2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
258
ORGANIZM, ORGANLAR VA TO‘QIMALARNING RADIOSEZGIRLIGI.
RADIATSION NURLANISHDAN KEYIN KECHADIGAN TIKLANISHLAR
MAVZUSINI “HAR KIM, HAR KIMGA O‘RGATADI” METODIDAN
FOYDALANIB O‘QITISH
Fazliddin Temirov
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
“Fizika, biofizika va tibbiy fizika kafedrasi”assistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15088433
Annatatsiya. Ushbu maqola Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy biologiya
fakultetida umumiy va tibbiy radiobiologiya fani 2-kursda o‘qitilib, organizm, organlar va
to‘qimalarning radiosezgirligi. Radiatsion nurlanishdan keyin kechadigan tiklanishlar
mavzusini pedagogik texnologiyalarni “Har kim, har kimga o‘rgatadi” usulidan foydalanib
o‘qitish uchun 2 soat amaliy va 2 soat mustaqil ish bajarish uchun vaqt ajratilgan bo’lib, bu
esa talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashga, ma’lumotlar to‘plashga va mavzuni mustaqil
o‘zlashtirishlari uchun ko‘roq vaqt ajratishlariga olib keladi.
Kalit so‘zlar: Radiobiologiya, “Har kim har kimga o‘rgatadi”, didaktik materiallar,
radiatsion nurlanish.
РАДИОЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ ОРГАНИЗМА, ОРГАНОВ И ТКАНЕЙ. ТЕМА
ВОССТАНОВЛЕНИЯ ПОСЛЕ РАДИАЦИОННОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ «ВСЕ
УЧАТ ВСЕХ» ОБУЧЕНИЕ ПО МЕТОДУ
Аннотация. Данная статья преподавалась на 2 курсе общей и медицинской
радиобиологии
на
факультете
медицинской
биологии
Самаркандского
государственного медицинского университета, радиочувствительность организма,
органов и тканей. Педагогические технологии на тему восстановления после
радиационного воздействия На обучение по методу «каждый учит каждого»
отводится 2 часа практической и 2 часа самостоятельной работы, что позволяет
учащимся работать самостоятельно, собирать данные и знакомиться с темой, что
приводит к увеличению времени на самостоятельное обучение.
Ключевые слова: Радиобиология, «Все учат всех» дидактические материалы,
радиационное воздействие.
RADIOSENSITIVITY OF THE BODY, ORGANS AND TISSUES. THE TOPIC OF
RECOVERY AFTER RADIATION EXPOSURE "EVERYONE TEACHES
EVERYONE" TEACHING USING THE METHOD
Annotation. This article was taught in the 2nd year of general and medical
radiobiology at the Faculty of Medical Biology of Samarkand State Medical University,
radiosensitivity of the organism, organs and tissues. Pedagogical technologies on the topic of
recovery after radiation exposure 2 hours of hands-on and 2 hours of independent work are
allocated for teaching using the "everyone teaches everyone" method, which allows students
to work independently, collect data and learn about the topic. leads to more time for
independent learning.
Keywords: Radiobiology, "Everyone teaches everyone" didactic materials, radiation
exposure.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
259
Mavzuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti platformasi tizimida ma’lumotlar
bo‘lishi va talabalarning o‘z login va parollari bilan tizimga kirib o‘qishlari, bilim va
ko‘nikmalar hosil qilishlari muhim ro’l o’ynaydi.
“Har kim har kimga o‘rgatadi” usuli
Samarqand davlat tibbiyot universitetida ma’ruza darsi amaliy darslari o‘tilgandan keyin
o‘tilganligi uchun qo‘llanilishi juda qo‘laydir, chunki bu usulda bilim va ko‘nikmalar hosil
qilishlari talabalar ham o‘rgatuvchiga ham o‘rganuvchiga aylanib, ma’lum bilimlarni
o‘zlashtirga bilim va ko‘nikmalarni guruhdoshlari bilan baham ko‘rishga imkoniyat beruvchi
o‘qitish usulidir. Ayniqsa ma’ruza o‘tib bo‘lingach, talabalargi didaktik materiallar berib
yuborilsa mavzuni o‘zlashtirish samaradorligi yanada ortadi. Bu usulning maqsadi talabalarga
o‘qitish jarayonida zarur bo‘lgan axborotning maksimum darajada berish, bir vaqtning o‘zida
talabalarda axborot olish va berishga qiziqish uyg‘otishdir. Shuningdek, mavzu bo‘yicha
axborotni olgan talaba ma’lum vaqt davomida fikirlaydi, uni iloji boricha ko‘proq talabalarga
yetkazadi va ko‘proq talabalar o‘zi uchun ma’lumotlarni qabul qiladi.
