2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
277
Fe-Cr-B SISTEMASIGA KIRUVCHI Fe
70
Cr
15
B
15
va Fe
73
Cr
12
B
15
AMORF
QOTISHMALARNING ISSIQLIK XOSSALARI
O.Q.Quvondiqov
1
, O’.T.O’sarov
2
R.M.Rajabov
1
, Sh.A.Xomitov
1
, I.Samiyev
1
1
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
2
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15088470
Annotatsiya. Differensial skanerlash kalorimetriyasi (DSC) usuli yordamida Fe-Cr-B
sistemasiga kiruvchi Fe
70
Cr
15
B
15
va Fe
73
Cr
12
B
15
amorf qotishmalarning xona haroratidan boshlab
1200 K gacha bo‘lgan temperatura intervalidagi solishtirma issiqlik sig‘imi C
p
(T) o‘rganildi.
Tadqiqot natijalaridan Kyuri va kristallanish temperaturalari aniqlandi.
Kalit so‘zlar: amorf holat, amorf metall qotishmalar, solishtirma issiqlik sig'imi, Kyuri
temperaturasi, kristallanish temperaturasi.
Amorf ferromagnit qotishmalarda issiqlik sig‘imi kristall qotishmalarga qaraganda,
yuqoriroq bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Buning asosiy sababi, ularning tartibsiz atom tuzilishi va
fononlarning tarqalishining tabiatiga bog‘liq. Ko‘pchilik amorf ferromagnit qotishmalarda magnit
fazaviy o‘tish nuqtalarida (masalan, Kyuri temperaturasida) va amorf holatdan kristall holatga
o‘tish jarayonida issiqlik sig‘imining keskin o‘zgarishi kuzatiladi. Amorf qotishmalar tez sovitish
natijasida atomlar joyashuvi betartib holda shakllanadi. Qizdirish jarayonida bu ichki
tartibsizliklar bartaraf bo‘ladi, natijada issiqlik chiqariladi va grafikda yuqoriga yo‘nalgan pik
kuzatiladi [1, 2] Bu hodisa temperatura ta’sirida qattiq fazadagi tarkibiy o‘zgarishlarga bog‘liq.
Barcha temir guruhi asosidagi amorf qotishmalarning aniq kristallanish chegarasini
aniqlash mumkin emas [3, 4]. O‘rganilgan amorf qotishmalar uchun solishtirma issiqlik sig‘imi
𝐶
𝑃
egri chiziqlari Kyuri temperaturasi
𝑇
𝐶
, kristallanish temperaturasi
𝑇
𝐾
ga mos keladigan
ekzotermik va endotermik xarakterga ega.
Amorf ferromagnit qotishmalarda solishtirma issiqlik sig‘imi C
P
ning temperaturaga
bog‘liq ravishda o‘zgarishi ularning o‘ziga xos tuzilishi, magnit xususiyatlari va issiqlik xossalari
bilan bog‘liq. Ko‘pgina amorf ferromagnit qotishmalarda Kyuri temperaturasi (T
C
) 300–800 K
oralig‘ida bo‘ladi. Kyuri temperaturasi T
C
ga yetganda magnit momentlarning tartiblanishi
yo‘qoladi, natijada fazaviy o‘tish sodir bo‘ladi. Bu jarayonda magnit entropiya keskin o‘zgaradi
va issiqlik sig‘imi maksimumga erishishi mumkin. Solishtirma issiqlik sig‘imi
C
P
ning bu
nuqtadagi keskin o‘zgarishi ikkinchi tartibli fazaviy o‘tish ferromagnit holatdan paramagnit
holatga o‘tish natijasida yuzaga keladi.
Xona temperaturasidan
Kyuri temperaturasi
ga qadar
solishtirma issiqlik sig‘imi
C
P
monoton oshadi, chunki fonon harakati va elektronlar issiqlik
sig‘imi hissa qo‘shadi.
Kyuri temperaturasidan keyingi temperaturalarda
magnit tartib
yo‘qoladi va solishtirma issiqlik sig‘imi
C
P
biroz barqarorlashadi.
Temir guruhi elementlari asosidagi Fe-Cr-B sistemasiga kiruvchi Fe
70
Cr
15
B
15
va
Fe
73
Cr
12
B
15
amorf qotishmalar solishtirma issiqlik sig‘imi
𝐶
𝑃
ning xona temperaturasidan 1300
K temperatura oralig‘idagi bog‘liqligining tajribaviy natijalari 1-rasmda keltirilgan.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
278
1-rasm.
Fe-Cr-B sistemasiga kiruvchi amorf qotishmalar solishtirma issiqlik sig‘imi
𝑪
𝑷
ning temperaturaga bog‘liqligi
O‘rganilgan Fe-Cr-B namunalarida qizdirish natijasida solishtirma issiqlik sig‘imi (C
p
)
ning ortishi kuzatildi. Bu hodisa odatda amorf qotishmalarda tempertura ta’sirida vujudga keluvchi
fazaviy va strukturaviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq [5, 6]. 1-rasmdan ko‘rishimiz mumkinki,
o‘rganilayotgan namunalar tarkibida temir elementining miqdoriy ulushi oshib borgan sari Kyuri
temperaturasi oshishini, kristallanish temperaturasi esa kamayishini ko‘rishimiz mumkin. Amorf
qotishmalar tarkibida atomlar tartibsiz holda joylashgan. Temperatura oshganda, atomlarning
joylashuvi biroz tartiblanishi uchun namunaning ichki energiyasi
temperatura ta’sirida o‘zgaradi.
