Authors

  • Karimboy Jiyanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.70608

Keywords:

Yurak-qon tomir organlari Oshqozon-ichak trakti Reproduktiv tizim Endokrin tizim Ibn Sino “Tib qonunlari” Rene Dekart Refleks A. Vezaliy G.F. Korotko «Fiziologlaming ilmiy maktabi» A.P. Valter I.M. Sechenov I.P. Pavlov D. Ekkls E. Xaksli va A. Xodchkinlar.

Abstract

Ushbu maqolada shaxsga fiziologik yondashuvning tarixiy rivojlanishi bilan bir qatorda yosh fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar tizimi va butun organizmda sodir bo'ladigan o‘zgarishlarni o‘ziga xos yosh xususiyatlarini o‘rganadi. Bola organizmi katta odam organizmidan tubdan farq qiladi. Demak, bola organizmi faqat katta odam qolipi bo’lmay, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslashishi bilan farq qiladi. Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasining asosiy o'rganadigan ob’ekti rivojlanib kelayotgan yosh organizmdir. Binobarin, pedagoglar ta'lim tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi m a’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy - foydali mehnatda, sogiomlashtirish ishlarida bolalar va o‘smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak. O‘sib rivojlanib kelayotgan organizm salomatligini, jismoniy va aqliy qobiliyatini baholash, sog‘lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi yutuqlariga bog'liq. Shuning uchun yosh fiziologiyasi ihni ijtimoiy ahamiyatga egadir.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


443

SHAXSGA (O’SMIRLIK VA O’SPIRINLIK YOSH DAVRILARIGA) FIZIOLOGIK

YONDASHUV VA FIZIOLOGIYANING KELIB CHIQISH TARIXI

Jiyanov Karimboy Omon o’g’li

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Amaliy psixologiya yo’nalishi

4-kurs talabasi.

+998919160181

jiyanovkerimboy@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13974790

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

shaxsga fiziologik yondashuvning tarixiy rivojlanishi bilan

bir qatorda yosh fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar

tizimi va butun organizmda sodir bo'ladigan o‘zgarishlarni o‘ziga xos yosh xususiyatlarini

o‘rganadi. Bola organizmi katta odam organizmidan tubdan farq qiladi. Demak, bola organizmi

faqat katta odam qolipi bo’lmay, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga

moslashishi bilan farq qiladi. Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasining asosiy o'rganadigan ob’ekti

rivojlanib kelayotgan yosh organizmdir. Binobarin, pedagoglar ta'lim tarbiya ishlarini yosh

fiziologiyasi m a’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Maktab,

litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy - foydali mehnatda,

sogiomlashtirish ishlarida bolalar va o‘smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari albatta

hisobga olinishi kerak. O‘sib rivojlanib kelayotgan organizm salomatligini, jismoniy va aqliy

qobiliyatini baholash, sog‘lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi

yutuqlariga bog'liq. Shuning uchun yosh fiziologiyasi ihni ijtimoiy ahamiyatga egadir.

Kalit so’zlar:

Yurak-qon tomir organlari, Oshqozon-ichak trakti, Reproduktiv tizim,

Endokrin tizim, Ibn Sino “Tib qonunlari”, Rene Dekart Refleks, A. Vezaliy, G.F. Korotko,

«Fiziologlaming ilmiy maktabi», A.P. Valter, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, D. Ekkls, E. Xaksli va A.

Xodchkinlar.

PHYSIOLOGICAL APPROACH TO PERSONALITY (ADOLESCENCE AND

ADOLESCENCE) AND THE HISTORY OF THE ORIGIN OF PHYSIOLOGY

Abstract.

