2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
440
YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKILLANTIRISHDA OMMAVIY
SPORT XUSUSIDA
Hamroqul Rafiev
Pedagogika fanlari nomzodi, professor. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Samarqand filiali professori.
+998882423328,
https://doi.org/10.5281/zenodo.15090209
Annotatsiya.
Ushbu ilmiy maqolada mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish
orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirishga oid fikr mulohazalar bildirilgan.
Kalit
so
‘
zlar
: Prezident farmoni, Yangi O‘zbekiston, ommaviy sport, maktab sporti, sport
klub, ilmiy tadqiqot mavzusi, aholi salomatligi va h.k
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasi” kitobida: “Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy
tarbiya va sportni yanada ommalashtirish dolzarb vazifalar qatoriga kiradi” deb, “Jismoniy tarbiya
va sportni yanada ommalashtirish aholi salomatligini ta’minlashda muhim omildir”[1] deb alohida
ko‘rsatilgan.
Bu ko‘rsatma mamlakatimizda xalqimizni sog‘lom turmush tarzi orqali salomatligini
yaxshilash davlat siyosati darajasigacha e’tibor berilayotganligining isbotidir. Bu borada
mamlakatimizda juda katta ishlarning bajarilishiga qaramay, yanada ulkan yangi maqsad,
vazifalarni amalga oshirish rejalari belgilanmoqda. Bu o‘z navbatida yurtimizda ommaviy sportni
yanada rivojlantirish imkoniyatlarini oshirmoqda.
Ishimizning
maqsadi
: Mamlakatimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish orqali
talaba-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakillantirishga oid ba’zi muammolarini qisqacha tahlil
qilib, yechimlari to‘g‘risida ba’zi fikr mulohazalarimizni bayon etishdan iborat.
Ommaviy sport va yoshlarning sog‘lom turmush tarzi mavzusi, sohadagi ilmiy mavzular
ichida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ommaviy sportni
rivojlantirishda O‘zbekiston Respulikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 30-
oktyabrda “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099 sonli farmoni katta turtki bo‘ldi. Bu farmonni bajarishni
ta’minlash maqsadida “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.[2]
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 2023-yil 11-sentiyabr PF-158 sonli
farmonidagi 100 ta maqsadlarning 34, 35, 36, 37-larida ommaviy sportni rivojlantirishga
qaratilgan.[3] Jumladan: 34 maqsadda
1)
Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali yoshlar qamrovini 8 millionga
yetkazish;
2)
Sport bilan shug‘illanishga jalb qilingan aholi ulushini 36 foizga yetkazish;
3)
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘illanish uchun, kamida 5 mingta
mahallada sport maydonchalarini barpo etish belgilab berilgan.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmonning 37-maqsadida “Olimpiya va
Parolimpiya o‘yinlarida kuchli 15 ta mamlakat qatoridan o‘rin olishga erishish ko‘rsatilgan. Bu
O‘zbekiston sportchilari oldiga qo‘yilgan katta asosiy vazifalardan biri bo‘lib, asosan ommaviy
sportni rivojlantirish orqali aholini, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
441
shakillantirishga erishiladi. Bu haqda maxsus adabiyotlarda va boshqa manbalarda ko‘plab fikr,
taklif, mulohazalar bildirilgan.
Jumladan: Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, jismoniy madaniyatning tashkily
asoslari, sport turlari bo‘yicha: Gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish va boshqa sport
turlari bo‘yicha darslik, o‘quv-uslubiy adabiyotlarda, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida,
davlat rahbarlari hamda sohaning yetakchi tashkilotchi mutaxassislari va boshqalarda, ommaviy
sportni rivojlantirishning yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirishda bir necha
muhim maqsad vazifalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanligi haqida tegishli fikr - takliflar
berilgan. Jumladan:
1.
Sportni ommaviylashtirishni targ‘ib etish orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush
tarzini kuchaytirish;
2.
Yosh sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish;
3.
Yoshlarni bekorchi bezorilikdan mazmunli hayotga yo‘llashga ko‘maklashish;
4.
