2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
449
YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH BIOETIKA
MASALALARI
J.Dj.Utegenova
Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchsi
falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15090237
Annotatsiya.
Maqolada
yosh avlodni har tomonlama kamol topishida xizmat qiladigan
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda zamonaviy ilm-fan yutuqlari muhim ahamiyat kasb etishi
falsafiy tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilgan. Unda yoshlarning sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishga qaratilgan bioetikaning bugungi kundagi dolarzb masalalari falsafiy tarzda
yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
jamiyat, yoshlar, sog‘lom turmush tarzi, bioetika, ma’naviyat, an’ana, udum,
salomatlik, g‘oya, tafakkur
.
Yoshlar hayoti murakkab voqealar zanjirini tashkil etib, bu zanjirning har bir xalqasi turli-
tuman tashqi ta’sirlarning kuchiga qarab muayyan ma’no kasb etadi. Bu tashqi ta’sirlar tabiiy,
ijtimoiy, siyosiy, diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy va yana bir qator yo‘nalishlarga egadir. Bu
umumiy, qonuniy o‘ziga xoslikdan tashqari, yana bu ta’sirlar ma’lum omillarning aks ta’sirida o‘z
mazmun-mohiyatini ham o‘zgartirishi mumkin. Yoshlar mana shunday turli-tuman, ba’zan ijobiy,
ba’zan salbiy, ba’zan kuchli, ba’zan kuchsiz ta’sirlar o‘rtasida asta-sekin shakllanib borar ekan,
ayni vaqtda uning o‘zi ham teppa-teng ravishda muhitga ham ta’sir qila boshlaydi. Bu ta’sir va
aks ta’sirlarning mohiyatiga etmoq uchun bioetikaning ichki mazmunini bilmoq zarur.
Bioetikaning yoshlarga ta’siri jiddiy va mashaqqatli. Yoshlarning bioetikaga aks ta’siri
hujumkorlik asosida emas, balki himoyalanish asosida kechadi. Ob’ektiv borliqda bo‘ladigan turli-
tuman o‘zgarishlarning yoshlar organizmiga ta’siri, yog‘ingarchilik, qurg‘oqchilik, issiq-
sovuqning almashinishi, er qimirlashi, suv toshqinlari va boshqalarning inson faoliyatiga ta’siri
ba’zan kuchli va jiddiy bo‘lib, ulardan himoyalanish uchun ko‘plab mashaqqat chekishga to‘g‘ri
keladi. Tabiat hodisalarining salbiy ta’siridan himoyalanish uchun inson chora-tadbirlar izlaydi.
Tabiat bilan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirda bioetika faqat himoyalanuvchigina bo‘lib
qolmasdan, tabiatning stixiyali kuchlarini kuchsizlantirish, ularning yo‘nalishini ma’lum tomonga
burib yuborish uchun dadil, aql-idrokka tayanib ish tutsa, ma’lum natijalarga erisha oladi.
Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda bioetikaning ijobiy ta’siri juda katta rol
o‘ynaydi.
Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda bioetikaning roli beqiyos kattadir, bir tomondan,
yoshlar o‘rtasida qaror topgan an’analar, odatlar, udumlar, oilaviy munosabatlar, ikkinchi
tomondan, yoshlarga bevosita ta’sir qilib turuvchi madaniy, ma’rifiy, ma’naviy jarayonlar,
iqtisodiy rivojlanish va, nihoyat, jamiyatdagi hukmron siyosiy, huquqiy, axloqiy me’yorlar
ijtimoiy muhit tushunchasining mohiyatini tashkil etadi.
Bioetikaning ichki mohiyati, yo‘nalishi, ta’sir qiluvchi vosita va usullariga qarab,
yoshlarning turmush tarzi shakllana boshlaydi. Bu ijtimoiy muhit manbalarining turli-tumanligi,
rang-barangligi bilan bog‘liq. An’ana, udum, odatlar asrlar davomida shakllanib, turmush
tarzining mustahkam tarkibiy qismiga aylanib ketganligi ma’lum. Lekin shuni unutmaslik kerakki,
tarixiy an’analar har bir zamonning, davrning o‘ziga xos tomonlari talablarini ma’lum ma’noda
aks ettirishi kerak. Ammo bu jarayon osonlikcha kechmaydi. Barqarorlashib qolgan an’analar
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
450
turmush tarzining ich-ichiga shunchalik chuqur singib ketgan bo‘ladiki, ularning o‘zgarishi
osonlikcha kechmaydi. Shu tariqa zamon talablari bilan turmush tarzi an’analari o‘rtasidagi
ziddiyat ob’ektiv ma’no kasb etadi, bu masalaga ko‘r-ko‘rona yondashib bo‘lmaydi.
