2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
423
BUGUNGI KUN ТА’LIM TIZIMI, TALABALARNI O’QITISHDA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARINING AHAMYATLI JIHATLARI
Andayeva Shaxnoz Sanakulova
Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti “Tillar va ijtimoiy-gumanitar
fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15009908
Annotasiya.
bugungi kun tа’lim tizimi, talabalarni o’qitishda zamonaviy
texnologiyalarining ahamyatli jihatlari hamda jahonda taʼlim sohasini modernizatsiyalash,
oʻqitishning didaktik asoslarini innovatsion rivojlanish tendensiyalariga muvofiq
takomillashtirish amaliyotiga alohida eʼtibor. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning
asosiy maqsadi muammoni hal qilish uchun variantlarni tanlash va motivatsiyani ta'minlashdir.
Kalit so’zlar
: tа’lim tizimi, ma’lumot, texnologiya, dastur, didaktika, algoritmlas, tizim,
metod, integratsiya.
Kirish.
Jahonda taʼlim sohasini modernizatsiyalash, oʻqitishning didaktik asoslarini
innovatsion rivojlanish tendensiyalariga muvofiq takomillashtirish amaliyotiga alohida eʼtibor
qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
pedagog kadrlarning kasbiy kompetentlik sifatlariga egaliklarini aniqlash va baholashni taqozo
etmoqda. Shu bois sо‘nggi yillarda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida pedagog
kadrlarning kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligini aniqlash va baholashga e’tibor qaratilib, bu
yо‘lda amaliy harakatlar olib borilmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida pedagog
kadrlarni yetishtirish masalasi kо‘plab umumiy ilmiy, ijtimoiy, madaniy va axloqiy jarayonlar
tutashgan joydadir. Pedagoglarning о‘zi muhim ijtimoiy ro’l о‘ynaydigan ziyolilarning о‘ziga xos
guruhini tashkil etadi. Aynan oliy ta’lim muassasasining pedagogsi zamonaviy raqobat sharoitida
yuqori malakali mutaxassisni shakllantirishga bevosita javobgardir. O‘zbekiston Respublikasi
kelajak taraqqiyoti nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy omillarga va shu bilan birga
madaniy-ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga bog‘liqdir .
Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim jarayonida interfaol usullar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda.
Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda faqat tayyor bilimlarni
egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan
bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy
xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi.Jahon mamlakatlari kelajak kadrlarni
tayorlashda talabalarni zamonaviy bilimlar bilan o‘qitish, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini
shakllantirish, egallangan bilimlarini ijodiy tarzda qo‘llash zamonaviy ta’limning asosiy
masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining
mohiyati.
Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy
etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o’quvmetodik adabiyotlar, o’quv metodik
majmualarni ishlab chiqish, ilg’or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo’yicha sohaga
oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda.
Globallashuvning shiddatli tus olishi ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar qilinishi zaruriyatini
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
424
ifodalaydi. Zamon zayliga mos kelmaydigan ta’lim butun mamlakatni inqiroz kо‘chasiga olib kirib
qо‘yishi tarixiy tajribada kо‘p bora sinalgan. Shu sababdan ta’lim tizimida islohotlarni amalga
oshirishda va rivojlantirishda hukumatimiz tomonidan yiliga mamlakat yalpi ichki mahsulotining
taxminan 15-18 foiz atrofida mablag‘ yо‘naltiriladi va bu davlat byujetining 35 foizini tashkil
etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu kо‘rsatkich 3-4 foizdan oshmaydi. Ta’lim tizimida yil sayin
rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ta’lim jarayonini sifat va
mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga kо‘tarishga xizmat qilayotganligi barchamizga
ma’lum.
Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy
etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o’quvmetodik adabiyotlar, o’quv metodik
majmualarni ishlab chiqish, ilg’or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo’yicha sohaga
oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida
va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot
texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga
oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va
estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va
axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish
uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.
“Biz oliy ta’lim tizimini yangi sifat boqichiga kо‘tarish, oliy о‘quv yurtlari tizimini yanada
rivojlantirish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, pirovardida ilm-fanning yirik
о‘choqlariga aylantirishga alohida e’tibor qaratamiz” – deyiladi Prezidentimizning “Yangi
О‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi” asarida. XXI asr yuqori kо‘rsatkichdagi taraqqiyot
parametrlari bilan birga pandemiya sharoitiga moslashish masalasini ham о‘rtaga tashladi.