Usulni qo‘llashdan maqsad:
talabalarni axborot manbalarini tez topishga va mavzuni tez o‘zlashtirishga o’z-
o’zlarini majburlash;
talabalarning axborot olish va berishga qiziqishlarini uyg‘otish;
talabalarning axborotlarni diqqat bilan eshitish va eslab qolishlari;
sherigining axborotini tinglab, boshqa sherikka tezroq yetkazishga
imkoniyatlarini
yaratishni yo’llarini topish.
Usulni afzalliklari:
❖
talabalarning o‘z fikrlarini aniq va lo’nda qilib bayon etishga harakat qilishni
o‘rganishlari;
❖
talabalarga diqqat qilib tinglash va eslab qolish qobiliyatini rivojlantirish;
❖
talabalarni fanga yoki mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishi;
❖
talabalarni turli fikrlardan eng to‘g‘risini ajratib olishga intilishni uyg‘onishi;
❖
talabalarni o‘z-o‘zini baholay olishi;
❖
talabalarni mavzu yuzasidan o‘zaro tortishuv va munozaralar olib borishi;
❖
talabalarga bilm va ko‘nikmalarni tez hosil bo‘lishi;
❖
talabalarga radionuklidlardan kelajakda tashxisda va davolashda foydalana olish
imkoniyatlari yaratilishi.
Talabalar bilishi kerak bo‘lgan asosiy jarayonlar:
➢
radiatsion nurlanish ta’siriga sezgirlik;
➢
radiatsion sindromlar;
➢
radiatsion nurlanishning odam organizimiga umumiy ta’siri;
➢
somatik ta’sir effekti;
➢
genetik ta’sir effekti;
➢
nurlanish kasalliklari;
➢
postradiatsion assoratlar;
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
260
➢
nur kasalligini davolash yo‘llari;
➢
kritik organlar;
➢
nurlanish dozalari.
Mavzu uchun didaktik materiallar.
Radiatsion nurlanish ta’siriga sezgirlik (radiosezgirlik) – bu hujayra, to‘qima va
biologik organizmning ionlashtiruvchi nurlanish ta’siriga ko‘rsatuvchi javob reaksiyasining
namoyon bo‘lish darajasi hisoblanadi. Radiosezgirlik o‘lchov birligi sifatida nurlanish dozasi
(Gr) qiymatidan foydalaniladi.
Radiosezgirlik xossasi biologik turlarda va shuningdek, organizmlarda yakka tartibda
o‘zaro farqlanadi. Turli xil biologik turlarning radiosezgirlik xossasini o‘zaro solishtirishda
LD 50 qiymatidan foydalaniladi. LD 50 – radiatsion nurlanish ta’sirida nurlanish olgan
organizmlarning 50% qismi nobud bo‘lishi qayd qilinuvchi doza hisoblanadi.
Shifokor-jarroh S.B.Goldberg radiatsion nurlanishning biologik ta’sirini tavsiflash
uchun 75 mg radiy bromid ( RaBr
2
) tuzini tanasining yelka sohasiga ~3 soat davomida bog‘lab
qo‘ygan va radioaktiv modda olib tashlangandan keyin teri sohasida qizg‘ish tusli dog‘ hosil
bo‘lganligi, 2 kundan keyin nekroz jarayoni boshlanganligi, 14 kundan keyin esa – yiringli
yara hosil bo‘lishini qayd qilgan.
1902 yilda radiatsion nurlanish ta’sirida terida o‘sma kasalligi kelib chiqishi
aniqlangan, shuningdek odam organizmida to‘qima va organlarning nurlanish ta’sirida keskin
o‘zgarishi va hatto o‘limga ham olib kelishi mumkinligi qayd qilingan.