Bioetika sog‘lom turmush tarzi sub’ektlarining ma’naviy qiyofasi, dunyosi, madaniyati
uchun ustivor ahamiyatga ega, biroq sub’ektlarning ana shu hayotiy jarayonlarni yuzaga
chiqaradigan salomatlik fazilatlari, shuningdek, ularni tarbiyalash, kamol toptirish masalasi ham
o‘ta muhimdir. Qolaversa, tibbiy nuqtai nazardan shaxsning sog‘lom turmush tarzi haqidagi
masala ham bu muammo bilan uzviy bog‘langandir.
Xalqning, jamiyatning taraqqiyot dasturi – bu bioetika sohasining asosiy mazmunidir.
Bioetika jamiyatning ichki mohiyati, uni harakatga keltiruvchi va amalga oshiruvchi asosiy
kuchdir, o‘z navbatida maqsad ham inson tafakkurining mahsulidir. Shuni e’tibordan soqit
qilmaslik kerakki, yoshlar tafakkuri odatda ichki ziddiyatlar, qarama-qarshi g‘oyalar kurashi
asosida rivojlanib boradi. Ezgu maqsad va g‘oyalar inson tafakkurining yorug‘ tomonlarini aks
ettirish, ichki ziddiyatlarni oqilona bartaraf etish orqali erishadi. Darhaqiqat, yoshlar tafakkuri
voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlarni yaratadi.
Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr
yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan,
zolvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin [1]. Har bir yoshning tabiatga, jamiyatga, hayotga
munosabati uning tafakkuri orqali har xil namoyon bo‘ladi. Tafakkurning asosini hayotning
mohiyatini tushunish belgilar ekan, sog‘lom tafakkur hayotning ma’nosini, yashashdan maqsadini
to‘g‘ri belgilashdir.
Hayotning ma’nosini, yashashdan maqsadni to‘g‘ri belgilay olmaydigan insonni sog‘lom
tafakkurga ega deb bo‘lmaydi. Tafakkuri to‘la-to‘kis rivojlanmagan, yoxud hayotning ma’nosi,
yashashdan maqsadini belgilay olmaydigan inson miyasida noto‘g‘ri aqidalar qaror topadi.
Yoshlar tafakkuridagi fazilatlar ham, nuqsonlar ham uning faoliyatida yarq etib ko‘zga tashlanishi
mumkin.
Tafakkurdagi nuqsonlar, tabiiyki, turmush tarziga xos ziddiyatlarning
chuqurlashuviga olib keladi. Bu jarayon ikki tomonlama ro‘y beradi, tafakkur nafaqat turmush
tarziga, turmush tarzi ham tafakkur rivojiga bevosita ta’sir qiladi.
Tafakkur va turmush tarzi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir sub’ekt-ob’ekt hamda ob’ekt-sub’ekt
munosabati shaklida ro‘y beradi. Bu jarayon, tabiiyki, tafakkur bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa
va ta’sirga aynan monand emas. Ammo turmush tarzining ob’ektiv xarakteri tabiatning ob’ektiv
xarakteriga teng emas. Turmush tarzining o‘zi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning birikuvidan
tashkil topadi. Odamlarning kundalik hayotida amal qiladigan odatlar,an’analar, udumlar,
bayramlar, axloqiy mezonlar, yaxshi, yomon, halol va harom haqidagi tushunchalar, shuningdek
ularning amal qilish darajasi, ma’naviy barkamollik belgilari, turmush tarziga singib ketgan
xususiyatlar, bir tomondan, sub’ektiv (ular shaxsning xohish-irodasini aks ettiradi), ikkinchi
tomondan, ob’ektiv (ular tashqi ob’ektiv hodisalarning in’ikosi) holatlarni ifodalaydi. Binobarin,
turmush tarzi sub’ektiv va ob’ektiv holatlarning birikuvidan qaror topib, ma’lum yo‘nalishga ega
bo‘ladilar.
