2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
116
SOG’LOM TURMUSH TARZI MUAMMOLARI
Mamatmusayeva Gulzodaxon
FJSTI, Pediatriya ishi yo‘nalishi 1- bosqich talabasi.
Rahmatova Namunaxon
FJSTI, Pediatriya ishi yo‘nalishi 1- bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15204102
Annotatsiya. Mazkur tezisda sog'lom turmush tarzining ahamiyati, uni shakllantirish va
saqlab qolishdagi muhim omillar hamda mavjud muammolar yoritilgan. Bugungi kunda noto‘g‘ri
ovqatlanish, jismoniy faollikning yetishmasligi, zararli odatlarning keng tarqalganligi sog‘lom
turmush tarzini joriy etishda jiddiy to‘siqlar bo‘lib xizmat qilmoqda. Ishda ushbu muammolarning
sabablari, ularning jamiyat salomatligiga ta'siri tahlil qilinadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha
takliflar beriladi.
Kalit so‘zlar: Sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish, sport, kam harakatlilik,
jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena, parhez, zararli odatlar, noto‘g‘ri ovqatlanish.
HEALTHY LIFESTYLE PROBLEMS
Abstract. This thesis discusses the importance of a healthy lifestyle, the factors influencing
its formation and maintenance, as well as existing challenges. Nowadays, issues such as unhealthy
eating habits, lack of physical activity, and the widespread prevalence of harmful habits pose
significant obstacles to adopting a healthy lifestyle. The study analyzes the causes of these
problems, their impact on public health, and suggests solutions for their elimination.
Key words: healthy lifestyle, healthy nutrition, sport, physical inactivity, physical activity,
personal hygiene, diet, bad habits, unhealthy eating.
ПРОБЛЕМЫ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ
Аннотация. В данной диссертации рассматривается значение здорового образа
жизни, факторы, влияющие на его формирование и поддержание, а также существующие
проблемы. В настоящее время такие проблемы, как неправильное питание, недостаточная
физическая активность и распространенность вредных привычек, создают серьезные
препятствия для ведения здорового образа жизни. В работе анализируются причины этих
проблем, их влияние на общественное здоровье и предлагаются решения для их устранения.
Ключевые слова: здоровый образ жизни, здоровое питание, спорт,
малоподвижность, физическая активность, личная гигиена, диета, вредные привычки,
неправильное питание.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
117
Kirish.
Hozirgi zamon hayotida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va unga rioya qilish inson
salomatligini saqlashda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Texnologik rivojlanish,
shaharsozlikning jadallashuvi, ovqatlanish madaniyatidagi o‘zgarishlar hamda jismoniy
faollikning kamayishi kabi omillar inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yoshlar
va o‘smirlar orasida zararli odatlarning keng tarqalishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlilik va
stress holatlari sog‘lom turmush tarziga putur yetkazmoqda. Shu sababli sog‘lom turmush
tarzining ahamiyatini tushunish, uni shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash
va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralarni ishlab chiqish dolzarb masalaga aylangan.
Mazkur ishning maqsadi — sog‘lom turmush tarziga xalaqit berayotgan asosiy omillarni
aniqlash, ularning jamiyat salomatligiga ta’sirini tahlil qilish hamda ushbu muammolarni bartaraf
etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
1. Sog‘lom turmush tarzining mohiyatini ochib berish;
2. Turmush tarziga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish;
3. Mavjud muammolar va ularning salbiy oqibatlarini aniqlash;
4. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Sogʻlom turmush tarzi
– bu xatti-harakatlarning xavf omillarini nazorat qilish orqali
sogʻligʻini saqlashga va yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam
beradigan insonning turmush tarzidir.
