Authors

  • Durdona Norqulova
  • Quvonch Tursunov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68024

Keywords:

Jinsiy sistema hayz anomaliyalar ogʻriq qon tuxumdon bachadon zamburugʻ qin yelboʻgʻoz homila sindrom yalligʻlanish oʻsma gipermenstrual gipomenstrual disfunksional zaxm soʻzak abort tugʻruq OITS.

Abstract

Ushbu maqolada jinsiy sistema kasalliklarning yildan yilga yosh toifasini oʻzgarishi - ya'ni yosharishi haqida so‘z boradi. Masalan hozirgi kunda qiz bolalar va yosh qizchalarda ham jinsiy sistema kasalliklari kuzatiladi. Bu, hayz funksiyasining buzilishi va jinsiy aʼzolar rivojlanishidagi anomaliyalardir. Bunga, asosan, uning bolaligida boshidan kechirgan turli kasalliklari, noqulay turmush tarzi, hatto u ona qornidaligidayoq onasining birorbir jiddiy kasallik bilan ogʻriganligi sabab boʻlishi mumkin. Hayz funksiyasining buzilishi qizlarda hayzning kech yoki erta boshlanishi, nomuntazamligi, qon ketishi va hokazo lar bilan kechadi. Maqolaning mohiyatida jinsiy sistema kasalliklarning yildan yilga ko‘payishining oldini olish hamda ularni davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

803

JINSIY SISTEMA KASALLIKLARINING YILDAN YILGA YOSH TOIFASINING

O‘ZGARISHI - YA’NI YOSHARISHI

Norqulova Durdona Qahramon qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-bosqich talabasi.

durdonanorqulova63@gmail.com

Tursunov Quvonch Nasim o‘g‘li

Ilmiy rahbar: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14911109

Annatotsiya. Ushbu maqolada jinsiy sistema kasalliklarning yildan yilga yosh toifasini

oʻzgarishi - ya'ni yosharishi haqida so‘z boradi. Masalan hozirgi kunda qiz bolalar va yosh

qizchalarda ham jinsiy sistema kasalliklari kuzatiladi. Bu, hayz funksiyasining buzilishi va jinsiy

aʼzolar rivojlanishidagi anomaliyalardir. Bunga, asosan, uning bolaligida boshidan kechirgan

turli kasalliklari, noqulay turmush tarzi, hatto u ona qornidaligidayoq onasining birorbir jiddiy

kasallik bilan ogʻriganligi sabab boʻlishi mumkin. Hayz funksiyasining buzilishi qizlarda

hayzning kech yoki erta boshlanishi, nomuntazamligi, qon ketishi va hokazo lar bilan kechadi.

Maqolaning mohiyatida jinsiy sistema kasalliklarning yildan yilga ko‘payishining oldini olish

hamda ularni davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.

Kalit so‘zlar:

Jinsiy sistema, hayz, anomaliyalar, ogʻriq, qon, tuxumdon, bachadon,

zamburugʻ, qin, yelboʻgʻoz, homila, sindrom, yalligʻlanish, oʻsma, gipermenstrual,

gipomenstrual, disfunksional, zaxm, soʻzak, abort, tugʻruq, OITS.

CHANGE IN THE AGE CATEGORY OF DISEASES OF THE GENITAL SYSTEM

FROM YEAR TO YEAR - I.E., THE AGEING

Abstract. This article discusses the change in the age category of diseases of the

reproductive system from year to year - that is, their rejuvenation. For example, today, diseases

of the reproductive system are also observed in girls and young girls. These are menstrual

dysfunction and anomalies in the development of the genitals. This may be due mainly to various

diseases experienced by a girl in childhood, an unfavorable lifestyle, or even the fact that her

mother suffered from some serious illness while she was still in the womb. Menstrual dysfunction

is manifested in girls by the late or early onset of menstruation, irregularity, bleeding, etc. The

essence of the article is to consider measures to prevent the increase in diseases of the

reproductive system from year to year and to treat them.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

804

Abstract:

Reproductive system, menstruation, anomalies, pain, blood, ovary, uterus,

fungus, vagina, vulva, fetus, syndrome, inflammation, tumor, hypermenstrual, hypomenstrual,

dysfunctional, syphilis, word, abortion, childbirth, AIDS.

