Authors

  • Bobur Jo‘rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.67962

Abstract

Ushbu ishda O‘zbekistonda qurolli kuchlar va kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda turli idoralar o‘rtasidagi muvofiqlik va birgalikdagi harakatlar muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda boshqaruv tizimining zaif integratsiyasi, texnologik rivojlanishning sustligi, axborot almashinuvi va kiberxavfsizlikning zaif jihatlari kabi muammolar aniqlangan. Shuningdek, xalqaro tajribaga asoslanib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ular, jumladan, yagona boshqaruv tizimini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, qo‘shma mashg‘ulotlarni kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Ishda Qozog‘iston tajribasi bilan taqqoslash orqali O‘zbekistonning kuchli va zaif tomonlari yoritilgan. Maqolada milliy mudofaa tizimini yanada barqarorlashtirish yo‘lida muhim strategik yo‘nalishlarni belgilaydi hamda unda berilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali O‘zbekiston mintaqadagi yetakchi harbiy salohiyatga ega davlat sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlashi mumkin.

background image

595

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

O‘ZBEKISTONDA KUCH TUZILMALARI HAMKORLIGINI

TAKOMILLASHTIRISH: HARBIY OPERATSIYALARDAGI MUVOFIQLIK VA

SAMARADORLIK

Jo‘rayev Bobur Narzullayevich

Mustaqil izlanuvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14871849

Annotatsiya. Ushbu ishda O‘zbekistonda qurolli kuchlar va kuch tuzilmalari o‘rtasidagi

hamkorlikni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda turli

idoralar o‘rtasidagi muvofiqlik va birgalikdagi harakatlar muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi.

Tadqiqotda boshqaruv tizimining zaif integratsiyasi, texnologik rivojlanishning sustligi,

axborot almashinuvi va kiberxavfsizlikning zaif jihatlari kabi muammolar aniqlangan.

Shuningdek, xalqaro tajribaga asoslanib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ular, jumladan,

yagona boshqaruv tizimini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, qo‘shma

mashg‘ulotlarni kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Ishda

Qozog‘iston tajribasi bilan taqqoslash orqali O‘zbekistonning kuchli va zaif tomonlari yoritilgan.

Maqolada milliy mudofaa tizimini yanada barqarorlashtirish yo‘lida muhim strategik

yo‘nalishlarni belgilaydi hamda unda berilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali

O‘zbekiston mintaqadagi yetakchi harbiy salohiyatga ega davlat sifatida o‘z mavqeini yanada

mustahkamlashi mumkin.

Kalit so‘zlar: kuch tuzilmalari hamkorligi, milliy xavfsizlik, yagona boshqaruv tizimi,

axborot almashinuvi, kiberxavfsizlik, texnologik modernizatsiya, qo‘shma mashg‘ulotlar, xalqaro

harbiy hamkorlik, mudofaa strategiyasi, razvedka tizimlari, mintaqaviy barqarorlik, harbiy

operatsiyalar.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ СИЛОВЫХ СТРУКТУР В

УЗБЕКИСТАНЕ: КООРДИНАЦИЯ И ЭФФЕКТИВНОСТЬ ВОЕННЫХ ОПЕРАЦИЙ

Аннотация.

В

данной

работе

проанализированы

вопросы

развития

сотрудничества между вооруженными силами и силовыми структурами Узбекистана.

Согласованность и совместные действия между различными ведомствами

рассматриваются как важный фактор обеспечения национальной безопасности. В

исследовании выявлены такие проблемы, как слабая интеграция системы управления,

медленное технологическое развитие, слабые стороны обмена информацией и

кибербезопасности. Также разработаны предложения и рекомендации, основанные на

международном опыте. Они включают в себя совершенствование единой системы

управления, внедрение современных технологий, усиление совместных учений и расширение

международного сотрудничества. В работе освещены сильные и слабые стороны


background image

596

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Узбекистана путем сравнения с опытом Казахстана. Статья определяет важные

стратегические направления дальнейшей стабилизации национальной оборонной системы,

и путем применения данных в ней рекомендаций на практике Узбекистан может еще

больше укрепить свои позиции в качестве государства с ведущим военным потенциалом в

регионе.

