Mart, 2025-Yil
124
MULOQOTDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH
ZARURIYATI
Gulnora Ziyautdinovna
Psixol.f.b.f.d. dotsent.
Odinayeva Shohsanam Shamsiddin qizi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15204028
Annotatsiya. Ushbu tezisda muloqotning shaxslararo munosabatlardagi o`rni, ahamiyati
muhokama etiladi. Munosabatlarning turlari, holat va metodlari ko`rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Muloqot, metod, faoliyat, qonuniyat, obyekt.
KIRISH
Insonning o‘zini qurshab turgan olam bilan o‘zaro birgalikdagi harakati odamlar o‘rtasida
ularning ijtimoiy hayoti va eng avvalo, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan obyektiv
munosabatlar sistemasida yuz beradi. Obyektiv munosabatlar va aloqalar (bog‘langanlik, bo‘ysunganlik,
hamkorlik, o‘zaro yordam munosabatlari va boshqalar) har qanday real guruhda muqarrar va qonuniyatli
tarzda yuzaga keladi. Guruh a`zolari o‘rtasidagi ushbu o‘zaro obyektiv munosabatlarining in`ikosi
shaxslararo subyektiv munosabatlardirki, ularni o‘rganish bilan sotsial psixologiya shug‘ullanadi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Bir qarashda osonga o‘xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab jarayon
bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab
ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir
vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
c) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
d) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
e) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
f) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni.
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo‘lib, dastlabki bosqich-odamning o‘z-
o‘zi bilan muloqatidir.
1
1
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya.T. “fan va texnologiya”. 2012 y. 51 bet
Mart, 2025-Yil
125
T.Shibutani “Ijtimoiy psixologiya” darsligida: “Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini
anglasa, demak u o‘z - o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi”, – deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z -
o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqatining xarakterini va hajmini belgilaydi.
Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqat qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga
tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishda jiddiy qiyinchiliklarni
boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqat - muloqatning ikkinchi
bosqichidir.
A. N. Leontev o‘zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi
shakli—
avlodlar o
‘
rtasidagi muloqot
ning ahamiyati to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Agar barcha
katta avlod o‘lib ketganida, insoniyat turi yo‘q bo‘lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha
orqaga surilibgina emas, balki yo‘qolib ham ketishi mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo
muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari
mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo
keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni
avloddan-avlodga uzatadilar.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Muloqot- odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli
faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir
shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod qilish va boshqalar) o‘zaro
munosabat va o‘zaro ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-
birlari bilan til topishishni, bir -birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi
murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni,
ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqatga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
Muloqot odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar
rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.
Muloqottning ikkinchi jihati - munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati - nutq
jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, xatti – harakatlar, imo-ishoralar, mimika, jestika bilan ham
ayirboshlashdan iborat. Do‘kon kassasi oldida hisob kitobni amalga oshirarkan, xaridor bilan sotuvchi
hatto ulardan birortasi hech qanday so‘z ishlatishmasa ham o‘zaro munosabatga kirishadi; xaridor
kassirga xarid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqdim etsa, sotuvchi chek urib, qaytimini sanab
beradi.
Nihoyat, muloqotlarning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlarini taqozo qilishidir.
Mart, 2025-Yil
126
Masalan, munosabat bo‘yicha sheriklardan biri boshqasini ishonsa bo‘ladigan, aqlli,
tushunadigan, tayyorgarlik ko‘rgan kishi sifatida idrok etishi yo idrok etmasligi, balki oldindanoq u hech
narsani tushunmaydi va xabar qilingan narsaning fahmiga etmaydi, deb hisoblashi juda muhimdir.
Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatdan - kommunikativ
(axborot uzatish), interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish)
jihatlarini alohida ko‘rsatish mumkin.
Muloqotning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq-ravshandir. Lekin shunday savol tug‘iladi:
munosabat birgalikdagi faoliyatining bir qismi, tomoni, jihati hisoblanadimi yoki munosabat va faoliyat
ikkita mustaqil to‘laqonli jarayonmi?
Kishi birgalikda faoliyat ko‘rsatayotganda zaruriyatga ko‘ra boshqa odamlar bilan birlashishi,
ular bilan muomalaga kirishishi, ya`ni aloqa o‘rnatishi, o‘zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli axborot
olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim va hokazo. Bu o‘rinda munosabat faoliyatning bir tomoni,
bir qismi, uning eng muhim informativ jihati, kommunikasiya (birinchi turdagi munosabat) sifatida
namoyon bo‘ladi.
Yaratilgan narsa (qurilgan bino, aniq she`riy satr, o‘tqazilgan daraxt, yaratilgan yoki ijro etilgan
qo‘shiq)- bu, bir tomondan faoliyat mazmuni bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon
bo‘ladiki, kishi uning yordami bilan ijtimoiy hayotda o‘zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa
odamlar uchun yaratilgandir. Shu narsa orqali odamlar o‘rtasidagi munosabat bevosita o‘zini aksini
topadi, ijod qilayotganlarga va bajarayotganlarga ham, iste`mol qilayotganlarga va o‘zlashtirayotganlarga
ham bab-barobar tegishli bo‘lgan umumiy narsani ishlab chiqarish tariqasidagi munosabat hosil bo‘ladi.
XULOSA VA MUNOZARA
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki
psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida
turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji
paydo bo`lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat
unumdorligi hamda samaradorlikning muhim omillaridandir.
REFERENCES
1.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.:
O‘zbekiston, 2017. 488-b.
2.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya.T. “fan va texnologiya”. 2012 y. 51 bet
3.
A’zamxo‘jaeva E.A. Muomala maromining yosh xususiyatlari va dinamikasi. Psixol. fanl.
nomz.dis... -Toshkent: 2002. – 155 b.
Mart, 2025-Yil
127
4.
Umarov, X., Xolyigitova, B., & Ergasheva, O. (2021). THE ROLE OF FICTION IN THE
FORMATION OF THE CHILDREN'S WORLDVIEW. Экономика и социум, (3-1), 319-
321.
5.
Лафрене П. Эмотсионалное развитие детей и подростков / П. Лафрене. СПб.: Изд-во
«Питер», 2004. 222 с.
6.
Xolyigitova, B. K. (2021). Bolaning ijodiy faoliyatini rivojlantirish. Вестник магистратуры,
(1-3 (112)), 64-65.