ИЗМЕНЕНИЕ ВОЗРАСТНОЙ КАТЕГОРИИ ЗАБОЛЕВАНИЙ ПОЛОВОЙ

СИСТЕМЫ ИЗ ГОДА В ГОД - Т.Е. СТАРЕНИЕ

Аннотация. В статье рассматривается возрастное изменение заболеваемости

репродуктивной системы из года в год, то есть их омоложение. Например, сегодня

заболевания репродуктивной системы наблюдаются и у девочек и молодых женщин. Это

нарушения менструальной функции и аномалии развития половых органов. Это может

быть связано, главным образом, с различными болезнями, перенесенными им в детстве,

нездоровым образом жизни или даже с тем фактом, что его мать страдала от

серьезного заболевания, когда он еще находился в утробе матери. Нарушение

менструальной функции у девочек характеризуется поздним или ранним началом

менструаций, их нерегулярностью, кровотечениями и т. д. Суть статьи заключается в

рассмотрении мер профилактики и лечения ежегодного роста заболеваний

репродуктивной системы.

Ключевые слова:

Репродуктивная система, менструация, аномалии, боль, кровь,

яичник, матка, грибок, влагалище, вульва, плод, синдром, воспаление, опухоль,

гиперменструальный, гипоменструальный, дисфункциональный, сифилис, слово, аборт,

роды, СПИД.

Kirish:

Xotin-qizlar kasalliklari (ayollar kasalliklari, ginekologik kasalliklar) — xotin-

qizlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bogʻliq kasalliklar

boʻlib,

ginekologiya fani

oʻrganadi. Bu kasalliklar jinsiy sistemaga tegishli boʻlsada, u butun

organizmga taʼsir qiladi. Barcha aʼzo va sistemalar bir-biri bilan uzviy bogʻliqligi tufayli Xotin-

qizlar kasalliklarik.ga butun organizmning kassalligi deb qarash lozim; ginekologik kasalliklar

oʻz navbatida boshqa aʼzo va sistemalar kasalliklari oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin.

Bunda turli spetsifik va nospetsifik infeksiyalar, bolaliqda boshdan oʻtkazgan kasalliklar,

endokrin xastaliklar, moddalar almashinuvining buzilishi, hayotiy muhim aʼzolar patologiyasi

asosiy ahamiyatga ega. Xotin-qizlar kasalliklarik. bir necha guruhlarga boʻlinadi: yalligʻlanish

kasalliklari, hayz faoliyatining buzilishi, oʻsma kasalliklari, jinsiy aʼzolar rivojlanishi hamda

joylashuvi anamaliyasi va hokazo Xotinqizlarda koʻproq yalligʻlanish kasalliklari kuzatiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

805

Bu koʻp jihatdan reproduktiv sistemaning funksiyasi bilan bogʻliq boʻlib, hayz, abort va

ayniqsa tugʻruq jarayonida ayol organizmida infeksiya rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga

keladi. Bundan tashqari spetsifik infeksiyalar, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar — zaxm,

soʻzak, trixomonada (qarang

Trixomonoz),

soʻnggi yillarda OITS

[

1

]

(SPID), xlamidiyalar va

viruslar Xotin-qizlar kasalliklarik.ning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Koʻp hollarda Xotin-

qizlar kasalliklarik.ni stafilokokk, streptokokk, zamburugʻlar va boshqa qoʻzgʻatadi. Ogʻir

kechuvchi septik holatlarda, asosan, 2 va undan ortiq turdagi mikroorganizmlar kasallik

qoʻzgʻatuvchi sifatida ishtirok etadi. Jinsiy aʼzolarning yalligʻlanishi kasalliklariga boshqa

aʼzolardagi yalligʻlanish jarayonlari angina, sinusitlar, buyrak kasalliklari va hokazo ham sabab

boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish qaysi aʼzoda rivojlanishiga koʻra kolpit (qinda), endometrit

