Authors

  • Marjona Toshpulatova
  • Kamila Sabdenova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65540

Abstract

Maqolada o‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish haqida so‘z boradi. O‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish, ularning o‘qish jarayonida muvaffaqiyatli bo‘lishi va samarali muloqot qilishlari uchun juda muhim ahamiyat kasb etishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

background image


Fevral, 2025-Yil

157

O‘QUVCHILARDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH

Marjona Toshpulatova

Ilmiy rahbar

Sabdenova Kamila Janibekovna

Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14868428

Annotatsiya. Maqolada o‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish

haqida so‘z boradi. O‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish, ularning o‘qish

jarayonida muvaffaqiyatli bo‘lishi va samarali muloqot qilishlari uchun juda muhim ahamiyat

kasb etishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

Tayanch so‘zlar: multimediya resurslari, interaktivlik, diqqat, sezgi, xotira, qobiliyat.

Abstract. The article talks about the development of students' listening comprehension

skills. Opinions were expressed on the importance of developing listening comprehension skills in

students, for their success in the learning process and effective communication.

Key words: multimedia resources, interactivity, attention, intuition, memory, ability.

Tinglab tushunish ko‘nikmasi — bu tinglagan ma’lumotni nafaqat eshitish, balki uni to‘g‘ri

anglash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatidir. Bu ko‘nikma muloqotda, ta’limda, ishda va

kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega. Tinglab tushunish faqat eshitish bilan cheklanmaydi,

balki tinglangan nutqni chuqurroq tushunishga, uning ma’nosini anglashga, va natijada to‘g‘ri

javob berishga yordam beradi. Har qanday tilni o‘rganishda muhim bo‘lgan to‘rtta ko‘nikma

orasida tinglab tushunish asosiy o‘rin tutadi

1

. Tinglasb tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda

diqqat, xotira va sezgi juda muhim rol o‘ynaydi. Bu uchala omil bir-biriga bog‘liq bo‘lib,

insonning nutqni yaxshiroq tushunishi va unga tez va to‘g‘ri javob berishini ta’minlaydi. Agar

diqqatimiz jamlanasa, biz eshitayotgan ma’lumotlarni yaxshiroq tushunib, xotiramizda saqlaymiz.

Diqqatning yuqori darajasi, nutqni tahlil qilish va keyinchalik eslab qolish uchun zarur bo‘lgan

barcha ma’lumotlarni samarali ravishda qabul qilish imkonini yaratadi. Xotira o‘zida saqlangan

ma’lumotlar orqali biz tinglangan nutqni qayta ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz. Xotira, xususan qisqa

muddatli xotira, tinglangan ma’lumotlarni vaqtincha saqlashda yordam beradi, bu esa muloqot

1

Inamova G. Tinglab tushunish ko‘nikmasini audiovisual vositalar yordamida rivojlantirishda zamonaviy vositalar.

// Maqola. – T. 2022.

www.oriens.uz


background image


Fevral, 2025-Yil

158

davomida ma’lumotlarni to‘liq tushunishga yordam beradi. Uzun muddatli xotira esa bizning

umumiy bilim bazamizni kengaytiradi va murakkab muloqotlarni tushunishda yordam beradi.

Sezgi ham tinglash tushunish ko‘nikmasining ajralmas qismi bo‘lib, ovoz, tonlama, intonatsiya va

boshqa ovozli belgilarni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Sezgilar orqali biz nafaqat so‘zlarning

ma’nosini, balki ularni aytish uslubini, his-tuyg‘ularni va muhitni ham his qilamiz. Tushunish,

idrok etish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, fikrni aniq va to‘liq ifodalay olish, o‘qitishning interfaol

usullari, o‘zidan va o‘zgalardan foydalanish, “men” tez rivojlanadi va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash orqali o‘quvchilar o‘rtasida raqobat muhiti yaratilib,

o‘quvchilarning ilg‘orligi ta’minlanadi va buning natijasida o‘quvchilar birgalikda bilim olishga

kirishadilar

2

Bu, ayniqsa, muloqotda turli kontekstlarni to‘g‘ri talqin qilishda foydalidir.

Boshlang‘ich sinflarda tinglab tushunish o‘quvchilarning ta’lim jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

Bu jarayon orqali bolalar:

1.

Diqqatni jamalash: O‘quvchilar diqqatlarini o‘qituvchining so‘zlariga qartishadi,

bu esa ularning o‘rganish samaradorligini oshiradi.

2.

Ma’lumot qabul qilish: O‘qituvchining tushuntirishini tinglab, bolalar bilimlarni

oson o‘zlashtirishadi.