Radiatsion nurlanish ta’sirida odam organizmida – o‘tkir va surunkali nurlanish
kasalligi, katarakta, leykoz, anemiya, limfoma, miyeloma, qalqonsimon bez saratoni, nafas
olish tizimi organlari o‘sma kasalliklari, oshqozon-ichak saratoni, siydik pufagi saratoni,
ko‘krak bezi saratoni, tuxumdon va urug‘don saratoni, teri saratoni, suyak saratoni, miya
o‘smasi va boshqa onkologik kasalliklar kelib chiqishi qayd qilingan. Shuningdek, radiatsiya
ta’sirida ma’lum vaqt o‘tganidan keyin yuzaga keluvchi patologik holatlar – jumladan, jinsiy
sistema funksiyasi buzilishi, katarakta, genetik o‘zgarishlar qayd qilinadi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
261
1–jadval
Odam organizmiga radiatsion nurlanishning ta’siri:
Yutilgan radiatsiya dozasi
(Rad)
Ta’sir darajasi
O‘limga olib keluvchi doza:
10 000
Rad
(100 Gr)
Markaziy asab tizimi funksiyasi buzilishi oqibatida o‘lim
holati yuz beradi
1000-5000 Rad (10- 50 Gr)
Ichki organlarda (oshqozon-ichak tizimida) qon ketishi
oqibatida, 1-2 haftadan keyin o‘lim holati yuz beradi
300-500
Rad
(3-5 Gr)
Suyak iligi funksiyasi buzilishi oqibatida, nurlanish olgan
50% kishida 1-2 oydan keyin o‘lim holati qayd qilinadi
150-200 Rad (1,5-2 Gr)
Birlamchi nurlanish kasalligi belgilari yuzaga keladi
100 Rad (1 Gr)
Bepushtlikka olib keladi
25 Rad
(0,25 Gr)
Favqulotda darajadagi havfli doza
10 Rad (0,1 Gr)
Gen darajasidagi mutatsiyalar
Yiliga
2 Rad
(0,02 Gr)
«
A
» toifasiga kiritiluvchi, ya’ni bevosita radiatsion nurlanish
ob’yektlarida ishlovchi ishchi-xodimlar uchun chegaraviy
ruxsat etilgan doza
Yiliga 0,2
Rad
(0,002 Gr)
(200
milliRad)
«
B
» toifasiga kiritiluvchi, ya’ni ishlab chiqarish ob’yektlarida
radiatsion nurlanish ta’siri ehtimolligi mavjud sharoitda
ishlovchi ishchi-xodimlar uchun chegaraviy ruxsat etilgan
doza
Yiliga 0,1 Rad (0,001 Gr)
«
B
» toifasiga kiritiluvchi, ya’ni barcha aholi uchun
chegaraviy ruxsat etilgan doza
Yiliga (0,1-0,2
rad)
Yil davomida tabiiy (kosmik va tabiiy) radiatsion fon ta’siri
Yiliga 3
Rad
Stomatologik rentgenografiya
Yiliga 30
Rad
Oshqozon-ichak tizimi rentgenoskopiyasi
1
mikroRad
Kineskopli televizor ekranida bitta xokkey o’yinini ko‘rish
davomida
84
mikroRad/soat
Samolyotda 8
km
balandlikda uchish davomida
Radiatsion nurlanish ta’sirida odam organizmida quyidagi ta’sir effektlari
yuzaga keladi:
I. Somatik ta’sir effekti:
a) Nurlanish kasalligi;
b) Leykoz;
c) O‘sma kasalliklari.
II. Genetik ta’sir effekti:
a)
Gen mutatsiyalari;
b)
Xromosoma abberatsiyasi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
262
Odam organizmi uchun qisqa muddat davomida ~400–500 Ber radiatsion nurlanish
olish o‘lim holatiga olib kelishi qayd qilinadi. Radiatsion nurlanish ta’sirida xavfli o‘sma
kasalligi kelib chiqish ehtimolligi darajasi yuqori hisoblanadi (1.2–jadval).