Pandemiya boshqa sohalar singari ta’lim tizimiga ham о‘zining salbiy ta’sirini о‘tkazdi desak
mubolag‘a bо‘lmaydi. Bunday paytda axborot texnologiyalari ta’limni uzluksizligini ta’minlashda
yо‘lchi yulduz vazifasini о‘tadi. Masofaviy ta’lim shakli barcha professor-о‘qituvchilarda,
qolaversa, barcha talabalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur о‘zlashtirishga
tabiiy ehtiyoj yaratdi. Pandemiya о‘z-о‘zidan ommaviy ravishda internetdan foydalanish
kо‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Talimda samaradorlikka erishishning bir qator uslublari bо‘lib, shulardan, ta’lim jarayonini
mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Jumladan, texnologiya, axborot, kompyuter, multimedia, internet, masofali о‘qitish, yagona
axborot muhiti va shunga о‘xshash axborotkommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy
vositalaridan foydalanish о‘zining samarasini bermoqda. Shu о‘rinda talabalarning о‘zlashtirish
darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunish darajasi, xotirada saqlash va uni qо‘llash
imkoniyatlarini yuksaltirish maqsadida interfaol elektron doskalardan foydalanish ta’lim
samaradorligini oshirishda qо‘l keladi.
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin
ortib bormoqda.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
425
Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada
kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin.
Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish
texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot- ta’lim muhitiga integrallashishga
yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik
imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot
texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha
yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini
bermoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish
jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga
ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar
va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. 2020-yil 19-mayda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunining yangi tahririda 1-moddasida
fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi
hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi
ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham
muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda.
Yoshlarni zamonaviy bilimlar bilan o‘qitish, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini
shakllantirish, egallangan bilimlarini ijodiy tarzda qo‘llash zamonaviy ta’limning asosiy
masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Tajribali pedagoglar o‘qitish jarayonini isloh qilish yo‘llarini
idirishda davom etib quymasdan, pedagogik texnologiyalari yoki o‘qitish texnologiyalarini
yaratishga katta ahamiyat kasb qilmoqda. “Pedagogik texnologiya” termini o‘tgan asrning 60-
yillari boshlarida xorijiy davlatlarda paydo bo‘lib, shu kungacha “Pedagogik texnologiya” bir
nechta chet davlatlarda yan’iy, AQSH, Yaponiya va Angliya nufuzli jurnallarida va YUNESKO
xalqaro tashkiloti ta’lim bo‘yicha xalqaro byurosi byulletenida “Pedagogik texnologiya”
seriyasida nashr qilinib kelmoqda.
2013-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM)
o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu
borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM larga yangi imkoniyatlar va
istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar
malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning
yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim
manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
426
REFERENCES
:
1.
Мирзиёев Ш.М. Таълим-тарбия тизимини такомиллаштириш масалалари бўйича
https://president.uz/uz/lists/view/3924
2.
(
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-
son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son,
12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 01.02.2024-y.,
03/24/901/0082-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-
son; 05.11.2024-y., 03/24/990/0892-son)
3.
Shoxista, A., & Shaxnoza, A. (2024). EMPOWERING THE FUTURE: THE ROLE OF
DIGITAL TECHNOLOGIES IN SUPPORTING BUSINESS AMONG YOUNG
PEOPLE.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
12
(1), 23-32.
4.
Sanaqulovna, A. S. (2024, December). EFFECTIVENESS OF IMPROVING THE
METHODOLOGY OF TEACHING THE HISTORY OF NATIONAL VALUES TO
STUDENTS. In
International Conference on Modern Science and Scientific Studies
(pp.
127-129).
5.
Shakhnoza, A., & Shokhruz, E. (2024). METHODOLOGY OF TEACHING THE
HISTORY OF NATIONAL PERSONNEL TO STUDENTS IN THE CONTEXT OF
MODERNIZATION IN UZBEKISTAN.
