Authors

  • F. B. Tugalov
  • F. R. Axmedjanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75294

Keywords:

LiF kristalli akustik toʻlqin tezlik nurlanish dozasi temperatura va akustik xususiyatlar.

Abstract

D= 1.65106 R, 8107 R va 1108 R dozada 60Со gamma nuri bilan nurlantirilgan litiy ftor kristallarida, boʻylama akustik toʻlqinlar tezligining, nurlanish dozasiga bogʻliqligi 298 K va 423 K temperaturalarda oʻrganildi. Nurlanish dozasi akustik toʻlqin tezligiga sezilarli darajada ta’sir qilmasligi aniqlandi.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

280


GAMMA NUR BILAN NURLANTIRILGAN LITIY FTOR KRISTALLARIDA

BOʻYLAMA AKUSTIK TOʻLQIN TEZLIGINI NURLANISH DOZASIGA

BOGʻLIQLIGI

F. B. Tugalov

Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti “Koʻp fazali tizimlar issiqlik fizikasi”

laboratoriyasi tayanch doktoranti

F. R. Axmedjanov

Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti “Koʻp fazali tizimlar issiqlik fizikasi”

laboratoriyasi mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.15088490

Annotatsiya. D= 1.65

10

6

R, 8

10

7

R va 1

10

8

R dozada

60

Со gamma nuri bilan

nurlantirilgan litiy ftor kristallarida, boʻylama akustik toʻlqinlar tezligining, nurlanish dozasiga
bogʻliqligi 298 K va 423 K temperaturalarda oʻrganildi. Nurlanish dozasi akustik toʻlqin tezligiga
sezilarli darajada ta’sir qilmasligi aniqlandi.

Kalit soʻzlar: LiF kristalli, akustik toʻlqin, tezlik, nurlanish dozasi, temperatura va akustik

xususiyatlar.


Akustik, akusto-optik va optoelektronik qurilmalarda ishchi muhit sifatida ishlatiladigan

bir qator kristallar, jumladan, litiy ftor (LiF) kristallarining akustik xususiyatlarini oʻrganildi [2].
Biroq, hozirgacha gamma-nurlanishli litiy ftor kristallarining akustik xossalari, xususan, akustik
toʻlqinlarning tezligi va soʻnish koeffitsienti oʻrganilmagan. Namunalarning tayyorlanishida
nurlanish havoda 320 K da 510 R/s dozali gamma-nurlanish

60

Co radioizotop manbasida amalga

oshirildi [2]. Nurlanish dozasi taxminan 8 ּ10

7

R. Namunalar oʻlchamlari 8x10x25 mm boʻlgan

silindr va parallellopepid shaklida boʻlib, ularning uzun tomoni bilan [100] kristallografik
yoʻnalish boʻylab 1 gradus aniqlik bilan yoʻnaltirilgan.

Oʻlchovlar 298 K va 423 K temperaturalarda “Impulsli ultratovush” usuli bilan amalga

oshirildi. Raqamli chastota oʻlchagich bilan ketma-ket chastota qiymatlarini hosil boʻlgan
impulsning amplitudasi minimal boʻlgan holatida oʻlchash orqali, akustik toʻlqin tezligini V ni
aniqlash mumkin [1]:

V

=2

L



,

(1)

bu yerda L - namuna uzunligi,



- qarama-qarshi fazali tovushga mos keladigan yuqori

chastotali generatorning ikkita qoʻshni chastotalari orasidagi farq. Koʻrsatilgan farq

10 Hz mutlaq

aniqlikdagi raqamli chastota oʻlchagichning koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlandi. Akustik toʻlqin
tezligini oʻlchash aniqligi namuna uzunligi oʻlchovlarining aniqligi bilan cheklangan va ~ 1% ni
tashkil etgan.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

281


1-rasm. [100] kristallografik oʻq boʻylab Litiy ftor kristallarida boʻylama akustik

toʻlqinlar tezligining nurlanish dozasiga bogʻliqligi. (1 - 298 K, 2 - 423 K temperaturada boʻylama
akustik toʻlqinlar tarqalish tezligi)

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, gamma nurlanish tufayli litiy ftorid kristallarida atom

oʻlchamidagi nuqta nuqsonlari, shu jumladan ftor ioni vakansiyalari hosil boʻladi. Ushbu
nuqsonlar [100] kristallografik oʻq boʻylab tarqaladigan bo’ylama akustik toʻlqinlarning tezligiga
amalda ta’sir qilmaydi (1-rasm). Lekin haroratning ortishi bilan akustik toʻlqin tarqalish tezligini
kamaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

E. Dieulesain., D. Royer., “Elastic Waves in Solids”. Masson & Cie, Paris (1974).
Distributed by Wiley, New York, 1980.

2.

М. П. Шаскольской., Акустические кристаллы. Справочник /Под ред. - М. Наука,
1982, 632 с.

References

E. Dieulesain., D. Royer., “Elastic Waves in Solids”. Masson & Cie, Paris (1974). Distributed by Wiley, New York, 1980.

М. П. Шаскольской., Акустические кристаллы. Справочник /Под ред. - М. Наука, 1982, 632 с.