Authors

  • Nasiba Xalmatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75431

Keywords:

xotin-qizlar sport jismoniy tarbiya rivojlanish sog‘lomlashtirish tadbir barkamol avlod.xotin-qizlar avlod.

Abstract

Xotin-qizlar sportini samarali tashkil qilish, xotin-qizlar sportiga e’tibor, jismoniy madaniyat mashg‘ulotlariga keng jalb qilinib, xotin-qizlarimizni sog‘ligi yaxshilanib, o‘zbek xotin-qizlaridan jaxon musobaqalarida ishtirok taminlash.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

437


XOTIN-QIZLARNI SPORTGA JALB QILISH ORQALI BARKOMOL AVLODNI

TARBIYALASH

Xalmatova Nasiba Bozorboyevna

O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti Pedagogika va Jismoniy madaniyat fakulteti

“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi v.b dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15090195

Annotatsiya.

Xotin-qizlar sportini samarali tashkil qilish, xotin-qizlar sportiga e’tibor,

jismoniy madaniyat mashg‘ulotlariga keng jalb qilinib, xotin-qizlarimizni sog‘ligi yaxshilanib,
o‘zbek xotin-qizlaridan jaxon musobaqalarida ishtirok taminlash.

Kalit so‘zlar:

xotin-qizlar, sport, jismoniy tarbiya, rivojlanish, sog‘lomlashtirish, tadbir,

barkamol, avlod.

Аннотация.

Эффективная организация женского спорта, внимание к женскому

спорту, широкое привлечение к физической культуре, улучшение здоровья наших женщин,
обеспечение участия узбекистанок на мировых соревнованиях.

Ключевые слова:

женщины, спорт, физическое воспитание, развитие, здоровье,

событие, благополучие, поколение.


Mustaqillik tufayli jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi

davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari doirasida rivoj topmoqda. “Jismoniy tarbiya va sport
to‘g‘risida” gi Qonun, “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror,“Ommaviy sport tadbirlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida” gi
Qarorlar va shu sohaga oid boshqa hujjatlarning qabul qilinishi, ularning bosqichma-bosqich
hayotga tadbiq etilayotganligi hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi Qonunlarda jismoniy tarbiya va sportga alohida
urg‘u berilishi yuqorida qayd etilgan fikr ifodasidir. Shu munosabat bilan, ilmiy ishimizning

maqsadini

– “Xotin-qizlarning jismoniy madaniyatini shakllantirishga bo‘lgan zarurat va unga

bo‘lgan zamonaviy talablarini ilmiy-nazariy asoslarini tahlil qilish”- deb belgiladik.

Vazifalari:

- xotin-qizlar jismoniy madaniyatini ilmiy-nazariy asoslarini tahlili;
-xotin-qizlar jismoniy madaniyatini shakllanganlik darajasining belgilari, uning

muammolarini aniqlash;

-bu borada aniqlangan muammolarni hal etishga qaratilgan xulosa va takliflarni ishlab

chiqish va b.

Tadqiqotimizda jismoniy madaniyat sohasining xotin-qizlarga xos bo‘lgan adabiyotlarni

o‘rgandik. Tarixiy manbalardan: “To‘maris”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asari,
“Alpomish” dostonidagi “Barchinoy” obrazi, Alisher Navoiyning “Farxod va Shirin” va boshqa
asarlari. Zamonaviy allomalarimizdan: Abdulla Avloniyning asarlari.

Prezidentimizning O‘zbekiston xotin-qizlariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi tufayli

ularning salomatligini tiklash, mustahkamlash va himoya qilishning muhim omillaridan bo‘lgan
sportga munosabat mustaqillik yillarida tubdan o‘zgardi. Zero, sport – hamjihatlik, do‘stlik,
ezgulik elchisi, yetuklik ramzidir. Keyingi yillarda xotin-qizlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va
sportni rivojlantirish va ularni sportga ommaviy jalb etish maqsadida uyushtirilayotgan
tadbirlarda, xususan, ayollar spartakiadasida bir yarim milliondan ortiq ayollar ishtirok etdi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Namangan shahrida o‘tkazilgan


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

438


«To‘maris ayollar» sport festivali o‘zining ommaviyligi bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Dastlab shahar, tuman, viloyat miqyosida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda nafaqat xizmatdagi ayollar,
balki uy bekalari ham faol qatnashmoqda. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jismoniy va ma’naviy
yetuklik mezonlaridan biri sportga mehr qo‘yish, uni rivojlantirishdir. Viloyatimizning bir
qator shahar va tumanlarida qurilgan ulkan sport inshootlari – suzish havzalari, tennis kortlari,
futbol maydonlari respublika Prezidentining sportni rivojlantirish sohasiga berayotgan katta
e’tiboriga amaliy javobdir. Bunday imkoniyat va sharoitlar tufayli sport barchaning, jumladan,
bolalar va o‘smirlarning, ayniqsa, ayollarning kundalik ehtiyojiga aylansa, sportchilarimizning
xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyati ortadi, demak Vatanimizning dunyo hamjamiyati oldidagi
obro‘-e’tibori yanada yuksaladi.

