2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
377
SUBYEKTDA INVESTITSIYALARNI BOSHQARISHNING UMUMIY ASOSLARI
R.M.Egamov
SamDaQU dotsenti.
O.I.Yusufova
SamDAQU 2-kurs talabasi
egamov.ilxom@samdaqu.edu.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.15089862
Annotasiya.
Investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini yaratish,
ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tug‘diruvchi shart-sharoitni ta’minlash
investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy o‘sishga aynan shu yo‘l bilan
erishish mumkin.
Kalit so‘zlar:
mablag‘, investitsiya, mulk, capital, kredit, texnika.
Investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini yaratish, ishlab chiqilgan
siyosatni amalga oshirishga imkon tug‘diruvchi shart-sharoitni ta’minlash investitsiya siyosatining
muhim vazifalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy o‘sishga aynan shu yo‘l bilan erishish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti kapital mulkka mo‘ljallanayotgan investitsiyalarning hajmi tegishli
moliya aktivlarining daromadliligiga bog‘liq bo‘ladi. Daromad me’yori orqali esa ana shu
aktivlarning bahosi investitsiyalarga bo‘lgan talab va taklifga qarab belgilanadi. Davlatning pul va
kredit siyosati orqali investitsiyaga bo‘lgan talab va taklifning nisbati hamda uning tarkibiy
tuzilishiga ta’sir kursatishi mumkin. Shunday ekan, bu siyosat turli moliya aktivlaridan olinadigan
daromadning hajmiga ham katta ta’sir etadi. U investitsiya tovarlari bozorida investorlarning xatti-
harakatining bosh yo‘nalishini, shunga bog‘liq holda investitsiyalar tarkibiy tuzilishini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan iqtisodiyotimizda bir qancha
tub o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyotning barcha sohalarida yangi atamalarimiz aksini
topa boshladi. Moliya kredit va pul munosabatlarida ham yangi atama (termin)lar kullanila
boshlandi. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish hozirgi bozor sharoitida muhim urin
tutadi.
Investitsiyalar mablag‘ sarflamoq, ya’ni lotincha "investor" degan suzdan olingan bo‘lib
kapital xarajatlarning hajmi, tarkibi va uning asosiy yunalishlarini anglatadi. Investitsiyalar
mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mamlakatda yoki chet ellarda iqtisodiyotning
turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kiritish degan ma’noni bildiradi.
Investitsiyalar tashkil etish va moliyalashtirishda respublika xorij investitsiyalarini jalb
etish va ichki jamg‘arma manbalarini safarbar etmay turib, ularning uzi faol investitsiya ishlari
bilan shug‘ullanmay turib, iqtisodiyotning strukturasini tubdan o‘zgartirish vazifasini hal etish
qiyin kechadi.
Investitsiya tashkil etish va moliyalashtirishda asosiy etibor subyektlarning ishlab
chiqarishni kengaytirish, binolarni qayta qurish va texnika bilan qurollantirish uchun
mablag‘larni qidirib topishni rag‘batlantirishga qaratiladi. Hozirgi paytda kapital sarflarni
mablag‘ bilan ta’minlash manba’larini tarkibi o‘zgarmoqda.
Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda investitsiyalar bo‘yicha amal kilayotgan konunlar albatta hisobga olinadi. O‘zbekistonda
investitsiyalar agrosanoat kompleksi, yengil sanoat, kimyo va neftkimyo sanoati, mashinasozlik
va meditsina soxalariga yunaltirilmoqda.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
378
Davlat tomonidan investitsiyalarni tashqil etish moliya-kredit siyosatini to‘g‘ri olib borish
buning asosida moliyaviy yordamlar, dotatsiya, subsidiya, qarzlar ko‘rinishida ayrim xudud va
tarmoqlarning rivoji uchun yunaltirilishi bular hammasi investitsiyalar va moliyaning moddiy
asosini tashkil etadi.
Ivestitsiyalarni moliyalashtirishda davlat investitsiya dasturlarini jumladan davlatlararo
hududiy dasturlarni davlat budjeti hisobidan va nobudjet mablag‘lar hisobidan amalga oshirish
harakatlari orqali ko‘rib chiqiladi.
Investitsiyalarni himoya qilish borasida davlat ayniqsa xorij investitsiyalariga kafolatlar
va imtiyozlar berishi lozim.
Obyektlarga investitsiya mablag‘larini yunaltirish bo‘yicha investitsiyalar real va
moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi: real investitsiya - sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, va
banklarga kapital quyish demakdir; moliyaviy investitsiyalar - qimmatli qog‘ozlar chiqarish va
realizatsiya bilan bog‘liq ishlar uchun sarflanadigan mablag‘lardan iborat.
Investitsiyalar qatnashish xususiyatiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi.
- to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar asosan obyekt aniq bo‘lgan ma’lum maqsadni
amalga oshirish real bo‘lgan taqdirda yunaltiriladigan mablag‘lardir.
- egri investitsiyalar - bular vositachilar orqali obyektlarga sarflanadi va olingan
daromadlar mijozlarning o‘rtasida taqsimlanadi.
Bozor sharoitida investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish yunalishlari O‘zbekiston
Respublikasining iqtisodiyotini barqarorlashtirish subyektlarning ishlab chiqarishni rivojlantirish
uchun bir qancha tadbirlar hamda investitsiya dasturlari va loyxalarini ishlab chiqish lozim.
