Authors

  • A.Q. Qidirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75419

Keywords:

Jismoniy ta’lim sog‘lom hayot metod o‘rgatish va tarbiyalash aqliy tarbiya metodlari mulohaza va fikrlash metodi innovatsion yondashuv.

Abstract

Ushbu maqolada jismoniy ta’lim haqida, xususan, fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari haqida so‘z yuritilgan. Jismoniy tarbiyaning salomatlikka ta’siri va samarasini oshirishga qaratilgan bazi amaliy metodlar xususida ayrim mulohazalar bildirilgan.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

405


JISMONIY TARBIYADA QO‘LLANILADIGAN O‘RGATISH VA TARBIYALASH

METODLARI

Qidirov A.Q.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

“Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi v.b dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15090056

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jismoniy ta’lim haqida, xususan, fanni o‘qitishda

qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari haqida so‘z yuritilgan. Jismoniy tarbiyaning
salomatlikka ta’siri va samarasini oshirishga qaratilgan bazi amaliy metodlar xususida ayrim
mulohazalar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

Jismoniy ta’lim, sog‘lom hayot, metod, o‘rgatish va tarbiyalash, aqliy

tarbiya metodlari, mulohaza va fikrlash metodi, innovatsion yondashuv.


Jismoniy tarbiya ta’lim tizimidagi muhim komponentlardan biri hisoblanadi, chunki u

sog‘lom avlodni tarbiyalashda va talaba yoshlarining jismoniy va ruhiy holatini mustahkamlashda
katta ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya quyidagi jihatlarda o‘zining ahamiyatini namoyon etadi:

Sog‘lom hayot tarzi:

Jismoniy faoliyatni muntazam ravishda olib borish sog‘lom hayot

tarzining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi va bu holat talabalarga kelajakda ham sog‘lom
yashash odatlarini qaror toptirishda yordam beradi.

Jismoniy holatni yaxshilash:

Jismoniy tarbiya darslari bolalarning jismoniy holatini

yaxshilaydi, sport bilan shug‘ullanish ularning kuchini, chidamliligini va koordinatsiyasini
oshirishga yordam beradi.

Stressni kamaytirish:

Jismoniy mashqlar stress va bezovtalikni kamaytirishda samarali

vosita bo‘lib xizmat qiladi, bu esa ta’lim jarayonida talabalarning diqqatini jamlashiga yordam
beradi.

Ijtimoiy ko‘nikmalar:

Jamoat sportlari va guruh mashqlari talabalar orasida hamkorlik va

jamoaviy ishlash ko'nikmalarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.

O‘zini o'zi boshqarish:

Jismoniy tarbiya darslari nafaqat jismoniy ko‘nikmalarni, balki

o‘zini o‘zi nazorat qilish va intizomni ham o‘rgatadi.

Ruhiy salomatlik:

Muntazam jismoniy faoliyat, xususan, sport bilan shug‘ullanish ruhiy

holatni yaxshilaydi va depressiya, tashvish kabi holatlarning oldini oladi.

Shaxsiy xavfsizlik:

Jismoniy tarbiya darslari talabalarga xavf-xatarlardan himoyalanish

usullarini va shaxsiy xavfsizlik qoidalarini o‘rgatadi.

Aqliy samara

: Fizik faoliyat, jumladan sport mashqlari, miya faoliyatini yaxshilaydi va

o‘qish-qabul qilish qobiliyatini oshiradi.