(bachadonda), salpingit (bachadon nayida), ooforit (tuxumdonda) va boshqa farq qilinadi. Bu

kasalliklarda gavda haroratining koʻtarilishi, intoksikatsiya, bosh ogʻrishi, umumiy ahvolning

oʻzgarishi bilan birga mahalliy belgilar — qorin pastida ogʻriq boʻlishi, ogʻriqning oʻziga xos

tarqalishi (irradiatsiya), qindan ajralmalar (oqchil) kelishi, baʼzan hayz funksiyasining buzilishi

kabi alomatlar kuzatiladi. X.Q.K.ning koʻpchiligi hayz funksiyasining buzilishi —

gipermenstrual sindrom (hayz qoni miqdorining ortishi) yoki, aksincha, gipomenstrual sindrom

(hayz qonining kamayishi yoki hayzning siyraklashuvi), disfunksional qon ketishi va boshqalar

bilan bogʻliq. Xotin-qizlar kasalliklarik.dan jinsiy sistemaning xavfli va xavfsiz oʻsmalari koʻp,

ular asosan tuxumdon va bachadonda kuzatiladi, boshqa jinsiy aʼzolarda esa kam uchraydi. Jinsiy

aʼzolarning oʻsma kasalliklarini onkologiya oʻrganadi.

Ginekologik amaliyotda jinsiy sistemaning rakoldi kasalliklarini oldini olish muhim,

chunki ular vaqt oʻtishi bilan rakka aylanishi ham mumkin. Oʻsmalar ham, rakoldi kasalliklar

ham odatda koʻzga yaqqol tashlanmaydigan belgilarsiz kechadi, shu sababli ayollar yiliga ikki

marta akusherganekologga koʻrinib turishlari lozim.

Qiz bolalar va yosh qizchalarda ham jinsiy sistema kasalliklari kuzatiladi. Bu, hayz

funksiyasining buzilishi va jinsiy aʼzolar rivojlanishidagi anomaliyalardir. Bunga, asosan, uning

bolaligida boshidan kechirgan turli kasalliklari, noqulay turmush tarzi, hatto u ona

qornidaligidayoq onasining birorbir jiddiy kasallik bilan ogʻrigailigi sabab boʻlishi mumkin.

Hayz funksiyasining buzilishi qizlarda hayzning kech yoki erta boshlanishi,

nomuntazamligi, qon ketishi va hokazo lar bilan kechadi. Davolash choralari qancha erta

boshlansa, shuncha samaraliroq boʻladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

806

Jinsiy sistema aʼzolarining rivojlanishi va joylashuvi anomaliyalari ham katta guruhni

tashkil etadi; bular qizlik parda, qin, bachadon boʻyni sohasidagi bitishmalar, bachadonning

baʼzan ikkita va hokazo boʻlishi. Bu anomaliya lar jarrohlik yoʻli bilan davolanadi. Jinsiy aʼzolar

joylashuvi anomaliyalari (bachadon, qin devorlarining turli yoʻnalishda pastga siljishi, hatto

tushib ^lishi) koʻpincha tugʻruq asoratlari, baʼzan chanoq tubining tugʻma zaifligi, ogʻir jismoniy

mehnat oqibatida yuzaga keladi, bu odatda yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi. Bular jarrohlik

usulida davolanadi.

Homiladorlikning asoratli kechishi bilan bogʻliq baʼzi patologiyalar (homiladorlikning

erta muddatlarida homilaning tushib qolishi,

bachadondan tashqari homiladorlik,

yelboʻgʻoz),

baʼzi tugʻruq asoratlari (oqma yaralar, qoʻshni aʼzolar shikastlari) ham ginekologik kasalliklarga

kiradi.

Xotin-qizlar kasalliklarik. ichida alohida guruhni neyro endokrin sindromlar tashkil etadi;

bu, asosan, gipotalamogipofizar yaatologiyalar bilan bogʻliq. Bular ginekologik hamda

endokrinologik yoʻl bilan davolaniladi.