In this article, in addition to the historical development of the physiological

approach to the individual, age physiology studies the specific age characteristics of the changes

that occur in the organ system and the whole organism during the development of organisms of

different ages. The div of a child is completely different from the div of an adult. Therefore, a

child's organism is not only the mold of an adult, but also differs in size, physiological

characteristics and adaptation to the external environment. The main object of study of the

physiology of children and adolescents is the developing young organism. Therefore, it is


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


444

important for pedagogues to carry out educational work based on the data of youth physiology. In

schools, lyceums and vocational colleges, the anatomical and physiological characteristics of

children and adolescents must be taken into account in physical education, work classes, social

and useful work, socialization work. Assessing the health, physical and mental abilities of a

growing organism, determining the basics of a healthy life depends on the achievements of the

science of age physiology. Therefore, age physiology is of social importance.

Key words:

Cardiovascular organs, Gastrointestinal tract, Reproductive system,

Endocrine system, Ibn Sina "Medical Laws", René Descartes Reflex, A. Vesaliy, G.F. Korotko,

"Scientific school of physiology", A.P. Walter, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, D. Eccles, E. Huxley,

and A. Hodgkin.

ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ЛИЧНОСТИ (ПОДРОСТКОВЫЙ И

ЮНОШЕСКИЙ ВОЗРАСТ) И ИСТОРИЯ ВОЗНИКНОВЕНИЯ ФИЗИОЛОГИИ

Аннотация.

В данной статье наряду с историческим развитием физиологического

подхода к личности физиология возраста изучает специфические возрастные особенности

изменений, происходящих в системе органов и целом организме в ходе развития организмов

разного возраста. Организм ребенка совершенно отличается от тела взрослого. Поэтому

детский организм не только повторяет взрослый, но и отличается размерами,

физиологическими особенностями и адаптацией к внешней среде. Основным объектом

изучения физиологии детей и подростков является развивающийся молодой организм.

Поэтому педагогам важно проводить воспитательную работу на основе данных

физиологии молодежи. В школах, лицеях и профессиональных колледжах анатомо-

физиологические особенности детей и подростков должны учитываться при занятиях

физической культурой, трудовыми занятиями, общественно-полезной работой,

социализационной работой. Оценка здоровья, физических и умственных способностей

растущего организма, определение основ здоровой жизни зависит от достижений науки

возрастной физиологии. Поэтому возрастная физиология имеет социальное значение.

Ключевые слова:

Сердечно-сосудистые органы, Желудочно-кишечный тракт,

Репродуктивная система, Эндокринная система, Ибн Сина «Медицинские законы»,

Рефлекс Рене Декарта, А. Весалий, Г.Ф. Коротко, «Научная школа физиологии», А.П.

Уолтер, И.М. Сеченов, И.П. Павлов, Д. Экклс, Э. Хаксли и А. Ходжкин.

Hozirgi kunda fiziologiya umumiy solishtirma va maxsus (yoki xususiy) qismlarga

ajraladi. Xayvonlar fiziologiyasi esa ko'pincha maxsus bo'lgan, bir - biri bilan o'zaro jips


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


445

bog'langan yana bir qancha fanlarga bo'linadi. Umumiy fiziologiya muxit ta'siriga tirik materiya

javob berishning umumiy qonuniyatlarini, xar bir organizmga xos bo'lgan asosiy xayotiy

jarayonlami (prosesslarni) o'rganadi, tirik tabiatni o'lik tabiatdan farqlovchi sifat jixatidan o'ziga

xos hodisalarni tekshiradi. Hujayra fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning bo'limlaridan biridir. Xar

xil turlarga mansub organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida to'rgan bir turga

mansub bo'lgan organizmlar funksiyasining o'ziga xosligini esa solishtirma fiziologiya tekshiradi.

Bizning davrimizda 3 evolyusion fiziologiyaga aylanib borayotgan solishtirma

fiziologiyaning maqsadi funksiyalarning tur va individda rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganishdir.

