Authors

  • Asal Qurbonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.66052

Abstract

Mazkur maqolada shimoliy o‘zbek o‘g‘uz guruhiga kiruvchi Iqon shevasining so‘z yasalish tizimi, ayniqsa, –chi affiksining funksional xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Ushbu affiksning lug‘aviy va grammatik jihatdan qanday o‘zgarishlarga uchrashi, turli kontekstlarda qo‘llanishi va semantik yuklamalari yoritiladi. Shuningdek, maqolada -chi affiksining boshqa turkiy tillardagi o‘xshashliklari va farqlari ham tahlil qilinib, uning Iqon shevasidagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari sheva leksikasi va grammatikasining shakllanishi hamda rivojlanish tendensiyalarini tushunishga hissa qo‘shadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

585

IQON SHEVASIDA SO‘Z YASALISH XUSUSIYATLARI

Qurbonova Asal Oʻtkirovna

Qarshi xalqaro universiteti filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) yoʻnalishi 1-kurs talabasi.

Murojat uchun Tel: (77) 314-21-17.

Gmail:

qurbonovaasal979@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14879383

Annotatsiya. Mazkur maqolada shimoliy o‘zbek o‘g‘uz guruhiga kiruvchi Iqon shevasining

so‘z yasalish tizimi, ayniqsa, –chi affiksining funksional xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi.

Ushbu affiksning lug‘aviy va grammatik jihatdan qanday o‘zgarishlarga uchrashi, turli

kontekstlarda qo‘llanishi va semantik yuklamalari yoritiladi. Shuningdek, maqolada -chi

affiksining boshqa turkiy tillardagi o‘xshashliklari va farqlari ham tahlil qilinib, uning Iqon

shevasidagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari sheva leksikasi va

grammatikasining shakllanishi hamda rivojlanish tendensiyalarini tushunishga hissa qo‘shadi.

Kalit so‘zlar: adabiy til, sheva, Iqon shevasi, so‘z yasalishi, yasovchi asos, yasovchi

vositalar, affiks, yasama so‘z, morfologiya, so‘z yasalish modellari, derivatsiya, funksional

xususiyatlar, grammatik struktura,

FEATURES OF WORD FORMATION IN THE IQAN DIALECT

Abstract. This article provides a detailed analysis of the word formation system of the Iqan

dialect, which is part of the Northern Uzbek Oghuz group, especially the functional features of the

-chi affix. The lexical and grammatical changes of this affix, its use in different contexts, and its

semantic load are discussed. The article also analyzes the similarities and differences of the -chi

affix in other Turkic languages, and identifies its specific features in the Iqan dialect. The results

of the research contribute to understanding the formation and development trends of the dialect's

lexicon and grammar.semantik tahlil, turkiy tillar, o‘zbek dialektologiyasi, leksik o‘zgarishlar,

tarixiy-qiyosiy tahlil, fonetik o‘zgarishlar.

Keywords: literary language, dialect, Iqon dialect, word formation, word-forming basis,

word-forming means, affix, coined word, morphology, word-formation models, derivation,

functional features, grammatical structure, semantic analysis, Turkic languages, Uzbek

dialectology, lexical changes, historical-comparative analysis, phonetic changes.

ОСОБЕННОСТИ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В ДИАЛЕКТЕ ИКАН

Аннотация. В статье подробно анализируется система словообразования

диалекта Икан, входящего в североузбекскую огузскую группу, в частности,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

586

функциональные особенности аффикса -чи. Рассматриваются лексические и

грамматические изменения этого аффикса, его использование в разных контекстах, его

семантическая нагрузка. В статье также анализируются сходства и различия аффикса -

чи в других тюркских языках, выявляются его специфические особенности в диалекте Икан.

Результаты исследования способствуют пониманию тенденций формирования и развития

лексики и грамматики диалекта.