Yoshlarni, umuman aholini sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakillantirish
orqali:
4.1. Insonlarni zararli odatlardan himoya qilish;
4.2. Ba’zi kasalliklarni oldini olish va davolash;
5.
Ommaviy sportdan yuksak oliy sport mahoratiga intilish;
6.
Oliy sport mahoratiga erishib, mamlakat sharafini xalqaro sport maydonlarida
himoya qilishga qodirlarni saralashga;
7.
Mamlakatning sport turlari bo‘yicha terma jamoalarini shakillantirish;
8.
Sport turlari bo‘yicha mahoratli sportchilarni tayyorlab, bo‘ladigan Olimp
o‘yinlari, jahon birinchiliklarida muvofaqiyatli ishtirok etib, davlatimiz madhiyasini yangratib,
bayrog‘imizni yuksaklarga ko‘tarishga erishish va h.k.:
Bular ommaviy sportdan Olimp o‘yinlari g‘olibi, oltin medal hamda sovrindorlik sari olib
boruvchi mashaqqatli, ammo sharafli yo‘l xaritasidir.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki mamlakatimizda millionlab yoshlar ommaviy sport
bilan shug‘illanib sog‘lom turmush tarziga amal qilib kelmoqdalar. Osiyo hamda Olimpiya
o‘yinlarida g‘o‘lib hamda sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lmoqdalar. Bu borada mamlakatimizda yetarli
shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan president, vazirlar mahkamasi qarorlari qabul qilindi.
Bugungi kunda olib borilgan sohadagi izchil islohotlar natijasida, Parij yozgi va para olimp
o‘yinlarida mamlakatimiz umumjamoa hisobida 13-o‘ringa ega bo‘lib kuchli 15 talikka kirib,
taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadga erishildi. Bu O‘zbekiston uchun yozgi va para
olimp o‘yinlarida eng katta tarixiy natija bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda ayrim sport turlari bo‘yicha:
Boks, gimnastika, og‘ir atletika va boshqa sport turlari bo‘yicha nomdor sportchilarimiz, masalan:
bokschi Baxodir Jalolov, Gimnastikachi Oksana Chusavitina, Dzyudochi qizimiz Diyora
Keldiyorovalarning sharafiga sport mahorati maktablari tashkil etildi. Bu yoshlarimiz orasida
yuksak sport mahoratini oshirish bilan sog‘lom turmush tarzini yanada kuchaytirishga
rag‘batlantiruvchi vazifani bajarmoqda. Shu bilan bir qatorda tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki,
yurtimiz iqtidorli sportchilarga nihoyatda boy. Ammo bularni barchasini o‘z vaqtida aniqlashda,
saralab, ularni iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishda ba’zi muammolar borligi kuzatiliyabti: Jumladan,
Sportimiz mutasaddilari, yurtimizda mavjud yuqori sport iqtidoriga ega bo‘lgan yoshlarni umum
ta’lim maktablarimizda, OTMlarda o‘z vaqtida saralashni ta’minlashda, ularni tabiat ato etgan
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
442
iqtidorini charxlashni uddalashimiz yo‘lidagi tashkiliy ishlarimizda va boshqalarda ba’zi
muammolarning mavjudligi aniqlandi:
Bunday muammolarni aniqlash va yechimlariga qarata o‘tkazilgan kuzatishlarimizning
qisqacha tahlilining ko‘rsatishicha:
1.
Biz ommaviy sport haqida ko‘p gapiramiz, uning mazmun mohiyatidagi tashkiliy,
ilmiy asoslarini yetarli darajada yaratmayapmiz. 2002-yilda bolalar sportini rivojlantirish
jamg‘armasi tashkil qilinib, uch bosqichli: “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”
musobaqalari tizimi yaratildi. Ammo tizimdagi tashkiliy asosidagi mantiqga yetarli darajada
e’tibor berilmadi. Natijada “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” tizimi o‘rniga
“Umid nihollari”, “Universiada” , “Barkamol avlod” tizimida musobaqalar o‘tkazildi. Yoki
maktab, kollej, yoshidan keyin oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirolmagan yoshlar qayerda
sport bilan shug‘illanib, qaysi musobaqalarda ishtirok etishi mavhumligicha qolib ketdi.
