2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
418
MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA TINGLOVCHILARNI SOG‘LOM TURMUSH
TARZINI SHAKILLANTIRISH O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
A.X.Samandarov, F.J.Qosimov
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzurudagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha
mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali “Jismoniy
tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15090080
Аннотация.
Maqola hozirgi zamonning eng dolzarb muammosiga bagʻishlangan
boʻlib, unda malaka oshirish jarayonida tinglovchilarni sogʻlom turmush tarzini
shakllantirishning tamoyillari chuqur oʻrganilgan. Xususan, to’g’ri, sog’lom, ratsional
ovqatlanish; doimo harakatda bo’lib, kam harakatlik (gipodinamiya) hayot tarzudan qochish;
kun tartibini va ishni biologik rejim asosida tashkil qilish; ruhiy osoyishtalikni ta’minlash;
ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik singari zararli odatlardan tiyilish; ozodalik,
orastalikka rioya qilish, atrof-muhitga munosabat masalasi kabi sogʻlom turmush tarzini
shakllantirishning oltita tamoyili batafsil, keng yoritilgan.
Калит сўзлар:
malaka
,
sogʻlom turmush tarzi, ratsional ovqatlanish, jismoniy faollik,
kun tartibini, biologik rejim, ruhiy osoyishtalik, zararli odatlar, ozodalik, orastalik, atrof-
muhitga munosabat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabr kuni
“Sog‘lom turmush
tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi
Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan
muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni
shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini
ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va
reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish,
bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1.
Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
2.
Respublikada aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout”
(mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilansin.
Sog’lom turmush tarzi
– bu xatti-harakatlarning xavf omillarini nazorat qilish orqali
sog’lig’ini saqlashga va yuqumli bo’lmagan kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradigan
insonning turmush tarzidir.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, yuqumli bo’lmagan kasalliklar
70% hollarda erta o’limga sabab bo’lmoqda. Shu bois nosog’lom turmush tarzi va shu bilan birga
yuqumli bo’lmagan kasalliklar xavfini oshiruvchi omillarga quyidagilar: noto’g’ri ovqatlanish,
kam harakatli turmush tarzi (gipodinamiya-jismoniy faollikning pastligi), chekish, spirtli
ichimliklarni iste’mol qilish, kofeinni (qahva, choy, energetik ichimliklar) me’yoridan ortiq
iste’mol qilish, uyqu tartibining buzilishi kiradi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, sog’lom turmush tarzi umr ko’rish davomiyligini
sezilarli darajada oshirishi mumkin. Germaniyada o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, sog’lom
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
419
turmush tarziga amal qilish 40 yoshdan keyingi umr ko’rish davomiyligini 13-17 yilga uzaytirar
ekan. Amerika qo’shma shtatlarida o’tkazilgan tadqiqot 50 yoshdan keyingi umr ko’rish
davomiyligining 12-14 yilga ortganini ko’rsatmoqda.
Shuningdek, semizlik, tamaki chekish va spirtli ichimliklar, kofeinli gazlangan ichimliklar
(choy, qahva va kakaodan tashqari) erkaklarning reproduktiv salomatligiga ham salbiy ta’sir
ko’rsatadi.
Bundan tashqari barcha sabablari bo’yicha o’lim xavfining yuqori darajasi qizil go’sht
iste’moli, ayniqsa qayta ishlangan mahsulotlar (kolbasa, sosiska, bekon-cho’chqaning tuzlangan,
dudlangan go’shti) va shirinlashtirilgan ichimliklar (ularning aksariyati gazlangan ichimliklar)
iste’moli bilan bog’liq.
Shuning uchun ham sog’lom turmush tarzini shakllantirish tamoyillarini yoritish hozirgi
kunning eng dolzarb muammosidir.
Shunday qilib
tadqiqot ishining maqsadi
mavzu bo’yicha adabiyotlar sharxlari, axborot
vositalarining ma’lumotlari va uslubiy xujjatlarni chuqur o’rganib, sog’lom turmush tarzini
shakllantirish tamoyillarini yoritib berishdan iboratdir.
Mazkur tadqiqotning manbalari bo’lib: mavzu bo’yicha adabiyotlar sharxlari, axborot
vositalarining ma’lumotlari va uslubiy xujjatlar hisoblanadi. Mavzu bo’yicha tadqiqotlar
jarayonida bibliografik (adabiyotlar) va retrospektiv (tarixiy manbalar) taxlili, nazariy
umumlashtirish va taqqoslash, tizimli va kompleks yondashish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot
yuzasidan axborot manbalarining tarixiy va zamonaviy ma’lumotlarini taqqoslash asosiy usul
bo’lib sanaladi.
Tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, sog’lom turmush tarzini shakllantirish olti asosiy
tamoyilga amal qilishga asoslanar ekan.
Ulardan birinchisi,
to’g’ri sog’lom ratsional ovqatlanish bo’lib, kundalik iste’mol
qilinadigan oziq-ovqatlarni organizmning fiziologik, biologik talablari asosida tanlash va iste’mol
qilishdir.
To’g’ri sog’lom ratsional ovqatlanishni shunday tashkil etilishi kerakki, u o’zining fizik,
kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga og’irlik qilmasin, aksincha, tez va oson
hazm bo’lib, organizmni kerakli ozuqaviy moddalar bilan ta’minlasin.
Ikkinchi xususiyati-
doimo harakatda bo’lib, kam harakatlik (gipodinamiya) hayot
tarzudan qochish. Kishi kundalik hayotida jismoniy mashqlar, sport o’yinlari, badanni
chiniqtiruvchi muolajalar bilan ko’proq shug’ullansa, organizmdagi fiziologik, biologik jarayonlar
faollashadi. Natijada, kayfiyat ko’tarilib, ishchanlik qobiliyati ortadi. Shubhasiz, bu salomatlikni
mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.
Jismoniy faollik.
Sport bilan shug’ullanadigan kishilar bir qator kasalliklarga, jumladan
yurak va onkologik xastaliklarga kamroq chalinadi. Bundan tashqari, ularning tanasi va to’qima
tarkibi ko’pincha sog’lom bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, jismoniy faollik barcha tabiiy
sabablarga ko’ra o’lim xavfini pasaytiradi. Xususan, haftasiga 2,5 soat ya’ni, haftada 5 kun
davomida kuniga 30 daqiqa o’rtacha faollik, nol faollikka nisbatan barcha sabablarga ko’ra o’lim
xavfini 19 foizga kamaytirsa, haftasiga 7 soat o’rtacha faollik esa bu xavfni 24 foizga pasaytiradi.
Jismoniy faollik va sport bilan shug’ullanish:
jismoniy o’sish va rivojlanish imkoniyatlarini
kengaytiradi; organizmning biologik imkoniyatlarini oshiradi; yurak-qon tomirlar va nafas olish
tizimlarini mustahkamlaydi; organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanlik hususiyatini
oshiradi; ovqat hazm qilish va siydik ajratish tizimlari faoliyatini yaxshilaydi; suyak va
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
420
bo’g’imlarni to’g’ri shakllanishiga yordam beradi; tana vaznini me’yorida ushlaydi.
Sport –
foydali ko’nikmalar va maxoratlar, chiroyli qomat, foydali odatlar, xamda
mustahkam sog’liqning garovidir. Har bir bolaga u yoki bu sport turi bilan shug’ullanishni tavsiya
etishda, uning fiziologik xususiyatlari, salomatlik darajasi e’tiborga olgan holda, individual
yondashuv zarur.
XULOSA.
Shunday qilib
s
og’lom turmush tarzini shakllantirish tamoyillari sog’lom
ratsional ovqatlanish, doimo harakatda bo’lib, kam harakatlik (gipodinamiya) hayot tarzudan
qochish, kun tartibini va ishni biologik rejim asosida tashkil qilish, ruhiy osoyishtalikni ta’minlash,
ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik singari zararli odatlardan tiyilish va ozodalik, orastalikka
rioya qilish, atrof-muhitga munosabat masalasini o’z ichiga oladi. Sog’lom turmush tarzi
shakllantirish tamoyillariga amal qilish odatda erta yoshda belgilanadi.
Sog’lom turmush tarzini erta yoshda shakllantirish muhimdir, chunki yoshlarda
shakllangan odatlar ko’pincha balog’at yoshiga qadar saqlanib qoladi.
Inson o’z salomatligini ijodkoridir, uning uchun kurashish lozim. Yoshlikdan sog’lom
turmush tarzi shakllantirish tamoyillariga amal qilish orqali salomatlikka to’liq erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabr kuni
“Sog‘lom turmush
tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi
Farmoni. https://lex.uz/docs/-7266934
2.
Alijonov Z. Sog‘lom bola-sog‘lom kelajak. Toshkent-2014.
3.
Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz! [Matn] : uslubiy tavsiyanoma /Tursunaliev I.
[va boshq.].-Toshkent: XK "Umid Design",2021.- 44 b.