Barcha flziologik materiallami umumlashtiruvchi fanlar - umumiy fiziologiya va evolyusion

fiziologiyadan tashqari, fiziologiyaning maxsus (yoki xususiy) bo'limlari xam bor. Bularga

xayvonlarning ayrim sinf va guruxlari (masalan, qishloq xo'jalik xayvonlar, qushlar, xashorotlar)

fiziologiyasi, yoki ayrim turlar (masalan, qo'y, sigir va x.k.) fiziologiyasi, ayrim organlar (masalan,

jigar, buyrak, yurak), to'qimalar (masalan, nerv yoki muskul to'qimasi) fiziologiyasi kiradi.

Ko'pincha fiziologiyaning ayrim funksiyalarni, o'rganuvchi qismlarini, masalan qon

aylanishi, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqalarni fiziologiya fanining maxsus bo'limlari deb

aytiladi. Demak tirik mavjudodlaming har xil guruhlari qancha bo'lsa, turli organ va turkumlar

qancha bo'Isa, xullas tirik organizm faoliyatining turlari nechta bo'Isa, fiziologiyaning maxsus

(yoki xususiy) bo'limlari o'shanchadir. Yosh fiziologiyasini, sport fiziologiyasi, mexnat

fiziologiyasi, kosmonavtlar fiziologiyasi kabilar xam xususiy fiziologiya tarkibiga kiradi.

Fiziologiya o'z tekshirishlarida boshqa fanlaming ma'lumotlariga asoslanadi va o'z navbatida bir

qancha fanlarning rivojlanishiga asos bo'ladi. Fiziologiya xamisha fizika bilan ximiya qonunlariga

tayanadi va ulaming tekshirish metodlaridan keng foydalanadi. Buning sababi shuki, xar bir

hayotiy jarayonlarda (prosesslar) modda va energiya almashinadi, ya'ni ximiyaviy va fizikaviy

jarayonlar (prosesslar) ro'y beradi. Shu bois fiziologiyada flziologik tadqiqotlarni ikki yo'nalishi -

fizikaviy va ximiyaviy yo'nalishi muxim axamiyat kasb etadi. Bu ikki yo'nalish yordamida juda

ko'p ma'lumot to'planadi, organizmda fizikaviy ximiyaviy jarayonlar (prosesslar) o'tishning o'ziga

xos qonuniyatlari aniqlanadi, bu jarayonlarni (prosesslarni) o'rganishning maxsus metodlari va

texnikaviy yo'nalishlari kengaydi. Natijada fiziologiya fani tarkibidan biologik ximiya va biologik

fizika degan mustaqil fanlar ajralib chiqadi. Masalan, fiziologiyaning elektrofiziologiya sohasi

biofizika ta’lim yo'nalishiga kiruvchi muxim bo'limlaridan biri bo'lib, u odam va xayvonlar

organizmida nerv, muskul, bez to'qimalari qo'zg'alganda ro'y beradigan elektr hodisalami

o'rgatadi. Fiziologiya morfologik fanlar: anatomiya, gistologiya, itologiya bilan xam jips

bog'langan. Chunki morfologik va flziologik hodisalar bir-biri bilan chambarchas bog’liq.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


446

Fiziologiya umumiy biologiya, ma'lumotlariga evolyusion ta'limotga va embriologiyaga

xam tayanadi, chunki xar qanday organizm faoliyatini o'rganishi uchun uning taraqqiyot tarixi -

felogenezini va ontagenezini bilish lozim. Shu bilan birga funksiyalar evolyusion ta’limotning

ba’zi masalalarini aniqlashga yordam beradi. Fiziologiya psixologiya va pedagogika fanlari bilan

xam uzviy bog'langan. Ayniqsa, I.P. Pavlov yaratgan oliy nerv faoliyati xaqidagi ta'limot

zamonaviy psixologiya va pedagogikaning tabiiy-ilmiy asosini tashkil qiladi. Fiziologiyaning

pedagogika uchun aniq (konkret) amaliy axamiyati shundan iboratki, bolaning mexnatga va

turmushini to'g'ri tashkil etish uchun, rasional tarbiya tadbirlirini o'tkazish uchun pedagog, bola

organizmida ro'y beradigan fiziologik jarayonlaming (prosesslaming) yoshga aloqador

xususiyatlami yaxshi tushunishi kerak.

