763
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
MUNTAZAM VA VAQTINCHALIK MASOFAVIY ISH (REMOTE WORK)
SHAROITLARIDA MEHNAT SHARTNOMASINING HUQUQIY TAHLILI: AMALIY
MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR
Po'latov Mirzohid Qo‘zimurodovich
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti dekani.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15204961
Annotatsiya. Ushbu maqolada, masofaviy ishning mehnat shartnomalari doirasidagi
huquqiy tahlilini amalga oshiradi. Tadqiqotda masofaviy ishlashning mehnat shartnomasida
ko‘rsatilgan asosiy huquqiy aspektlar, shuningdek, bu turdagi ishga oid amaliy muammolar va
ularni hal qilish bo‘yicha takliflar yoritiladi. Masofaviy ishning tarqalishi va mehnat huquqi
sohasidagi yangiliklar, mehnat vaqti, intizomiy javobgarlik va ishlab chiqarish samaradorligini
baholash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekistondagi masofaviy ish tizimining
hozirgi holati, shuningdek, xalqaro tajriba va unga asoslanib amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlar kiritiladi.
Kalit so‘zlar: masofaviy ish, mehnat shartnomasi, huquqiy tahlil, intizomiy javobgarlik,
ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat vaqti, amaliy muammolar, O‘zbekiston, xalqaro tajriba,
takliflar.
LEGAL ANALYSIS OF THE EMPLOYMENT CONTRACT IN THE CONDITIONS OF
REGULAR AND TEMPORARY REMOTE WORK: PRACTICAL ISSUES AND
PROPOSALS
Abstract. This article provides a legal analysis of remote work within the framework of
labor contracts. The study covers the main legal aspects of remote work specified in the
employment contract, as well as practical problems related to this type of work and proposals
for their solution. Particular attention is paid to issues such as the spread of remote work and
innovations in the field of labor law, working time, disciplinary liability and assessment of
production efficiency. The current state of the remote work system in Uzbekistan, as well as
international experience and possible changes based on it, are presented.
Keywords: remote work, employment contract, legal analysis, disciplinary liability,
production efficiency, working time, practical problems, Uzbekistan, international experience,
proposals.
ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ ТРУДОВОГО ДОГОВОРА ПРИ ПОСТОЯННОЙ И
ВРЕМЕННОЙ ДИСТАНЦИОННОЙ РАБОТЕ: ПРАКТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ И
ПРЕДЛОЖЕНИЯ
Аннотация. В статье дается правовой анализ дистанционной работы в рамках
трудовых договоров. В исследовании рассматриваются основные правовые аспекты
764
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
дистанционной работы, закрепленные в трудовом договоре, а также практические
проблемы, связанные с данным видом работы, и предложения по их решению. Особое
внимание будет уделено распространению удаленной работы и нововведениям в сфере
трудового права, рабочего времени, дисциплинарной ответственности, оценки
эффективности производства. Будет обсуждаться текущее состояние системы
удаленной работы в Узбекистане, а также международный опыт и возможные
изменения на его основе.
Ключевые слова: дистанционная работа, трудовой договор, правовой анализ,
дисциплинарная ответственность, эффективность производства, рабочее время,
практические проблемы, Узбекистан, международный опыт, предложения.
Masofaviy ish (yoki remote work) – bu xodimning ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi
asosida, lekin doimiy ish joyidan tashqarida, ya’ni internet yoki boshqa axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari orqali o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish shaklidir.
Masofaviy ishda xodim ofisga qatnamaydi, lekin ishlab chiqarish samaradorligini
saqlagan holda, uyidan yoki boshqa joydan turib ishni bajaradi. Bu shakl ko‘pincha IT,
marketing, dizayn, tarjima, jurnalistika, ta’lim, huquqshunoslik va boshqa xizmat ko‘rsatish
sohalarida qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda masofaviy ish shaklining keng tarqalishi aynan COVID-19 pandemiyasi
davridan, ya’ni 2020-yil boshlaridan boshlab jadal sur’atda rivojlandi. Karantin cheklovlari
sababli ko‘plab davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalar, banklar, ta’lim muassasalari
xodimlarini vaqtincha yoki doimiy tarzda masofadan ishlashga o‘tkazishga majbur bo‘lishdi.