Ключевые слова: сотрудничество силовых структур, национальная безопасность,

единая система управления, обмен информацией, кибербезопасность, технологическая

модернизация, совместные учения, международное военное сотрудничество, оборонная

стратегия, разведывательные системы, региональная стабильность, военные операции.

ENHANCING COLLABORATION AMONG SECURITY FORCES IN UZBEKISTAN:

COORDINATION AND EFFECTIVENESS IN MILITARY OPERATIONS

Abstract. This work analyzes the development of cooperation between the armed forces

and security structures in Uzbekistan. Coordination and joint actions among various agencies are

considered crucial factors in ensuring national security. The study identified problems such as

weak integration of the management system, slow technological development, inadequate

information exchange, and vulnerabilities in cybersecurity. Additionally, based on international

experience, proposals and recommendations have been developed. These include improving the

unified management system, implementing modern technologies, enhancing joint training

exercises, and expanding international cooperation. The work highlights Uzbekistan's strengths

and weaknesses by comparing them with Kazakhstan's experience. The article outlines important

strategic directions for further stabilizing the national defense system, and by implementing the

given recommendations, Uzbekistan can further strengthen its position as a state with leading

military potential in the region.

Keywords: security structures cooperation, national security, unified management system,

information exchange, cybersecurity, technological modernization, joint exercises, international

military cooperation, defense strategy, intelligence systems, regional stability, military operations.

Kirish

Bugungi globallashgan dunyoda milliy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda qurolli

kuchlar va kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy harbiy

operatsiyalar murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, ularda turli tuzilmalar o‘rtasidagi samarali

muvofiqlik va o‘zaro yordam hal qiluvchi o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida qurolli kuchlar

va kuch tuzilmalari (ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, milliy xavfsizlik kabi idoralar) o‘rtasidagi

hamkorlikni kuchaytirish masalasi harbiy samaradorlikni oshirishning muhim tarkibiy qismi

sifatida ko‘rilmoqda.


background image

597

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Harbiy operatsiyalarda kuch tuzilmalari hamkorligining ahamiyati

Harbiy operatsiyalar zamonaviy xavfsizlikni ta’minlashda asosiy vositalardan biri bo‘lib,

ularning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan turli kuch tuzilmalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikka

bog‘liq. Qurolli kuchlar, ichki ishlar vazirligi, favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa idoralar

o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik bugungi tahdidlar – terrorizm, ekstremizm, tabiiy ofatlar va

pandemiyalar oldini olish va bartaraf etishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy dunyo harbiy va noharbiy tahdidlarning uyg‘unlashgan shakliga, ya’ni gibrid

urushlarga guvoh bo‘lmoqda. Bunday sharoitda kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning

strategik ahamiyati yanada ortadi. Masalan, gibrid urushlar jarayonida axborot urushlari,

kiberhujumlar, iqtisodiy sanksiyalar va an’anaviy harbiy harakatlarning birlashganligi ko‘zga

tashlanadi. Bu murakkab tahdidlarga qarshi samarali kurashish uchun kuch tuzilmalari o‘rtasida

real vaqt rejimida axborot almashinuvi, tezkor qaror qabul qilish va birgalikdagi harakatlarni

rejalashtirish zarur. Shu bilan birga, turli idoralar o‘z funksiyalariga ko‘ra bir-birini to‘ldiradi:

ichki ishlar organlari dushmanlarni aniqlash va qo‘lga olishga ixtisoslashgan bo‘lsa, qurolli

kuchlar keng ko‘lamli operatsiyalarni amalga oshiradi.