Odam va hayvon organizmining hayotiy faoliyatini bilishga sivilizatsiya rivojlana bosh

lagan vaqtdayoq urinib ko‘rilgan. Qadimiy Xitoy, Hindiston, Yunon, Rim faylasuflari va

shifokorlarining bizning davrimizgacha yetib kelgan asarlarida ba’zi anatomic fiziologik

tasavvurlar uchraydi. Ulardan ayrim to‘g‘ri fikrlar bilan bir qatorda juda ko‘p xayoliy muhokama

va yangiliklar ham bor. Tibbiyot fanining asoschilaridan bin Gippokrat (eramizdan 460-377-y.

avval) organizm tizim va funksiyalarini bir butun sifatida tushunish kerak, degan flkrga asos

solgan. Xuddi shunday nuqtayi nazami qadimgi Rim anatomi Galen (eramizdan 201-131-y. avval)

ham ta’kidlagan. Qadimgi Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq va Yevropa vrachlari orasidauzoq

vaqtdavomidagumoral nazariya va faraKalit so’zlazlar ustun turgan. Tashqi muhitni davriy

o‘zgarishi va zamon omillarining ahamiyati katta ekanligini Aristotel (eramizdan 384-322-y.

avval) ko‘rsatib o‘tgan. Abu Ali Ibn Sino (980 - 1037-y.) «Tib qonunlari» asarida odam

organizmining faoliyatiga tashqi muhit kuchli ta’sir ko'rsatishiga katta ahamiyat bergan. Faqat

fasllamingalmashinishigina emas, balki kunning tunga ulanishi ham organizmda o ‘zgarish keltirib

chiqarishligini ta kidlagan. Ibn Sino bosh miya va ichki a’zolar faoliyati haqida tasavvurga ega

bo‘lgan. Uning nafas olish mexanikasi, o‘pkaning nafas olib, nafas chiqarishda sust ishtirok etishi

to‘g‘risidagi, nafas olganda o'pkaning kengayishi ko‘krak qafasining kengayishiga bog’liq, degan

fikrlari hozirgi zamon tushunchalaridan farq qilmaydi. Fiziologiyaning keyingi rivojlanishi

anatomiyaning yutuqlariga tayangan holda bordi. A. Vezaliyning «Odam tanasining tuzilishi

haqidagi izlanishlari fiziologiya fani sohasidayangiliklar kashf qilinishi uchun asos bo'ldi.

Hayvonlar to‘qimasining tuzilishini bilish, shu to'qima tarkibiy qismining funksiyasini o'rganishga

undadi. Rene Dekart (1596-1650-y.) harakatlanish, berilgan ta’siming aks etishi - refleks

natijasidir, degan g‘oyani ilgari surdi. Vilyam Garvey (1578-1657-y.) 1628-yili nashr qildirgan

«Hayvonlarda yurak - qon harakatini anatomik tekshirish» nomli mashhur asarida kolp

kuzatishlarga va tajribalarga asoslanib, qon aylanishining katta va kichik doiralari haqida, yurak


