Authors

  • H.T Rafiyev
  • F.J Qosimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75422

Keywords:

jismoniy madaniyat kompetentlik kasbiy kompetensiya xamkorlik xulq-atvor bilim ko‘nikma malaka anglash hamkorlik bag‘rikenglik ijtimoiy safarbarlik ijodiy yondashish xamkorlikda ishlashni va tahlil qilish.

Abstract

Ushbu maqolada malaka oshirish jarayonida jismoniy madaniyat o‘qituvchlarini kasbiy kompetentligi pedagogik faoliyat jarayonida shakllantirishning pedagogik asoslari masalalariga qaratilgan. Ta’lim jarayonida ko‘zlagan natijalarda erishish uchun o‘qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlari qay darajada rivojlangan bo‘lishi asosida o‘qituvchilarni tayyorlash sifatini oshirish zarurligi yoritilgan.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

414


MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA JISMONIY MADANIYAT

O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI

TAKOMILLASHTIRISHNING IJTIMOIY ZARURIYATI

Rafiyev H.T, Qosimov F.J

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzurudagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha

mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Jismoniy

tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori, katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15090070

Annotatsiya.

Ushbu maqolada malaka oshirish jarayonida jismoniy madaniyat

o‘qituvchlarini kasbiy kompetentligi pedagogik faoliyat jarayonida shakllantirishning
pedagogik asoslari masalalariga qaratilgan. Ta’lim jarayonida ko‘zlagan natijalarda erishish
uchun o‘qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlari qay darajada rivojlangan bo‘lishi asosida
o‘qituvchilarni tayyorlash sifatini oshirish zarurligi yoritilgan.

Kalit so‘zlari

: jismoniy madaniyat,

kompetentlik, kasbiy kompetensiya, xamkorlik, xulq-

atvor, bilim, ko‘nikma, malaka, anglash, hamkorlik, bag‘rikenglik, ijtimoiy safarbarlik, ijodiy
yondashish, xamkorlikda ishlashni va tahlil qilish.

O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy

Majlis va O‘zbekston xalqiga Murojaatnomasida

“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot –

bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”,-

deb ta’kidladi

[1].

Ushbu g‘oyaning ko‘tarilishi “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari”diya

belgilangan ulug‘ g‘oyaning belgilanishi davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta’limning
utuvor deb e’lon qilinshi har bir pedagog zimmasiga mas’uliyatli vazivalarni yuklaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “

Umumiy o‘rta ta’lim

maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan
o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi

PQ-392-

sonli

qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini

tubdan takomillashtirish va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish
tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy va jismoniy mahoratini muntazam oshirib
borishni yo‘lga qo‘yish maqsadi qilindi:

-jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish;
-O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda jismoniy

tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini
takomillashtirish;

-jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tarkibiga mahoratli sportchilarni jalb etish;
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibini ishlab

chiqish;

-o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktab sport klublari

faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

-jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash

bo‘yicha milliy baholash tizimini ishlab chiqish;


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

415


-maktablarda o‘quvchilarning sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining

faoliyati, o‘quvchilarning sport bilan qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting
tizimini joriy etish;

-sport turlari bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan o‘quvchilardan iborat jamoalarni

shakllantirgan holda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlash [2].

“Ta’lim to‘g‘riida”gi Qonunda malaka tushunchasiga quydagicha ta’rif berilgan;
“Malaka- shaxsning kasbiy faoliyatni muayyan turini bajarishga tayyorgarligini

ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat,
mahorat va ko‘nikmalar darajasi”.

Malaka-xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma’lum bir ishni bajarish uchun

zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mavjudligi. U xodimning malakasini belgilovchi
ko‘rsatkich bo‘lib, toifalari va diplomining mavjudligi bilan belgilanadi [3].

Pedagogika fanidan izohli lug‘atda “Malaka oshirish-mutaxassislarning kasb bilimlari va

ko‘nikmalarini yangilash va chuqrlashtirish, ularni zamon talablariga javob bera oladigan qilib
qayta tayyorlash”-deb izoh berilgan. Mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash universitetlarda, malaka oshirish institutlarida va professional qayta tayyorlash
huquqiga ega bo‘lgan o‘quv markazlarida amalga oshiriladi. Mutaxassislarni professional qayta
tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi. [4]

O‘quv rejasini barcha talablarini bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli

o‘tgan tinglovchilarga qayta tayyorgarligi va malaka oshirishdan o‘tganligi haqida belgilangan
davlat namunasidagi diplom

va malaka sertifikati beriladi.

Pedagogika fanlari doktori, professor J.Yo‘ldoshev o‘zining ilimiy-tadqiqot ishlarida,

o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarida respublikamizda malaka oshirish tizimini yetarlicha o‘rgangan
va tahlil qilgan va bu jarayonni takomillashrirish uchun o‘z taklif va tavsiyalarini bergan; “Malaka
oshirish, o‘zining ilmiy-metodik mahoratini yuksaltirishga xizmat qiladigan muassalalari esa
o‘qituvchining davlat va jamiyat oldidagi burchini halol va to‘g‘ri ado etishga yordam beradi.
Demoqchimizki, o‘qituvchi, tarbiyachi, murabbiy yoki ta’lim muassasalarining rahbari o‘ziga
yuklatilgan vazifani yuqori saviyada bajarishiga ongli ravishda yondashishi mutaxassis sifatida
kamchilik va nuqsonlarini, faoliyatdagi tomonlarni o‘zi sezsin, malaka oshirish jarayonida esa
o‘zining ana shu qusurlarini bartaraf etishga harakat qilsin [5].