Favqulodda vaziyatlar sharoitida, masalan, tabiiy ofatlar yoki texnogen falоkatlar paytida,

kuch tuzilmalari hamkorligi aholining xavfsizligini ta’minlash va ofat oqibatlarini bartaraf etishda

muhim rol o‘ynaydi. Harbiy texnika va kuchlarning qutqaruv operatsiyalarida ishtirok etishi,

favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda gumanitar yordam tashkil etilishi samaradorlikni

sezilarli darajada oshiradi. Xuddi shunday, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda kuch

tuzilmalari o‘rtasidagi muvofiqlik dushmanga qarshi samarali kurash olib borish va milliy

xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu borada ichki xavfsizlik xizmatlari tomonidan

aniqlangan ma’lumotlar va razvedka axborotlari qurolli kuchlarning harbiy amaliyotlarini

rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Harbiy operatsiyalarda kuch tuzilmalari hamkorligi texnologiyalar va innovatsiyalarning

rivojlanishi bilan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Sun’iy intellekt, dronlar va yuqori aniqlikdagi

qurollardan foydalanish orqali kuch tuzilmalari operatsiyalarni yanada samarali olib borishi

mumkin. Masalan, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida turli idoralar real vaqt rejimida

ma’lumot olish va uni tezkorlik bilan tarqatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, zamonaviy

kiberxavfsizlik vositalaridan foydalanish kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada

kuchaytiradi va kiber tahdidlarga qarshi samarali kurashish imkonini yaratadi.

O‘zbekistonda kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasida bir qator

ijobiy qadamlar tashlanmoqda. Yagona boshqaruv tizimi joriy qilinib, bu orqali harbiy va noharbiy

idoralar o‘rtasidagi muvofiqlik ta’minlanmoqda. Muntazam ravishda o‘tkazilayotgan qo‘shma

o‘quv-mashg‘ulotlar turli kuch tuzilmalari xodimlarining o‘zaro kelishilgan harakatlarini


background image

598

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

kuchaytiradi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini oshiradi. Bundan tashqari, kuch tuzilmalari

o‘rtasida axborot almashish tizimlarining rivojlantirilishi, zamonaviy texnologiyalardan

foydalanish va qonunchilik bazasining mustahkamlanishi bu jarayonni yanada samarali qilmoqda.

Umuman olganda, harbiy operatsiyalarda kuch tuzilmalari hamkorligi milliy xavfsizlikni

ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Bu nafaqat harbiy muvaffaqiyatlarni, balki xalqaro

miqyosdagi tahdidlarga samarali qarshi turishni ham ta’minlaydi. Kuch tuzilmalari o‘rtasidagi

uzviy va tizimli hamkorlik nafaqat bugungi, balki kelajakdagi xavfsizlik muammolarini hal

qilishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan, ushbu yo‘nalishda olib

borilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar zamonaviy tahdidlarga munosib javob berish uchun

strategik ahamiyatga ega.

O‘zbekistonda qurolli kuchlar va kuch tuzilmalari hamkorligini kuchaytirish

O‘zbekistonda qurolli kuchlar va kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik milliy xavfsizlikni

ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Bu hamkorlik terrorizm, ekstremizm, tabiiy va texnogen

ofatlarga qarshi samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, resurslarni oqilona

taqsimlash hamda harbiy va noharbiy tahdidlarga tezkor javob berishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Mamlakatda qurolli kuchlar va ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda davlat idoralar

o‘rtasidagi muvofiqlikni oshirish maqsadida yagona boshqaruv tizimi joriy qilinmoqda, qo‘shma

o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda va zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Xalqaro

tashkilotlar va qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik orqali mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga

ham e’tibor qaratilmoqda. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish

va xalqaro tahdidlarga munosib javob berish imkonini oshirish maqsadida qurolli kuchlar va kuch

tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga

oshirilmoqda:

Yagona boshqaruv tizimini joriy etish:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yagona boshqaruv tizimini joriy etish

bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar milliy xavfsizlikni

ta’minlash, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va zamonaviy tahdidlarga tezkor

javob berish maqsadida olib borilmoqda.

