2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
434
SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA
SPORTNING O‘RNI
Sh.Ya.Xusainov
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Ijtimoiy va tabiiy
fanlar” kafedrasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15090187
Annotatsiya.
Mazkur maqolada talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish
jarayonida jismoniy tarbiya va sportning o'rni masalasi keltirilgan, shuningdek, ushbu
masalaning dolzarbligi, uning zarurati, sog’lom turmush tarzini mustahkamlash uchun yoshlarni
jismoniy tarbiyaga jalb qilishning asosiy vazifalari va maqsadlari haqida so’z bogan.
Kalit so’zlar:
sog'lom turmush tarzi, jismoniy madaniyat, sport, sog'liqni saqlash, jismoniy
tarbiya, faol dam olish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog’lom turmush tarzini
keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish to’g’risidagi Farmoni ”qabul
qilindi.Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanish hamda sog’lom turmush
tarzi bo’yicha hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqorqoda kasallikka qarshi
kuchli immune tizimi,paydo qilishni ta’minlash,zararli odatlardan voz kechish,to’g’ri
ovqatlanishtamoillariga amal qilish,tiklash va reablitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy
faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish dasturi tasdiqlandi.Bunday qaror va
farmonlardan ko’rinib turibdiki,soglom turmush tarzini shakllantirish bugungi kundagi eng
dolzarb vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.Maʼlumki, hayotimizda inson salomatligi, jismoniy
komilligi, sogʼlom turmush tarziga egaligi oʼta muhim qadriyat hisoblanadi. O’quvchi yoshni
salomatligini taʼminlash, xalq genofondini kamchiliklarsiz saqlash sogʼlom turmush tarzi
tufayligina yetarlicha ijobiy hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila,
tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil taʼlim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sogʼlom
turmush tarzining mazmunini anglatish, yoshlarni bilimdon va barkamol shaxs qilib tarbiyalash
masalasini o’rtaga qoʼyadi
Sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat, faol dam olish,
badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shahsiy gigienaga rioya qilish,
oqilona ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, har yili shifokor ko‘rigidan o‘tib turish va shu
kabi boshqa ko‘plab tarkibiy qismlardan iboratdir.Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (JSST)
ta’rificha: salomatlik-bu nafaqat kasallik va jismoniy kamchiliklarning bo‘lmasligi, balki
sog‘lom, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatga ega bo‘lishlikdir.
Bugungi kunda oʻquvchi-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish deganda har bir
o‘quvchining kundalik hayotda salomatlik uchun foydali bo‘lgan odatlarga o‘rgatish, zararli
odatlardan tiyilishiga erishish, foydali va xavfsiz turmush kechirish uchun zarur bilimlar bilan
ta’minlash, oxir-oqibatda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bunday bilimlarini uning kundalik odatiga
aylantirishga erishishni tushunmoq kerak, Har bir o‘quvchi tomonidan sog‘lom turmush tarzining
turli xil elementlarini shoshilmasdan, bosqichma-bosqich o‘zi kundalik hayotiga kirita borishi,
ularning sonini kun sayin oshirib borishi, turli-tuman va ko‘p sonli sog‘lom yashash odatlaridan
o‘zi uchun eng qulay, salomatligiga mos shakllarini tanlay bilishi sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishning asosini tashkil qiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish keng qamrovli
tushuncha bo‘lganligi sababli so‘z faqat jismoniy salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
435
oldini olish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni paytda o‘quvchining shaxsiy sifatlarini oshirishga,
o‘z salomatligi uchun qayg‘urishiga, irodali bo‘lishga salomatligini oliy qadriyat sifatida qadrlay
bilish hissini uyg‘otishga ham qaratilishi lozim.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omillaridan biri ommaviy sport va
jismoniy tarbiyadir. Jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan motivatsiya ko'plab omillar ta'sirida
shakllanadi, ularni o'rganish yoshlar o’rtfsida ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va
samarali tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini
beradi.
Sport - bu so’glom ijtimoiy-siyosiy muhitni tadbiq etishning eng yaxshi
vositasidir.Ayniqsa yoshlar orasida bu muhim ahamiyat kasb etadi.Bugun O’zbekistonda sport
ta’lim va tarbiyaning ajralmas bo’lagidir.