3.

Savol berish va fikr almashish: Tinglab tushunish orqali bolalar o‘z fikrlarini ifoda

etish va savollar berish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

4.

Tanqidiy fikrlash: O‘quvchilarda tinglagan ma’lumotlarini tahlil qilish orqali

tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Tinglab tushunishni rivojlantirish uchun o‘qituvchilarga

interaktiv usullar, multimediya resurslari va audio visual vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Bu

o‘quvchilarning qiziqishini oshirib, ta’lim jarayonini yanada samarali qiladi. Tinglab tushunish

haqida dunyo olimlari quyidagicha fikr -mulohazalar bildirishgan.

1.Jean Piaget: Piaget bolalarning kognitiv rivojlanishi haqida yozgan. Uning “The Origins

of intelligence in Children” asarida bolalarning ma’lumotni qanday qabul qilishlari va

tushunishlari haqida fikr yuritadi va ular qanday qilib dunyoni tushunish o‘rganayotganini yoritadi.

Piaget, asosan, bolalar o‘z tarjibalari va atrof – muhit bilan o‘zaro aloqalari orqali bilim va

tushunchalarini shakllantirishadi deb takidlaydi. Shu bilan birga, Piaget bolalarninh nutq va

tushunish qobilyatlari yoshga qarab taraqqiy etishini va bu jarayon o‘zaro tarjiba va o‘zgarishlarga

asoslanganligini ko‘rsatadi.

2

Uraimshikova M. Tinglab tushunishdagi qiyinchiliklar va ularning yechimlari. – Toshkent, 2022. 7-bet.


background image


Fevral, 2025-Yil

159

2.Lev Vygotskiy: Vygotskiy o‘zining “ Mind in society” asarida ijtimoiy interaksiyaning

o‘rganishga ta’sirini tahlil qiladi. U tinglab tushunish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi

o‘rtasidagi muloqotning ahamaiyatini takidlaydi. U bolalarning nutqni, xususan, tinglab

tushunishni o‘zaro muloqot jarayonida rivojlanishini aytib o‘tadi. Uning nazariyasiga ko‘ra

nazariyasiga ko‘ra, til – bu nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki o‘ylash va tushunishning asosi

hamdir. Bolalar atrofdagilar bilan muloqot qilish orqali nutqni va tushunishni rivojlantiradilar, va

bu jarayon faqat individual o‘rgatish emas, balki ijtimoiy muhitdan ham bog’liqdir.

3.David Wood: “Children’s Learning” asarida bolalarning tinglab tushunish

ko‘nikmalarini qanday rivojlantirish mumkinligi haqida fikr bildiradi. “Children’s learning” asari

bolalar psixologiyasi, ta’lim va rivojlantiruvchi yangi yondashuvlarni o‘rgatish va tushunishga

qaratilgan. Asar bolalar o‘quv jarayonida qanday o‘zgarishlar yuz berishini va bu jarayonda

kattalarning roli qanday bo‘lishi kerakligini o‘rganadi. David Wood o‘quvchilarga o‘rgatish

jarayonda mustahkamlovchi va qo‘llab - quvvatlovchi metodlarni qo‘llashni tavsiya qiladi.

Azamat Ahrorov: “O‘qitishda innovatsion texnologiyalar” kitobida tinglab tushunish

ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zamonaviy usullar va metodlarni taklif etadi. Uning ushbu

asarida tinglab tushunish jarayonini innovatsion texnologiyalar yordamida samarali tarzda

rivojlantirish mumkinligi takidlangan. Ayniqsa, interaktiv texnologiyalar va multimedia

vositalarini o‘quvchilarga tinglab tushunishni o‘rgatishda qo‘llashda ahamiyatini ko‘rsatadi.

Gulnora Mamatqulova: “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” asarida tinglab tushunishning ta’lim

jaroyinidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qilgan. U o‘quvchilarga tinglab tushunish qobilyatini

rivojlantirishda til o‘rgatish, muloqot va boshqa metodlar qo‘llash zarurligini ko‘rsatgan. Bu

asarlar va olimlarning fikrlari o‘zbek ta’lim tizimida tinglab tushunish jarayonini chuqurroq

o‘rganishga yordam beradi.