Mashg‘ulotlar jarayoniga ko‘proq yosh qizlarni sportga jalb qilinishi sport sohasidagi

mutaxassislarga katta ma’suliyat yuklaydi. Xotin-qizlar sportini rivojlantirishda ham ayol
murabbiylarimiz juda katta o‘rin egallaydilar. Yosh sportchilarni tayyorlash sport
mashg‘ulotlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, organizmni har tomonlama
rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirish va
tayyorgarlikning boshqa turlari uchun mustahkam funksional baza yaratishga yo‘naltirilgan
jarayon sifatida tushuniladi. Inson faoliyati qanday maqsad va mazmun yoki qaysi yo‘nalishda ijro
etilmasin uning pirovard unumdorligi va harakat samaradorligi, o‘z navbatida muvofiq jismoniy
sifatlar, harakat malakalari, ko‘nikmalari va albatta organizmning fuksional imkoniyatlariga
asoslanadi. Ayollarning organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funksional xususiyatlar
bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar birinchi navbatda eng muhim biologik vazifa onalik bilan
bog‘liq. Kundalik harakat hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismoniy va funksional
shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport
to‘garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati
shug‘ullanuvchi qizlarning funksional imkoniyatlariga mos kelishi yuqori bo‘lishi lozim. Chunki
biologiya fanida azaldan o‘z isbotini topgan qonuniyatlarga ko‘ra, ontogenetik taraqqiyotning
muayyan bosqichlarida bajariladigan kundalik jismoniy yuklamaning yalpi ta’sir “kuchi”
organizmning funksional imkoniyatlaridan doimo yuqori bo‘lsa, shu organizmda (organlar,
mushaklar, tomirlar, xujayralar, to‘qimalar, yurak, o‘pka, taloq, jigar va x.k) zo‘riqish yoki tez
toliqish alomatlari paydo bo‘ladi. Bunday salbiy “izlar” odamning ayniqsa yosh qizlarning odatiy
funksional faoliyatini izdan chiqaradi, kayfiyatini tushiradi, uyqusini buzadi, provard ish
qobiliyatini susaytiradi va uning to‘liq tiklanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar shunday yuklamalar
xotin-qizlar faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, organizmning normal o‘sishiga ta’sir etibgina
qolmay, balki turli funksional “ob’ekt”larga lokol yoki global potologik asoratlarning yuzaga
kelishiga sababchi bo‘lishi ehtimoldan holi emas.[5] Aksincha kundalik yoki yalpi mashg‘ulot
yuklamalari hajmi va shiddati funksional imkoniyatdan past bo‘lsa jismoniy sifatlarning
shakllanishi susayadi, ish qobiliyati kuchaymaydi. Binobarin, kundalik yoki yalpi yuklamalar, shu
jumladan, jismoniy tarbiya darslari va mashg‘ulotlarga oid yuklamalarni shug‘ullanuvchilarning
yoshi, jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab “to‘lqinsimon” prinsipda oshira borish kerak.
Demak xotin-qizlar sportiga oid mashg‘ulotlarni tashkil qilishda pedagogik va tibbiy nazoratga
asoslanish sog‘lom barkamol avlod tarbiyalash jarayoning ajralmas qismidir. Shunday ekan
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar (jismoniy tarbiya darslari,
mashg‘ulotlar, sport musobaqalari) mazmunini maqsadli rivojlantirish va boshqarish har bir
mutaxassis (o‘qituvchi, murabbiy, tashkilotchi, uslubchi, yo‘riqchi) va rahbar shaxslarga katta


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

439


ma’suliyat yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy
tayyorgarlik va sport moslamalariga oid bilimlarni o‘zlashtirishlari, muvofiq kasbiy-pedagogik
malaka va ko‘nikmalarni puxta egallashlari zarur ekanligi isbot talab qilmaydi. Alohida e’tibor
qaratish muhimki, xotin-qizlar sportini samarali tashkil qilish, ko‘p yillik sport mashg‘ulot
jarayonida shug‘ullanuvchilar sog‘ligi va ularning sport maxoratini shakllantira borish ustivor
jixatdan jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir.