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


447

organizmda qonni harakatga keltiruvchi a’zo ekanligi haqida to‘g‘ri tasavvur berdi. Qon

aylanishining kashf etilishi fiziologiya faniga asos solingan sana hisoblanadi. V. Garvey

viviseksiya - o‘tkir tajribani ilmiy tekshirish amaliyotiga kiritdi. M. Malpigi (1628-1694-y.) 1661-

yili mikroskop yordamida arteriya va vena qon-tomirlari mayda tomirlar - kapillarlar yordamida

tutashgan ekanligini kashf qildi. Bu kapillarlar tufayli organizmda yopiq qon-tomirlartizimi hosil

bo’lishi ma’lum bo‘ldi. F. Majandi (1785-1855-y.) 1922-yili sezuvchi-afferent (markazga

intiluvchi) va harakatlantiruvchi-efferent (markazdan qochuvchi) tolalar mavjud ekanligini isbot

qildi. A.P. Valter (1817-1889-y.) 1842-yili nerv tizimini organizmning «ichki» jarayonlariga

ta’sirini aniqladi. Xuddi shu yili V. A. Basov (1812-1879-y.) me’daga fastula qo‘yish usulini kashf

qildi va surunkali tajriba o'tkazishga asos soldi. Moskva universiteti professori A. M. Filamofitskiy

(1802-1849-y.) Rossiya eksperimental fiziologiyasiga asos soldi. Nafas fiziologiyasi, qon quyish,

narkozni qo’llash kabi masalalar bilan shug‘ullandi. I.M. Sechenovning (1829-1905-y.) ishlari rus

va dunyo fiziologiyasi uchun juda katta aham iyatga ega. Uni «Rus fiziologiyasining otasi» deb

atashadi. Uning dastlabki ilmiy ishlari qonda gazlarning tashilishi va gipoksiyaga bag'ishlangan.

I.M. Sechenov eritrotsitlar gemoglobini faqatgina kislorodni tashimay, balki karbonat angidridni

ham tashishini aniqladi. Charchash jarayonini o‘rganib faol dam olish ahamiyatini ko‘rsatib berdi.

1862-yili markaziy nerv tizimida tormozlanish jarayonini ochgan, 1863-yili «Bosh miya

reflekslari» degan mashhur asarini nashr qildi.

1

I.M. Sechenov ushbu asarida bosh miyada ro‘y

beradigan jarayonlaming, shu jumladan, odamning fikrlashi kabi murakkab jarayonlami reflektor

tabiatiga xos ekanligini ko‘rsatdi. I.M. Sechenov shu bilan birga oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga

asos soldi, fiziologiyaning bu sohasini keyinchalik I.P. Pavlov rivojlantirdi. I.P. Pavlov (1849-

1936-y.) miyaning reflektor faoliyati haqidagi bilimni odam va hayvon oliy nerv faoliyati haqidagi

ta’limotni yaratish orqali yangi darajaga ko‘tardi. I.P. Pavlov ilmiy faoliyatini uch yo‘nalishda olib

bordi: «Qonaylanish fiziologiyasi» (1874-1889-y.), «Hazm fiziologiyasi (1889-1901 -y.), «Oliy

nerv faoliyati»

(1901-1936-y.).U 1904-yili Nobel mukofotiga sazovor boidi.H

ayotiningoxirgiyillarida (1935-y.) xalqaro fiziologiya kongressida l.P. Pavlov «Dunyo fiziologlari

oqsoqoli» degan unvonga sazovor bo‘ldi. Ch.S.Sherington (1856-1952-y.) miyaning o‘zaro

muvoflqlashtirish tarzlarini ishlab chiqdi. Uning ishlari E.D. Edrianning (1889-1977-y.)

elektrofiziologiya ishlari bilan birgalikda 1932- yil Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. D. Ekkls, E.

Xaksli va A. Xodchkinlar neyronlar qo‘zg‘alishining ion mexanizmini kashf qilganliklari tufayli

1963-yil Nobel mukofotini qo‘lga kiritdilar. O‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishi 1926-

yilda Toshkentda tashkil qilingan Turkiston universiteti bilan bog’liq. O‘zbekistonda ilk fiziologik

1

“Normal fiziologiya”, darslik. Toshkent – 2007, 19-bet


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


448

tadqiqotlarga Turkiston universitetining professorlari E.F. Polyakov va l.P. Mixaylovskiylar

rahbarlik qilishdilar. Keyinchalik Turkiston (O‘rta Osiyo) universitetining professorlari A.I. Izrail

va A.S. Shatalinalar hamda Toshkent Tibbiyot instituti «Normal fiziologiya» kafedrasiga mudirlik

qilgan professor N. V. Danilovlar rahbarlik qildilar.

