ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
431
MAXSUS PEDAGOGIKA TA’LIM YO’NALISHI TALABALARIDA KASBIY
MAS’ULIYATNI SHAKLLANTIRISH NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Xalimova Ozoda Ma’murjon qizi
Namagan davlat Pedagogika inustituti Pedagogika fakulteti
Maxsus pedagogika (logopediya) ta’lim yo’nalishi 1-kurs magstranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15198949
Annotatsiya. Ushbu maqolada maxsus pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
kasbiy mas'uliyatni shakllantirishning nazariy va metodologik asoslari haqida ma’lumotlar
berilgan. Kasbiy mas'uliyat tushunchasining mohiyati, uning maxsus pedagogika sohasidagi
ahamiyati va talabalarning kasbiy shakllanishiga ta’siri Shuningdek, maxsus pedagogika
mutaxassislarini tayyorlash jarayonida kasbiy mas'uliyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik yondashuvlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda samarali metodlar tahlil
qilinadi.
Kalit so‘zlar: maxsus pedagogika, kasbiy mas'uliyat, ta’lim texnologiyalari, innovatsion
yondashuv, psixologik-pedagogik sharoitlar, defektologiya, logopediya, inklyuziv ta’lim.
ТЕОРЕТИКО-МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ
ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ У СТУДЕНТОВ
СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация. В этой статье предоставлена информация о теоретической и
методологической основе для формирования профессиональной ответственности для
студентов специального педагогического обучения. Суть профессиональной и
ответственной концепции концепции, ее важность в специальной педагогике и влияние
профессионального
формирования
студентов,
также
проанализировали
профессиональные подходы к разработке специальной специальности педагогики,
инновационных образовательных технологий и эффективных технологий.
Ключевые слова: специальная педагогика, профессиональная ответственность,
образовательные технологии, инновационный подход, психолого-педагогические условия,
дефектология, логопед, инклюзивное образование.
THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF FORMING PROFESSIONAL
RESPONSIBILITY IN STUDENTS OF SPECIAL EDUCATION
Abstract. This article provides information on the theoretical and methodological
foundations of the formation of professional responsibility for students of special pedagogy. The
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
432
essence of the concept of professional responsibility, its importance in the field of special
pedagogy and its impact on the professional formation of students. Also, pedagogical
approaches, innovative educational technologies and effective methods aimed at the formation of
professional responsibility in the process of training special pedagogy specialists are analyzed.
Keywords: special pedagogy, professional responsibility, educational technologies,
innovative approach, psychological and pedagogical conditions, defectology, speech therapy,
inclusive education.
Maxsus pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kasbiy mas’uliyatni shakllantirish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar kelajakda
inklyuziv ta’lim, defektologiya, logopediya va boshqa maxsus pedagogik yo‘nalishlarda faoliyat
yuritadi. Shu bois ularda kasbiy mas’uliyatni rivojlantirish, bu boradagi nazariy va metodologik
asoslarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus pedagogika – jismoniy yoki aqliy rivojlanishida turli xildagi nuqsonlarga ega
bo‘lgan shaxslarni o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanuvchi pedagogika sohasi.
Kasbiy mas’uliyat – pedagogning o‘z kasbiga, tarbiyalanuvchilarga, jamiyat oldidagi
burchiga mas’uliyat bilan yondashishidir.
Kasbiy mas’uliyat tushunchasi va uning pedagogik mohiyati
Kasbiy mas’uliyat – bu pedagogning o‘z faoliyati natijalari uchun javobgarlik his
qilishiga asoslangan tushuncha bo‘lib, u quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:
Axloqiy jihat – bolalarga zarar yetkazmaslik, ularga mehr bilan munosabatda bo‘lish;
Psixologik jihat – o‘z kasbining murakkabligi va talablarini chuqur anglash;
Huquqiy jihat – maxsus pedagog faoliyatini tartibga soluvchi qonun va hujjatlarni bilish
va ularga rioya qilish.
Maxsus pedagogika sohasi pedagogidan faqatgina bilim emas, balki insonparvarlik, sabr-
toqat, fidoyilik va ijodkorlikni ham talab qiladi.
Maxsus
pedagogika
talabalari
uchun kasbiy mas’uliyatni shakllantirish
metodologiyasi
Maxsus pedagogika talabalari orasida kasbiy mas’uliyatni shakllantirish uchun quyidagi
metodologik yondashuvlardan foydalanish mumkin:
1. Shaxsiy yondashuv – talabaning kasbiy fazilatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
individual ishlar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
433
2. Faoliyat yondashuvi – nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash.
3. Integrativ yondashuv – pedagogikaning boshqa sohalari bilan bog‘liq holda maxsus
pedagogika talabalarining kasbiy mas’uliyatini rivojlantirish.
Bu metodologiyalar asosida talabalarni real pedagogik faoliyatga yaqinlashtirish, ularni
kasbiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatish lozim.
Maxsus pedagogika talabalarida kasbiy mas’uliyatni shakllantirish usullari
Ilmiy-amaliy seminarlar – kasbiy etika va mas’uliyat bo‘yicha seminar-treninglar tashkil
qilish.
Amaliyot va stajirovka – talabalarning maxsus maktab va inklyuziv ta’lim muassasalarida
amaliy tajriba orttirishini ta’minlash.
Refleksiya va muhokama – talabalarni o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilishga o‘rgatish.
Axloqiy dilemmalar va bahslar – kasbiy etika va javobgarlik bo‘yicha muhokamalar
o‘tkazish.
Kasbiy mas’uliyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalar ro’li
Innovatsion texnologiyalar – virtual treninglar, interaktiv ta’lim platformalaridan
foydalanish.
Loyiha usuli – talabalarni muayyan loyihalar ustida ishlash orqali mas’uliyatli qaror
qabul qilishga o‘rgatish.
Modellashtirish usuli – real pedagogik vaziyatlarni yaratib, talabalarni ularga yechim
topishga yo‘naltirish.
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki: Maxsus pedagogika sohasidagi talabalar uchun
kasbiy mas’uliyatni shakllantirish jarayoni nazariy va metodologik jihatdan chuqur o‘rganishni
talab qiladi.
Ushbu jarayonda innovatsion pedagogik texnologiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-
treninglar va reflektiv yondashuvlar muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan, kelajakdagi maxsus
pedagoglar uchun nafaqat bilim, balki axloqiy, huquqiy va psixologik jihatdan kasbiy mas’uliyat
hissini shakllantirish zarur.
Maxsus pedagogika yo‘nalishidagi talabalarda kasbiy mas’uliyatni shakllantirish uchun
ularning shaxsiy fazilatlari, nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va psixologik tayyorgarligi
muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda motivatsiya, innovatsion texnologiyalar va amaliy-tajriba
usullaridan samarali foydalanish talab etiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
434
REFERENCES
1.
Raxmanova V.S.”Maxsus pedagogika”-T. 2005-yil
2.
“Maxsus pedagogika” P.M. Po‘latova Toshkent 2005-yil
3.
M.Y.Ayupova. Logopediya Toshkent 2007-yil
4.
Mo‘minova L. N. Abidova va boshqalar. Maxsus psixologiya-T O‘zbekiston faylasuflar
milliy jamiyati nashriyoti, 2013-yil
5.
“Maxsus pedagogika” M.U. Xamidova Toshkent 2018- yil