2.
Hozirgi kunda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari o‘tilishi bilan anchagina
yoshlar ommaviy sport bilan shug‘illanishga jalb etildi. Ammo qolgan aholi qayerda qaysi sport
jamiyatida shug‘illanib musobaqalashadilar? Bu savolga javob berish qiyin.
3.
OTMlardagi talaba yoshlarni ommaviy sportga jalb qilib sog‘lom turmush tarzini
shakillantirishda umum ta’lim maktab sporti muhim ahamiyatga ega. Ammo umum ta’lim
maktablarimizda sport klublarini tashkil qilish bo‘yicha Bosh vazirimiz Abdullo Oripov
tomonidan 2018-yil 16-iyulda “Davlat ta’lim muassasalari huzurida
sport klublarini
tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”[4] qarori qabul qilindi. Ammo so‘rovnomalarning ko‘rsatishicha 90
foiz maktablar ushbu qarordan bexabarligi aniqlandi. Xalq ta’limi vazirligi, uning jaylardagi
boshqarma, bo‘limlari bu masalani ijrosiga yetarli darajada e’tibor berilmayotganligining guvohi
bo‘ldik.
Bugun umum ta’lim maktablarida
sport klublarini
tashkil qilib, maktab sportini
rivojlantirishga mas’uliyat bilan ijrosini ta’minlash davr talabiga aylangan.
4.
2017-yildan keyin o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar mavzularini qisqacha tahlil
qilganimizda, ommaviy sportni rivojlantirish orqali talaba yoshlarda sog‘lom turmush tarzini
shakillantirishga qaratilgan bironta ilmiy tadqiqot mavzusini ko‘rmadik. Bu ommaviy sportni
oxirgi yillarda ilmiy o‘rganishga yetarli darajada e’tibor berilmaganligini ko‘rsatmoqda.
5.
OTMlarda ommaviy sport orqali talaba yoshlarda sog‘lom turmush tarzini talab
darajasida samaradorligini oshirish uchun hamda “Jismoniy madaniyat va sport fani dasturi”
talabiga mos o‘quv-uslubiy adabiyotlar, ularga mos zamonaviy jihozlangan moddiy sport asos
(baza) yetarli emasligi kuzatilmoqda.
Amalga oshirilgan ilmiy kuzatishlar va ularning qisqacha tahlili asosida quyidagi
xulosalar
qilish mumkin:
1.
Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish orqali talaba-yoshlarda sog‘lom
turmush tarzini shakillantrishga davlatimiz rahbariyati tomonidan katta e’tibor berilmoqda;
2.
Mamlakatimiz OTMlarida ommaviy sportni samarali rivojlantirishda umum ta’lim
maktab sportini tashkiliy asoslardan biri bo‘lgan “Sport klublari”ni barcha umum ta’lim
maktablarida tashkil qilishni amalga oshirish;
3.
OTM talaba-yoshlari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish orqali sog‘lom
turmush tarzini shakillantirishni tashkil etilishining ilmiy-nazariy, tashkiliy-uslubiy asoslarini
ilmiy tadqiq etishni amalga oshirish.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
443
4.
OTMlarda jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-uslubiy
adabiyotlarni hamda ularga mos zamonaviy jihozlangan moddiy sport asos (baza)larni yaratishni
amalga oshirish va h.k.
Foydalanilgan
adabiyotlar
:
1.
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. “O‘zbekiston”
Toshkent-2022. 440 b.
2.
Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 30-oktyabr “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish
va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6099 sonli
farmoni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston-2030”
strategiyasi to‘g‘risidagi 2023-yil 11-sentyabr PF-158 sonli farmoni.
4.
O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri Abdullo Aripovning 2018-yil 16-iyuldagi
“Davlat ta’lim muassasalarida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
542 sonli qarori.