2

Ulaming rahbarligida respublikamizda bir

necha olimlar yetishib chiqdilar. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, professor A. Yu.

Yunusov, Respublikada xizmat ko'rsatgan fan arboblari, professor A.X. Hoshimov va professor

A.S. Sodiqovlar shular jumlasidandir. O‘zbekistonda XX asming 50-60-yillarida yuqori

haroratning me’da-ichak faoliyatiga ta’sirini o‘rganish ishlari boshlandi. A.Yu. Yunusov, A.S.

Sodiqov, G.F. Korotko, Yu.A. Sherbakov, K.R. Rahimov singarl olimlar o‘z ilmiy izlanishlarlni

issiq harorat me’daning shira ajratishi va harakatlanishiga, me’da osti bezi ingichka ichak shira

ajratish faoliyatiga ta’sir qilish holatlariga bag‘ishladilar. G.F. Korotko rahbarligida Andijon

Tibbiyot institutida «Fiziologlaming ilmiy maktabi» yaratildi, ulaming ilmiy tadqiqotlari

fermentlar gomeostazi va qondagi gidrolitik fermentlar turg‘unligini ta’minlash qonuniyatlariga

bag‘ishlandi. K.R. Rahimov kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ilk bor membrana hazmini o‘rgandi.

Shuningdek, K.R. Rahimov va E.S. Mahmudovlar o‘z ilmiy izlanishlarini, shuningdek, faoliyat

ontogeneziga ham bag‘ishladilar. U.Z. Qodirov hazm a’zolarining o‘zaro munosabatlarini

o‘rganib, o‘n ikki barmoqli ichakka o‘t-safro chiqishi buzilganda ingichka ichakning sekretor,

so‘rish va harakat faoliyatlari, me’da osti bezining sekretor faoliyati keskin o ‘zgarishini ko‘rsatdi.

Z.T. Tursunov miya yarim sharlarining po‘stlog‘i suv-tuz almashinuvida ahamiyati

kattaekanligini, hayvonlarni po‘stloqsizlantirish yuqori harorat ta’sirida kuzatiladigan suv-tuz

almashinuvldagi o‘zgarishlami kuchaytirishini ko'rsatdi. M.G. Mirzakarimova hazm tizim a’zolari

suv-tuz zaxirasi vazifasini bajarishi va yuqori harorat sharoitida organizm suv tanqisligini

yengishda shu zaxiradan foydalanishi mumkinligini isbotladi. V.A. Hojimatov gipotalamo-

gipofizar tizim ning suv-tuz almashinuvldagi ahamiyatini yana bir bor isbotlab, bu almashinuvning

endokrin bezlar tomonidan boshqarilishidagi yoshga aloqador xususiyatlariga aniqlik kiritdi. R.A.

Ahmedov yuqori haroratda tana harorati turg‘unligini saqlash faqat fizikaviy haroratni

boshqarishga (issiqlik yo‘qotishga) emas, balki kimyoviy harorat boshqarilishiga (issiqlik hosil

qilishga) ham bog‘liqIigini isbot qildi. Т.К. G‘ulomov regional (yurak va buyrak) qon aylanishiga

yuqori harorat sharoitida ichki a'zolarning refleks ta’sirlarini o‘rgangan. B.Z. Zaripov ovqat hazm

qilish fiziologiyasi sohasida ovqat moddalarini ichaklardan so'rilishi jarayonlarini o‘rgangan.