Ключевые

слова:

литературный

язык,

диалект,

иконский

диалект,

словообразование, словообразовательная основа, словообразовательные средства, аффикс,

вымышленное

слово,

морфология,

словообразовательные

модели,

деривация,

функциональные признаки, грамматическая структура, семантический анализ, тюркские

языки, узбекская диалектология, лексические изменения, историко-сравнительный анализ,

фонетические изменения.

Kirish

O‘zbek tilshunosligida dialekt va shevalarning tadqiq etilishi til taraqqiyoti va hududiy

xususiyatlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek tilining shimoliy lahjasi tarkibida

o‘g‘uz guruhiga mansub Iqon shevasi alohida o‘ringa ega bo‘lib, u fonetik, leksik va grammatik

jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Ushbu maqolada Iqon shevasida so‘z yasalish jarayoni, xususan, –chi affiksining

funksional xususiyatlari tahlil qilinadi.So‘z yasalishi til tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri

bo‘lib, yangi leksik birliklarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Iqon shevasida - chi affiksi orqali hosil bo‘ladigan so‘zlarning tuzilishi, ularning adabiy til

va boshqa turkiy tillardagi o‘xshash hamda farqli jihatlari tadqiq etilishi zarur bo‘lgan muhim

masalalardan biridir. Ushbu maqolada Iqon shevasidagi so‘z yasalish modellari, yasovchi asos va

yasovchi vositalarning tahlili orqali - chi affiksining semantik va grammatik funksiyalari yoritiladi.

Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, dialektal tizimlarni o‘rganish nafaqat o‘zbek

tilining hududiy xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi, balki uning umumturkiy tillar bilan

bog‘liqligini o‘rganish, shevalar va adabiy til o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tushunishga ham xizmat

qiladi. Shu bois, maqolada - chi affiksining Iqon shevasida qo‘llanish xususiyatlari keng ko‘lamda

tahlil qilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

587

Asosiy qism

O‘zbek tili so‘z yasalishi masalalari tadqiqi dialektlarni or‘ganish bilan uzviy bog‘liqlikda

kechadi, sababi o‘zbek tili so‘z yasalishida yechimini topmagan ayrim masalalarni sheva

ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin.Shimoliy o‘zbek shevalari guruhiga kiruvchi Iqon

shevasida ham adabiy til va boshqa shevalar kabi barcha so‘z turkumlarida so‘z yasash imkoniyati

mavjud. Аffiksаtsiya usulidа so‘z yasash hоzirgi o‘zbеk tilidа yasаlishning eng fаоl, eng

mаhsuldоr usullаridаn biri hisоblаngani kabi mazkur shevada ham affikslar yordamida so‘z yasash

juda fаоl. Shevada so‘z yasalishi o‘zbek adabiy tili bilan umumiylikka ega bo‘lgani holda, o‘ziga

xos o‘zgachaliklarga ham ega. Ushbu ishimizda shevada shахs оti yasovchi -chi affiksining

imkoniyatlari xususida fikr yuritishga harakat qilamiz. Iqon shevasiasda -či//čї juda faol,

mahsuldor affiks bo‘lib, pоlisеmаntik хususiyatgа egа. Masalan: ma:l-čї, qoj-čї, jїlqї-čї, suv-čї,

sü:t-či, dala-čї, tä:girmän-či, tünkä-či, tort-čї, salat-čї, palav-čї, sїnїq-čї, käpčik-či, sunnaj- čї,

paxsa-čї, o:čaq- čї, qїzїq-čї, pitim-či, čaqїm-čї, tö:mät-či, kino-čї, kämpjütir-či va hokazo.Shevada

ham – –či//čï аffiksi оrqаli yasаlgаn shахs оti o‘zbek

tilining boshqa shevalari va adabiy tildagi kabi оtning xilma-xil mа’nоlаrini hosil qiladi

hamda bеvоsitа yasаlma аsоsning mа’nоsi bilаn bоg‘lаnadi. Jumladan:

– shахsning аsоsdan аnglаshilgan nаrsа bilаn shug‘ullаnishini:

suvaqčї, suvčї, sü:tči, tünkäči, ba:lїqčї, taqačї, xїja:lčї, kö:nči;