Tinglab tushunish – bu o‘quvchilarning o‘qituvchini yoki boshqa shaxslarning fikrlarini

anglash, qabul qilish va ularga javob berish qobilyatidir. Bu jarayon bolalar uchun muhim

ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Oʻquvchilarga yaxshi tinglashni oʻrgatishning

oʻziga xos usullari, shaxslararo faoliyat oʻquvchilarda kuchli tinglashni rivojlantirishning eng

samarali usullaridan biridir

3

Tinglab tushunish ko‘nikmasi bolalarning o‘qish, yozish va muloqot

qilish qobilyatlarini mustahkamlab, kelajakda mustaqil o‘sish va o‘rganishga tayyorlaydi.

Boshlang‘ich sinflarda tinglab tushunish mavzusi, o‘quvchilarga nutqni tinglab, uning mazmunini

3

Xudoyorova F. Til o‘qitishda ta’lim texnologiyalarining roli. – Toshkent, 2022. 7-bet.


background image


Fevral, 2025-Yil

160

tushunish va anglash qobilyatini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat o‘quvchilarga nafaqat

lingvistik qobilyatlarni, balki diqqatni jamlash, eslab qolish va fikrlash ko‘nikmalarini ham

rivojlantiradi. Tinglab tushunish jarayoni o‘quvchilarni tinglashda faol ishtirok etishga, muloqotda

tushunish va muloqot qobilyatlarini oshirishga undaydi. Tilni oʻrganish jarayonida tinglash

qobiliyati eng muhim elementlardan biri sifatida ajralib turadi. Oʻrganishning tabiiy tartibida

tinglashning yetakchi oʻrin egallashi va faqatgina soʻzlashni emas, balki tushunishni ham

rivojlantirish zarurligi ko‘rsatilgan. Tinglash, tilni mukammal oʻzlashtirish uchun zaruriy

bilimlarni shakllantirishda asosiy rol oʻynaydi, ayniqsa tinglash va oʻqish qobiliyatlarini

yaxshilashda. Zamonaviy usullar, masalan, interaktiv mashqlar, multimedia resurslar va

shaxslararo faoliyatlar orqali tinglashni oʻrgatish samarali natijalarga olib keladi. Oʻquvchilarni

kichik guruhlarga boʻlish va ular bilan rol ijro etish, intervyular, hikoya qilish kabi faoliyatlarni

tashkil etish tinglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, guruh faoliyati va savollar orqali

oʻquvchilar o‘rtasidagi muloqotning intensivligi ortadi va ularning tinglashdagi tushunish

qobiliyatlari yaxshilanadi. Til oʻrganish jarayonida tinglashni muntazam ravishda va samarali

usullar bilan rivojlantirish, o‘quvchilarga tilni yaxshiroq va tezroq oʻzlashtirish imkonini beradi.

Yuqorida keltirilgan asosiy fikrlar shundan iboratki, tinglab tushunishning samarali

o‘rgatish usullar, dars jarayonida faol ishtirok etish, interaktiv metodlar va turli tinglash mashqlari

orqali o‘quvchilarga bu qobilyatni o‘rgatish muhimdir. Shu tarzda, boshlang‘ich sinflarda tinglab

tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish nafaqat akademik yutuqlarga, balki hayotda

muvaffaqqiyatli kommunikatsiya o‘rnatish uchun ham zarurdir. Tinglab tushunish –

o‘quvchilarga nutqni to‘liq va to‘g‘ri tushunish, muloqotda ishtirok etish ko‘nikmalarini

shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ularni samarali o‘rgatish uchun darslar turli xil mashqlar,

o‘yinlar va faol metodlar orqali boyitilishi kerak.

REFERENCES

1.

Inamova G. Tinglab tushunish ko‘nikmasini audiovisual vositalar yordamida

rivojlantirishda zamonaviy vositalar. // Maqola. – T. 2022.

www.oriens.uz

2.

Uraimshikova M. Tinglab tushunishdagi qiyinchiliklar va ularning yechimlari. –

Toshkent, 2022. 7-bet.

3.

Xudoyorova F. Til o‘qitishda ta’lim texnologiyalarining roli. – Toshkent, 2022. 7-bet.

4.

Tirkashev N, Qorayev S. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limning asosiy

jihatlari. – Toshkent, 2022. 6-bet.

References

Inamova G. Tinglab tushunish ko‘nikmasini audiovisual vositalar yordamida rivojlantirishda zamonaviy vositalar. // Maqola. – T. 2022. www.oriens.uz

Uraimshikova M. Tinglab tushunishdagi qiyinchiliklar va ularning yechimlari. – Toshkent, 2022. 7-bet.

Xudoyorova F. Til o‘qitishda ta’lim texnologiyalarining roli. – Toshkent, 2022. 7-bet.

Tirkashev N, Qorayev S. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limning asosiy jihatlari. – Toshkent, 2022. 6-bet.