2

A.N. Aripov “Odam fiziologiyasi”, Namangan – 2015


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


449

Respublikamiz fiziologiyasining tarixi juda qisqa bo‘lsa-da, shu davr ichida ko'zga ko‘rinarli,

samarali yutuqlarga erishildi va bu sohada bir qatoryirik mutaxassis olimlar yetishib chiqdilar.

3

Xulosa

qilib shuni aytamanki, fiziologiya bizning hayotimizning eng yuksagida turuvchi

va hayotimizning qay darajada faoliyatda bo’lib turganini doimiy nazorat qilib turadigan

jarayondir. Bizning fiziologik tarzimiz faqatgina yurush yugurish kundalikli faoliyatda bo’lish

degani emas. Fiziologik jarayon deganimizda biz, o’zimizning kundalik faoliyat jarayonimizdagi

holatimizni tushunishimiz kerak. Ya’ni o’sha vaqtda bizning organizmimizda kechadigan quyidagi

fiziologik jarayonlar bo’ladi:

Ertalab uyg’onganda tanamiz 100% lik energiyaga to’la, uni har bir ish qilayotganimizda

ma’lum bir foizini sarflaymiz. Ammo uning o’rnini to’ldirishning ham imkonlari turlicha.

Masalan, ertalab uyqudan uyg’ongandan keying yoga va shunga o’xshash yengil fiziologik

mashqlar bizni erta tongdan to kun botgunicha deyarli kuni bo’yi energiya bilan taminlab turadi.

Bundan tashqari tog’ri ovqatlanish, ayniqsa sog’liqqa foydali bolgan maxsulotlar bizning

fiziologik va psixologik imumitetimizni kuchaytiradi. Yana bir fiziologiyamiz va

psixologiyamizga ta’sir qiladigan jarayon bu bizning asab faoliyatimizdir. Yuqoridagi

jarayonlardan oladigan ergiyamizga ma’lum bir foizlarda bizning asab tizimimiz ham o’z xissasini

qo’shadi. Ya’ni bizning kundalikli faoliyatimizda turlicha nerv tizimimizning holatlarida

bo’lamiz. Bular xursandlik, kulgu, mamnuniyat, baxt, quvonch, g’alaba va shodlanish. Bu

emotsional jarayonlar bizning asab sistemamizni energiya bilan ta’minlasa, asabiylik, g’amginlik,

g’azab, stress, depression holatlar, yig’lash va tushkunlik holatlari esa to’plangan energiyani

yo’qqa chiqaradi va bizning fiziologiyamizga ham, psixologiyamizga ham ta’sir qiladi. Bu

jarayonlarning barchsini inobatga olgan holda biz har doim fiziologik faoliyatta bo’lib turishimiz

kerak va bu jarayonlarni qat’iy nazoratda tutishimiz kerak bo’ladi. Bizning fiziologik

jarayonlarimiz va psixologik holatlarimizning turlicha ko’rinishlarda nomoyon bo’ladigan davri

bu o’smirlik va o’spirinlik yosh davrlari oralig’dir. Chunki u davrlar oralig’idagi shaxslarning

fiziologik faoliyati juda ham shiddatli darajada kechayotgan bo’ladi va psixologik holatlari ham

turli xilda o’zgarib turadigan eng qiyin davr hisoblanadi.

O’spirinlik davridagi bolalarni biz endi “bola” deya olmaymiz. Ular jamiyatda o’z o’rniga

ega, hamma narsani farqiga boradigan, mustaqil fikrlay oladigan, har qanday vaziyatda to’g’ri

qarorlar olabiladigan, bilim ko’nikmasi va mehnat layoqatiga ega shaxslardir. O’spirinlar

o’smirlardan farqli xarakter va dunyoqarashga ega bo’lishadi. O’smirlar ijtimoiy hayotida qanday

inson bo’lishini hayol surishadi va yoqtirgan insonlariga taqlid qilishni sevishadi. O’spirinlar esa

3

A.N. Alyaviya, Sh.Q. Qodirov, A.N. Qodirov, Sh.H. Hamroqulov, E.H. Haulov “Normal fiziologiya” darslik 13-bet.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