Radiatsion nurlanishdan keyin o‘sma kasaliklarining barcha shakllari ~50–60 yil
davomida to‘liq namoyon bo‘lishi qayd qilinadi. Radiatsion nurlanishning ma’lum muddatdan
keyin yuzaga keluvchi ta’siri odam organizmida deyarli barcha organlarda masalan suyak,
qon, tuxumdon, oshqozon-ichak, qalqonsimon bezda xavfli o‘sma kasalliklari kelib chiqishi,
genetik mutatsiyalar, turli xil kasalliklarga chalinishga moyillik darajasining ortishi ya’ni
immunitet sistemasi barqarorligi keskin susayishi), bepushtlik, muddatidan oldin qarish
jarayoni tezlashishi, ruhiy-asab sistemasi, aqliy rivojlanishning orqada qolishi kabi holatlar
bilan ifodalanadi.
2–jadval
1945–yil Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlanganidan keyin
xavfli o‘sma kasalliklarining rivojlanish davri [2,7,8]
Xavfli o‘sma kasalligi turlari
Radiatsion nurlanish olgandan keyin,
rivojlanish davri davomiyligi
Leykemiya (qon o‘sma kasalligi)
5 yildan keyin
Qalqonsimon bez o‘smasi
10 yildan keyin
Ko‘krak bezi va o‘pka saratoni
20 yildan keyin
Oshqozon, teri, ichak saratoni
30 yildan keyin
Shuningdek, radiatsiya nurlanishi ta’sirida odam organizmida oshqozon–ichak tizimi,
markaziy asab tizimi, qon tizimi funksiyasida jiddiy buzilishlar kelib chiqadi.
Nurlanish kasalligi – odam organizmiga belgilangan, ruxsat etilgan normal dozadan
yuqori radiatsion nurlanish ta’sir ko‘rsatishi natijasida yuzaga keluvchi, o‘ziga xos kasallik
belgilariga ega bo‘lgan patologik holat hisoblanadi. Umumiy holatda nurlanish kasalligi
organizmda qon hosil qiluvchi organlar, asab tizimi, oshqozon-ichak sistemasi funksiyasi
izdan chiqishi bilan tavsiflanadi.
Radiatsion nurlanish dozasiga bog‘liq holatda o‘tkir nurlanish kasalligi va surunkali
nurlanish kasalligi o‘zaro farqlanadi. O‘tkir nurlanish kasalligi – qisqa vaqt davomida 1 Gr
(100 Rad) qiymatdan yuqori bo‘lgan radiatsiya nurlanishi ta’sirida yuzaga keluvchi patologik
holat hisoblanib, radiatsion toksemiya, sitostatik effekt, radiatsion kapillyarit, funksional
buzilishlar, skleroz, radiatsiyaning onkomutagen ta’siri rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
O‘tkir nur kasalligi nurlanish dozasi qiymatiga bog‘liq holatda quyidagi turlarga
tasniflanadi: suyak iligi funksiyasi izdan chiqishi (1–6 Gr), o‘tish shakli (6–10 Gr), ichak tizimi
funksiyasi izdan chiqishi (10–20 Gr), toksemik shakl (20–80 Gr), serebral shakl (80–120 Gr).
Shuningdek, 120 Gr dan yuqori radiatsiya nurlanishi ta’sirida o‘tkir nurlanish kasalligi odam
organizmida bevosita o‘limga olib keladi. Suyak iligi funksiyasi izdan chiqishi bilan bog‘liq
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
263
o‘tkir nurlanish kasalligi shakli – boshlang‘ich davr (birlamchi javob reaksiyasi), yashirin
davr, kuchayish davri va qayta tiklanish yoki tuzalish davri bosqichlariga ajratiladi.
Surunkali nurlanish kasalligi – uzoq vaqt davomida 1Gr atrofidagi radiatsion nurlanish
ta’sirida bo‘lishi natijasida kelib chiqadi.
Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda radiatsion nurlanish dozasiga bog‘liq
o‘rtacha yashash davri davomiyligi qiymati egri chizig‘ida 3 ta sohani yaqqol qayd qilish
mumkinligi kuzatilgan va ushbu asosda, quyidagi radiatsion sindromlar ajratib ko‘rsatiladi:
1. Qon hosil bo‘lishi tizimi radiatsion sindromi;
2. Oshqozon-ichak tizimi radiatsion sindromi;
3. Serebral yoki bosh miya radiatsion sindrom.
Bunday ko‘rinishda radiatsion nurlanish ta’sirida pag‘onasimon tarzda nobud bo‘lish –
bevosita, sut emizuvchilar organizmida radiatsion nurlanish ta’sirida funksional jihatdan
ishdan chiquvchi «chegaraviy darajada» sezgir organlar (critical organs) va tizimlar mavjudligi
bilan izohlaniladi. Ya’ni, radiatsion nurlanish dozasi diapazonining ma’lum bir sohalarida
yuqori darajada sezgirlikka ega organlar mavjudligi qayd qilinadi.
Radiatsion nurlanish ta’sirida tajriba hayvonlarida DNK makromolekulalarida yuzaga
keluvchi buzilishlar natijasida, xromosoma darajasidagi mutatsiyalar yuzaga kelish ehtimolligi
darajasi keskin ortishi qayd qilingan. Jumladan, normal holatda DNK makromolekulasida turli
xil omillar ta’sirida yuzaga keluvchi struktura tuzilishiga oid buzilishlarni qayta tiklashga
qaratilgan – reperatsiya mexanizmining faolligi susayishi aniqlangan.
Odamning nurlanishdan zararlanishi tashqi nurlanish, radioaktiv moddalarning teriga
tushishi, radionuklidlarning organizm ichiga tushishi (inkorporatsiya), turli tipdagi
nurlanishlarning birgalikdagi ta’siri, radiasiya va boshqa faktorlar (jarohatlar, kuyish,
yaralanish)ning aralashgan holdagi ta’siri natijasi bo’lishi mumkin.
Tashqi nurlanishdan zararlanishni ta’sir etuvchi nurlarga ko’ra quyidagi
turlarga bo’lishadi:
*
- yoki rentgen nurlardan zararlanish;
* neytron nurlanishidan zararlanish;
* proton nurlanishdan zararlanish;
* nurlardan zararlanish.
Rentgen va
-nurlanish, hamda yuqori energiyali neytronlar yuqori o’tuvchanlik
qobiliyatiga ega bo‘lib, o’z yo’lidagi barcha to’qimalarga zarar yetkazadi. Odam va
hayvonlarni ushbu nurlar bilan mos dozalar bilan umumiy nurlatganda o’tkir nurlanish
kasalligi paydo bo’ladi. Protonlar va α-nurlanishlari ancha kam o’tuvchanlik qobiliyatiga ega.
Shuning uchun ular faqat teri qatlamlarini zararlantirishi mumkin.
Yutilgan doza taqsimlanishiga qarab organizmda umumiy va mahalliy
zararlanishlar paydo bo’ladi. Radiatsion ta’sirning davomiyligiga qarab nurlanishdan
zararlanishning o’tkir va surunkali shakllari bor. O’tkir nurlanish kasalligi uchun
zararlantiruvchi doza bir hafta ichida olingan bo’ladi. Agar nurlanish vaqti bir necha oy va
yillarni tashkil etsa, zararlanishning xronik shakli rivojlanadi. Nurlanishdan zararlanishning
og’irligi asosan nurlanish dozasiga bog’liq. O’tkir nur kasalligi 1Gr dozadan ko’proq tashqi
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
264
nurlanish (rentgen,
- va neytron) qisqa vaqt ichida olinganda rivojlana boshlaydi. Nurlanish
dozasiga ko’ra o’tkir nur kasalligining quyidagi shakllari bor:
a) 1 Gr dan kam nurlanishda kuzatiladigan klinik belgilar o’tkir nurli reaksiyalar deb
ataladi. Ularga holsizlik, qayd qilishlik, neytrofillar va trombotsitlar sonining kamayishi
kiradi.
b) 1-10 Gr dozada nurlanganda o’tkir nur kasalligining suyak ko’migi shakli
rivojlanadi. Bunda qon hosil qiluvchi to’qimalar zararlanadi. Bunda infeksion asoratlar, qon
oquvchanlik, anemiya paydo bo’lishi mumkin.
c) 10-20 Gr dozadagi nurlanish ingichka ichak epiteliyasida zararlanishlarga olib
keladi.
d) 20-50 Gr dozadagi nurlanish deyarli barcha parenximatoz organlarning
zararlanishiga va natijada toksemiya rivojlanishiga sabab bo’ladi.
e) 50 Gr dan katta nurlanishda markaziy nerv sistemasi zararlanadi.