Iqtidorli sportchilarni aniqlash va rivojlantirish:

Iqtidorli talabalar jismoniy tarbiya

darslari orqali o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari va sport sohasida yuqori cho‘qqilarga erishish
imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

Ekologik qarash

: Jismoniy tarbiya darslarida talabalar tabiat bilan tanishish va uni

qadrlash, ekologik muammolar haqida bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Jismoniy tarbiya talabalar uchun faqat sog‘lom tanani emas, balki mustahkam ruhni ham

qaror toptirish imkonini beradi. Bu ta’lim tizimida to‘liq va holistik yondashuvni ta’minlaydi.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

406


Jismoniy tarbiya darslarini samarali o‘tkazish uchun turli metodlar qo‘llaniladi. Bu

metodlar o‘quvchilar egallashlari kerak bo'lgan ko‘nikma va bilimlarni mustahkamlashga,
shuningdek, ularning sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga yordam beradi. Jismoniy tarbiyani
o‘qitishda quyidagi metodlar samaralidir:

1. O‘yin asosidagi o‘qitish: Darslarni o‘yinlar orqali o‘tkazish, o‘quvchilarni darsga yanada

qiziqtiradi va faol ishtirok etishga undaydi.

2. Amaliy mashqlar: Turli xil jismoniy faoliyatlar orqali o‘rganilgan nazariy bilimlarni

amaliyotda qo‘llash imkoniyatini berish.

3. Kooperativ o‘qitish metodlari: Guruhda ishlash va birgalikda mashqlarni bajarish yoki

sport o‘yinlari orqali jamoaviy ish ko'nikmalarini rivojlantirish.

4. Metodik o'qitish: Har bir sport turiga oid maxsus metodikalar va texnikalarni o‘qitish,

sport qoidalari va texnikasini chiroyli va xavfsiz tarzda bajarish.

5. Tizimli va bosqichma-bosqich o‘qitish: Mashqlarni oddiydan murakkabgacha

bosqichma-bosqich o‘tkazish, har bir mashqqa o‘quvchilarni asta-sekin o‘rgatish.

6. Vizual Taqdimotlar: Harakatlar, sport elementlari va mashqlarini ko‘rsatish uchun video

va rasmlardan foydalanish.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

407


7. Ritmika Va Gimnastika: Musiqa bilan birga gimnastika mashqlarini bajarish, bu orqali

o‘quvchilarning ritm hissini va harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatini oshirish.

8. Shaxsiy taraqqiyotni baholash: Har bir o‘quvchining shaxsiy yutuqlarini baholash, o‘z

rekordlarini yozib borish va o‘quvchilarda o‘z ustida ishlash hissini oshirish.

9. Sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlar: Jismoniy mashqlarning ahamiyati, oziq-ovqat

va ozuqa, kundalik gigiyena va dam olish rejimlari haqida bilimlarni berish.

10. Texnologiyadan foydalanish: Texnologiyadan foydalanib, masalan, fitness trackerlar,

smartfon ilovalari orqali jismoniy mashqlarning samaradorlik darajasini kuzatib borish.

Bu metodlar o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, jismoniy faoliyatni

qadrlashga va ularning jismoniy va psixologik holatini yaxshilashga yordam beradi. Yaxshi
rejalashtirilgan jismoniy tarbiya darslari bolalarning umumiy o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sira
ko‘rsatadi.

Jismoniy tarbiya ta’limda ham boshqa fanlarda bo‘lgani kabi metodlarning ahamiyati katta.

Ba’zi metodlar va ularning samarasini keltirib o‘tamiz:

So‘z metodi:

So‘z metodi quyidagilardan iborat:


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

408


a) tushuntirish - o‘tiladigan dars mazmunini, mashq texnikasini shug‘ullanuvchilarga

to‘g‘ri tushuntirish.

b) Hikoya qilish - eng ko‘p qo‘llaniladigan metod.
d) Ko‘rsatma berish va komanda - mashqni bajarishda o‘quvchilarning diqqatini va

aktivligini oshirish.

e) So‘zli baholash - bolalarning har bir harakatini baholab berish.
f) Suhbat - o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat - savol-javoblar.
g) Og‘zaki hisobot olib borish va o‘zaro tushuntirish.
h) O‘z-o‘ziga buyruq - vazifani o‘z-o‘zicha fikrlash.
i) Mustaqil o‘ylash - mashq ustida yoki topshirilgan vazifa to‘g‘risida mustaqil fikr

yuritish.