Ammo tafakkur turmush tarziga singib ketgan qorishiq tushuncha emas. Garchi tafakkur
sub’ektning hissiyoti, aql-idroki asosida shakllansa-da, turmush tarzidan oziqlansa-da, shu bilan
birga alohida mustaqil tushunchadir. Tafakkurning turmush tarziga hamma vaqt bir xilda, bir
saviyada ta’sir qila olmasligining boisi ana shunda. Tafakkurning turmush tarziga ta’siri ba’zan
ijobiy, ayrim hollarda salbiy, goho yuqori yoki zaif bo‘lishi mumkin.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
451
Yoshlarning turmushi tarzi ham, uning tafakkuri ham muayyan ijtimoiy moddiy-siyosiy
muhit ta’sirida shakllanadi. Sog‘lom muloqot muhiti yoshlarni ko‘pchilikning fikriga
ergashishga, ko‘pchilik haq deb e’tirof etgan bioetika me’yorlarini egallashga, insongarchilik
tamoyillariga amal qilishga da’vat etadi. Tabiiyki, bunda maqsadni aniqlab olish, tafakkurga
singdiriladigan g‘oyalarning mazmuni etakchi o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan kishilarimiz
dunyoqarashida vatanparvarlik g‘oyasi alohida o‘rin tutadi. «Har qanday ish asosiga milliy oriyat,
milliy g‘urur, millatchilik va shovinizmga aloqasi bo‘lmagan, mana shu mamlakat, mana shu
xalqqa mansubligi uchun kuch-quvvat bag‘ishlaydigan g‘urur qo‘yilishi lozim” [2]. Yoshlarning
hayotga munosabati, o‘z turmush tarzini tashkil etishi va rivojlantirishi, kelajak uchun olib
boradigan kurashi negizida milliy g‘urur g‘oyasi turishi kerak. Xususan, o‘z manfaatini o‘zgalar,
ya’ni o‘z jamoasi, o‘z xalqi manfaati bilan uyg‘unlashtirish uchun insonda iymon-e’tiqodga
asoslangan haqiqiy milliy g‘urur shakllangan bo‘lishi kerak. “Xalqning matonatli xarakteri jamiyat
taraqqiyotidagi o‘tish davrining kuchli omillaridan birini tashkil qiladi. Jamiyat a’zolarining
barcha imkoniyatlarini umumiy ishga safarbar qiladi. Bunyodkorlik har kuni, har qadamda
rag‘batga, buzg‘unchilik esa har qadamda nafratga duch kelaveradi. Bu esa bunyodkorlik haqidagi
bilimlar milliy ongdan xarakterga ko‘chib ishlay boshlaganligini ko‘rsatadi. Ana shuning uchun
ham bilim ta’limning, xarakter esa tarbiyaning mahsuli sifatida qo‘llanib kelgan. Pirovard natijada
esa odamning qanday inson ekanligini uning xarakteriga qarab baholaydilar. Bilimdon kishilar
ongga, kuchli xarakterli kishilar esa insonning vijdoniga kuch beradilar. Shuning uchun ham xalq
azaldan bilimdon kishilarga tan bergan. Kuchli xarakterli kishilar ta’sirida harakatga kelgan,
o‘rnidan turgan, qo‘llab quvvatlagan, ularga ergashgan» [3]. Demak, sog‘lom turmush tarzi bilan
sog‘lom tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, bir tomondan kompleks, ikkinchi tomondan, sintezlik
mohiyatiga egadir. Bu o‘rinda xarakter degan muhim tushuncha xususida to‘xtash kerak. Inson
taqdiri, baxt-iqboli muammosi tahlil qilinganda, odatda xarakter tushunchasiga murojaat qilinadi.
Darhaqiqat, inson qismatining bosh sababchisi bo‘lgan xarakter irodani jilovlab, uning faoliyatiga
muayyan yo‘nalish beradi. Shu tariqa xarakter bilan iroda o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, ayni paytda
ziddiyatlar yuzaga keladi. Bir qarashda iroda ong-tafakkurga, xarakter (fe’l-atvor) esa ko‘proq
turmush tarziga tegishliday ko‘rinadi.
Xulosa qilib aytganda, sog‘lom tafakkur tufayli yoshlar, bir tomondan, bilim, aql-idrokka
amal qilib, ikkinchi tomondan, iroda va xarakterni ishga solib muvaffaqiyatlarga erishadi. Bioetika
sog‘lom tafakkurda tabiiy va ijtimoiy jarayonlar haqidagi bilimlar, oqilona maqsadlarni qo‘ya
olish jasorati, ularni amalga oshirish jarayonidagi kuchli iroda, barqaror xarakter kabi omillar
etakchi o‘rin tutadi.
Umuman olganda, yoshlar tabiat bilan jamiyatning birligi negizida yashar
ekan, u doimo o‘zining sog‘lom ijtimoiy muhitini yaratilga intiladi. Tabiatdagi jarayonlardan o‘z
vaqtida unumli foydalangan holda jamiyatning ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib boraveradi.
Foydalanigan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва тамойиллар. (Олий ўқув
муассасалари учун ўқув қўлланмаси) -Т.: Янги аср авлоди, 2001, 24-бет.
2.
Каримов И.А. Бунёдкорлик йўлидан. 4-т. - Т.: Ўзбекистон, 1996. 47-бет.
3.
Болиев А., Қуронов М. Миллий ғоя гуманитар технология кўзгусида // Маърифат.
2001, 21 август.