Nurlanish dozasi sohasiga qarab organizm o’limiga olib keluvchi kritik organlar
tushunchasi kiritilgan. Kritik organdagi zararlanishlar shunday vaqtda ro’y beradiki, boshqa
organlarda bu vaqtdagi zararlanishlar organizm uchun havfli bo’lgan darajagacha rivojlanib
ulgurmagan bo’ladi. Shuning uchun o’rtacha hayot davomiyligi bilan nurlanish dozasi
orasidagi bog‘lanish zinapoya shakliga egadir. Halok bo’lishning bosqichli xarakteri kritik
sistemalarning ishdan chiqishi bilan bog’liqligi umumbiologik qonuniyat bo‘lib, hayvonlarda
ko’p tajribalarda isbotlangan.
Umumiy o’tkir nurlanishda 1,5-6 Gr dozada qon hosil qilish organlari kritik bo’lsa, 10-
100 Gy oraliqda ingichka ichak epiteliysi, 100 Gr dan yuqori dozalarda markaziy
nervsistemasi kritik organ bo’ladi.
Odam organizmining 2 Gr dan kattaroq dozalardagi birlamchi reaksiyasi qayd qilish,
ishtahaning yo’qolishi, bosh og’rishi, umumiy holsizlanish, uyquga tortishdan iborat. Bu 1-3
kun davom etadi.
Kasallikning og’ir kechishini ko’rsatuvchi (umumiy doza 10 Gr dan oshganida)
belgilarga qon bosimining pasayishi, xushni qisqa vaqtga yo’qotish, subfebril harorat, ich
ketishi kiradi.
Periferik qonda nurlanishdan so’ng birinchi kunlarda neytrofil leykotsitoz,
limfopeniya kuzatiladi.
Odamning suyak ko’migida miyelokariotsitlar sonining kamayishi, yosh
hujayralarning yo’qolishi ro’y beradi. Qon va siydik tarkibida 3-4 Gr dan yuqorida shakar va
billirubinning oshishi va xloridlar miqdorining kamayishi aniqlanadi.
2-4 kundan so’ng birlamchi reaksiya belgilari yo’qoladi va kasallar holati yaxshilanadi.
Kasallikning latent yoki yashirin bosqichi boshlanadi. Bu bosqich zararlanish og’irligiga
bog’liq bo‘lib, odamlarda 14-32 kun davom etadi. 10 Gr dan katta dozalarda bu bosqich
umuman boshlanmaydi. Latent bosqichda sochlar tushishi va nevrologik simptomlar
kuzatiladi. Qon analizida yaqqol limfopeniya, neytrofillar, trombotsitlar soni kamayishi
aniqlanadi. Suyak miyasida birinchi kunlardanoq aplaziya, 2-3 hafta ichida regeneratsiya
belgilari kuzatiladi. Shu davrda tuxumdonlar atrofiyasi va spermatogenez susayishi paydo
bo’ladi. Latent bosqichning oxirida kasallar holati keskin yomonlashadi, holsizlik
kuchayadi,temperatura oshadi, eritrotsitlar cho’kish tezligi ko’payadi. Kasallikning og’ir
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
265
bosqichi boshlanadi. Gemorragik sindrom ro’y beradi: terida, shilliq pardalarda, hazm qilish
yo’llarida, miyada, yurakda, o’pkada qon quyilishi ro’y beradi. Ushbu davrda bu jarayonlar
kasallar hayoti uchun eng havflidir.
Qonning tarkibi bu davrda asosan limfotsitlardan iborat bo’ladi. Bu bosqichda anemiya
kuchaya boshlaydi. Suyak ko’migida va limfatik tugunlarda regeneratsiya boshlanadi. Qon
hosil qilish sistemasida gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya kuzatiladi, asosiy azot
miqdori oshadi, xloridlar miqdori kamayadi. Moddalar almashinishidagi buzilishlar tufayli
odam massasi kamayadi. Davolanish natijasida kasallik to’rtinchi bosqichi - tiklanish
boshlanishi mumkin. Ionlantiruvchi nurlanishning ichki organlarga tushishi natijasidagi
zararlanishlar.