2023-yil 31-yanvarda qabul qilingan Prezident farmoniga muvofiq, Qurolli Kuchlarni

qurollantirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari qatorida maxsus

organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq

muddatli istiqbollarni belgilash hamda kompleks dasturlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash kiradi.

Bundan tashqari, 2022-yil 29-noyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan

qaror bilan Qurolli Kuchlar sohasidagi milliy qonunchilik bazasini tizimlashtirish va ortiqcha


background image

599

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

hamda o‘z huquqiy ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish choralari

ko‘rildi.

Ushbu islohotlar doirasida Qurolli Kuchlarning tezkor boshqaruvini amalga oshirish,

zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash hamda harbiy xizmatchilarning

axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yagona axborot markazini

joriy etish to‘g‘risida topshiriq berilgan. Ushbu topshiriq bo‘yicha hozirda O‘zbekiston

Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan aloqa liniyalarini tashkil etish va ma’lumotlarni saqlash

va qayta ishlash markazini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Biroq O‘zbekistonda yagona boshqaruv tizimi hali to‘liq integratsiyalashmagan. Harbiy va

noharbiy kuch tuzilmalari o‘rtasida muvofiqlashtirish yetarli darajada samarali yo’lga

qo’yilmagan, bu esa tezkor qarorlar qabul qilishni qiyinlashtiradi.

Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlar:

Qurolli kuchlar va kuch tuzilmalarining harbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida

muntazam ravishda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bu mashg‘ulotlar orqali turli idoralar

o‘zaro harakatlanish, tezkor qaror qabul qilish va birgalikdagi operatsiyalarni amalga oshirishda

tajriba orttirmoqda.

Shuningdek Mudofaa vazirligi tarkibida ham bir qator xalqaro hamkorlikda musobaqalar

va taktik o‘quv mashg‘ulotlari, o‘zaro tajriba almashish maqsadida forumlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, 2024-yil 23-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiyot

mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali

hamda Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida mahorat darslari va hamkorlikdagi

jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish maqsadida tashrif buyurishgan. Bundan tashqari Mustaqil

Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi “Toshkent-2024” xalqaro harbiy tibbiyot konferensiyasi bo‘lib

o‘tdi.

2024-2027-yillarda Qurolli Kuchlar kinologiya boʻlinmalarining faoliyatini rivojlantirish

dasturini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqilgan. Unda koʻrsatib oʻtilgan chora-

tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va samarali taʼminlash maqsadida Mudofaa vazirligi Mutaxassis

va xizmat itlarini tayyorlash markazi, Bojxona qoʻmitasi Milliy kinologiya markazi, Ichki ishlar

vazirligi Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi hamda IIV naslchilik pitomnigi oʻrtasida kinologiya

xizmati faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida

oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma’lumot almashish tizimlari va zamonaviy texnologiyalar:

Harbiy operatsiyalarda muvaffaqiyat ma’lumotning tezkor va aniq yetkazilishi bilan

bog‘liq. Shu sababli, O‘zbekiston milliy xavfsizlik tizimida kuch tuzilmalar o‘rtasidagi axborot


background image

600

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

almashinuvi mexanizmlari takomillashtirilmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining Hytera

kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari zamonaviy radioaloqa

tizimlari bilan doimiy ravishda rivojlantirib kelinmoqda. Hozirda respublikaning butun hududida

radioaloqa to‘liq ta’minlangan.

Harbiy operatsiyalar samaradorligini oshirish uchun qurolli kuchlar va kuch

tuzilmalarining texnologik qurollanish darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biroq

hozirgi zamonaviy harbiy operatsiyalarda dronlar, havo hujumidan mudofaa tizimlarining

ahamiyati katta bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda hujum qiluvchi va razvedka dronlari mavjud lekin

mahalliy ishlab chiqarish o‘z natijasini bermaydi.

