642
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
INSON KAMOLOTIDA TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Raupov Ulug‘bek Rustamovich
Buxoro Xalqaro Osiyo universiteti
Pedagogika kafedrasi 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14872499
Annotatsiya. Ushbu maqolada bevosita inson kamolotida tarbiyaning o‘rni va ahamiyati
qanchalik muhim
ekanligi va bunda oila va ota-onaning o‘rni haqaida to‘xtalib o‘tilgan.
Shuningdek o‘tmish ajdodlarimizning inson kamolotidagi tarbiyaviy hikmatli so‘zlaridan
namunalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: milliy tarbiya, komil inson, bola siymosi, `qadriyatlar, tafakkur, ma’naviyat.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF EDUCATION IN HUMAN DEVELOPMENT
Abstract. This article directly discusses the role and importance of education in human
development, and the role of family and parents in this. It also provides examples of wise words of
our ancestors on education in human development.
Keywords: national education, perfect person, child image, values, thinking, spirituality.
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ЧЕЛОВЕКА
Аннотация. В данной статье непосредственно обсуждается роль и значение
образования в развитии человека, а также роль семьи и родителей в этом. Приведены
также примеры мудрых высказываний наших предков о развитии человечества.
Ключевые слова: национальное воспитание, совершенный человек, образ ребенка,
ценности, мышление, духовность.
Har bir xalqning tanazzuli yoki yuksalishi shu yurtda voyaga yetayotgan farzandlarning
ilmi, bilimi, ma’naviy dunyoqarashi, urf-odat va milliy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatiga
bog’liqdir. Ushbu ma’naiy sifatlar esa, albatta, tarbiya orqali shakillanadi. Tarbiya o’zligini
anglagan har qanday jamiyat va har qanday davr uchun ustuvor masala deb qaralgan. Bugungi
kunda jamiyatimizdagi yosh avlodni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb hamda muhim
hisoblanadi. Negaki, hayotning tobora raqmlashgan, internet tarmoqlariga asoslanib borishi ushbu
dolzarblikni talab etadi.
“Milliy va zamonaviy o‘zbek bolasining siymosi qanday bo‘lishi kerak?” degan savolga
javob talab qilmoqda. Bugungi bola o‘tgan asr bolasidan keskin farq qiladi, o‘zbek o‘g‘il-qizlari
zamonaviy komil inson siymosiga ega bo‘lmog‘i lozim. Tabiiyki, bu jarayonda oilaviy tarbiyaning
o‘rni beqiyos. Bola, asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila muhiti bolaning dunyoqarashiga va xulqiga
doimo o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Ibn Sino ta’biricha, “ota-ona bola tarbiyasini unga ism
qo‘yishdek oliyjanob vazifadan boshlaydi”.
643
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Lekin bugungi kunda hayotimizda va oilada tarbiyaga berilayotga e’tibor susaygandek.
Oilaning boshi bo‘lgan erlarning ba’zilari ko‘chadagi ulfatchilikdan, ish yuzasidagi
safarlardan ortib, o‘z farzandlarini moddiy tomondan ta’minlashlari mumkin, ularning ma’naviy
jihatdan tarbiyalashga, ruhiy madad bo‘lishga qiziqish va intilishlarini, ularni qiynayotgan
muammolar nimalardan iborat ekanligini bilishga, o‘rganishga vaqt ajrata olmaydilar, vaqt
topsalar ular bilan gaplashishga hafsala qilmaydilar.
Bolaning jamiyatda mustaqil fikrga ega bo’lishi, mushkul vaziyatlardan kuchli iroda bilan
chiqa olishi, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi yoshlikda olgan tarbiyasiga bog‘liq va muhim
hisoblanadi. Yoshlikda bolani kitobga qiziqtirish ham bevosita uning tarbiyasiga ta’sir qiladi
1
.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Xojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida
tarbiyaning o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tadi va uning ahamiyati muhim ekanligini ta’kidlaydi.
Bola tarbiyasi haqida shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo‘lsa ota-
onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi”
.
U bola tarbiyasida otaning ma’suliyatiga alohida
e’tibor beradi. “Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u, unga shu kishining o‘zi mungli
bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa bolada gunoh yo‘q barcha jafo otaning
o‘zida; o‘g‘il-qizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi
2
.
Ota bolalarini nazorat qilib, turli xunarlarni o‘rgatsa, ular ulg‘aygach, o‘g‘il-qizim bor deb
sevinadi; o‘g‘il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari
go‘zal bo‘lsin
1
”. Ushbu so‘zlarning ma’nosini, mag‘zini chaqadigan bo‘lsak, demak ota-ona
farzandini faqatgina moddiy ta’minlamash bilan cheklanib qolmay,
balki uning tarbiyasiga ham
alohida to‘xtalib o‘tishi kerak.