Kritik organga tushayotgan nuklidlar kontsentratsiyasi nuklidlar tabiatiga va
o’lchamlariga bog’liq. Radiatsion himoya xalqaro qo’mitasining hisobiga ko’ra
aerozollar o’lchami 1 mkm bo’lganda nafas olishda tushgan nuklidlarning 35% nafas bilan
chiqadi, 30% yuqori nafas olish yo’llarida o’tiradi, 25% o’pkaning alveolalarida va 8%
traxeyalarda o’tirib qoladi.
Kritik organlardan nuklidlarni biologik yarim chiqarish davri o’nlab kundan (
3
H ,
𝐶
24
14
,
Na) cheksizgacha (stronsiy-90, plutoniy-239 ning to’la yutilishi) bo’ladi. Organizmda
nuklidlar tarqalishiga qarab uch guruhga bo’linadi: suyaklarda to’planadiganlari (ittriy-90,
stronsiy-90, plutoniy-239 va h.), jigarda (poloniy-210, seriy-144 va h.), butun tanada
to’planadigan (tritiy, Uglerod-14, seziy-137 va h.). Radionuklidlar organizmga tushishida
ularni tezda chiqarish usullaridan foydalanish zarur. Buning uchun qayd qiluvchi preparatlar,
nuklidlar adsorbentlarini berish, ko’p suv ichish kerak.
Hazm qilish sistemasi radionuklidlarning organizmga tushishi va chiqarilishi yo’lidir.
Radionuklidlarning hazm qilish yo’llarida shimilishi ularning qanday birikmada ekanligiga
bog’liq. Masalan, hazm qilish sistemasida plutoniy-238 ning shimilishi plutoniy nitratining
shimilishidan 25 marta katta.
Radionuklidlarning uzoq vaqt tushishi natijasidagi surunkali nur kasalligida
ko’r,sigmasimon va to’g’ri ichaklarda yaralar, shamollashlar paydo bo’lgan. Kasallikning
surunkali bosqichida hayvonlarning bir qismi nefroskleroz, jigarningdistrofik va sklerotik
o’zgarishlaridan o’lgan. Patologik jarayonga yaqin yotuvchi arteriyalar ham yo’liqadi.
Foydalanilgan va qo’shimcha o’qish uchun tavsiya qilinuvchi adabiyotlar
ro’yxati:
1.
SamDTU mt.sammu.uz platformasi.
2.
Sh.S. Хushmatov, А.Т. Yesimbetov, G.S. Begdullayeva.Radiobiologiya.
3.
Тоshkent, 2016. –240 b.
4.
Ремизов А.Н., Максина А.Г., Потапенко А.Я. Медицинская и биологическая
физика, Дрофа, 2003. –560 c.
5.
Ярмоненко С.П., Вайнсон А.А. Радиобиология человека и животных.М.,
"Высшая школа", 2004. –C. 28–60
6.
А.Д.Доника,
С.В.Поройский
Учебно-методическое
пособие
«Основы
радиобиологии» Волгоград, 2010. –28 c.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
266
7.
Ergashev A.J. Organization of a pedagogical testing experiment in teaching nuclear
technologies in higher education institutions: analysis and results Current Research
Journal Of Pedagogics – USA. –2023. ISSN 2767–3278 Impoct Factor: 7.266, – P. 7–
14.
8.
Ergashev A.J. Oliy ta’lim tizimida “Ionlashtiruvchi nurlanishlar” mavzusini modul
tizimida o‘qitish usullari // O‘zMU xabarlari. – Toshkent, 2022. – №1/4/1. – B. 202–
204.
9.
Ergashev A.J. Yadro texnologiyalari fanini o‘qitishda pedagogik va axborot
kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llash // Mutafakkir ilmiy jurnali –Toshkent,
2022. – № 1. – B. 159–164.
10.
Ergashev A.J. Oliy ta’limda yadro texnologiyalari fanini o‘qitishda didaktik o‘yin
topshiriqlarini tayyorlash texnologiyasi// Namangan davlat universiteti ilmiy
axborotnomasi – Namangan, 2022. – № 7. – B. 353–358.