Bu esa ilgari kam uchraydigan mehnat shaklining huquqiy, tashkiliy va texnologik
jihatlarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini tug‘dirdi.
Pandemiyadan keyingi davrda ham ko‘plab ish beruvchilar ushbu modelning
samaradorligini ko‘rib, uni saqlab qolishga harakat qildilar. Shu sababli, O‘zbekistonda ham
masofaviy ishni huquqiy jihatdan tartibga solish, mehnat shartnomalariga tegishli o‘zgartirishlar
kiritish, axborot xavfsizligi va mehnat sharoitlari kafolatlarini ta’minlash dolzarb masalaga
aylandi. 2020–2021-yillardan boshlab Mehnat kodeksiga va tegishli normativ-huquqiy
hujjatlarga masofaviy ishga doir yangi normalar joriy etildi. Bu esa O‘zbekistonda masofaviy ish
amaliyotining huquqiy asosini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 458-moddasiga asosan esa vaqtincha
masofadan turib ishlashga o‘tishga yoki masofadan ishlashga o‘tkazishga doir ustuvor huquqqa
ega bo‘lgan xodimlarning toifalari belgilangan.
765
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Ushbu huquq, tabiiy yoki texnogen ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, baxtsiz hodisalar,
yong‘inlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar kabi holatlar yuz berganida ish beruvchiga
tegishli texnik va tashkiliy imkoniyatlarga ega bo‘lsa, beriladi. Ustuvor huquqqa ega bo‘lgan
xodimlar orasida homilador ayollar, o‘n to‘rt yoshgacha bolalarning ota-onalari yoki vasiylari,
nogironligi bo‘lgan shaxslar, yoshga doir pensionerlar, nogironlikka ega shaxslarni yoki boshqa
muhtoj oila a’zolarini parvarishlayotgan xodimlar kiradi. Shuningdek, jamoa kelishuvlari yoki
ichki hujjatlarda boshqa xodim toifalari ham bu huquqka ega bo‘lishi mumkin.
Masofaviy ish sharoitida mehnat vaqti an’anaviy "ish joyida belgilangan vaqtdan to
vaqtgacha" printsipidan farqlanadi. Bu holat ish vaqtining noaniqlashuvi, xodimning ortiqcha
ishlashi, yoki aksincha, ish vaqtini to‘liq bajarmasligi kabi muammolarni yuzaga keltiradi.
Ko‘pgina holatlarda ish beruvchi va xodim o‘rtasida "ish vaqtining hisobini yuritish"
masalasida huquqiy noaniqliklar paydo bo‘ladi. Shu boisdan, masofaviy ishda ish vaqtini
aniqlashning raqamli texnologiyalar orqali nazorat qilinadigan tizimlarini joriy etish zarurati
tug‘iladi.
Ushbu kodeksning 462-moddasiga asosan, agar masofadan turib ishlovchi xodim mehnat
to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga yoki mehnat
shartnomasiga muvofiq davomiyligi uzoqroq bo‘lgan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga
ega bo‘lmasa, uning har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kundan kam
bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, masofadasn turib ishlovchi xodimga har yilgi mehnat
ta’tilini va boshqa turdagi ta’tillarni berish Mehnat kodeksi va boshqa tegishli qonun hujjatlariga
muvofiq belgilanadi va himoya qilinadi.
An’anaviy ish joyida xodimning intizomiy xatti-harakatlarini nazorat qilish imkoniyati
bo‘lsa, masofaviy ishda bu jarayonni huquqiy jihatdan asoslash, huquqbuzarlik holatini aniqlash
va unga nisbatan chora ko‘rish mexanizmlari kam ishlangan. Qonunchilikda ushbu yo‘nalishda
alohida me’yorlar, xususan, masofaviy sharoitda sodir bo‘lgan intizomiy xatti-harakatlarga
huquqiy baho berish tartibi va shikoyat mexanizmlari ishlab chiqilishi lozim.