– ish-hаrаkаtni аsоsdan аnglаshilgаn nаrsа vоsitаsidа bаjаrishini:

käpčikči, sunnajčї, kämpjütirči, kranči, träktirči, kämbajčї, ketmänči;

– аsоsdаn аnglаshilgаn nаrsаni yarаtish, yasаsh bilаn shug‘ullаnishini o:čaqčї, sаndїqčї,

tїlla:čï, pïča:qčї, bešikči;

– shахsning kаsb-hunаr, turli mutахаssisliklar bo‘yichа mаshg‘ul bo‘lishini: ma:lčї, qo:jčї,

jїlqїčї, su:včї, sü:tči, oqtu:čї, samsačї,

qa:γunčї, šašlikči, räsmči, sїnїqčї kаbi;

– shахsning birоr bеlgi, hоlаt, хususiyati bilаn аjrаlib turishini:

kä:kči, a:rasčї, tö:mätči, ča:qїmčї, pitimči, mїsqa:lčї (kishilardagi turli xususiyatlarni

(salbiy) yoki tug‘ma nuqsonlarni kamsitib, laqab qo‘yuvchi) kabi bоshqа judа ko‘p mа’nоlаrni

аnglаtgаn оtlаr yasаydi. Shu bilan birga, o‘zbek tilining boshqa shevalari va adabiy tilda

shахs оti yasovchi qo‘shimchalar: -dosh, -gar, (-kar), -kor, -bon, -dor, -shunos, -furush, -

boz, -xo‘r, -paz, -soz, -do‘z, -kash, -xon, -go‘y, - navis, -parast affikslari orqali hosil qilinsa


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

588

[Sapayev, 2009: 49], mazkur shevada ushbu affikslarning so‘z yasаsh dаrаjаsi juda past, hatto, -

navis, -shunоs, -sоz, -хоn, -dоr, -pаrvаr, -go‘y kabi yasоvchi (аffiksоid)lаr umuman, qo‘llanmaydi.

Shevada -či//čї аffiksi bilan yasalgan shaxs otlari haqida gap borar ekan, quyidagi

holatlarni ham ta’kidlab o‘tish lozim, ya’ni tojik tilidan o‘zlashgan -pаz, -do‘z, -sоz, -kаsh, -furush

kаbi yasоvchilаr o‘rnida ham -či//čї аffiksi qo‘llanadi. Masalan: – kаsh (tоjikchа kаshidаn -

«tоrtmоq» fе’lidаn). Shахsning yasаsh аsоsi ifоdаlаgаn nаrsа bilаn shug‘ullаnishini, ish-

hаrаkаtning shu оrqаli bаjаrilishini аnglаtuvchi оt yasаlsa: surаtkаsh – rasmči, pахsаkаsh –

pахsаčї kаbi. -pаz (tоjikchа puхtаn «pishirmоq» fе’lidаn). Таоm nomlаrini bildiruvchi so‘zlаrgа

qo‘shilib, shахsning shu оvqаtni pishirish,tаyyorlаsh bilаn shug‘ullаnishini аnglаtgаn оt yasаydi:

оshpаz, kаbоbpаz, sоmsаpаz kаbi, ammo mazkur shevada -pаz affiksi o‘rnida ham -chi аffiksi

qo‘llanib, oshpaz – pala:včї (palovchi to‘y, xudoy, xatim kabi katta yig‘inlarda osh tayyorlashni

kasb qilgan kishi), kаbоb-pаz – shashlikči, sоmsа-pаz – samsači, pishiriqlar tayyorlovchi-tortčї,

salatlar tayyorlovchi –salatčї tarzida ifodalanadi. Shахsning kаsb-hunаrini bildirаdigаn оt yasovchi