Jismoniy tarbiya nafaqat tarkibiy qismlardan biri, balki sog'lom turmush tarzining eng
muhim tarkibiy qismidir. U muntazam ravishda ertalabki mashqlar, muntazam jismoniy tarbiya va
salomatlik darslari, shuningdek, sog'likni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan jismoniy
faoliyatning boshqa turlari shaklida taqdim etiladi.Shunday qilib, sog'lom turmush tarzini
shakllantirish, birinchi navbatda, shaxsning jismoniy madaniyatini oshirish, shuningdek, jismoniy
faollik, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish , ijtimoiy
muhitga normal moslashishga psixologik munosabat bilan bog'liq.
Umuman olganda, jismoniy tarbiya kelajak avlodni tarbiyalash uchun oliy ta’lim
muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biri bu’lib va ularni hal qilishga qaratilgan. Bu
vazifalar ayniqsa, yoshlarning yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga etkazish uchun
juda muhimdir. Shuning uchun ham talabalarning jismoniy va ruhiy salomatligi muammosi har
qachongidan ham dolzarb bo'lib, alohida e'tibor talab qiladi.Jismoniy tarbiya va sport inson
salomatligini ta’minlashda, jismoniy, va ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda muhim o‘rin
tutadi. Salomatlik uchun Jismoniy tarbiyaning asosiy jihatlari:
1.Jismoniy salomatlik: Muntazam mashqlar mushak korsetini mustahkamlashga, tananing
chidamliligi yordam beradi. Jismoniy faollik normal vaznni saqlashga yordam beradi va semirish,
diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi.
2.Hissiy salomatlik: Jismoniy mashqlar endorfinlar - baxt gormonlarini ishlab chiqarishga
yordam beradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Muntazam jismoniy mashqlar stress, charchoq va
tashvishlarni kamaytirishga yordam beradi.
3.Ruhiy
salomatlik:
Jismoniy
mashqlar
kognitiv
funktsiyani
yaxshilashga,
konsentratsiyani oshirishga va xotirani yaxshilashga yordam beradi. Jismoniy faollik, shuningdek,
dangasalikni engishga yordam beradi, irodani mustahkamlashni yaxshilaydi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish inson salomatligini mustahkamlashda muhim
rol o'ynaydi, ya’ni turli muammolarni bartaraf etish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Maksimal samaraga erishish uchun muntzam jismoniy faoliyati, zararli odatlardan voz kechish,
to'g'ri ovqatlanishga amal qilishdir.
Ushbu maqolada keltirilgan usullar va ma’lumotlar insonlarga zararli odatlardan xalos
bo'lishga va sog'lom turmush tarzini shakllantirishga yordam beradi.
Xulosa.
Jismoniy tarbiya va sport sog‘lom turmush tarzining eng muhim tarkibiy
qismlaridan biri bo‘lib, talabalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada ta’kidlangan jihatlar orqali jismoniy tarbiya va sportning nafaqat individual
salomatlik, balki umuman jamiyat farovonligiga qo‘shadigan hissasi yoritib berildi. Kelajak
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
436
avlodning barkamol va sog‘lom bo‘lishi uchun jismoniy tarbiyani ta’lim tizimida keng targ‘ib
qilish muhim strategik vazifalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati :
1.
1.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va
ommaviy sportni yanada rivojlantirish to’g’risida”gi Farmoni (2020-yil 30-oktabr)
2.
Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birga barpo
etamiz.”O’zbekiston”NMIU 2016-yil.
3.
3.Sog’lom turmush tarzi asoslari.R Arziqulov. Toshkent-2009
4.
4.Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Qarori “O’zbekistonda sog’lom turmush
tarzini keng targ’ib qilish va axolini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish
to’g’risida”gi qarori (2019 yil 29-yanvar)
5.
5.Yalgashevich, k. S.., abriyevich, e. Q.., & kuchkarovich, B. (2023). The application of
therapeutic physical culture in the treatment of injuries of the locomotor apparatus.
Arxitektura, muhandislik va zamonaviy texnologiyalar jurnali, 2(1), 154–160. Retrieved
from
https://sciencebox.uz/index.php/arxitektura/article/view/5458