Hozirgi paytda investitsiyalarning tashkil etish va moliyalashtirish investitsiya siyosatining
quydagi yo‘nalishlariga asosan amalga oshirilmoqda.
- tashki iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko‘zlab
siyosat o‘tkazish, tovarlarni eksport qilishda xorij investitsiyalari uchun uz daromadlaridan
foydalanishlarida birmuncha imtiyozlar tartibini joriy etish.
- xorijiy investitsiyalarining asosan kapital manbalarini respublika iqtisodiyotiga jalb
etish uchun huquqiy ijtimoiy iqtisodiy shart sharoitlarini yanada takomillashtirish.
- O‘zbekistonga jahon darajasidagi texnikalar olib keladigan iqtisodiyot
strukturasini vujudga keltirishda yordam beradigan xorij investitsiyalariga nisbatan ochiq
eshiklar siyosati utkazish.
Hozirgi sharoitda respublikada investitsiya bazasiga rivojlantirish va chukurlashtirish
islohatlar strategiyasini muhim sharoiti bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston respublikasi bir qancha rivojlangan mamlakatlar bilan qo‘shma korxonalar
barpo etmokda. Hamkorlikda ishlab chiqarish mahsulotlar va tovarlar ichki bozorni
ta’minlamoqda va eksport kilinmoqda.
Xorij investitsiyalarini jalb etish maqsadida davlat investitsiya loyxalari va dasturlari ishlab
chiqilgan.
Bozor sharoitida har bir investitsiya jarayoni ma’lum bir daromadni olish maqsadida
amalga oshiriladi.
Subyektlarning investitsiya va investitsion faoliyatining iqtisodiy mazmuni.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy obyektlaridan biri bo‘lib
investitsiya hisoblanadi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
379
Investitsiyaning keng ma’nosini uning keyinchalik maqsadni kuzlab qo‘yilgan kapitalni
ifodalaydi.
Investitsiyalar subyektning aktivida buxgalteriya balansining chap tomonida moliyalash
manbayi esa, uning ung tomonida (balansning passivida) aks ettiriladi.
Kapital quyilmalar haqiqiy xarajatlar bo‘yicha (investorlar uchun) balansda kursatiladi.
Investitsiya faoliyatining obyektlari quyidagilardir, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish
xizmatlarining yangitdan xosil qilmoqchi va rekonstruksiyalanadigan asosiy organidir,
shuningdek xalq xo‘jaligining hamma bo‘limlaridagi mavjud vositalar.
Investitsiya faoliyat yuridik shaxslarning amaliy xarajat majmuini uzida namoyon qiladi.
Investitsiyalar-bu pul mablag‘lari, kreditlar, bank quyilmalari, ulushlar, aksiyalar, boshqa
qimmatli qog‘ozlar, texnologiya, mashina va uskunalar, litsenziyalar bo‘lib tadbirkorlikning turli
sohalarida foyda olish maqsadida obyektlarga qo‘yilgan intellektual boylik va mulkchilik
huquqlarini yig‘indisidir.
Investitsiya sohasi tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:
1.
Kapital qurilish sohasi (unda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining asosiy va aylanma ishlab
chiqarish fondlariga investitsiyalar sarflanadi. Bu soha buyurtmachi--investorlar, pudratchilar,
loyihachilar, uskuna yetkazib beruvchilar, yakka tartibda va kooperativ o‘y-joy qurilishi bo‘yicha
fuqarolar va shu kabi boshqa subyektlarning investitsiya faoliyatini o‘z ichiga oladi).
2.
Innovatsiya sohasi (bu sohada ilmiy-texnikaviy mahsulot va intellektual
salohiyatlar amalga oshiriladi).
3.
Moliya kapitali muomalasi sohasi (bu soha turli shakldagi pul, ssuda va moliya
majburiyatlarining harakatlanishini o‘z ichiga oladi).
4.
Investitsiya faoliyati sohasi (bu soha subyektlarning mulkiy va mualliflik
huquqlarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi);
a.
Investitsiyalar shakllariga ko‘ra: moliyaviy, moddiy, mulkchilik huquqlari turlariga
bo‘linadi.
Адабиётлар:
1.
Актуальнўе вопросў административного и финансового права. СБ. науч тр. Вўп 2. -
М.: МГИМО, 2004. – 209 с.
2.
Астахов В. П.
Финансовый учет. Тестў: Учебное пособие. - М.: ИДФБК-
Пресс, 2004. – 200 с
3.
Астахов В.П. Финансовый учет. Тестў: Учеб. пособие. - М.: Ид. ФБК-Пресс, 2004. –
488 с.
4.
Донцова А.В., Никифирова Н.А. Анализ финансовой отчетности. Практикум. - М.:
Дело и Сервис, 2004. – 144 с.
5.
Ефимова М.Р. Финансово-экономические расчетў. Пособие для менеджеров: Учеб
пос. - М.: ИНФРА-М, 2004. – 185 с.
6.
Ковалев В. В.
Учет, анализ и бюджетирование лизинговўх операций. Теория
и практика. - М.: ФиС, 2004. - 150 с.
7.
Ковалев В.В. Финансовўй учет и анализ: концептуальнўе основў. - М.: Финансў и
статистика, 2004. – 720 с.