So‘z metodlariga xos bo‘lgan asosiy xislat ikkinchi signal sistemasining ta’siridadir.
So‘z orqali biz mashqning mohiyatini mazmunini tushuntiramiz va uni analiz qilamiz. So‘z

orqali shug‘ullanuvchilar harakatini baholab beramiz [1].

Ko‘rgazmalilikni ta’minlovchi metodlar:

Ko‘rgazmalilikni ta’minlovchi metod asosan ikki gruppaga bo‘linadi:
1. Bevosita ko‘rsatish.
2. Vositali ko‘rsatish.
Bevosita ko‘rsatish deganda quyidagi talablarni inobatga olishimiz kerak.
a) mashqni butunligicha yoki elementlarga bo‘lib ko‘rsatish.
Masalan: gimnastika, kurash, xujum, zarba va boshqalar.
b) mashqni maxsus tashkil etilgan sharoitda bajarib ko‘rsatish.
Masalan: gimnastikada aylanma harakatlarni bajarishda mexanik trenajorlar qo‘llash.
d) mashqni orientirlarni qo‘llash bilan bajarish. Masalan: gimnastikada mashqni

tugallangan chegarasini topib olish.

Vositali ko‘rgazishga
a) plakat, rasm, sxemalarni va boshqa qurollarni namoyish qilish.
b) foto, kino, kino-kolstofkalarni namoyish qilish.
d) jismoniy mashqlar texnikasini mulyajlarda va inson tanasining modellarida namoyish

qilish.

e) akustika (ovoz)ni namoish qilish.
f) yorug‘lik signallari orqali namoish qilish “Neyroxronometr”.
Shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etuvchi metodlarga quyidagilar kiradi.
1. Frontal metod (hamma shug‘ullanuvchilar bir paytda mashq bajaradilar).
2. Gruppalarga bo‘lish metodi (sinfni 3-4 guruhga bo‘lish).
3. Individual topshiriqlar berish metodi.
4. Aylanma mashq metodi (1. 2. 3. gruppa birin ketin joyni almashtirib mashq bajaradi).
Xatolarni oldini olish va ularni tuzatish metodi.
Xatolarni oldini olish uchun quyidagilar kerak:
1. To‘g‘ri, aniq qilib ko‘rsatib berish metodi.
2. Mashq to‘g‘risida so‘zlab berish metodi.
3. Mashqlarni bolalarning yoshiga, jinsiga qarab tanlash metodi.
4. Bolalarga mashqning maqsadini to‘g‘ri tushuntirish metodi.
5. Bolalarga xato qo‘ymaslik uchun qiziqish uyg‘otish.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

409


6. Harakat tezligi va uning texnikasi bilan moslab bajarish.
Xatolarni tuzatish uchun:
1. Xato bo‘layotgan qismini alohida bajartirish.
2. Ko‘proq maxsus tayyorgarlik va yondashtiruvchi mashqlar
qo‘llash.
3. Shu mashqni qayta bajartirish.
4. Axloqiy aqliy va estetik tarbiya metodi.
5. O‘yin metodi.
6. Musobaqa metodi.
Jismoniy tarbiya metodining tuzilish asoslari nimaga asoslanadi.
Jismoniy tarbiya o‘rganish va tarbiyalash metodining asosida yuklama va dam olishning

almashinishi yotadi. Har qanday mashqni bajarish bizning organizmimizga yuklama ta’sir etadi.
Shuning uchun amaliyotda yuklama bilan dam olishni to‘g‘ri almashtirib almashtira bilish yuqori
natijalarga erishishda katta ahamiyatga egadir. Yuklama deb - jismoniy mashqning kishi
organizmiga ta’sir etib, uning funksional imkoniyatlarini oshiradigan faktorga aytiladi. Yuklama
2 xil bo‘ladi. Tashqi va ichki yuklama. Tashqi yuklama - bajariladigan mashqning son va sifat
ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Tashqi yuklama og‘irlik o‘lchovida (kg, tonna) masofa
o‘lchovida (m, km va sek, min, soat) da va jismoniy mashqning qiyinligi va qaytarish soni bilan
o‘lchanadi.