Demak “Omaviy tadbirlar” insonning xayotiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Standart mazmundagi ommaviy tadbirlar yoki xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport
musobaqalarini o‘tkazish “xotin-qizlar sporti”ni rivojlantirishda ijobiy ta’sir etib kelmoqda.
Shuning uchun xotin-qizlar orasidagi musobaqalar, ayniqsa yosh qizlarni sportga kirib kelishida
va ularni dastlabki tayyorlashda ommaviy tadbirlarni o‘tkazilashi alohida amaliy ahamiyatga
egadir. Shu bois ham ayollarni sportga jalb qilish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish,
farzandlarni biror bir sport turi bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun avvalo ayollarimizning
o‘zlari sportga mehr qo‘yishlari lozimdir. Agar sport barchaning kundalik ehtiyojiga aylansa
yurtdoshlarimizning nufuzli halqaro musobaqalardagi muvofaqqiyatlari ko‘paysa Vatanimizning
dunyo hamjamiyatidagi o‘rni yanada yuksaladi.

Tadqiqotimiz natijalariga asoslanib, quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:

1. Mamlakatimizda, Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlar sportiga katta e’tibor

berilib, yaxshigina imkoniyatlar yaratilmoqda.

2. Xotin-qizlarni jismoniy madaniyatini shakllantirishda yaratilgan sharoitlardan

unumli foydalanish imkoniyatlari mavjud, bu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun:

- xotin-qizlar orasidan jismoniy madaniyat sohasi bo‘yicha mutaxassis kadrlarni

tayyorlash tizimida sifat-samaradorlikni oshirish, uchun DTS mazmunini, hamda, “O‘quv reja”
siga kiritilgan maxsus fanlarni xotin-qizlar jismoniy madaniyatiga qo‘yilayotgan zamonaviy
talablarga moslashtirish, hamda, ularni tushuncha va atamalarining izohini ishlab chiqish, maxsus
adabiyotini yaratish.

- umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanidan jismoniy madaniyat fanini o‘qitish

darslariga o‘tish, DTS lari mazmunini xotin-qizlar jismoniy madaniyatiga oid nazariy bilimlar
hamda amaliy ko‘nikma va malakalari bilan boyitib, xotin-qizlar jismoniy madaniyati bo‘yicha
yo‘riqchi-uslubchi ko‘nikma malakalarini shakllantirishga qaratish va h.k.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Achilov A. “Ta’lim tizimida shaxsning jismoniy madaniyatini tarbiyalash”, “Jismoniy
tarbiya va sport” j. 2022. iyun 3 bet.

2.

Muratova G.S. “Ayollar jismoniy madaniyati”, “Xotin-qizlarni sport bilan shug‘ullanishga
jalb qilish: muammolar, yechimlar, istiqbollar” Respublika ilmiy-amaliy anjumani
materiallari. Buxoro – 2015. 49-51 betlar.

3.

3.Ochilov O.A. “Talaba-qizlar jismoniy madaniyatini rivojlantirish masalalari”. Buxoro –
2015. Yuqorida ko‘rsatilgan konferensiya materiallari. 205 bet.

4.

4.Rafiyev X.T. “Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lomlashtiruvchi “uchkurash” sport
musobaqalarini tashkiliy-uslubiy asoslari xususida”. Buxoro – 2015. yuqorida nomi
ko‘rsatilgan konferensiya materiallari.

References

Achilov A. “Ta’lim tizimida shaxsning jismoniy madaniyatini tarbiyalash”, “Jismoniy tarbiya va sport” j. 2022. iyun 3 bet.

Muratova G.S. “Ayollar jismoniy madaniyati”, “Xotin-qizlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish: muammolar, yechimlar, istiqbollar” Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Buxoro – 2015. 49-51 betlar.

3.Ochilov O.A. “Talaba-qizlar jismoniy madaniyatini rivojlantirish masalalari”. Buxoro – 2015. Yuqorida ko‘rsatilgan konferensiya materiallari. 205 bet.

4.Rafiyev X.T. “Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lomlashtiruvchi “uchkurash” sport musobaqalarini tashkiliy-uslubiy asoslari xususida”. Buxoro – 2015. yuqorida nomi ko‘rsatilgan konferensiya materiallari.