Buning uchun jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash

masalalariga davr nuqtaiy-nazardan yondashish talab qilinmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

oshirish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi. Bugungi asosiy vazifalardan biri jismoniy tarbiya va sport
bo‘yicha mutaxissislar shu jumladan jismoniy madaniyat o‘qituvchilarini malaka oshirish
jarayonida kasbiy kompetentligini takomillashtirishdan iborat. Chunki, jismoniy tarbiya
darslarining sifat va samaradorligi ko‘p jihatdan jismoniy madaniyat o‘qituvchilarning bilim,
tajriba, pedagogik sport mahorati, shaxsiy, kasbiy, umuminsoniy, maxsus kompetentstiyalariga
bog‘liq. Amaliyot jarayonilari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina jismoniy madaniyat
o‘qituvchilarida kasbiy sport komptentlik darajalari yetarli emas. Prezidentimiz Sh.Mirzyeeyoev
“1-oktyabr Uztoz va murabbiy kuniga bag‘ishlangan” tadbirda 33ming nafar jismoniy tarbiya
o’qituvchilarini kasbiy va jismoniy mahorati etali emas”,-degan. Ularning mutaxassislik
fanlaridan, dars o‘qitish uslubiyati bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarning sayozligi ko‘zga
tashlanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan ta’limning sifat va samaradorlgiga, dars va


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

416


mashg‘ulotlar jarayonida yangi uslubiyatilarni, ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash kabi dolzarb
vazifalar yuklantilayotgan bir paytda, jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining kasbiy
kompetentligini takomillashtirish ijtimoiy zaruriyatga aylandi [6].

Bugungi globallashuv jarayonida o‘qituvchi zimmasiga eng muhum vazifalardan biri-

jamiyatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdek ma’suluyatli vazifa yuklatilgan.

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishda Sohibquron

bobomizning sog‘lom turmush tarzi talablariga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratganligini,
ya’ni inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan toza havo, ekologiya muhut, yaxshi va yangi
tayyorlangan taom, saromjanlik-sarishtalik, toza-ozad kiyinish, shaxsiy gigena qoidalariga rioya
etish, badan-tarbiya mashqlarinin tizimli ravishda bajarish kabi talablarga amal qilishni majburiy
qilib quygan.

Respublikamizda amalga ohirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimini modernizastiya qilihning

samaradorligi ko‘p jihatdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy
madaniyat o‘qituvchilarning kasbiy kompententligiga ham bog‘liq.

Bugungi kunning asosiy talablaridan biri o‘qituvchilarni shu jumladan jimoniy madaniyat

o‘qituvchilarini pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, amaliyotda qo‘llay olish va shular
orqali bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. XXI asr o‘qtuvchisidan chuqur
bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuqori mahorat, ijodkorlik talab qilinmoqda.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasining 4-jilda 110-sahifasida “Kompetensiya (lot,

competere-layoqatli, munoib bo‘lmoq) degan ma’noni bildirishi ko‘rsatilgan; Jumladan,

1.

Muayyan davlat organi (milliy o‘z-o‘zini boshqarish organi) yoki mansabdor

shaxsning qonuni, ustav yoki boshqa rasmiy hujjatlarda belgillangan vakolatlari, huquq va
burchlari doirasi, vakolat;

2.

Shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi;

Muhimi, malaka oshirish tizimida jismoniy madanaiyat o‘qituvchilarining kasbiy

kompenetligini takomillashtish vijdon ishiga aylanganda, bu jarayon ijodkorlik bilan
yondoshlganda kutilgan natijani beradi [7].

Bu vazifalar tizimli ravishda amalga oshirilsa jismoniy madanaiyat o‘qituvchilarining

kasbiy kompenetligini takomillashtishdek davlat buyurtmasi bajarilgan bo‘ladi. Davlatimiz
rahbari va Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qaror va farmonlarining ijrosi ta’minlangan
bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoev SH.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis
va O‘zbekston xalqiga Murojaatnomasida. 2022 yil 20 dekabrdagi. Elektron resurs:

http://uza.uz/ru/politics/

2020, 16-bet

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan
o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-
sonli Qarori.

www.Lex.uz

.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabr, O‘RQ-
637-son.

www.Lex.uz

.

4.

Pedagogik fanidan izohli lug‘ati // Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
“Fan” nashriyoti, 2008 y. (Tuzuvchilar: R.Djuraev, O‘.Tolipov, R.Safarova ...), - 196 b.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

417


5.

Yuldashev M.A. Xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirishda ta’lim sifati menejmentini
takomillashtirish: ped.fan.dok. doktorlik diss.avtoref...– Toshkent, 2016. – 92 b.

6.

2024-yil 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali
yig‘ilishda Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev nutqi.

https://president.uz/oz/lists/view/7586

7.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi 4-jild. Konimex-Mirzoqush. – T.:

8.

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. 110 b.

References

Mirziyoev SH.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekston xalqiga Murojaatnomasida. 2022 yil 20 dekabrdagi. Elektron resurs: http://uza.uz/ru/politics/ 2020, 16-bet

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-sonli Qarori. www.Lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabr, O‘RQ-637-son. www.Lex.uz.

Pedagogik fanidan izohli lug‘ati // Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 2008 y. (Tuzuvchilar: R.Djuraev, O‘.Tolipov, R.Safarova ...), - 196 b.

Yuldashev M.A. Xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirishda ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish: ped.fan.dok. doktorlik diss.avtoref...– Toshkent, 2016. – 92 b.

2024-yil 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/7586

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi 4-jild. Konimex-Mirzoqush. – T.:

“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. 110 b.