Ayollar jinsiy sistemasi kasalliklarining oldini olish va davolashni respublikamizdagi

tarkibida ayollar konsultatsiyam boʻlgan tugʻruq majmui va oilaviy poliklinikalar amalga

oshiradi. Toshkentdagi akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituta, shuningdek, uning

viloyatlardagi filiallari homiladorlik va tugʻruq jarayonlarining asoratsiz kechishi, onalar va

bolalar muhofazasini taʼminlashda akusherlik va ginekologik yordamni ilmiy tashkil etish

maqsadida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Venerik kasalliklar, tanosil kasalliklari, zuhroviy kasalliklar — jinsiy yoʻl bilan

yuqadigan zaxm, soʻzak, yumshoq shankr, trixomonoz, mikoplazmoz, xlamidioz, chov

limfogranulematozi, jinsiy aʼzolar sohasi uchugʻi, shuningdek orttirilgan immun tanqisligi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

807

sindromi (OITS)ning umumiy nomi. Venerik kasalliklar juda qadimdan maʼlum. Gippokrat,

Sels, Galen va boshqa asarlarida ham Venerik kasalliklar haqida maʼlumotlar bor. Kam

rivojlangan mamlakatlarda aholining ogʻir ahvolda yashashi, ishsizlik, baʼzi ayollarning hech

qayerda ishlamay fohishalik bilan shugʻullanishi, erkaklarning moddiy qiyinchilik tufayli duch

kelgan ayollar bilan jinsiy aloqada boʻlishi, alkogolizm, giyohvandlik va boshqa Venerik

kasalliklar ning tarqalishi va koʻpayishiga za min yaratadi. Venerik kasalliklar (ayniqsa zaxm,

soʻzak va xlamidioz) keng tarqalishi mumkin. Ular kishilar sogʻligʻiga putur yetkazishdan

tashqari, jamiyat uchun ham xavflidir. Venerik kasalliklar vaqtida davolanmasa yoki notoʻgʻri

davolansa kasallik surunkali tus olib, bemor uzoq vaqtgacha ish qobiliyatini yoʻqotadi, koʻpincha

nogiron boʻlib qoladi. Soʻzak boʻlgan erkak yoki ayol uzil-kesil davolanmasa, jinsiy zaif, umrbod

bepusht boʻlib qolishi mumkin. Venerik kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarning ichki aʼzolari

va markaziy nerv sistemasi izdan chiqadi. Zaxm boʻlgan ayol homilador boʻlib, oʻz vaqgida

davolanmasa, bola yo oʻlik yoki zaxm bilan kasallanib, mayib-majruh boʻlib tugʻiladi (tugʻma

zaxm). Venerik kasalliklar bilan ogʻrigan bemor oʻz vaqtida teri-tanosil kasalliklari dispanseriga

murojaat qilib, mutaxassis vrach koʻrsatmasi boʻyicha davolansa, albatta, tuzalib ketishi

mumkin. Sayoq yurish, ichkilikka ruju qilish, tasodifiy jinsiy aloqalarga yoʻl qoʻyish Venerik

kasalliklar ning koʻpayishiga sabab boʻladi.

Erkaklarda uchraydigan impotensiya (lot. impotentia — kuchsiz, zaif), jinsiy zaiflik —

erkakning jinsiy aloqa qilishga bequvvatligi; raso jinsiy aloqa qila olmaslik. Bunda jinsiy

funksiya — jinsiy mayl, ereksiya (jinsiy olat, yaʼni zakar tarangligi), eyakulyasiya (urugʻ otilishi)

yoki orgazm (xush yoqish sezgisi) buzilishi mumkin. Impotensiyaning sabablari jinsiy aʼzolar,

endokrin sistema, periferik nervlar va bosh miya oliy boʻlimlari funksiyasining buzilishi bilan

bogʻliq. Impotensiya mustaqil kasallik boʻlmay, balki, odatda, azaldan mavjud kasallik asorati

boʻlishi ham mumkin. Impotensiya bir necha xil boʻladi. Moyak istisqosi, jinsiy olat sohasida

chandiq hosil boʻlishi va b. organik impotensiyaga sabab boʻladi. Bosh miyadagi organik va

funksional kasalliklar kortikal (serebral) impotensiyaga olib keladi, bunda, asosan, ereksiya,

eyakulyasiya va jinsiy mayl izdan chiqadi. Shikastlanish, surunkali yuqumli kasalliklar (zaxm,

sil), intoksikatsiya (mishyak, alkogol va hokazodan zaharlanish), moddalar almashinuvining

buzilishi orqa miyadagi ereksiya va eyakulyasiya markazlariga zarar yetkazib, Impotensiyaga

sabab boʻla oladi (spinali.), bunda ereksiya, eyakulyasiya susayadi. Jinsiy hayotga mukkadan

ketish, jinsiy aloqani oxiriga yetkazmay toʻxtatish, onanizm bilan juda koʻp shugʻullanish,

infeksion kasalliklar (soʻzak va b.) bilan bogʻliq boʻlgan surunkali yalligʻlanish jarayonlarida