Buyuk ajdodimiz bobokolonimiz Abu Ali ibn Sino 980-yil Buxoroning Afshona
qishlog‘ida tavallud topgan. Ibn Sino o‘zining tibbiyotga doir qo‘llanmalari bilan birga, o‘zining
tarbiyaga oid ham bir qacha qo‘llanmalarini yaratgan.
Inson kamolot sari harakat qilar ekan ibn Sino hayotga, undagi borliqdagi savollarga o‘z
ma’naviyati bilan javob berar ekan – “Insonning kamoloti, tarbiyasidadir deydi, ya’ni uning
fikricha, tarbiya odamda narsa va hodisaga ongli munosabatda bo`lishni rivoj toptirishi kerak.
Abu Ali ibn Sino bolaning o‘smirligidan uning manaviy olami, ruhiyati, tarbiyasiga, uning
kelajak uchun foydali, yetuk inson bo‘lishini inobatga olar ekan”, buning uchun, avvalo bolaning
ta’lim tarbiya nazariyasiga alohida e’tibor beradi. Uning nazarida “onglilik inson baxtining
asosidir. Har bir inson kuchli, aqlli, jismoniy jihatdan yetuk bo‘lmog‘i lozim. Agarda kishida bu
hislatlar bo‘lmasa tom ma’noda inson jamiyat a’zosi bo‘la olmaydi’’ deydi.
Shuningdek, Ibn Sino bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilish lozimligini, buning uchun
esa u bilan alohida suhbat uyushtirish va ertaklar, hikoyalar o‘qish ham juda foydali ekanligi
haqida yozadi.
644
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Abu Ali Ibn Sino o‘zining bola tarbiyasida oilaning o‘rni alohida ekanligini ta’kidlab,
bevosta oila va undagi farzand tarbiyasi haqida “Tadbiri manzil” asarida ota-onaning oilada
farzand tarbiyalashi haqida alohida to‘xtalib o‘tgan. Otaning farzand ya’ni bola tarbiyasida ham
amaliy ham nazariy bilimlarga ega bo`lishi kerak deydi. Olim oila boshlig`ini bu sohada yetarli
bilimi, tajribasi bolmasa u oila a`zolariga yaxshi tarbiya bera olmaydi, deya ta’kidlaydi. Ibn Sino
yaxshi tarbiya oila farovonligi, baxtining asosi, zamini ekanligini, oila muhitida har qanday
holatda bolaning barkamol qilib yetishtirish ota-onasining asosiy burchi, vazifasi ekanligini
ta’kidlaydi.
Bevosita Ibn Sino o‘zining qarashlarida jamiyat kishilarning oʻzaro kelishuvi asosida qabul
qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat aʼzolarining
hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozimligini alohida
ta’kidlaydi. Agar podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi qoʻzgʻoloni
toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi lozim deb hisoblaydi.
Oʻzining axloq toʻgʻrisidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy
munosabatlarga, kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga
alohida eʼtibor beradi.
Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o‘qituvchining unga bergan
bilimi, mehnati natijasidan zavqlana olishni o‘rgatishi zarurligini uqtiradi. Bola chiroyli axloqiy
tarbiyaga ega bo‘ishi hamda hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun, albatta, o‘qituvchi unga
ko‘makdosh bo‘ishi va unga chiroyli tarbiyada bo‘lishligini ta’kidlab o‘tadi.
Bolaning sog‘lom, aql-taffakkuri yaxshi rivojlanganligi bo‘lishi bevosita jamiyatdagi
tarbiyali va komil insonlarning soni ortishiga xizmat qiladi. Yoshlarimizni bevosita mana shu
ruhda tarbiyalash, har bir jamiyat a’zosining burchi hisoblanadi. Zero xalqimizda “Bir bolaga yetti
mahalla ota-ona” maqol
i
bejiz aytilmagandek. Afsuski bugungi kunda yon atrofimizda yoshlar
tarbiyasiga dahldor bo‘lgan hodisalarga loyaqdligimiz tufayli ularning ruhiy, ma’naviy
dunyoqarashiga dahl qiladigan ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lmoqda
3
.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda farzandingizga uni
yaxshi ko‘rishingzni, kelajakda siz uni qanday inson bo‘lishini orzu qilishingiz haqida eslatib
turing. Buning uchun yaxshi o‘qishi kerak ekanligini, doimo oldinga qarab intilishi va bevosita,
eng asosiysi, vaqtidan unumli foydalanishni bilishi zarurliga haqida doimo eslatib turish kerak.
Bola ilk tarbiyani oiladan olar ekan ya’ni qush uyasida ko‘rganini qilihini inobatga
oladigan bo‘lsak, avvalo, ularga namuna bo‘lishga harakat qilishimiz kerak. Shundagina komil
insonni tarbiyalashdek maqsadga erishishimiz mumkin.
645
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
REFERENCES
1.
Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – Т.: «Sano standart»
nashriyoti, 2017-yil, 154-157.
2.
Abu Rayxon Beruniy. Mineralogiya. –T., 2009.
3.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. –T., 2008.