–gаr (-kаr)аffiksi o‘rnida ham –čï аffiksi qo‘llanib, zаr-gаr leksemasi oʻrnida tїlla:čï soʻzi

qo‘llanadi.–sоz (tоjikchа sохtаn – «yasаmоq» fе’lidаn). Yasаsh аsоsi ifоdаlаgаn nаrsаni yasаsh,

sоzlаsh, tuzаtish bilаn shug‘ullаnuvchi shахs оti yasаydi: sоаtsоz – sä: ätči kаbi.– do‘z (tоjikchа

do‘хtаn – «tikmоq» fе’lidаn). Yasаsh аsоsi аnglаtgаn nаrsаni tikish, yarаtish bilаn shug‘ullаnuvchi

shахs оti yasаydi: mаhsido‘z – mä:ssiči, etikdo‘z – ö:tikči, kаshtаdo‘z – xїja:lčї kаbi. – kаsh

(tоjikchа kаshidаn – «tоrtmоq» fе’lidаn). Shахsning аsоsdan anglashilgan nаrsа bilаn

shug‘ullаnishini, ish-hаrаkаtning shu оrqаli bаjаrilishini аnglаtаdigаn оt yasаydi: surаtkаsh –

rä:smči, pахsаkаsh – pa:xsačї kаbi.– furush (tоjikchа furo‘хtаn – «sоtmоq» fе’lidаn) аffiksоid

аsоsidа ifоdаlаngаn nаrsаni sоtish bilаn shug‘ullаnuvchi shахs оti yasаydi: nоsfurush– na:sbajčї,

pistafurush – pistäči, terifurush – tä:riči kаbi.Demak, shevalarda, xususan, Iqon shevasida o‘zbek

adabiy tilidagi so‘z yasovchilarning barchasi ham funksional emas, balki aksariyat so‘z

yasovchilarning funksiyasini ham –či//čï affiksi bajarishi mumkin. Bunday oppozitiv variantlar

boshqa asos va affikslarda ham qayd qilinadi. Ular to‘g‘risida keyingi ishlarda fikr yuritiladi.

Xulosa

Mazkur maqolada Iqon shevasida so‘z yasalish jarayoni, xususan, – chi affiksining

funksional xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, – chi affiksi Iqon

shevasida asosan kasb-hunar, nisbat va belgi bildiruvchi yasama so‘zlar hosil qilishda faol

qo‘llanadi. Ushbu affiksning adabiy til va boshqa turkiy tillardagi qo‘llanilish xususiyatlari bilan

qiyosiy tahlili uning Iqon shevasiga xos o‘ziga xosliklarini aniqlash imkonini berdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

589

Tadqiqot davomida – chi affiksining semantik va grammatik jihatdan keng qamrovli

ekanligi aniqlandi. U faqatgina so‘z yasash funksiyasini bajarib qolmay, balki ayrim holatlarda

nutq davomida maʼnoviy kuchaytiruvchi yoki taʼkidlovchi vazifani ham o‘taydi.

Shuningdek, bu affiksning Iqon shevasidagi qo‘llanilishi adabiy tilga nisbatan baʼzi

farqlarga ega bo‘lib, bu shevaning o‘ziga xos morfologik tizimini belgilaydi. Tadqiqot natijalari

shuni ko‘rsatadiki, Iqon shevasida so‘z yasalish tizimi mintaqaviy xususiyatlarni o‘zida aks

ettirgan bo‘lib, u adabiy til bilan o‘zaro bog‘liqlikda rivojlangan. Kelgusida ushbu shevaning

boshqa so‘z yasovchi affikslari va ularning qo‘llanilishi bo‘yicha kengroq tadqiqotlar olib borish,

uning tarixiy taraqqiyoti va umumturkiy til tizimidagi o‘rnini aniqlash muhim ilmiy ahamiyatga

ega bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Sаpаyev Q. Hоzirgi o‘zbек tili. – T:. Nizomiy nomidagi TDPU, 2009. – B. 48-49.

2.

Sayfullayeva R., Mengliyev B, Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent:

Fan va texnologiyalar, 2010.