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

808

prostata bezi, uretra (siydik chiqarish kanali)ning orqa qismi va urugʻ doʻmboqchasidagi nerv

oxirlari uzoq taʼsirlanishi neyroretseptor Impotensiyaga sabab boʻlishi mumkin. Moyaklarning

endokrin funksiyasi buzilganda aksari jinsiy mayl susayadi, ereksiya boʻshashib va hatto

butunlay yoʻqolib ketadi. Moyaklarning yoshga aloqador oʻzgarishlari, tugʻma kasalligi

(yetilmaganligi, yevnuxoidizm) yoki hayot davrida orttirilgan kasalliklari (shikastlanishi,

yalligʻlanishi), boshqa ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, qalqonsimon bez, buyrak usti

bezlari)ning zararlanishi, moddalar almashinuvining buzilishi (avitaminoz, diabet va

b.), markaziy nerv sistemasi kasalliklari ularning endokrin funksiyasini buzishi mumkin

(endokrin I). Jinsiy aloqa chogʻida har ikki jins oʻrtasidagi nomunosib xatti-harakatlar (shunchaki

yengil-yelpi, yuzaki jinsiy aloqa qilish) ham jinsiy zaiflikka olib keladi. Impotensiyani urolog

vrach davolaydi; baʼzan endokrinolog va psixiatr bilan maslahatlashish lozim. Baʼzi ayollarning

jinsiy yaqinlikka befarq boʻlishi, erzadaligi (qarang Vaginizm) ham Impotensiyaga olib keladi.

Bunday hollarda ginekolog vrach bilan maslahatlashish maʼqul. Psixoterapiya, organizmni

mustahkamlovchi dorilar, gormonal preparatlar, vitaminlar, har xil tabiiy usullar va b. bilan

davolash yaxshi naf beradi.

Xulosa:

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jinsiy sistema kasalliklarining yosh toifasi

yildan-yilga yosharib borishi global sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy muammo bo‘lib

qolmoqda. Bu holatning asosiy sabablari orasida hayot tarzi o‘zgarishi, jinsiy tarbiyaning

yetishmasligi, infeksiyalarning keng tarqalishi va texnologik omillarning ta’siri bor. Yoshlar

orasida erta jinsiy hayot boshlanishi, himoyasiz jinsiy aloqalar va gigiyena qoidalariga rioya

qilmaslik kasalliklarning keng tarqalishiga olib kelmoqda.

Ushbu muammoni bartaraf etish uchun aholining, ayniqsa, yoshlarning jinsiy sog‘liq

bo‘yicha bilimlarini oshirish, profilaktika choralarini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini

targ‘ib qilish zarur. Shu bilan birga, maktab va oliy ta’lim muassasalarida sog‘lom hayot tarziga

oid ma’lumotlarni kengaytirish va ota-onalar ishtirokida tushuntirish ishlarini olib borish

samarali natija beradi. Aks holda, jinsiy sistema kasalliklarining yoshlar orasida ko‘payishi

kelajak avlod salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

809

REFERENCES

1.

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi“, Vikipediya, 2024-09-05, qaraldi: 2025-01-04

2.

“Xotin-qizlar kasalliklari” OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

4.

“Impotensiya” OʻzME. I-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yi

5.

Qodirova A. A. va b., Ginekologiya, T., 1997.

References

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi“, Vikipediya, 2024-09-05, qaraldi: 2025-01-04

“Xotin-qizlar kasalliklari” OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

“Impotensiya” OʻzME. I-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yi

Qodirova A. A. va b., Ginekologiya, T., 1997.