologiyaning barcha sohalarining rivojiga o’z
hissalarini qo’shishgan. Buni salomatligi cheklangan bolalarning ruhiy emotsional sohasini tadqiq
etish misolida ham ko’rishimiz mumkin. Chunki aynan rus olimlarining izlanishlari tufayli bu
sohadagi ko’plab muammolarga yechimlar topilmoqda. Barcha sohalar qatori tibbiyot va
psixologiya har qadamda o’zgarish va yangiliklar qilishni talab etadi. Shu sababli bu yo’nalishda
ham bir qancha izlanishlar olib borildi. Xususan yosh olimalardan biri bo’lgan Kseniya Borisovna
Vovnenkoning “Kichik maktab yoshidagi nogiron bolalarning hissiy va ruhiy sohasining
xususiyatlari: 1-toifa diabet misolida”
2
nomli nomzodlik dissertatsiyasida aynan shu mavzu
atroflicha tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqotda salomatligi cheklangan bolalarni ruhiy emotsional
sohasida qanday o’zgarishlar kechishi, salbiy psixologik xususiyatlarni bartaraf qilish bunday
kasallik bilan kasallangan bolalarning oila a’zolari bilan ishlash texnikasi va bu uchun o’tkazilgan
tadqiqot natijalari asosida kerakli tavsiyalarni ishlab chiqish haqida yoritiladi. Shu bilan bir
qatorda aynan shu mavzuga oid izlanishlar olib borgan D.N.Isayev, A.V.Kvasenko, Yu.G.
Zubarev, K.D.Efremov, T.G.Bogdanova, N.V. Mazurova T.N. Volkovskaya I.Yu. Levchenko,
V.Y. Gindikin, V.V.Kovalyov, E.T. Sokolova B.A.Trifonov kabi olimlarni keltirishimiz mumkin.
Ularning bu tadqiqotlari orqali shunday xulosaga kelish mumkinki, bola qanchalik yosh bo’lsa
kasallikka bo’lgan munosabati ham tubdan farq qiladi.Ya’ni insonni yosh xususiyati uni kasallikka
2
Вовненко, Ксения Борисовна.
Особенности эмоционально-личностной сферы детей младшего школьного
возраста с ограниченными возможностями здоровья: на примере сахарного диабета 1 типа. Автореф. дисс.
к.пс.н.
Нижний новгород. 2010
29
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
bo’lgan munosabatini o’zgarishga olib keladi. Misol tariqasida shuni aytish joizki yosh bolalar
kichkina yoshdagilarning ko’pi kasallikning asl mohiyatiga yetib bormagan bo’ladi.
T.G.Bogdanova, N.V. Mazurovaning ta’kidlashicha: “Rivojlanishida kasallik va nuqsoni bo’lgan
har qanday bolaning ota-onasi bilan o’zaro munosabatlarida buzilishlar yuzaga keladi”. Ushbu
fikrning isbotini ijtimoiy hayotda ko’plab uchratishimiz mumkin. Farzandining kasalligi tufayli
ruhiy emotsional sohasida yuzaga kelayotgan salbiy o’zgarishlar natijasida ichki holatini
tushunmay shifokorga murojaat qilgan ota-onalarni ko’plab uchratishimiz mumkin.Shuning
uchun ham ota- onalarga tibbiy bilim bilan bir qatorda psixologik bilimni ham berish darkor.
Chunki sog’lom hayotimizning o’zida farzandlarimizga bo’lgan munosabat va e’tibor bir
muncha kamligi seziladi. Kasallik bilan og’rigan bolalarga ko’proq muloqot .e’tibor yetraloicha
mehr kerak bo’ladi. D.N.Isayevaning fikriga ko’ra: “Tana tuzilishi, organlari ularning funksiyalari
va kasalliklar haqida ma’lumotga ega bo’lgan bolalar kasallikka adekvat munosabatda bo’ladi” .
Bu fikrlar shuni anglatadiki, kasallik haqida tushunchaga ega bo’lgan bolalar, tasavvurga
ega bo’lmagan bolalarga qaraganda psixologik immuniteti kuchli bo’ladi. Bunga ikki yoqlama
qarash joiz. Birinchidan kasallik haqida tushunchaga ega bo’lgan bola yo’lni qayerda tugashini
aniq biladigan odamga o’xshaydi. Kasallik nima, nimadan kelib chiqadi, qancha davrni o’z ichiga
oladi va tuzalish uchun nima qilish kerakligi haqida bola ongida savollar bo’ladi va bu savollarga
nisbatan topilgan har bir javob kasallikni yengishga qo’yilgan bitta qadam bo’lib xizmat qiladi.
Bu fikrlarga L.S.Vigotskiyning “Bolaning kasallikka munosabatini belgilovchi omillar bir
vaqtning o’zida yangi rivojlanishning ijtimoiy holatini belgilaydi” degan so’zlari ham isbot bo’la
oladi. Darhaqiqat, kasallik uchun salomatligi cheklangan bolaning munosabati birinchi o’rinda
turadi. Agar pozitiv yo’ldan borilsa kasallikni yengillatishga sabab bo’ladi, negativ yo’l esa o’z
o’zidan kasallikni ustun kelish va shu orqali salomatligi cheklangan bolaga ham jismonan ham
ruhan qiynalishiga olib keladi. Salomatligi cheklangan bolalardagi emotsional o’zgarishlar haqida
umumiy tushunchalar bilan bir qatorda har bir kasallik yoki nuqsondagi hissiy va ruhiy
o’zgarishlarini tahlil qilish ahamiyatli hisoblanadi. Shu o’rinda ayrim kasalliklarda ro’y beradigan
ruhiy emotsional o’zgarishlar haqida to’xtalib o’tamiz:
1.