Sogʻlom ovqatlanish
Sogʻlom ovqatlanish bir qator yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olishning eng
muhim vositasi hisoblanib, sogʻlom umr koʻrish davomiyligini oshirishga xizmat qiladi. Sogʻlom
ovqatlanish parhezlari oʻlim xavfini (22% ga), yurak-qon tomir kasalliklarini (22% ga), saratonni
(15% ga) va 2-tur qandli diabetni (22% ga) sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Jismoniy faollik
Sport bilan shugʻullanadigan kishilar bir qator kasalliklarga, jumladan yurak va onkologik
xastaliklarga kamroq chalinadi. Bundan tashqari, ularning tanasi va toʻqima tarkibi koʻpincha
sogʻlom boʻladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, jismoniy faollik barcha tabiiy sabablarga koʻra
oʻlim xavfini pasaytiradi. Xususan, haftasiga 2,5 soat (yaʼni, haftada 5 kun davomida kuniga 30
daqiqa oʻrtacha faollik) nol faollikka nisbatan barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfini 19 foizga
kamaytirsa, haftasiga 7 soat oʻrtacha faollik esa bu xavfni 24 foizga pasaytiradi.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
118
Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi siz-u bizga avvaldan ma’lum
bo‘lgan, biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan yodimizdan ko‘tarilgan va amalga
oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa ne ajab.
Sport — umrimiz oxiriga qadar sog‘lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U yosh
ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p.
Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, otjimaniya, raqs, rafting,
bodibilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. Istaganingizni tanlang, jismonan faol
bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom
bo‘lishingiz uchun yetarli. Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz
o‘tirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffus qiling va bu vaqtda turli yengil
mashqlarni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.
Ovqatlanish rasioningizga tabiiy mahsulotlar — meva va sabzavotlar, vitamin va
minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq kiriting. Ovqatlanish rasionining 65 foizini meva va
sabzavotlar, non va turli bo‘tqalar tashkil etishi, 30 foizi go‘sht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik
va yog‘larga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, mavsumga mos bo‘lishi lozim. Bahor
va yozda o‘simliklar, qishda oqsil va yog‘ga boy mahsulotlarga ko‘proq o‘rin ajratilishi lozim. Har
kuni 2 litr atrofida suv iching. Fast-fud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar, chips va
kiriyeshkilar, boshqa ko‘plab sun’iy ta’m, rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.
Ovqatlanishda xilma-xil taomlarni aralashtirib yubormaslik lozim. Mevalar ovqatdan
yarim soat avval, choy va ichimliklar 1-2 soat keyin iste’mol qilinishi zarur. Kechki 19-00dan
keyin faqatgina bir oz olma tanovvul qilishga ijozat beriladi.
Organizmimizning asosiy dushmanlaridan bo‘lmish tamaki va alkogol mahsulotlari, turli
zararli odatlar (ularni o‘zingiz yaxshi bilasiz)dan voz kechish orqali sog‘lom turmush tarziga keng
yo‘l oching. Har bir chekilmagan sigaret, ichilmagan har bir stakan aroq sizning sog‘lom hayot
kechirish sari tashlagan muhim qadamingizdir.
Kun tartibiga qat’iy rioya eting. Birinchi navbatda — 8 soatlik uyqu! Ikkinchidan, kunning
bir vaqtida uxlash va muayyan vaqtida uyg‘onishga odatlanish! Uyquning buzilishi asta-sekinlik
bilan inson ruhiyati, hissiyotlariga ziyon yetkazadi, ishchanlik kayfiyatini yo‘qotadi, keyinchalik
turli surunkali, jiddiy xastaliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumin.
Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi — yorqin va ijobiy kayfiyat! Hayotdan
ko‘proq zavq oling, muvaffaqiyatsizlik, omadsizliklarga ko‘p e’tibor qaratmang, doimo olg‘a
intilish uchun kuch topa biling va odamlarga nisbatan g‘araz, gina-kudurat, yomon gumonlar
saqlab yurmang, kechirimli, bag‘rikeng bo‘ling. Nodonlar bilan aslo tenglasha ko‘rmang!
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
119
Uyingiz, xona va ish kabinetingizni doimo toza tuting, har kuni uni artib-tozalang,
derazalarni ochib, toza havo kirishini ta’minlang. Normal jismoniy holatda bo‘lish uchun albatta
chuqur va to‘g‘ri nafas olishni bilish lozim. Tabiat qo‘ynida sayr qilish, oynalarni ma’lum muddat
ochib qo‘yish, tomorqa yoki ochiq havoda jismoniy mehnat qilishga yetadigani yo‘q.