Taklif va tavsiyalar

O‘zbekistonda kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun yagona

boshqaruv tizimini takomillashtirish masalasiga e’tibor qaratish lozim.

Harbiy va noharbiy

tuzilmalar o‘rtasida samarali muvofiqlikni ta’minlash uchun markazlashtirilgan boshqaruv tizimi

yaratilib, bu tizimda real vaqt rejimida qaror qabul qilish imkonini beruvchi zamonaviy

texnologiyalar keng joriy qilinishi zarur.

Axborot almashinuvi va kiberxavfsizlik masalasini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb

etadi.

Kuch tuzilmalarining axborot almashinuvi samaradorligini oshirish uchun zamonaviy sun’iy

yo‘ldosh texnologiyalari va xavfsiz aloqa tizimlarini joriy etish zarur. Kiberxavfsizlikni ta’minlash

maqsadida maxsus bo‘linmalarni rivojlantirish va xorijiy tajribalarni mahalliy sharoitlarga

moslashtirish talab etiladi. Zamonaviy texnologiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha mahalliy

ishlab chiqarishni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur. Dronlar, havo mudofaa

tizimlari

va

razvedka

texnologiyalarini

mahalliylashtirish

orqali

harbiy

texnikani

zamonaviylashtirish O‘zbekiston mudofaa salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Qo‘shma mashg‘ulotlarni ko‘paytirish va ularda xalqaro miqyosda faol ishtirok etishni

ta’minlash talab etiladi

. NATO va BMT doirasidagi mashg‘ulotlarda ishtirokni kengaytirish, kuch

tuzilmalari o‘rtasida muntazam mashg‘ulotlar tashkil etish orqali hamkorlikni mustahkamlash

mumkin.

O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar bilan harbiy hamkorlikni kengaytirishi zarur.

BMT va

NATO doirasida strategik hamkorlikni rivojlantirish orqali xalqaro standartlarni milliy tizimga

integratsiya qilish kerak. Qozog‘istonning xalqaro harbiy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi

O‘zbekiston uchun tajriba sifatida xizmat qilishi mumkin. Moliyaviy va moddiy resurslarni

samarali taqsimlash orqali harbiy tuzilmalarni zamonaviy vositalar bilan ta’minlash lozim. Tabiiy

va texnogen ofatlarga javob berish uchun ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirligi va qurolli

kuchlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish talab etiladi. Ushbu chora-tadbirlar nafaqat milliy


background image

601

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

xavfsizlikni mustahkamlash, balki O‘zbekiston mudofaa tizimini mintaqaviy xavfsizlikka ham

hissa qo‘shuvchi yetakchi tizimga aylantirishga xizmat qiladi.

Tavsiyalarni hayotga tatbiq etish orqali O‘zbekiston mintaqada yetakchi harbiy salohiyatga

ega bo‘lgan davlat sifatida mustahkam o‘rin egallashi mumkin.

Xulosa

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning kuch tuzilmalari o‘rtasidagi

hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ijobiy qadamlar tashlanmoqda. Harbiy operatsiyalarni

muvaffaqiyatli tashkil etish va amalga oshirish uchun turli kuch tuzilmalari o‘rtasidagi

muvofiqlikni

kuchaytirish,

yagona

boshqaruv

tizimini

takomillashtirish,

zamonaviy

texnologiyalarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy xavfsizlik tahdidlari va gibrid

urushlar sharoitida bu hamkorlik milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omiliga aylanmoqda.

Mamlakatda qo‘shma mashg‘ulotlar va o‘quv dasturlarining muntazam o‘tkazilishi turli

tuzilmalarning birgalikdagi harakatlarini samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynamoqda.