Endokrin kasalligi bilan og’rigan bolalarda aqliy faoliyatning pasayishi ya’ni kognitiv
sohaning buzilishi xotira susayishi, tayanch-harakat a’zolarining normal ishlamasligi va kayfiyatni
o’zgarib turishi kuzatiladi.
2.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi bor bolalarda depressiya qattiq stress holati kuchli bosh
og’rig’i tana og’rig’i va uning natijasida suisit holati yuz berishi mumkin. Buyrak
yetishmovchiligi bilan kasallangan bolalarning hissiy sohasida ham salbiy o’zgarishlar ro’y beradi.
30
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
3.
Surunkali bronxit bilan og’rigan bolalarda o’tkir nafas yetishmovchiligi kuzatiladi bu ko’p
balg’am ajratish hisobidan yuzaga keladi va o’ziga past baho berish, ishonchsizlik hayotga bo’lgan
muhabbatning pastligi, umidsizlikka moyillik uchrab turadi.
4.
Oshqozon -ichak kasalligi bor bolalarda ovqat hazm qilish tizimida muammolar ko’plab
uchrab turadi va shu sababdan bolalar ko’p ovqat yeyolmay qoladi. Ularda noziklik, yani ozg’inlik
jizzakilik, jahldorlik agressiya sezilib turadi.
5.
Gemofiliya bu- qon plazmasida qonning ivimasligi bu kasallik bola ulg’aygan sari ijobiy
tomonga o’zgarib boradi.kasallik bilan kurashadigan bolalarda hissiy beqarorlik kuzatiladi. Hissiy
beqarorlikda bola o’zi nima hoxlayotganini bilmaydi va hislarini boshqara olmaydigan bo’lib
qoladi.
6.
Yurak kasalliklari bor bolalarda ishonchsizlik, charchoq, kayfiyatni tez o’zgarishi,
tushkunlik kabi holatlar kuzatiladi. Bu kasallikning kelib chiqish sabalaridan asosiysi bu genetik
kasallik omil hisoblanadi Kasallikda ishtahaning pastligi,ozg’inlik nafas yo’llaridagi
infeksiyalarga sezuvchanlik, tez-tez nafas olish nafas olish vaqtida qovurg’alarning siqilish va
og’riq kuzatiladi
7.
Immun tizimining sustligi – ya’ni bunda bolalar tez-tez shamollab kasallikka qarshi
kurashish bir qancha to’siqlarga olib keladi. Bunday bolalarda uyqusizlik, nimjonlik,ozg’inlik
kuzatiladi.
8.
Tayanch – harakat tizimida kasalligi bor bolalar- bunda asosan ularning yurishi ,
harakatlanishi, va qo’l motorikalarini ishlatishi ancha qiyin kechadi.Bu bolalarda tana a’zolarida
ya’ni qon- tomirlarda qon aylanish tizimi qiyinlashadi.
Barcha surunkali kasalliklarda uchraydigan holatlarga agressivlik, tashvish qo’rquv,
norozilik, hissiy beqarorlik kabi psixologik emotsional o’zgarishlarni kiritishimiz mumkin.
Bundan tashqari ularda nevrotik holatlar va qo’rquv ko’p uchraydi. Qo’rquvlarning asl sabablari
esa bolalarning hozirigi va kelajakdagi salomatligi bilan bog’liq bo’ladi. Bolada tuzalib
ketarmikanman yoki butkul bu kasallikdan sog’ayib ketarmikanman degan o’y hayollar har doim
bo’ladi. Kelajakda salomatligim bugungi holatimga qaraganda yanada og’irroq bo’lsachi degan
o’y – hayollar esa ularni har doim tashvishga soladi.Bunday vaziyatlarda ularning yaqinlari ularga
ishonch ,motivatsiya berishlari lozim. Chunki bu holatda bolalar bunga ehtiyoj sezishadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlarga ko’ra salomatligi cheklangan bolalarda kuchli
qo’zg’alish hissiy -emotsional o’zgarishlar kasallikning bu sohaga ta’siri aytib o’tildi. Kasallik
nafaqat jismoniy sohaga balki ruhiy va kognitiv sohaga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
Bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki kasallikka chalingan bolalarga nafaqat shifokorlar
yordami, balki psixologlar yordami ham juda zarur.
31
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Shu sababli ham kasallikni oldini olish uchun psixoproflaktika ishlari olib borilishi va ota
– onalarning tibbiy va psixologik bilimlarini oshirish darkor.
REFERENCES
1.
R.Sh.Shomaxmudova.L.SH.Nurmuhammedova “ Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ota-
onalar o’rtasidagi munosabatlar” Toshkent – 2011 34-s
2.
D.R. To’laganova, R.SH.Shomaxmudova , L.SH.Nurmuhammedova “ Imkoniyati cheklangan
bolalarni oilada tarbiyalash” Toshkent -2013 62-s
3.
J.K.Fozilova, Z.U. Fayziyeva, R.Sh.Shomaxmudova, I.S.Nasirova, Sh. S.Akromova ,
Z.U.Shomurotova “ O’z farzandingga madad bo’l” Toshkent-2010 “Yurist media markazi”
nashr
4.
R. Shomaxmudova “ Oilada nuqsonli bolani tarbiyalash” Toshkent -1999 yil “ Sog’lom avlod
gazetasi ilmiy amaliy maqola”
5.
R.Shomaxmudova “ Savol bering javob beramiz” Bola va zamon nashr Toshkent – 2006
6.
Вовненко, Ксения Борисовна.
Особенности эмоционально-личностной сферы детей
младшего школьного возраста с ограниченными возможностями здоровья: на примере
сахарного диабета 1 типа. Автореф. дисс. к.пс.н.
Нижний новгород. 2010