Ichki yuklama organizmning beriladigan mashqlarga javob reaksiyasi bilan ifodalanadi.

Bu ikkala yuklama bir biri bilan bog‘liq holda bo‘ladi. Masalan: organizm qanchalik ko‘p yuklama
olsa, shunga yarasha javob reaksiyasi bilan javob beradi[1].

Aqliy tarbiya metodlari

Jismoniy tarbiya prostessida muhokama yuritish shug‘ullanuvchilarni aniq fikrlashga,

umumiy qoidalar xaqiqatlar ishlab chiqishga, hamda shularga muvofiq va jismoniy tarbiya
sohasida muayyan tushunchalarni shakllantirishga o‘rgatadi.

Jismoniy tarbiya prostessida muhokama yuritish ko‘nikmasi asta-sekin bilan ortib boradi.
Harakat amallariga o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida o‘quvchilardan so‘rash ularning

mustaqil ravishda kuzatishlari va taqqoslashlari orqali ularda muxokama yuritish malakasi hosil
qilinadi.

Shug‘ullanuvchilarda umumiy rivojlanish ortgan sari ulardagi harakat tajribalari va maxsus

bilimlar boyib borgan sari, tahlil qilish, umumlashtirish, tanqidiy baho berish va boshqa metodlar
hamda aqliy tarbiya usullaridan foydalaniladi.

Mulohaza va fikrlash metodlari

Bu metodlarning asosini bajaradigan harakat faoliyatini o‘zicha
fikrlash va mulohaza qilish tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya tizmida bajariladigan

mashqning asosiy fazalarini o‘zicha fikrlash, taqlid qilish, ruhan bajarish katta ahamiyatga ega.

Albatta shug‘ullanuvchilarning mustaqilligi ularning bilish faolligi asosan o‘qituvchi

izohini tinglash bilan cheklanadi.

Shug‘ullanuvchilar juda kam darajada o‘zlaricha tashabbus ko‘rsatadilar, juda kam

mustaqil mulohaza yuritadilar. Shu sababli jismoniy tarbiya darsida og‘zaki tushuntirishdan keyin
shug‘ullanuvchilarning mustaqil va amaliy faoliyatiga asoslangan turli xil mashqlardan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

410


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayev, M Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 1-qism, (darslik) /

2.

Abdullayev, M- T. “TURON-IQBOL“, 2020, - 204b.

3.

Piraxunova F.N., Nazirov A.X. O‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari.

4.

Uslubiy qo‘llanma. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2008, 3-48 bet.

5.

O‘zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. “O‘zbekiston”,

6.

Toshkent, 1997 yil.

7.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi “Oliy

8.

va o‘rta maxsus ta’lim davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

9.

5.Бордовская Н.В. Диалектика педагогического Исследова-ния. –М.; 2001.

10.

6.Селевко Г. Современные образовательные технологии: Учеб. пособ. –М. 1998 год

11.

7.www.bjisrd.com

12.

8. Vol. 43 (2023): Miasto Przyszłości

13.

9.

https://jemma.innovascience.uz/index.php/jemma/issue/view/11

14.

10.https:// science.nuu.uz/

References

Abdullayev, M Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 1-qism, (darslik) /

Abdullayev, M- T. “TURON-IQBOL“, 2020, - 204b.

Piraxunova F.N., Nazirov A.X. O‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari.

Uslubiy qo‘llanma. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2008, 3-48 bet.

O‘zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. “O‘zbekiston”,

Toshkent, 1997 yil.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi “Oliy

va o‘rta maxsus ta’lim davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

5.Бордовская Н.В. Диалектика педагогического Исследова-ния. –М.; 2001.

6.Селевко Г. Современные образовательные технологии: Учеб. пособ. –М. 1998 год

7.www.bjisrd.com

8. Vol. 43 (2023): Miasto Przyszłości

10.https:// science.nuu.uz/