Ishlab chiqarish samaradorligini baholash ham murakkab masalalardan biridir. Ofis
sharoitida ish beruvchi xodimning faoliyatini bevosita kuzatib baholashi mumkin, ammo
masofaviy ishda bu imkoniyat cheklangan. Natijada, xodimning ish faoliyatini baholashda
shaffof mezonlarning yo‘qligi, samaradorlikni aniqlashda subyektiv yondashuvlar paydo bo‘lishi
mumkin. Bu esa mehnat natijasini baholashda adolat va xolislik tamoyillarini buzilishiga olib
keladi. 463-modda masofaviy ish qilayotgan xodimlarga qanday qilib ish haqi to‘lanishini
tushuntiradi. Agar xodim vaqtbay ishlasa, unga haqiqiy ishlagan soatlariga qarab to‘lanadi. Agar
ishbay ishlasa, bajargan ish hajmiga qarab haq oladi. Ish haqi mehnat shartnomasida belgilangan
normalarga muvofiq belgilanadi va u ofisda ishlovchi xodimlar ish haqi bilan teng bo‘lishi kerak.
766
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Mehnat vazifalari bajarilgan bo‘lsa, ish haqi qonunchilikda belgilangan eng kam
miqdordan kam bo‘lmasligi lozim. Agar u yashayotgan joyda qo‘shimcha koeffitsiyent mavjud
bo‘lsa, bu ham hisobga olinadi. Shuningdek, mehnat shartnomalarining o‘zi masofaviy ish
formatini belgilashda aniq va huquqiy asoslangan bandlarni o‘z ichiga olishi kerak. Ish joyi,
mehnat qurollari va texnika bilan ta’minlanish, xavfsizlik texnikasi, xizmat safari, maosh va ish
haqi ustamalarini belgilashda shaffoflik zarur. Amaldagi mehnat kodekslarining ko‘pchiligi bu
yo‘nalishda umumiy normalarni belgilab qo‘ygan bo‘lsa-da, masofaviy ishlashga doir aniq,
amaliy va ixtisoslashgan qoidalar yetarli emas.
Shu sababli, muntazam va vaqtincha masofaviy ishni huquqiy jihatdan tartibga solishda
zamonaviy mehnat munosabatlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda yangi normativ-
huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi lozim. Bunda xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan
ishlab chiqilgan masofaviy ishga doir standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish
tavsiya etiladi. Shu tarzda, xodimlar huquqlarini ishonchli himoya qilish va ish beruvchining
manfaatlarini muvozanatda saqlovchi zamonaviy mehnat modeli shakllanishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda,
masofaviy ishning huquqiy tahlili shuni ko‘rsatadiki,
O‘zbekiston kabi davlatlarda bu tizimni yanada samarali tashkil etish uchun mehnat
shartnomasini modernizatsiya qilish zarur. Xalqaro tajriba asosida, masofaviy ishlashning
huquqiy tartibga solinishi, mehnat vaqti, ish vaqti va samaradorlikni baholash usullari qayta
ko‘rib chiqilishi kerak. Shuningdek, mehnat shartnomasida masofaviy ish uchun maxsus shartlar,
jumladan, intizomiy javobgarlik, ish haqi to‘lashning adolatli tizimi va xodimlarni himoya qilish
choralari o‘rnatilishi zarur.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,
30.04.2023,
2.
Shapovalov, V. M. (2020). Remote Work and Legal Challenges in the Context of Labor
Legislation. Law and Social Science Journal, 12(4), 56-72.
3.
Karimov, A. (2021). Mehnat huquqida masofaviy ishning o‘rni: O‘zbekiston tajribasi.
Tashkent Law Review, 9(3), 25-38.
4.
Gulyamov, N. (2019). Xalqaro huquqiy ta’limotlarda masofaviy ish tizimi. International
Journal of Law and Practice, 15(1), 48-59.
5.
European Commission. (2020). Directive on Remote Working: Legal Framework and
Employee Protection in the EU. Brussels: European Commission Publications.
6.
Amirkhanov, R. (2018). Remote Work in Modern Labor Law: Comparative Analysis.
Moscow Legal Journal, 16(5), 45-59.