Bu
jarayon endotermik jarayon hisoblanadi, ya’ni namunaning temperatura oshishi bilan atrof-
muhitdan issiqlik yutishi kuzatiladi va entalpiya
∆𝐻
ning o‘zgarishi musbat bo‘lib yuqoriga
yo‘nalgan piklar kuzatiladi.
1-rasmda keltirilgan solishtirma issiqlik sig‘imining temperaturaga bog‘liqligi
natijalaridan foydalanib, grafikdagi egri chiziqlar bilan chegaralangan yuzani raqamli integrallash
usuli (trapetsiyalar usuli) yordamida namunalar uchun entalpiyaning o‘zgarishi hisoblandi. Barcha
o‘rganilgan namunalar uchun entalpiya o‘zgarishining qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Fe-Cr-B sistemasi qotishmalarining ∆H –entalpiya o‘zgarishi qiymatlari
Amorf
ferromagnit
qotishma
Kyuri
temperaturasi
T
C
, [K]:
Kristallanish
temperaturasi
T
k
, [K]
Issiqlik
effekti
∆H
1
[J/g]
(295 - 430
K)
Issiqlik
effekti
∆H
2
[J/g]
(700 – 770
K)
Issiqlik
effekti
∆H
3
[J/g]
(1100 -
1300 K)
Fe
70
Cr
15
B
15
295
750
447
674
3009
Fe
73
Cr
12
B
15
325
740
571
791
4616
O‘rganilgan namunalarda solishtirma issiqlik sig‘imining temperaturaga bog‘liqligi
natijalaridagi issiqlik effekti kuzatilgan o‘zgarishlar entalpiyaning o‘zgarishini namoyon qiladi. 1-
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
279
rasmda tasvirlangan tajriba natijalari shuni ko'rsatadiki, 298-430 K temperaturada birinchi issiqlik
effekti kuzatiladi va solishtirma issiqlik sig‘imi C
P
ning qiymati keskin oshishi kuzatildi. Bu
o‘zgarishni Fe-Cr-B sistemasiga kiruvchi namunalarning II tur fazaviy o‘tish ferromagnit holatdan
paramagnit holatga o‘tish jarayoni ya’ni Kyuri temperaturasi qiymatlariga mos keladi.
Temperaturaning keyingi qiymatlarida solishtirma issiqlik sig‘imi monoton oshib, 500 K ga
yetganda termik barqarorligini saqlaydi. 700 – 770 K temperatura oralig‘ida solishtirma issiqlik
sig‘imi C
P
ning qiymati oshib, kristallanish temperaturasiga mos keluvchi pik kuzatildi. Ushbu
issiqlik effekti kristallanish turining birinchi tur fazaviy o‘tishga mos keladi. Keyingi issiqlik
effekti 1100 - 1300 K temperatura oralig‘ida sodir bo‘ladi. Bunda namunalar uchun kristall holat
Kyuri temperaturasiga mos keluvchi issiqlik effekti kuzatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Terekhov, S.V. Prediction of the Thermophysical Behavior of Amorphous Alloys
Ni
0.333
Zr
0.667
and La
80
Al
20
Using the Properties of the Metals. Russ. Metall. 2023, 1105–
1111 (2023). https://doi.org/10.1134/S0036029523080281
2.
O.Kuvandikov, I.Subkhankulov, N.S.Khamraev, R.M.Razhabov, D.Kh.Imamnazarov,
Sh.A.Khomitov “Thermal properties of amorphous FeNiSiC alloys” Samarkand
International Symposium on Magnetism 2 – 6 July, 2023. 178 p.
3.
Теплофизеческие явления при кристаллизации металлов // под редакция
В.Е.Наркорякова. Институт теплофизики. Новосибирск 1982. 132 с.
4.
O. K. Kuvandikov, I. Subxankulov, D. H. Imamnazarov, and Sh. A. Khomitov, Nature of
Exchange Interaction in Amorphous Alloys Based on Metals of Iron Group with
Metalloids,
Metallofiz.
Noveishie
Tekhnol.
,
44
,
No.
7:
823—829
(2022)
https://doi.org/10.15407/mfint.44.07.0823
5.
O. Kuvandikov, N. S. Hamraev, R. M. Razhabov, I. Subkhankulov, Sh. A. Khomitov, and
D. H. Imamnazarov “Thermal Characteristics of Amorphous Fe–Ni–Si–C Alloys” Bulletin
of the Russian Academy of Sciences: Physics, 2024, Vol. 88, No. 12, pp. 2056–2061. DOI:
https://doi.org/10.1134/S1062873824708675
6.
Janovszky D., Sveda M., Sycheva A. et al. Amorphous alloys and differential scanning
calorimetry
(DSC). J
Therm
Anal
Calorim 147,
7141–7157
(2022).
https://doi.org/10.1007/s10973-021-11054-0