Ovqatlanishdan avval va keyin albatta qo‘llarni yuvish, uyqudan oldin va ovqatlangandan
keyin tishlarni tozalash, toza kiyim, umuman, tozalikka qat’iy rioya etish sog‘lom turmush
tarzining asosiy shartlaridan hisoblanadi. Unutmang! Sog‘lom turmush tarzi, bu — har qanday
kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. U insonning turli qirralarini
rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir. Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan
odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab
vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi. Yana bir
gap! Sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, biri ikkinchisiz sodir bo‘lishi
amrimahol. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirishni boshlash bilan sog‘lom va
baxtli hayot sari ilk qadamlarimizni tashlagan bo‘lamiz.
Bugungi kunda ko‘plab insonlar sog‘lom turmush tarziga rioya qilmayapti. Bunga
quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:
-
Noto‘g‘ri ovqatlanish
– yarim tayyor mahsulotlar, fast-fud va shakarli ichimliklar
iste’molining ortishi;
-
Kamharakatlik
– jismoniy faoliyatning yetishmasligi, ayniqsa, ofis ishlari va onlayn
mashg‘ulotlar tufayli;
-
Zararli odatlar
– chekish, spirtli ichimliklar iste’moli, energiya ichimliklariga qaramlik;
-
Stress va uyqusizlik
– ish va o‘qish bosimi, raqamli texnologiyalar ta’siri natijasida
psixologik muammolarning kuchayishi.
Xulosa
S
og‘lom turmush tarzi - bu faqatgina jismoniy sog‘liqni saqlash emas, balki ruhiy
barqarorlik, to‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu, muntazam jismoniy faollik va yomon odatlardan voz
kechishni o‘z ichiga oladi. Ammo bu turmush tarzini shakllantirish yo‘lida ko‘plab muammolar
mavjud: zamonaviy texnologiyalarga qaramlik, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, harakatsizlik, hamda
sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan e’tiborsizlik. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun, avvalo,
insonlarning o‘zida sog‘lom yashashga bo‘lgan ichki ehtiyoj va mas’uliyat shakllanishi kerak.
Oila, maktab va jamiyat bu borada katta rol o‘ynaydi. Bolalikdan sog‘lom turmushga oid
bilimlar berilishi, jismoniy tarbiya va sportga rag‘bat uyg‘otilishi muhim.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
120
Shuningdek, davlat va sog‘liqni saqlash tizimi ham targ‘ibot, tibbiy xizmatlar va sog‘lom
mahsulotlar bilan ta’minlash borasida faol ishlashi lozim.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sog‘lom hayot haqida ko‘proq
ma’lumot berilishi, yoshlar orasida bu boradagi ongni oshirish muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom
turmush tarzi muammolari har bir jamiyatda uchraydi, biroq ularni bartaraf etish mumkin va zarur.
Bu borada davlat, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi va har bir fuqaroning
hamkorligi orqali sog‘lom, faol va baxtli jamiyat barpo etish mumkin.Har bir kishi o‘z
salomatligiga jiddiy yondashsa, sog‘lom jamiyat barpo etish osonlashadi. Bu esa butun millat
salomatligi va taraqqiyoti uchun poydevor bo‘ladi.
REFERENCES
1.
Qodirova M.X., Karimova Z.T. "Sog‘lom turmush tarzi asoslari" – Toshkent: O‘qituvchi,
2020.
2.
Hasanov A., Tojiev M. "Jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush" – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2019.
3.
Qodirov, R. X. (2024).
Sog‘lom turmush tarzi inson salomatligini saqlash va
mustahkamlash garovidir.
Universal xalqaro ilmiy jurnal.
4.
Nishonova, D. T. (2022).
Sog‘lom turmush tarzi va uni tashkil etuvchi omillar.
IJODKOR
O‘QITUVCHI.
5.
Jalilov, B. N. (2023).
Sog‘lom turmush tarzi va uning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar.
6.
Lutpullayev, B. I. (2024).
Sog‘lom turmush tarzi: talaba-yoshlar qarashlari.
Uzbek
Scholar Journal.
7.
Ibraximov, S. U. (2025).
Ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va
rivojlantirish yo‘llari.