Xususan, axborot almashinuvi va tezkor qaror qabul qilish tizimlarini rivojlantirish

borasida sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar va qo‘shni davlatlar

bilan hamkorlikni mustahkamlash O‘zbekiston mudofaa salohiyatini oshirishda strategik ahamiyat

kasb etmoqda. Biroq, kiberxavfsizlikni kuchaytirish, texnologiyalarni modernizatsiya qilish,

resurslarni samarali taqsimlash va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish sohalarida hamon

muammolar mavjud. Ushbu muammolarni hal etish orqali O‘zbekiston nafaqat milliy xavfsizlikni

ta’minlaydi, balki mintaqadagi eng samarali va texnologik rivojlangan harbiy tizimlardan biriga

ega bo‘lishi mumkin. Xalqaro tajriba va texnologik innovatsiyalarni joriy qilish ushbu

maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlari

mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirishga va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga

hissa qo‘shadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023).

Qurolli kuchlarni qurollantirish bo‘yicha

Davlat komissiyasining tashkil etilishi to‘g‘risida Farmon.

Toshkent: Prezident matbuot

xizmati.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2022).

Qurolli kuchlar sohasidagi milliy

qonunchilik bazasini tizimlashtirish bo‘yicha qaror.

Toshkent: Vazirlar Mahkamasi.

3.

Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi. (2024).

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa

vazirligi bilan hamkorlikdagi harbiy-tibbiyot dasturlari va o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha

hisobot.

Pekin: Xitoy Mudofaa vazirligi.


background image

602

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

4.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH). (2024).

“Toshkent-2024” xalqaro harbiy

tibbiyot konferensiyasi materiallari.

Toshkent: MDH matbuot xizmati.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi. (2024).

Qurolli kuchlar kinologiya

bo‘linmalarini rivojlantirish dasturi.

Toshkent: Mudofaa vazirligi.

6.

Hytera Communications Corporation. (2024).

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari

uchun zamonaviy radioaloqa tizimlari: Hamkorlik natijalari va istiqbollari.

Shenchjen:

Hytera.

7.

NATO. (2023).

Collective Security and Defense Strategies in Central Asia.

Brussels:

NATO Publications.

8.

BMT (2023).

International Military Cooperation and Cybersecurity Measures.

New York:

United Nations Security Council Reports.

9.

Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi. (2023).

Harbiy hamkorlik tajribasi va

strategik rejalashtirish bo‘yicha hisobot.

Ostona: Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa

vazirligi.

10.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. (2023).

Terrorizm va ekstremizmga qarshi

kurashda idoralararo hamkorlik.

Toshkent: Ichki ishlar vazirligi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023). Qurolli kuchlarni qurollantirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tashkil etilishi to‘g‘risida Farmon. Toshkent: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2022). Qurolli kuchlar sohasidagi milliy qonunchilik bazasini tizimlashtirish bo‘yicha qaror. Toshkent: Vazirlar Mahkamasi.

Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi. (2024). O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikdagi harbiy-tibbiyot dasturlari va o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha hisobot. Pekin: Xitoy Mudofaa vazirligi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH). (2024). “Toshkent-2024” xalqaro harbiy tibbiyot konferensiyasi materiallari. Toshkent: MDH matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi. (2024). Qurolli kuchlar kinologiya bo‘linmalarini rivojlantirish dasturi. Toshkent: Mudofaa vazirligi.

Hytera Communications Corporation. (2024). O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun zamonaviy radioaloqa tizimlari: Hamkorlik natijalari va istiqbollari. Shenchjen: Hytera.

NATO. (2023). Collective Security and Defense Strategies in Central Asia. Brussels: NATO Publications.

BMT (2023). International Military Cooperation and Cybersecurity Measures. New York: United Nations Security Council Reports.

Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi. (2023). Harbiy hamkorlik tajribasi va strategik rejalashtirish bo‘yicha hisobot. Ostona: Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. (2023). Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda idoralararo hamkorlik. Toshkent: Ichki ishlar vazirligi.