450

ijtimoiy hayotda qandayinson bo’lishini tasavvur qilibgina qolmasdan bir vaqtning o’zida shu

jamiyatning ijtimoiy hayotiga qo’shilgan bo’ladi. O’spirin yoshdagi yigit-qizlarga endi bolaga

muomala qilgandek muomala qila olmaymiz, chunki ular qilayotgan ish-harakatlarini yaxshi

bilishadi, har qanday masalaga to’g’ri yechim topishga harakat qilishadi, eshitganlarini,

ko’rganlarini va his qilgan narsa va hodisalarni analizlab, tafakkurida shakllantira oladilar.

Fiziologik jihatdan o’spirinlar mehnat faoliyatidan ham to’g’ri foydalada oladigan,

jismoniy tomondan yaxshi rivojlangan, ikkilamchi jinsiy bezlarning rivojlanishi tamomila

rivojlanib bo’lgan bo’ladi. Gumoral sistemasi bir maromda ishlay boshlaydi, akseleratsiya jarayoni

ham jadal kechadi. Endi o’spirin yoshdagi yigit va qizlar yosh bolalardek emas, balki, katta

insonlardek ko’rinishadi. Chunki, o’g’il bolalarda suyaklar, muskullar faoliyati va kuchi yaxshi

rivojlanganligi uchun ularning bo’yi uzun va gavdalari tana tuzilishi katta odamlarnikidek bo’ladi.

Qizlarda esa sut bezlari kattalashadi, tana tuzilishi, qad-qomati, bo’yi va sochlari uzayib

balog’atga yetgan bo’ladi. Ijtimoiy jihatdan ham kamolotga yetgan, o’z-o’zini boshqarish kabi

yetuk insoniy xususiyatga, aqliy faoliyatga ega bo’lishadi. Ularning xarakteri vazmin, mulohazali

bo’ladilar, kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar. O’spirinlar uzoqni ko’zlaydigan, kelajagi

uchun qayg’uradigan, ota-onalarining yaqin yordamchisiga aylanadilar.

REFERENCES

1.

O.T. Alyaviya, Sh.Q. Qodirov, A.N. Qodirov, Sh.H. Hamroqulov, E.H. Haulov “Normal

fiziologiya” darslik, Toshkent:. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti – 2007

2.

A.N. Aripov “Odam fiziologiyasi”, Namangan - 2015

3.

Dаnilovа N.N. Psixofiziologiya. M.,1998

4.

Q. Sodiqov S.H. Aripova G.A. Shahmurova “Yosh fiziologiyasi va gigiyena” Toshkent

«Yangi asr avlodi» -2009

5.

J. Karimboy “O’spirinlik davridagi yigit va qizlarning hayot faoliyatida fiziologik

rivojlanish, psixologik o’zgarish va ijtimoiy jarayonlarning ahamiyati”, vol. 2 no. 16 (2023):

O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali 02.19.2023-yilgi soni

soni, 586-varaq

References

O.T. Alyaviya, Sh.Q. Qodirov, A.N. Qodirov, Sh.H. Hamroqulov, E.H. Haulov “Normal fiziologiya” darslik, Toshkent:. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti – 2007

A.N. Aripov “Odam fiziologiyasi”, Namangan - 2015

Dаnilovа N.N. Psixofiziologiya. M.,1998

Q. Sodiqov S.H. Aripova G.A. Shahmurova “Yosh fiziologiyasi va gigiyena” Toshkent «Yangi asr avlodi» -2009

J. Karimboy “O’spirinlik davridagi yigit va qizlarning hayot faoliyatida fiziologik rivojlanish, psixologik o’zgarish va ijtimoiy jarayonlarning ahamiyati”, vol. 2 no. 16 (2023): O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali 02.19.2023-yilgi soni soni, 586-varaq